Bosh sahifa / Qanday qilib / Qanday qilib Odnoklassnikida profilni o’chirish

Qanday qilib Odnoklassnikida profilni o’chirish

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog’i bugungi kunda ko’plab foydalanuvchilarni o’ziga jalb qilib kemoqda va sayt reytingining oshib borayotganligidan ko’rinib turibdimi, Odnoklassniki sayti foydalanuvchilari soni kundan-kunga ko’payayapti.

Bu saytda tanish-notanish kishilar bilan muloqotda bo’lish kimgadir yoqsa, kimlardir Odnoklassniki saytini yoqtirmasligi va imkon qadar tezroq bu saytdan qutulishni xohlab qolishi mumkin. Agar Siz Odnoklassnikida profilingizni butunlay o’chirishni xohlasangiz quyidagi bosqichlarni amalga oshiring:

  1. Odnoklassniki saytiga o’z login va parolingizdan foydalangan holda kiring;
  2. Saytning eng pastki qismida, bir necha ustun qilib keltirilgan linklar ichidan «Reglament» linkini toping;
  3. «Reglament» linki orqali Odnoklassniki saytining qonun-qoidalari keltirilgan sahifasiga o’tasiz. Bu sahifadagi qoidalar (Лицензионное соглашение) matnining eng oxirida «Xizmatdan voz kechish» (Отказаться от услуг) linkini toping;
  4. «Xizmatlardan voz kechish» linkini bosganingizdan so’ng Sizning e’tiboringizga Odnoklassnikidan ketishingiz sabablarini so’rovchi oyna havola etiladi. Bunda nima uchun ijtimoiy tarmoqni tark etayotganligingizni xohishingizga ko’ra ko’rsatishingiz yoki ko’rsatmasligingiz mumkin. Bundan tashqari profilingizni o’chirganingizdan so’ng Sizni saytda sog’inib qoluvchi do’stlaringizning g’amgin rasmlari ham ko’rsatiladi. Oynaning eng pastki qismida profilingizga kirish parolini yozib «Udalit navsegda» tugmasini bosish orqali profilingizni butunlay o’chirib tashlashingiz mumkin.

Odnoklassniki saytidagi profilingizni o’chirish oqibatida Sizga tegishli bo’lgan barcha fotosuratlar, muhokamalar, bildirilgan fikrlar, audio va video fayllar, guruhlarga a’zoliklar va bu a’zoliklardagi mavqelar saytdan butkul o’chiriladi. Shuni ham e’tiborga olingki, Odnoklassniki saytidagi profilingizni yuqorida ko’rsatilgan bosqichlar orqali o’chirganingizdan so’ng uni qayta tiklashning imkoni bo’lmaydi. Barcha yozishmalaringiz hamda fotosuratlaringiz profilingiz bilan birgalikda butunlay o’chib ketadi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

33 ta fikr

  1. Miss Sincere Girl

    Agar bitta nomerga ikkita profil ochilgan bo’lsa, bitta profilni o’chirmoqchi bo’lsam, ikkinchi profilga ta’sir qimiydimi?

  2. Azamat aka sizning saytingizni dizayni odnoklassnikinikidan chiroyliroq siz ham odnoklassnikidan ham zo’r qilib ijtimoiy tarmoq ochsangiz bo’lmaydimi? Shunday qilsangiz zo’r bo’lardi!

  3. AZAMAT aka mail.ru pochtani ochirishni iloji bormi ? iloji busa aytvoring iltimos

    • Nastroykada o’chirasiz. Iloji bor. Adashmasam, o’chirish uchun buyurtma berganingizdan keyin 90 kun davomida pochtangizga kirmasangiz to’liq o’chiriladi. Albatta, o’chishi uchun o’chirishga nastroykada buyurtma berishingiz kerak.

  4. Odnoklassnikidan o’chirib bo’myabdi lanati saytni nima qilay gapiring?

  5. O’chirib bo’mayabdi saytni nima qilay endi gapiring Reglamentizam ish bermadi

  6. Facebookdan ham profilni o’chirib bo’ladimi? Agar mumkin bo’lsa o’rgatsangiz?

  7. Telefonda PROFIL O’CHIRISH yo’lini aytolmaysizmi??

  8. Meni adnoda 1 ta profilim bor edi. Hozir 2-profildan foydalanaman. Sababi eski profilimni ochgan raqamim endi ishlamayapti. Parol ham esimdan chiqqan .menga qanday maslaxat berasiz

  9. Salom Azamat aka imoni butunlay uchirsam buladimi kirganimda parol suramasdan registratsiya bulyabdi

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*