Bosh sahifa / Qanday qilib / Qanday qilib oyiga 10 mln soʻm daromad oladigan kasbni oʻrganish mumkin?

Qanday qilib oyiga 10 mln soʻm daromad oladigan kasbni oʻrganish mumkin?

Grafik dizaynerlik boʻyicha oʻqimoqchimisiz? Bu imkoniyat endi sizda bor! Qanday qilib deysizmi, Toshkentdagi oʻquv markazlardan biri sizga ushbu imkoniyatni taqdim etadi.

Keling, avvalo, tushunib olaylik. Grafik dizayner aslida kim? Uning vazifalari nimalardan iborat? Grafik dizayner boʻlish uchun oʻquvchidan nimalar talab qilinadi? Quyida bu savollarga javoblarni koʻrib chiqamiz.

Grafik dizaynerning vazifasi nimadan iborat boʻladi?

Grafik dizayner vazifalardan asosiysi kompaniyaning stilini yaratish. Yoki zamonaviy termin bilan aytganda firmaning brendini yaratishdir. Masalan, logotip, ranglar yondashuvi, shrift va boshqalar.

Grafik dizayner poligrafiya sohasida ham ishlashi mumkin. Poligrafik mahsulotlarning reklama maketlarini (buklet, flayer, kalendar kabi ) yasash. Qadoqlash dizayni bilan shugʻullanish. Veb saytlar dizayni, logo branding va unga talluqli barcha dizaynlar mahsulotlari, shuningdek kitob va jurnallar maketlarini tayyorlash.

Grafik dizaynerning asosiy mijozlari.

— Ishlab chiqaruvchi

— Nashriyotlar

— Dizaynerlik firma va studiyalari

— Reklama agentliklari

— Firma va kompaniyalar

Grafik dizaynerlar qancha maosh oladi?

Hozirgi vaqtda biz bilgan koʻplab grafik dizaynerlar mustaqil ravishda oʻz ishini olib bormoqda. 9 mln (!) soʻm oylikka ishlashni istamagan grafik dizaynerlarni ham bilamiz. Balki siz ular tajribali dizaynerda deyishingiz mumkin. Shu joyida sizni xursand qilishimiz mumkin. Ularni ham bu sohaga kirganiga koʻp boʻlgani yoʻq. Lekin bu kasb egalari hozirda eng talabgorlardan biri desak xato qilmagan boʻlamiz.

Bizning mintaqada grafik dizaynerning oʻrtacha maoshi 4 000 000 soʻmdan 12 000 000 soʻmgacha ekan. Bu albatta oʻrtacha narx. Ishonmasangiz biror grafik dizaynerdan oddiy logotip yasash qanchaga tushishini soʻrab koʻring! Bu kasb egalari kamligidan hatto oylab kutishga ham rozi boʻlar ekansiz.

Grafik dizayner qanday ishlar bilan shugʻullanadi.

Grafik dizayner u reklama bannerlari, flayer va bukletlar, nishon va sertifikatlar, hayotimizda koʻrishimiz mumkin boʻlgan koʻplab narsalarni tayyorlaydi. Internet saytlar, mobil ilovalar, jurnal va gazetalar, kitob va disk muqovalari, restoran menyulari, mahsulot kataloglari, vizitkalar, mahsulot qadoqlari, sanoat tovarlari. Bularning barchasi grafik dizaynerning vazifasidir. Mana shulardan tushunish mumkinki, biz qayerga borsak grafik dizaynerning turli xildagi mehnatini albatta koʻramiz.

Firma stili va brend

Logo (branding) — kompaniyaning yuzi. Mahsulot dizayni esa, oʻsha mahsulotni sotilishiga eng birinchi sabab boʻladi.Shunday ekan har bir firma oʻzining shaxsiy stili boʻlishini xohlaydi. Mijozlar uni ana shu stillar orqali ajrata olishini xohlaydi. Har bir ishlab chiqaruvchi oʻzining mahsulotiga va uni sotishga, uni zamonaviy koʻrinishda qadoqlashga eʼtibor beradi. Bu bilan grafik dizayner shugʻullanadi.

