Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Qanday qilib Telegram profilini o’chirish

Qanday qilib Telegram profilini o’chirish

Kimgadir kerak bo’lib qolishi mumkin, degan maqsadda qanday qilib Telegram profilini o’chirish bo’yicha qisqagina yo’riqnoma yozishga qaror qildim.

Telegram profili sozlanmalari ichida «Agar [ko’rsatilgan vaqt] oralig’ida Telegramga kirmasam, profilim o’chirilsin», degan bo’lim bor. Bu bo’limda, adashmasam, bir oydan bir yilga qadar bo’lgan vaqt oralig’ini tanlab qo’yishingiz mumkin. Shu belgilangan vaqt oralig’ida Telegramga kirmasangiz, Telegram bilan bog’liq barcha ma’lumotlaringiz – akkauntingiz, profil rasmingiz, kontaktlaringiz, guruhlaringiz va yozishmalaringiz tarixi butunlay o’chiriladi. Albatta, profilingizni o’chirmoqchi bo’lsangiz bu bo’limdagi «o’z-o’zini yo’q qilish» vaqtini bir oyga sozlab, Telegram dasturini kompyuteringiz va telefoningizdan shunchaki o’chirib tashlashingiz va hammasini unutishingiz mumkin. Bunda bir oydan so’ng akkauntingiz avtomatik tarzda o’chiriladi.

Kimdir Telegramdagi akkauntini darhol o’chirmoqchi bo’lsa, Telegram ularga yanada qulayroq, tez ta’sir ko’rsatuvchi usulni ham taklif etar ekan. Bu haqida kecha bilib qoldim 🙂

Xullas, agar hoziroq Telegram profilingiz/akkauntingizni butunlay o’chirmoqchi bo’lsangiz, telegram.org/deactivate sahifasiga tashrif buyuring. U yerda Sizdan Telegramingizga bog’langan telefon raqamingizni xalqaro shaklda yozishingizni so’rashadi. Raqamingizni yozganingizda Sizning Telegram dasturingizga maxsus kod yuboriladi. Bu kodni yuqoridagi manzil orqali kirgan sahifangizga yozasiz va Telegramingizni butunlay o’chirasiz!

Yodingizda bo’lsinki, bu usulda Telegram akkauntini o’chirish barcha ma’lumotlarning butunlay o’chib ketishiga sabab bo’ladi. So’nggi qarorni qabul qilishdan avval Telegramda bo’lishi mumkin bo’lgan barcha kerakli ma’lumotlar, raqamlar va media fayllarni yuklab olishni unutmang.

Qanday qilib Telegram profilini o’chirish” maqolasida 48 fikr

  1. Feruzjon

    Assalomu aleykum. Iltimos Forex birjasi haqida ma’lumot bersangiz. Forex strategiyalari va yaxshi daromad olish uchun nimalarni o’qib o’rganish talab etilishi haqida ham aytib o’tsangiz. Oldindan rahmat.

    Javob berish

  2. SHODIYOR

    Man telim android versiyasi 2.3.6 u TELEGRAM ga kiradimi yoki yoq
    Kirsa qaysi sayitdan skachat qilsam boladi TELEGRAM mi

    Javob berish

      1. жамол

        Салом ман якинда у’зим хохламаган холда аккаунтимни у’чириб юбордим бутунлай Google дан формат бу’лди буни ичидаги данныйлар билан бирга кайта тиклашни иложи борми ёрдам беринг илтимос

        Javob berish

  3. Zohid

    Judayam kerakli maqola, aynan shu savolga javob topolmi yurudim topdim Azamat aka Rahmat sizga. Siz tufayli shu narsani ham o’rganib oldim

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Kutishdan boshqa yo’lingiz yo’q. Aniq vaqtini bilmayman. O’chirishingizdan oldin har bir profil uchun «qayta ochishdan avval bir qancha vaqt kutishingiz kerak bo’ladi», ma’nosidagi ogohlantirish ko’rsatiladi.

      Javob berish

  4. DavronbekovSanjarbek

    oka man telegram ochdim va uni parollab qoydim endi unga Kira olmayapman shu parolni buzish iloji bormi iltimos iloj topsangz 998939471311 ga ayibhon yuboring yoqasa tel nomerizni qoldiring ozm tel qilaman yoki ukamni telegramidan yozaman

    Javob berish

  5. Rusalka

    Telegramga kirib ma’lumotlarni olib chiqib ketganimdan keyin roppa rosa 5 daqiqadan keyin chiqib ketganligim ko’rsatilvoti. Misol uchun hoz chiqib ketsamda 5 daqiqa oralig’ida mani online ko’rsatib turadida keyin 5 daqiqadan ken last seen just now yozadi aslida man 5 daqiqa oldin chiqib ketganman
    Iltimos nega unaqa ko’rsatadi buni to’g’irlash uchun nma qlishim kere etvorin

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Telegram nastroykasida «Active sessions» degan joyini tekshirib ko’ring. Sizdan boshqa kimdir telegramingizni ishlatayotgan bo’lishi mumkin.
      Agar o’zingizdan boshqa hech kim bo’lmasa, demak kirish-chiqish vaqtingizni internet sekin yetkazib berayotgan bo’ladi. Yoki siz ishlatayotgan qurilmadagi internet sekin, yoki qachon kirib-chiqqaningizni tekshirish uchun ishlatayotgan qurilmangizda internet sekin ishlashi mumkin.
      Balki buni boshqa sabablari ham bo’lishi mumkin.

      Javob berish

      1. Rusalka

        Assalomu aleykum raxmat kottakon
        Lekin qando boshqa odam ishlatolidi mani telegramimni shundo qilsa ham bo’ladimi? Oldin telegramdan chiqishim bilan o’chardi hoz unde emasde lekin boshqa hechkim kirmidi
        Raxmat yana bir bor sovolimi be e’tibor qoldirmqganiz uchun

        Javob berish

          1. Rusalka

            Qande qilib bunde qlish mumkin tasdiqlash kodi kemidimi kim xolasa ishlaturadimi

  6. nuriddin

    salom Telegram o’chirish uchun siz aytganday qildim. lekin menga kod kelmadi, shu matn keldi tarjimasini aytib yuboring aka

    Nuriddin,

    You can use this confirmation code to log in on the Telegram website:
    BeVSKpaqaps

    This code can be used to delete your Telegram account. We never ask to send it anywhere. Do not give it to anyone, even if they say they’re from Telegram!

    If you didn’t request this, simply ignore this message (sorry). Most likely, somebody mistyped their phone number or is just trying to be funny.

    Javob berish

      1. Nabiyjon

        Azamat aka salom men telegramni kop marta ochirib yana telegram ochdim endi ochmayaptu telegram iltimos maslahat bering

        Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan