Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Qanday qilib sayt tayyorlash

Qanday qilib sayt tayyorlash

Internetda o’z saytingizni ochish uchun Sizda hosting va domain bo’lishi kerak. Agar sayt yaratish sohasida hech narsani bilmasangiz, hosting va domain haqida eng muhim asosiy tushunchalarga ega bo’lib olishingiz kerak.

Hosting – bu saytingiz asosini tashkil etiuvchi fayllar (html xujjatlar, rasmlar, ovozli va video fayllar, dasturlar va h.k.) saqlanadigan joy. Hosting xizmati turli hosting provayderlar tomonidan taklif etiladi. Bugungi kunda hosting narxi juda qimmat emas; bir oyga atigi 3 ming yoki 5 mingdan boshlab yaxshi hostingga ega bo’lish mumkin.

Domain – bu hostingda joylashtirilgan saytingizning bosh sahifasini foydalanuvchilarga olib uzatadigan, yo’l ko’rsatuvchi web-ism. Gap shundaki, hostingda saytingizni joylashtirganingizdan so’ng saytingiz faqat IP manzil orqali ko’rilishi mumkin bo’ladi. Masalan, foydalanuvchilar saytingizni 183.168.57.318 degan IP manzil orqali ko’rishlari mumkin deb hisoblaylik. Har safar saytingizga kirish uchun bu raqamlarni terish foydalanuvchilarga qiyinchilik tug’diradi. Bundan tashqari 183.168.57.318 kabi raqamlarni eslab qolish ham juda qiyin. Domainning asosiy vazifasi – mana shu IP manzilni odamlarga tushunarli bo’lgan qisqa, o’qiladigan, ma’no anglatadigan so’zlarga aylantirish. Masalan, www.sayt.uz yoki www.davron.uz. Bundan ko’rinib turibdiki, sayt.uz yoki davron.uz kabi domenlar eslab qolish uchun oson hamda ularni har qanday kishi qiyinchiliklarsiz brauzerda yozib ocha oladi. Har safar kimdir davron.uz kabi domeningizga murojaat qilganda bu domen 183.168.57.318 IP manzilini chaqiradi va natijada Sizning saytingiz foydalanuvchi ko’z o’ngida namoyon bo’ladi!

Hosting va domain olish juda oson.

Hosting olish uchun birinchi navbatda yaxshi hosting kompaniyasini tanlashingiz kerak bo’ladi. Bunda Sizga Hosting-Obzor.uz sayti yordam berishi mumkin. Bu saytda O’zbekistonning barcha hosting kompaniyalari baholangan.

Domain olish uchun Siz avvalroq hech kim tomonidan ro’yxatga olinmagan domain ismni tanlashingiz, yoki ko’p hollarda, topishingiz kerak bo’ladi. Bu uchun Whois.uz sayti qidiruvi orqali Siz qidirgan domain bo’sh yoki band ekanligini aniqlashingiz, agar bo’sh bo’lsa, o’zingiz tanlagan domain ismni taklif qilingan ro’yxatdan o’tkavuzchilar orqali o’zingizniki qilib olishingiz mumkin. Domain ismlarning registratsiya qilinishi eng kam muddati – bir yil.

Hosting va domain olish bosqichidan o’tib olganingizdan so’ng hostingda saytingiz fayllarini joylashtirishingiz hamda saytni «Ishga tushdi!» deb hisoblashingiz mumkin.

Saytlarni yaratish hozirgi vaqtda qiyin emas. Chunki kodni boshida yozib, saytning har bir detalini yaratishning xojati yo’q. Hozirda internet saytlarida eng ko’p ishlatilayotgan WordPress yoki Joomla! kabi sayt platformalari sayt yaratishdagi ishingizning 99% qismini Siz uchun bajaradi. Buning uchun WordPress yoki Joomla! web dasturlarini hostingingizga yuklashingiz va ularni o’rnatishingiz kerak. WordPress va Joomla! uchun saytlarning tayyor ko’rinishlari ham internetda yuklab olish uchun juda ko’plab topiladi.