Shriftlarni tayyorlash

Bu grafik dizaynerni asosiy sohasidan biri. Bunda dizayner uzoq xizmat qiladigan va zamon talablariga mos boʻlgan, oʻqish qulay matn shriftlarini tayyorlaydi. Har bir shrift oʻz xarakteriga ega boʻladi.

Reklama dizayni

Reklamachilar mijozlar bilan oson munosabat oʻrnatish uchun bozorlarni, katta sonli auditoriyalarni qidirishadi va reklamali konsepsiyalarni tarqatishadi. Buning uchun ular grafik dizaynerga murojaat qilishadi. Biz koʻrib turgan ijtimoiy tarmoqlardagi barcha dizaynlarni ham aynan grafik dizaynerlar tomonidan tayyorlanadi.

Kitob jurnal va gazetalar dizayni

Yorqin jurnal ishlab chiqarishda dizayner yozuvlar jadvali va har bir sarlavhaning oʻz xarakteridan kelib chiqib stilistikani ishlab chiqadi.

Mobil va veb dizayni

Internet olamida koʻrinib turgan barcha veb sayt va ilova undagi bannerlaridan tortib harakatli bannerlarigacha grafik dizayner qiladi.

Endi sizda savol paydo boʻlishi mumkin. Bularni barini qayerda va qanday qilib oʻrganish mumkin? Albatta “Najot Taʼlim” oʻquv markazida. Uning ustiga 50 foizlik chegirma bilan.

Kurs necha oy davom etadi va nimalar oʻrgatiladi?

Kurslar ikki bosqichdan iborat birinchi bosqich uch oy davom etadi va siz bu vaqt davomida Photoshop, IllustratorCorel Draw, UI/UX uchun Adobe XD dasturlari 100% oʻrgatiladi. Ikkinchi bosqichda esa haqiqiy grafik dizaynerlikka qadam qoʻyasiz. Ushbu bosqich olti oyni oʻz ichiga qamrab oladi. Bu vaqt davomida siz chinakam dizayner uchun qanday maʼlumot va tajriba kerak boʻlsa barchasini oʻqib oʻrganasiz. Agar siz birinchi bosqichdagi dasturlardan xabardor boʻlsangiz toʻgʻridan toʻgʻri ikkinchi bosqichda oʻqishingiz mumkin boʻladi.

Birinchi bosqichni tugatganda va ikkinchi bosqichning har oyida imtihon boʻlib oʻtadi. Imtihondan oʻtganlar keyingi bosqichga oʻtkaziladi.

Kursni tamomlaganingizdan soʻng maxsus sertifikat beriladi. Va eng asosiysi talabga javob bergan barcha oʻquvchilar taniqli dizayn studiyalariga ishga taklif etiladi. (Albatta siz buni oʻzingiz istasangiz 🙂 )

Shoshiling, “Najot Taʼlim” oʻquv markazi ushbu kurslar uchun 50 foizlik maxsus chegirma joriy qilgan boʻlib, umumiy hisobda 30 tagacha oʻquvchi olinishini maʼlum qilamiz.

Eslatma: Oʻquvchilar suhbat asosida qabul qilinadi.

Telegram: t.me/najotedu

Facebook: fb.com/najotedu

Quyida grafik dizaynerlik sohasidan dars beradigan oʻqituvchilarning qilgan ishlaridan namunalar bilan tanishishingiz mumkin:

Reklama asosida

Abituriyentlar uchun test formulalari

Bitta fikr

  1. Menimcha daromadiga qarab kasb tanlash bu noto’g’ri deb xisoblayman. Chunki odam baribir o’zi qiziqmagan kasb egasi bo’lmoqchi bo’lsa buni udallashi juda qiyin kechadi deb o’ylayman. Inson hech hachon hozirgi vaqtda ko’p daromad keltiradigan kasb tanlamasligi kerak.Chunki insonning o’zining baribir o’zi qiziqqan kasbi bo’ladi va shu yo’nalish bo’yicha borsa ko’p yutuqlarga erishadi deb o’ylayman.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*