Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Qanday qilib tashqi internet traffigini cheklash

Qanday qilib tashqi internet traffigini cheklash

Cheklangan tashqi traffik asosida internetdan foydalanuvchilar uchun bir oy davomida belgilangan traffikni tejab ishlatish ba’zan katta muammo bo’lishi mumkin. O’zim ham shunday muammoga ko’p duch kelganman. Oy oxiriga kelib tashqi internet uchun belgilangan traffik tugab qolsa, internetdan foydalanish uchun ko’p pul to’lashingizga to’g’ri kelib qolishi mumkin. Ko’pchilik foydalanuvchilar bunday vaziyatda tashqi internet traffigidan foydalanmasdan, faqat TAS-IX tizimidagi saytlarga kirish orqali internetga to’lanadigan pullarini tejashga harakat qilishadi. Ammo bu har doim ham muvaffaqiyatli bo’lmasligi va pulli traffik qayergadir «oqib ketaverishi» mumkin.

Agar Sizda ham shunday muammo bo’lsa va unga chek qo’ymoqchi bo’lsangiz, tashqi internet traffikni butunlay cheklab, faqat TAS-IX tizimidagi saytlarning ishlashiga ruxsat bermoqchi bo’lsangiz, kompyuteringizga TMeter dasturini o’rnating. Bu dastur bepul. Ushbu sahifadagi yo’riqnoma faqat TMeterning 13.2 versiyasiga tegishli. Boshqa versiyalarda bu yerda ko’rsatilganidek ishlamaydi.

Quyidagi yo’riqnomadan foydalanib dasturni yuklab olishingiz va kompyuteringizda tashqi internet traffikni cheklashingiz mumkin:

1. TAS-IX TARMOG’IDAGI IP MANZILLAR RO’YXATINI TOPING. Buning uchun cabinet.chirkom.uz/tasix/ sahifasiga tashrif buyurasiz. U yerda ip manzillarni o’z ichiga olgan zip faylni yuklab oling. Zip ichidagi LAT fayli keyinchalik bizga kerak bo’ladi. TAHRIR: IP manzillarning yangi ro’yxati: http://tasix.tn.uz/tasix/all?format=ipfilter. Keyinchalik bu manzil ham ish bermay qolsa, shunchaki Google orqali «tas-ix ip» deb qidiring.

2. TMETER LAT FAYLINI OCHING. Zip ichida TMeter dasturi uchun o’ljallangan «lat» fayl bo’lishi kerak. Agar fayl txt shaklda bo’lsa, uni shunchaki .lat kengaytma bilan qayta saqlab oling.

3. IP MANZIL OXIRIGA MODEM ISHLASHI UCHUN LOKAL IP MANZILLARNI QO’SHAMIZ. Bu juda muhim! Modemingiz to’g’ri ishlashi uchun yuqorida ko’rsatilganidek tayyorlangan ro’yxatning oxiriga 172.17.0.6 172.17.0.7 va 192.168.1.1 192.168.1.3 manzillarini ikki qator qilib kiritib qo’yamiz.

4. RO’YXATNI «IP-MANZILLAR.LAT» NOMI BILAN ISH STOLIGA SAQLAYMIZ. Buning uchun CTRL+S yoki Bloknot menyusidagi Saqlash bandini tanlaysiz. Hosil bo’lgan saqlash oynasida «barcha fayllar» bo’limini tanlab, fayl nomiga ip-manzillar deb yozib, nuqtadan keyin lat kengaytmasini qo’yasiz. Fayl «ip-manzillar.lat» bo’lib saqlanishi shart.

5. RO’YXAT SAQLANGANLIGIGA ISHONCH HOSIL QILING. Siz saqlagan «ip-manzillar.lat» fayli ish stolida turganligiga, to’liq saqlanganligiga ishonch hosil qiling. Dastur o’rnatilgandan so’ng u Sizga kerak bo’ladi.

Endi TMeter dasturining aynan mana shu (13.2) versiyasini yuklab oling va quyidagicha o’rnating. Boshqa versiyani o’rnatsangiz, unda muammolar bo’lishi mumkin. Shuning uchun iltimos, aynan 13.2 versiyani o’rnatayotganingizda ishonch hosil qiling.

