Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Qanday qilib sayt tayyorlash

Qanday qilib sayt tayyorlash

Internetda o’z saytingizni ochish uchun Sizda hosting va domain bo’lishi kerak. Agar sayt yaratish sohasida hech narsani bilmasangiz, hosting va domain haqida eng muhim asosiy tushunchalarga ega bo’lib olishingiz kerak.

Hosting – bu saytingiz asosini tashkil etiuvchi fayllar (html xujjatlar, rasmlar, ovozli va video fayllar, dasturlar va h.k.) saqlanadigan joy. Hosting xizmati turli hosting provayderlar tomonidan taklif etiladi. Bugungi kunda hosting narxi juda qimmat emas; bir oyga atigi 3 ming yoki 5 mingdan boshlab yaxshi hostingga ega bo’lish mumkin.

Domain – bu hostingda joylashtirilgan saytingizning bosh sahifasini foydalanuvchilarga olib uzatadigan, yo’l ko’rsatuvchi web-ism. Gap shundaki, hostingda saytingizni joylashtirganingizdan so’ng saytingiz faqat IP manzil orqali ko’rilishi mumkin bo’ladi. Masalan, foydalanuvchilar saytingizni 183.168.57.318 degan IP manzil orqali ko’rishlari mumkin deb hisoblaylik. Har safar saytingizga kirish uchun bu raqamlarni terish foydalanuvchilarga qiyinchilik tug’diradi. Bundan tashqari 183.168.57.318 kabi raqamlarni eslab qolish ham juda qiyin. Domainning asosiy vazifasi – mana shu IP manzilni odamlarga tushunarli bo’lgan qisqa, o’qiladigan, ma’no anglatadigan so’zlarga aylantirish. Masalan, www.sayt.uz yoki www.davron.uz. Bundan ko’rinib turibdiki, sayt.uz yoki davron.uz kabi domenlar eslab qolish uchun oson hamda ularni har qanday kishi qiyinchiliklarsiz brauzerda yozib ocha oladi. Har safar kimdir davron.uz kabi domeningizga murojaat qilganda bu domen 183.168.57.318 IP manzilini chaqiradi va natijada Sizning saytingiz foydalanuvchi ko’z o’ngida namoyon bo’ladi!

Hosting va domain olish juda oson.

Hosting olish uchun birinchi navbatda yaxshi hosting kompaniyasini tanlashingiz kerak bo’ladi. Bunda Sizga Hosting-Obzor.uz sayti yordam berishi mumkin. Bu saytda O’zbekistonning barcha hosting kompaniyalari baholangan.

Domain olish uchun Siz avvalroq hech kim tomonidan ro’yxatga olinmagan domain ismni tanlashingiz, yoki ko’p hollarda, topishingiz kerak bo’ladi. Bu uchun Whois.uz sayti qidiruvi orqali Siz qidirgan domain bo’sh yoki band ekanligini aniqlashingiz, agar bo’sh bo’lsa, o’zingiz tanlagan domain ismni taklif qilingan ro’yxatdan o’tkavuzchilar orqali o’zingizniki qilib olishingiz mumkin. Domain ismlarning registratsiya qilinishi eng kam muddati – bir yil.

Hosting va domain olish bosqichidan o’tib olganingizdan so’ng hostingda saytingiz fayllarini joylashtirishingiz hamda saytni «Ishga tushdi!» deb hisoblashingiz mumkin.

Saytlarni yaratish hozirgi vaqtda qiyin emas. Chunki kodni boshida yozib, saytning har bir detalini yaratishning xojati yo’q. Hozirda internet saytlarida eng ko’p ishlatilayotgan WordPress yoki Joomla! kabi sayt platformalari sayt yaratishdagi ishingizning 99% qismini Siz uchun bajaradi. Buning uchun WordPress yoki Joomla! web dasturlarini hostingingizga yuklashingiz va ularni o’rnatishingiz kerak. WordPress va Joomla! uchun saytlarning tayyor ko’rinishlari ham internetda yuklab olish uchun juda ko’plab topiladi.

Misol tariqasida aytmoqchimanki, Azamat.uz sayti WordPress dasturi asosida ishlaydi. Saytimizning hozirgi ko’rinishi va asosiy dasturi internetda bepul yuklab olinishi mumkin.

Sayt yaratishning boshida oxirigacha bo’lgan to’liq yo’riqnomalarini Google orqali rus yoki ingliz tillarida ko’plab topishingiz mumin. O’z saytingizni yaratishingiz va internetda o’z nomingiz, o’z ovozingizga ega bo’lishingizda tilakdoshman!

Qanday qilib sayt tayyorlash” maqolasida 281 fikr

  1. Fazliddin Raxmonov

    Salom. Web sayt ochmoqchidim qaysi dasturlash tilidan foydalanishni maslaxat beras ? Elektron kitoblarni qaydan olsam buladi.
    Javobingiz uchun oldindan raxmat 🙂

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan