Bosh sahifa / Qanday qilib / Qanday qilib Telegram profilini o’chirish

Qanday qilib Telegram profilini o’chirish

Kecha Telegram messenjeridan butunlay yuz o’girdim. Asosiy kamchiliklarimdan tashqari hozirgacha ham Facebook, YouTube va Googlega bog’liqlik kabi zaifliklarim bor. Lekin kecha Telegramni ular orasidan chiqarib tashlay olishim o’zimni o’zim maqtab qo’yishimga arzigulik ish bo’ldi 🙂

Kimgadir kerak bo’lib qolishi mumkin, degan maqsadda qanday qilib Telegram profilini o’chirish bo’yicha qisqagina yo’riqnoma yozishga qaror qildim.

Telegram profili sozlanmalari ichida «Agar [ko’rsatilgan vaqt] oralig’ida Telegramga kirmasam, profilim o’chirilsin», degan bo’lim bor. Bu bo’limda, adashmasam, bir oydan bir yilga qadar bo’lgan vaqt oralig’ini tanlab qo’yishingiz mumkin. Shu belgilangan vaqt oralig’ida Telegramga kirmasangiz, Telegram bilan bog’liq barcha ma’lumotlaringiz – akkauntingiz, profil rasmingiz, kontaktlaringiz, guruhlaringiz va yozishmalaringiz tarixi butunlay o’chiriladi. Albatta, profilingizni o’chirmoqchi bo’lsangiz bu bo’limdagi «o’z-o’zini yo’q qilish» vaqtini bir oyga sozlab, Telegram dasturini kompyuteringiz va telefoningizdan shunchaki o’chirib tashlashingiz va hammasini unutishingiz mumkin. Bunda bir oydan so’ng akkauntingiz avtomatik tarzda o’chiriladi.

Kimdir Telegramdagi akkauntini darhol o’chirmoqchi bo’lsa, Telegram ularga yanada qulayroq, tez ta’sir ko’rsatuvchi usulni ham taklif etar ekan. Bu haqida kecha bilib qoldim 🙂

Xullas, agar hoziroq Telegram profilingiz/akkauntingizni butunlay o’chirmoqchi bo’lsangiz, telegram.org/deactivate sahifasiga tashrif buyuring. U yerda Sizdan Telegramingizga bog’langan telefon raqamingizni xalqaro shaklda yozishingizni so’rashadi. Raqamingizni yozganingizda Sizning Telegram dasturingizga maxsus kod yuboriladi. Bu kodni yuqoridagi manzil orqali kirgan sahifangizga yozasiz va Telegramingizni butunlay o’chirasiz!

Yodingizda bo’lsinki, bu usulda Telegram akkauntini o’chirish barcha ma’lumotlarning butunlay o’chib ketishiga sabab bo’ladi. So’nggi qarorni qabul qilishdan avval Telegramda bo’lishi mumkin bo’lgan barcha kerakli ma’lumotlar, raqamlar va media fayllarni yuklab olishni unutmang.

ASABIYLAR UCHUN TAHRIR: Tinchlaning! Yaqinda ish yuzasidan Telegram profilimni avvalgi raqamimga qayta ochishga majbur bo’ldim. Ishxonamizning (maktab emas) asosiy xabarlashuv tizimi – Telegram. Shu sababli muassasa boshlig’i Telegram ishlatishim zarur ekanligini aytdilar. Profilimni qayta tiklasam-da, ushbu maqolani o’chirmaslikka qaror qildim. Balki akkauntni qanday o’chirish haqidagi ma’lumot kim uchundir kerak bo’lib qolar.

Abituriyentlar uchun test formulalari

41 ta fikr

  1. Кандай килиб профилни кайта тиклаш мумкин

  2. Нима килсам булади

  3. Salom nega telegrammim oc’hmiyapti qancha urinsam ham

  4. Assalomu alaykum! men yaqinda cefrdan bo’lib o’tgan imtihonda qatnashgan edim.Afsuski imtihon natijalaridan unchalik qoniqmadim va appelyatsiyaga berdim. Appelyatsiyaga berganimga 15 kun bo’ldi hali hamon javoblarni olmadim. Iltimos, cefr appelyatsiyasi haqida menga biroz ma’lumot berib va appelyatsiya javoblari qachon chiqishini aytib yuboring. By men uchun juda ham muhim. Oldindan Rahmat!

  5. Cefr bekor qilingani rostmi

  6. Salom men ismim Nabijon men telegramni 4 marta ochirib tawlab telegram ochdm endi telegram ochib bumayapti iltimos aytilar nma qilay

  7. Salom mani telegramdigi akkauntimda telimi kontaktidegi nomerlar xammasi chiqmavoti 1-2 tasi chiqvoti owa chiqan nomerlarga sms yozsam ulada mani nomerim korinmavoti 2ta telimda wunaqa bovoti bu nimadan yordam berila bilsela iltimos?

  8. Salom man bitta nomerdan telegramni udalit qildim kn yana tiklab yana ucirdim bu holat 1 2marta davom etdi endi yana ochmoqci bulsam ocilmayopti 1haftadan beri urinaman hir necha kundan kn urinib kuring deb yozadi qayta qayta nima qilsam buladi

  9. Telefon nomerimdan o’rtog’imni telefoniga telegram ochilgandi. Uni qanday o’chirib tashlasam bo’ladi u hozi rassiyada, begonalashib ketkanmiz

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*