Misol tariqasida aytmoqchimanki, Azamat.uz sayti WordPress dasturi asosida ishlaydi. Saytimizning hozirgi ko’rinishi va asosiy dasturi internetda bepul yuklab olinishi mumkin.

Sayt yaratishning boshida oxirigacha bo’lgan to’liq yo’riqnomalarini Google orqali rus yoki ingliz tillarida ko’plab topishingiz mumin. O’z saytingizni yaratishingiz va internetda o’z nomingiz, o’z ovozingizga ega bo’lishingizda tilakdoshman!

Qanday qilib sayt tayyorlash” maqolasida 281 fikr

  1. Odiljon Xamidov

    Maslahat uchun rahmat. men tarixiy sayt yaratish jarayonida fayl tayyorlab berganman/ Ammo osonligini bilmagan edim/

    Javob berish

  2. Noorbek

    salom men uz domenidan tasix da sayt ochish niyatim bor shunga uz domenini olish qanday boladi tolovlari tasix ka ulash malumot bersangiz

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Sizga Arsenal-D hosting kompaniyasini tavsiya etaman: ham ishonchli, ham yangi mijozlar bilan ishlashga juda tajribali kompaniya. Telefon qilsangiz hamma savollaringizga javob berib, sayt ochishingizda yordam berishadi. Telefon raqamlarini http://www.arsenal-d.uz saytidan topasi.

      Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Orzuingiz amalga oshishiga tilakdoshman. Sizga Arsenal-D kompaniyasi bilan bog’lanishingizni maslahat beraman, ular sizga sayt ochishingizda yordam berishadi. Kompaniyaning telefon raqamini http://www.arsenal-d.uz saytidan olishingiz mumkin.

      Javob berish

  3. Hayotbek

    Assalomu Aleykum Azamat Xodjakov! Masalan men .RU domenida sayt yaratsam .UZ hostinglaridan foydalanishim mumkinmi? Meni niyatim .RU domenida sayt ochib Google AdSense dasturi yordamida ishlamoqchiman. Men sizning maslahatingizga muhtojman. Iltimos meni o`z shogirdingizdek qabul qiling.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      O’zbekiston hosting kompaniyalaridan foydalanish uchun domeningizning ahamiyati yo’q. Qolaversa Google AdSense uchun ham domeningizning .uz yoki .ru bo’lishining umuman ahamiyati yo’q. Asosiysi saytingiz tarkibi AdSense talablariga javob berishi kerak.

      Javob berish

  4. Noorbek

    salom Azamat. wordpress va joomla programmalari sayt ochishdagi ishlarning 99% zini bajaradi deyapsiz shunda php,css,html ni bilishimiz shart emasmi? yana shu proglar orqali xam .ru yoki boshqa pullik domenanan wap sayt ocha olamizmi?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Albatta WordPress yoki Joomla tizimlarini o’rnatishda Sizga php, css bilimlari kerak bo’lmaydi, ularning o’rnatilishi juda oson. Ular yordamida istalgan host yoki domenda wap saytlarni ham tashkil etsa bo’ladi

      Javob berish

      1. Great

        oka etomismi Hozirgi vaqda ko`p web saytlar qaysi dasturlash tillaridan ko`p foydalanadi,Joomla,WordPress,DataLifeEngine?Aytmoqchimanki o`zb yoki butun dunyo!

        Javob berish

  5. Shohruhbek

    Salom aka menda bir savol bor edi fo.ru da sait ochsa bo’ladi-a. Ularga menga sait ochib bersa ularga qanday foydasi tushumni qanchadir % ularga tegishlimi?

    Javob berish

  6. Bakhrom

    Assalomu alaykum. Sizga ikkita savolim bor edi. Siz saytingizni har hil brouzerlarda bir hil, buzulmasdan ochilishiga qanday erishgansiz? Javob uchun oldindan rahmat. Agar Wrdpressda desangiz, u yerda ham MVC da sayt yaratish mumkinmi?

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan