Bosh sahifa / Qanday qilib / Qanday qilib TeamSpeak dasturini o’rnatish

Qanday qilib TeamSpeak dasturini o’rnatish

YANGILIK: Yangiroq o’rnatish yo’riqnomasi yozildi. Ushbu sahifaga o’ting: http://lessons.fledu.uz/teamspeak-dasturini-ornatish/

YANGILIK: Jonli darslar loyihasi kutilgan natijani ko’rsata olmaganligi sababli butunlay to’xtatildi. Quyidagi ko’rsatmalarni faqat TS dasturini o’rnatish va mavjud serverlarga ulanish uchun yo’riqnoma sifatida qabul qiling. Yo’riqnomada ko’rsatilgan «dars.azamat.uz» serveri bundan keyin ishlamaydi.

TeamSpeak internet orqali ovozda suhbatlashish imkonini beruvchi dastur hisoblanadi. TeamSpeakning kliyent dasturlarini o’rnatgan foydalanuvchilar TeamSpeak serveriga ulangan holda bir-birlari bilan suhbatlashishlari mumkin. Asosiy vazifasi so’zlashuvchilar o’rtasida ovozli suhbatni ta’minlab berish bo’lgan bu dastur foydalanuvchilar o’rtasida fayllar almashinuvi, xabarlar yuborish va boshqa kichik imkoniyatlarga ham ega. Ushbu dasturdan ko’pincha geymerlar tarmoq orqali birgalikda o’yin o’ynash jarayonida foydalanishadi. Azamat.uz saytida biz bu dasturdan jonli ingliz tili darslarini o’tkazishda asosiy aloqa vositasi sifatida foydalanamiz. Quyida TeamSpeak dasturini o’rnatish va jonli ingliz tili darslariga moslab sozlash bosqichma-bosqich tushuntirilgan.

 1. TEAMSPEAK KLIYENT DASTURINI YUKLAB OLING. Uni saytimiz orqali bepul yuklab olishingiz mumkin. Yuklab olish TAS-IX tarmog’ida.

2. O’RNATISHNI BOSHLANG. Yuklab olingan o’rnatish faylini ishga tushiring va o’rnatishning ilk bosqichlarini «Next» tugmasini bosish orqali boshlang.

 3. DAVOM ETAMIZ. Dasturdan foydalanish shartlarini o’qib chiqing (hazil) va «I agree» tugmasini bosish orqali davom eting.

 4. YANA DAVOM ETAMIZ. Bu yerda hech narsani o’zgartirmasangiz ham bo’ladi. Ma’lumot uchun, qiziquvchilarga aytib o’tishim kerakki, birinchi tanlovda dastur o’rnatilayotgan kompyuterdan foydalanuvchi hammaga birdek ochiq tarzda o’rnatiladi, ikkinchi tanlovda esa dastur faqat o’rnatayotgan foydalanuvchi uchungina ishlaydigan tarzada o’rnatiladi. Birinchi tanlovda, o’z holicha qolgani ma’qul. Yana «Next» tugmasini bosib, davom etamiz.

 5. DAVOM ETISHDA DAVOM ETAMIZ. Bu yerda ham hech narsani o’zgartirish shart emas. Shunchaki «Next» tugmasini bosib, davom eting.

 6. ODATDAGIDEK DAVOM ETAMIZ. Hech narsani o’zgartimang, «Next» tubmasini bosib, davom eting.

 7. HECH QANDAY O’ZGARISHLARSIZ DAVOM ETAMIZ. Dasturga qo’shib OverWolf dasturini ham o’rnatishni taklif qilishayapti. Bu qo’shimcha geymerlar uchun, o’yinlar o’ynayotgan vaqtda juda qulay. Jonli darslar uchun esa umuman kerak emas. Shuning uchun bu taklifni qabul qilmasdan, odatdagidek «Next» tugmasini bosish orqali davom etamiz.

 8. DASTURNI O’RNATISHGA O’TAMIZ. So’ngi bosqichlarga yaqin qoldi, endi «Install» tugmasini bosing – dastur o’rnatiladi.

 9. O’RNATILDI! Endi shu holatda «Finish» tugmasini bossangiz, o’rnatilgan dastur ochiladi.

9.1 XOHLASANGIZ, DASTURNI ENG YANGI VERSIYASIGACHA YANGILANG. Ixtiyoriy ravishda «Update» tugmasini bosish orqali dasturingizni eng yangi versiyagacha yangilashingiz mumkin. «Update» tugmasini bosganingiz zahoti dastur avtomatik tarzda yangilanadi va avvalgidek ishlashda davom etadi. Yangi versiya yuklanguncha sabrli bo’ling. Agar yangilashni ixtiyor etmagan bo’lsangiz, «Not now» tugmasini bosish orqali keyingi bosqichga o’taverishingiz mumkin.

 10. SOZLANMALAR OYNASINI YOPING. Ba’zi sozlanmalarni taklif etuvchi oyna ochiladi, uni «Cancel» tugmasini bosish orqali yoping. Sozlanmalarni boshqa tomonlama tuzatamiz.

 11. SOZLANMALARDA VOZ KECHISHINGIZNI TASDIQLANG. Yuqoridagi qadamda aytilganidek «Cancel» tugmasini bossangiz, «Rostdan ham sozlanmalarni tark etmoqchimisiz?» ma’nosidagi so’rov ko’rsatiladi. Siz «Yes» tugmasini bosib, tasdiqlashingiz kerak.

 12. «CONNECT» BO’LIMIGA KIRING. Yuqoridagi «Connections» menyusidan eng birinchi o’rinda turgan «Connect» bandini tanlang.

 13. SERVER MA’LUMOTLARI VA ISMINGIZNI YOZIB KIRING. Hosil bo’lgan oynadagi «Server Address» bandiga dars.azamat.uz:555 deb yozing va «Nickname» bandiga o’z ismingizni kiriting. Serverimizga kirish uchun hech qanday parol talab qilinmaganligi sababli «Server Password» bandini bo’sh qoldiramiz. Eng oxirida «Connect» tugmasini bosing.

 14. SIZ JONLI EFIRDASIZ! Tabriklayman, Siz jonli ingliz tili darslarida qatnashish uchun kerak bo’ladigan kliyent dasturni muvaffaqiyatli o’rnatdingiz! Endi dasturning chap tomonida ko’rsatilgan xonalarga kirib, ingliz tili darslari va to’liq ingliz tilida bo’ladigan qiziqarli suhbatlarga qo’shiling!

 Dasturdan foydalanishga aloqador qandaydir muammo (ovoz eshitilmasligi, mikrofon ishlamasligi va h.k) paydo bo’lgan bo’lsa, quyidagi fikr bildirish tizimi orqali yoki jonli darslar serveriga ulangan holda so’rashingiz mumkin. Serverda ovozli muloqot qilish imkoni bo’lmagan vaqtda, TeamSpeaker dasturida chatdan foydalanish mumkinligini unutmang. Qaysidir dars kanaliga kirishda parol so’ralishi mumkin. Parollar yangilab turiladi va eng yangi parollarni saytimizning «Jonli ingliz tili darslari» bo’limidan olishingiz mumkin.

Jonli darslarda faol qatnashasiz va ingliz tilini birgalikda o’rganamiz, degan umiddaman. Darslarda suhbatlashguncha!

Abituriyentlar uchun test formulalari

64 ta fikr

  1. menda noto’ri boshqa narsalar chiqdiku

  2. Bu Tasixda ishledimi i

  3. Gaplashish uchun team speak bo’lsa boldimi? Skype kerakmasmi?

  4. Qanday ulanish mumkin menga juda ham zarur

  5. Sever ishlayaptimi?

  6. Mansur Yigitaliyev

    bepul yuklab olishni bosgandim skachat qimayaptiyu

  7. Mansur Yigitaliyev

    endi sozladilarmi teamspeak ni

  8. Men ulana olmayabman kimdir maslaxat bera oladimi

  9. Online darslar necha minut bo’ladi va 1 darsga qancha MB ketadi

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*