6. DASTURNI O’RNATING. Dastur hamma boshqa dasturlardagidek o’rnatiladi. Hech qanday sozlanmani o’zgartirmang. Faqat «Dalee» («Next») tugmasini bosaverishingiz kifoya.

7. DASTUR O’RNATILDI! Endi ok tugmasini bosing.

8. CHAP TOMONDAGI MENYUNING «NABOR FILTROV» BANDIGA KIRING. «Filtrlar jamlanmasi» deb nomlangan bu bandda uchta filtr avvaldan o’rnatilganligini ko’rasiz. Ularni bitta-bitta tanlab, eng pastdagi «Udalit» tugmasi yordamida o’chirib chiqing. Istaganingizni o’chiravering, ularning birortasi ham bizga kerak emas. Ikkita filtrni o’chirasiz, oxirida bitta filtr qolganda uni o’chirishingizga yo’l qo’yilmaydi, shunda keyingi bosqichga o’tasiz.

9. YANGI FILTR QO’SHISHGA KIRISHING! Buning uchun filtrlar jamlanmasining pastidagi «Dobavit…» tugmasini bosib, undan hosil bo’lgan «Filtr» bandini tanlaysiz.

10. TASHQI SAYTLAR FILTRINI YARATING. Buning uchun «Nazvaniye filtra» degan joyiga «Tashqi saytlar» deb yozasiz va yozish joyining to’g’risidagi rangni qizil qilib qo’yasiz. Rangning ahamiyati yo’q, traffik to’xtatilayotganligi sababli men qizil rangni tanladim. Rangni tanlaganingizdan so’ng bu filtrga «Dobavit Pravilo…» tugmasi yordamida qoida qo’shamiz. «Dobavit Pravilo…» tugmasini bosing.

11. QOIDAGA CHEKLOV SOZLANMALARINI KIRITING. Hosil bo’lgan oynaga qoida nomini «Tashqi saytlar» deb yozasiz, pastki qismda berilgan cheklov hossalaridan «Blokirovat» bandini belgilaysiz va o’ng tomondagi tanlov menyusidan «IP adres globalnoy seti» («Global tarmoq IP manzili») bandini tanlaysiz. Ish so’ngida OK tugmasini bosing.

12. QOIDA SAQLANGANLIGIGA ISHONCH HOSIL QILING. Filtringiz ichiga yangi qoida kiritilgan va uning belgisi traffikni cheklayotganligiga ishora qilib turgan bo’lsa, OK tugmasini bosib keyingi bosqichga o’ting.

13. FILTRINGIZ TO’LIQ SAQLANGANLIGIGA ISHONCH HOSIL QILING. Hammasini ko’rsatilganidek bajargan bo’lsangiz, filtrlar jamlanmasiga «Tashqi saytlar» deb nomlangan yangi filtringiz kiritilgan bo’lishi kerak.

14. TAS-IX SAYTLARIGA RUXSAT BERUVCHI YANGI FILTR YARATING. Buning uchun avvalgi sahifadagi 10-qadamni takrorlab, yangi filtr yaratish oynasini ochasiz. Bu oynada filtr nomini «TAS-IX» deb qo’ying, rangini esa yashil qilamiz.

15. FILTRGA TAS-IX UCHUN RUXSAT SOZLANMALARI QOIDASINI KIRITING. Avvalgi sahifaning 11 va 12-qadamida ko’rsatilganidek sozlanmalarni ochib, ularni TAS-IX uchun moslaymiz. Bunda qoida nomini TAS-IX, deb kiriting. Pastki cheklov tanlovlari ichidan «Podschitat» bandini tanlang va o’ng tomondagi tanlov menyusidagi «IP adres moyey lokalnoy seti» («Mening mahalliy tarmog’im IP manzili») bandini tanlang. Barchasini saqlash uchun OK tugmasini bosasiz.

16. FILTRLARINGIZ TO’G’RI O’RNATILGANLIGIGA ISHONCH HOSIL QILING. Barcha ochilgan va o’zgartirilgan oynachalarni OK tugmasi yordamida yopganingizdan so’ng filtrlar jamlanmasi oynasidagi keraksiz filtrlarni o’chirishingizdan keyin quyidagi ko’rinishdagi ikkita filtr qolgan bo’lishi kerak. E’tibor bering: TAS-IX filtri ishorasi traffik cheksiz o’tkazilishi haqida, Tashqi saytlar filtri esa traffik cheklanishi haqida ishoralarni ko’rsatmoqda.

17. BARCHA O’ZGARISHLARNI SAQLANG. Filtrlaringiz to’g’ri qo’yilganligini ko’rganingizdan so’ng dastur oynasining pastki o’ng tomonida joylashgan «Primenit» tugmasini bosish orqali barcha o’zgarishlarni saqlang. Hammasi to’liq saqlanganda quyidagicha xabar ko’rsatiladi:

18. QURILMALARNI TANLANG. Filtrlar to’liq, to’g’ri o’rnatilgandan so’ng, qurilmalarni tanlashimiz kerak bo’ladi. Buning uchun dasturning chap tomondagi bandlar ro’yxatidan «Setyeviye adaptori» bandini tanlang. Hosil bo’lgan oynada kompyuteringizdagi internet bilan ishlashi mumkin bo’lgan qurilmalar ko’rsatiladi. Kimlardadir bu ikkitagina, kimlardadir o’ntagacha bo’lishi mumkin (!!!). Shuning uchun Sizdagi qurilmalar ro’yxati rasmda ko’rsatilganidek bo’lmasa, hovotir olmang! Bizga faqat yashil rasmchasi bor mahalli tarmoq adaptori (ko’p hollarda Realtek) va sariq telefonchaning rasmi bor, nomining oxiri WANIP bo’lib tugaydigan qurilmalar kerak bo’ladi.

19. TASHQI QURILMANI TANLANG. Ro’yxatdagi sariq telefonchaning rasmi bor, nomining oxiri WANIP bo’lib tugaydigan qurilma (adaptor)ning tanlash joyiga «ptichka» (tanlash) belgisini qo’yganingizda rasmda ko’rsatilganidek «Tashqi» yoki «Ichki» tanlov oynasi ko’rsatiladi. Sariq telefoncha rasmi bor WANIP adaptor uchun «Vneshniy» (Tashqi) tanlovini tanlaymiz.

20. ICHKI QURILMANI TANLANG. Endi qurilmalar ro’yxatidagi yashil plata rasmi berilgan, odatda ko’pchilik kompyuterlarda Realtek deb nomlanadigan ichki qurilma tanlov joyiga «ptichka» qo’ysangiz, tanlov oynasi ochiladi. Yuqoridagi qadamda «Vneshniy» tanlovini allaqachon tanlab bo’lganligimiz sababli, bizga faqat «Vnutrenniy» (Ichki) tanlovi ko’rsatiladi. Uni tanlab, OK tugmasini bosamiz.

21. IKKI QURILMA TO’G’RI TANLANGANLIGIGA ISHONCH HOSIL QILING. Yuqoridagi qadamlarni to’g’ri bajargan bo’lsangiz, sariq telefoncha rasmi bor WANIP qurilmasiga «Vneshniy», yashil plata rasmi bor Realtek qurilmasiga esa «Vnutrenniy», degan yozuvlar biriktirilgan bo’lishi kerak. Hammasi to’g’ri bo’lsa «Premenit» tugmasini bosib, o’zgarishlarni saqlang.

22. IP MANZILLAR GURUHIGA KIRING. Dasturning chap tomonidagi bandlar ichidan «Gruppi IP adresov» deyilgan bandni tanlang. Bu guruhda hech qanday IP manzillar guruhi yo’q, oyna rasmda ko’rsatilganidek bo’sh bo’lishi kerak.

23. YANGI IP MANZILLAR GURUHINI QO’SHISH OYNACHASINI OCHING. Buning uchun IP manzillar guruhi oynasining pastki o’ng qismida joylashgan «Import» tugmasini bosasiz. Hosil bo’lgan oynachadagi «…» (uchta nuqta) tugmasini bosing.

24. ISH STOLIGA AVVALROQ SAQLANGAN «IP-MANZILLAR.LAT» FAYLINI OCHING. Hosil bo’lgan oyna orqali ish stoligacha borib, avvalroq Ulugov saytidan olingan, Bloknotga yozib, saqlangan IP manzillarning LAT faylini tanlab, oching. Shundan so’ng «Dalee…» (Next) tugmasini bosishingiz kerak bo’ladi.

25. IP GURUHLAR OCHILGANLIGIGA ISHONCH HOSIL QILING. Avval saqlangan «ip-manzillar.lat» faylini ochib, «Dalee…» (Next) tugmasini bosganingizdan so’ng oynachada IP manzillarning juft-juft bo’lib turgan guruhlari ko’rinishi kerak. «Finish» tugmasini bosib, ishni tugatamiz.

26. IP GURUHLARINGIZNI SAQLANG. IP guruhlarning asosiy oynasida barcha IP manzillar borligiga ishonch hosil qilib, «Primenit» tugmasini bosib, barcha o’zgarishlarni saqlang!

27. DASTUR ISHLAYAPTI! Bo’ldi! Tabriklayman, Siz uddaladingiz! 🙂 Dasturingiz endi internetni nazorat qilib, faqat TAS-IX saytlarni ochadi, tashqi saytlarni esa to’sib qo’yadi. Dasturning yuqori chap tomonida «Start Sbora» (dastur ishlaydi) va «Stop Sbora» (dastur o’chirib qo’yiladi) tugmalari bor. «Start Sbora» tugmasi bosilgan (hira bo’lib turgan)ligiga ishonch hosil qiling. Agar dasturni vaqtincha o’chirib turmoqchi bo’lsangiz, ilgarigidek TAS-IX va tashqi saytlar bir hil ishlashini xohlasangiz, «Stop Sbora» tugmasini bosib qo’ying.

TAS-IX tarmog’idagi saytlar o’zgarib turadi. Ba’zan tarmoqqa yangi saytlar qo’shilsa, ba’zan avvalroq unda bo’lgan saytlar tarmoqdan chiqib ketadi. Agar Sizda eski IP manzillar ro’yxati uzoq vaqt yangilanmay qolsa, TAS-IX tarmog’idan chiqib ketgan saytlar ham TMeter ishlab turgan vaqtda ochilaverishi va natijada traffigingiz ortiqcha ishlatilishi mumkin. Bu holatning oldini olish maqsadida TMeterdagi TAS-IS IP manzillari ro’yxatini yangilab turish maqsadga muvofiqdir. Ularni yangilash uchun yuqoridagi yo’riqnomaning qadamlarini takrorlab yangi IP manzillar LAT faylini yarating va unda ko’rsatilgan amallarni bajarib LAT fayldagi IP manzillar juftliklarini TMeterga yuklang.

TMeter dasturini o’rnatish haqidagi yo’riqnomam Siz uchun foydali bo’lgan bo’lsa, juda xursandman! TMeter dasturini o’rnatganingizdan so’ng, uning imkoniyatlaridan kengroq foydalanishingiz ham mumkin. Qanday qilib cheklangan tashqi traffikni taqsimlash haqidagi yo’riqnomada TMeter dasturining Siz uchun foydali bo’lishi mumkin bo’lgan yana bir qulayligidan foydalanishni o’rganing!

Qanday qilib tashqi internet traffigini cheklash” maqolasida 93 fikr

  1. AnonimUZB

    Salomalaykum aka, maqolangiz menga juda yoqdi. hozirda yangi IP manzillarni qayerdan olsam boladi googledan qidirib topa olmadim, ulugov.uz dan ham.
    dasturni nastroyka qilganimdan keyin kopchilik tas-ix saytlaga kirmay qolyapti masalan shu saytga ham.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      TMeter dasturini anchadan buyon ishlatmayapman. Shu sababli yangi TAS-IX ip manzillari hozir qayerda chiqarilayotganini bilmayman.

      Javob berish

  2. QUIDYAR

    cabinet.uzonline.uz да «Национальные сети» банди бар. Соны коссаныз тек ТАС-ИКС сайтларга киреди

    Javob berish

  3. Farrux

    «Yuqoridagilarni bajarib bo’lgan bo’lsangiz, keyingi sahifaga o’ting!»

    Keyingi sahifaga o’tish uchun ssilka ishlamayapti-ku…

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan