Qanday qilib kitob yozish

Bir necha haftadan beri o’zim kitob yozish fikriga kelganimdan keyin qanday qilib kitob yozish haqida internetda ko’p ma’lumotlarni o’qib chiqdim. Bu maqolada o’zimning o’rganganlarimni yozmoqchiman.
Kitob yozishni niyat qilgan har qanday kishining hayoligi birinchi o’rinda qanday qilib kitob yozishni boshlasam ekan, degan fikr keladi. Tabiiyki, huddi menga o’xshab, kitob yozishni niyat qilgan kishi tashqi manbaalardan o’rganishga harakat qiladi, kimlardandir maslahat so’raydi, sohada tajribaliroq bo’lgan kishilarga savol bilan murojaat qiladi. Mening fikrimda bu masalada savol so’rashga intilayotgan kishilar bitta javobni eshitishni juda xohlashadi, bu javob: “Kitob yozish juda oson, hamma kitob yoza oladi!”. Balki bu javob ular uchun yupanchdir, ammo aslida ham bunday javobni kitob yozishni xohlovchi boshlang’ich yozuvchilarga yo’l ko’rsatish sifatida berishimiz mumkin. Chunki, rostdan ham istaga kishi kitob yozishi mumkin.
Kitob yozish uchun hech qanday alohida ruxsatnoma, litsenziya yoki boshqa biror rasmiy xujjatga ega bo’lish kerak emas. To’g’ri, kitobni nashr etish uchun ma’lum xujjatga ega bo’lish zarur, ammo ijod qilish faqatgina kishining tasavvuri bilan cheklanishi mumkin. Shunday ekan, agar Siz kitob yozishga qaror qilgan bo’lsangiz, bu ishni hozirdan boshlashingiz mumkin!
Kitoblar har xil mavzuda bo’lishi mumkin. Kimdir badiiy-to’qima hikoyalarni o’z tasavvuriga tayangan holda o’ylab topib kitob yozsa, kimdir real hayotda mavjud bo’lgan biror narsa yoki joy haqida ilmiy faktlar to’lpamidan iborat kitob yozishi mumkin. Badiiy ruhdagi kitob yozish uchun yozuvchida yuksak ijodkorona fikrlash mavjud bo’lishi kerak. Badiiy asar yozish ko’nikmasini qalbida yozishga nisbatan ishtiyoqi bo’lgan har qanday kishi takroriy mashqlar asosida shakllantirishi mumkin. Ilmiy kitob yozish uchun esa ma’lum bir soha ustida juda ko’p ishlash kerak bo’ladi. Siz yozmoqchi bo’lgan narsani eng avvalo o’zingiz juda puxta o’rtanib chiqishingiz kerak bo’ladi. Bu o’rganib chiqish jarayoni sohaga aloqador kitoblar o’qish, internet ma’lumotlarini yig’ish, kerka bo’lsa ma’lum joylarga sayohat qilishni o’z ichiga olishi mumkin. Siz yozmoqchi bo’lgan kitob har qanday yo’nalishda bo’lmasin, asosiysi o’quvchilarga ma’naviy ozuqa bera oladigan darajada mukammal bo’lishi kerak. Aks holda yozilgan kitobni hech kim o’qimaydi va tabiiyki, u kitob sifatida qadrga ega bo’lmaydi.
Kitob yozishdan ko’zlangan maqsadga kelsak, asosan bu maqsad ikki xil bo’lishi mumkin. Birinchisi, kimlardir o’z istagi va yozishga bo’lgan shijoatidan kelib chiqib, o’z vaqtini mazmunli o’tkazish yoki o’z bilimidan boshqalarning ham bahramand bo’lishlari uchun kitob yozishi mumkin. Ikkinchisi, kimlardir yozgan kitobini ko’p nusxalarda nashr qildirib, kitoblarning sotilishidan foyda olish maqsadida kitob yozish mumkin. Har ikki maqsadda ham kitobning kitob sifatida qadrga ega bo’lishi uchun shart bitta – kitob o’quvchi uchun ma’naviy ozuqa bera olish darajasida mukammal bo’lishi kerak!
Qaysi yo’nalishdagi kitob yozishni va kitob yozishdan ko’zlangan asosiy maqsadingizni to’g’ri tushunib, aniqlab olgan bo’lsangiz, kitob yozishga kirishishingiz mumkin. Quyida kitob yozishga kirishishingizdan oldin bilishingiz foydali bo’lgan maslahatlar bosqichma-bosqich keltirilgan.
- YOZISH UCHUN YAXSHI DAFTAR TUTING. Bugungi kunda kompyuter texnologiyalari juda rivojlangan. Yozmoqchi bo’lgan kitobingizni kompyuterda terishingiz yoki planshetlarda yozishingiz ham mumkin, ammo agar kitob yozishga jiddiy kirishga bo’lsangiz eski usluda, ota-bobolarimiz yozganlaridek qog’oz va qalamda yozishingizni tavsiya etaman. Chunki shunday qilsangiz yozganlaringiz ishonchali saqlanadi. Kompyuter texnologiyalarining buzilishi, ma’lumotlarning kutilmaganda o’chib ketishi yoki ko’p hajmda yozilgan matn fayllarining ochib bo’lmay qolishi xavfi yozganlaringizni chetlab o’tishi juda zarur. Shuning uchun, sifatli, qalin daftar tuting. Daftarning muqovasi qattiq bo’lishi maqsadga muvofiq, chunki kitobni bir haftada yozib tugatmaysiz, balki uni yillar davomida yozarsiz, bunda esa tutgan daftaringizning yaxshi saqlanishi muhimdir. Qattiq muqovali daftarlar ko’proq vaqt ish beradi. Yozish uchun foydalanadigan ruchkangizga ham e’tibor bering. Shaxsan men yomon yozadigan ruchkalar bilan ishlaganimda yozmoqchi bo’lgan fikrlarimda chalg’ib qolishim ko’p kuzatiladi. Sizda ham shunday bo’lmasin.
- YOZISHNI BOSHLANG. Mana bu bosqich deyarli hammada juda qiyin kechadi. Siz daftarning birinchi, oppoq, top-toza sahifasidasiz. Hech narsa yozilmagan. Men shunday vaziyatda turganimda birinchi sahifaga uzoq tikilib qolgandim. Hali biror nuqta ham qo’yilmagan oppoq sahifaning o’zi tozalik, yangilik, musaffolik sifatida katta bir asarga o’xshab tuyuladi menga. Yoqmoqchi bo’lganlaringizning qanday bo’lishi mana shu birinchi sahifaqa qaysi ruh bilan boshlashingizga bog’liq. Boshlanishiga yozishni sitagan fikrlaringizni hech qanday tartibga yoki biror qoidaga asoslanmagan holda yozavering. Keyinchalik ma’lumotlarni qaytadan tartibla olishingiz mumkin. Muhimi, hayajonga berilmang. Qanchalik ko’p yozganingiz sari yozmoqchi bo’lganingiz o’sha mavzu haqida ko’proq va aniqroq tushuncha payda bo’la boradi. Yozish davomida yozmoqchi bo’lganlaringiz haqida o’rganing. Shoshilmang va shunchaki yozishni boshlang.
- VOQEALAR RIFOJIGA AMAL QILING. Yozaverish jarayonida yozayotgan hodisalaringizdagi ketma-ketlik hamda voqealarning rivojlanishi jarayonini seza boshlaysiz. Kitobingizning boshlang’ich qismini yoza boshlaganingizdan so’ng bir oz to’xtab, yozmoqchi bo’layotganlaringiz uchun o’ziga hos “voqealar rivoji xaritasi”ni tuzib oling. Quyidagi ketma-ketlik yodingizda bo’ldin: PERSONAJ, JOYLASHUV, VOQEA, MUAMMO VA YECHIM. Asaringizni PERSONAJ bosqichidan yozib boshlashingiz yaxshiroq. Personaj – bu asaringizning qahramonlari. Ularni o’quvchilarga birma-bir tushuntiring. Qahramonlarning imkon qadar ko’proq jihatlarini tasvirlashga harakat qiling. Bu ularning kiyinishidan boshlab o’zini tutishigacha bo’lgan aniq va tushunarli tasvirlash bo’lishi kerak. Asar qahramonlarini tanishtirganingizdan so’ng JOYLASHUV – asardagi voqealar qayerda bo’layotganligi haqida yozing. Bunda joyning tasvirlanishi ham o’ziga hos, o’quvchiga o’sha joy haqida keng tushuncha bera oladigan darajada bo’lishi kerakligini unutmang! Keyin esa asardagi asosiy VOQEA bayon etiladi. Bu voqea asnosida kelib chiqqan MUAMMOga asarning barcha qahramonlari faol jalb qilinadi va kitob so’ngida muammo o’z YECHIMini topadi. Mana shu yozmoqchi bo’lgan kitobingizning “voqealar rivoji xaritasi”!
- DAM OLING, AMMO TASHLAB QO’YMANG. Tinimsiz yozish ham charchatadigan mashg’ulot bo’lishi mumkin. Kitob yozishingiz jarayonida shunday vaziyatlar ham bo’lishi mumkinki, yozishni umuman xohlamay qolishingiz mumkin. Bunday vaziyatlarda dam oling. Yozayotgan daftaringizni ko’zdan uzoqroqda, biror ishonchli joyda yashirib qo’yib, butunlay boshqa ishlar bilan mashg’ul bo’lib ketishingiz ham yozishga bo’lgan ishtiyoqingizni qayta ug’otishi mumkin. Muhimi, boshlab qo’ygan kitobingizni yozish fikridan voz kechmang! Unutmang, buyuk asarlarning birortasi ham bir-ikki kunda yozib tugatilmagan. Mashxur asarlarni esga oling – ularning yozilishi uchun yillab vaqt sarflangan. Shuning uchun ham ular hozirgacha kitobxonlar tomonidan sevib o’qiladi.
Yuqoridagi tavsiyalar kitob yozishni boshlashingiz uchun oz bo’lsa-da yordam bergan bo’lsa, yoki Sizning yozish jarayoningizga qaysidir darajada ijobiy ta’sir ko’rsatgan bo’lsa, men bundan juda xursandman! Siz o’qigan bu tavsiyalar faqatgina maslahat, xolos. Aslida yozish yozuvchining qalbidan chiqqan ijob mahsuli bo’lishi kerak, bunda esa hech qanday qonun-qoida yo’q! Eng muhimi yozish jarayonidan rohatlaning! Eng muhimi shu!
kitob yozish hakida juda ham yahshi fikrlarni bildiribsiz men sher yozaman lekin men qirgiziston fukorosiman bizda bitta ozbek tilida chiqadigon gazeta bor shunda sherlarim chikip turadi lekin men yozganlarimni kitob qilip chiqarishni niyat qilganman iltimos yozganlarim zoya ketmasin bu borada menga yordam bera olasizmi
She’rlaringizni saytimda joylashtiring!
sizga katta rahmat siz tufayli men hikoya yozish usullari va ajoyib hikoya ustida ishlamoqdaman
fasllar almashar yozu bahorga
suvlarda bolinar soyu anhorga
bularni hammasi emas bekorga
mehr tufayli
hatto darahtlar ham yashnab turibdi
jigarlar bir birin yoqlab turibdi
hamma yahshilikni oylab turibdi
mehr tufayli
kichiklar kattani hurmat qilishar
buni hamma dilidan obdon bilishar
yomonlikni doim yomon korishar
mehr tufayli
tunda oy nurini sochib turibdi
yulduzlar tunlari chikib turibdi
mehr tufayli
Judayam yahshi yozibsiz.Mendaham bir muamo bor.Men Turkmanistonda yashayman.Yozgam hikoyalarmni,dostlarimga ham okishga berdim.Hamma juda kizik dedi,Lekn yozgan hikoyamga nom topolmayapman.
agar sherim yoqqan bolsa qolganlarini ham yozaman lekin aytingchi bundan sizga qanday naf mengachi
She’rlaringizni maqolalarga fikr bildirish sifatida emas, balki saytimning alohida bo’limida, o’z ijodingizning mahsuli sifatida e’lon qilib borishingizni xohlagandim. Bundan menga naf shundaki, saytim foydalanuvchilari orasida she’rlaringizni yoqtiradiganlar bo’lishi mumkin, ular bundan xursand bo’lishadi! Sizga nima naf ekanligini o’zingiz hal qiling.
fasllar almashar yozu bahorga
suvlarda bolinar soyu anhorga
bularni hammasi emas bekorga
mehr tufayli
hatto darahtlar ham yashnab turibdi
jigarlar bir birin yoqlab turibdi
hamma yahshilikni oylab turibdi
mehr tufayli
kichiklar kattani hurmat qilishar
buni hamma dilidan obdon bilishar
yomonlikni doim yomon korishar
mehr tufayli
tunda oy nurini sochib turibdi
yulduzlar tunlari chikib turibdi
mehr tufayli
mirsaid rasulov ( mehr tufayli )
Men Inglis tiliga hikoyalarni tarjima qilishga qiziqaman xozirda birmuncha xikoyolar tarjima qilib qo’yibman.Endi esa Inglis grammatikasiga qiziqib qoldim aytingchi Grammatika xaqida kitob yozishim mumkunmi?
Mumkin. Yaxshi niyat qilibsiz, imkon qadar amalga oshirishga harakat qiling.
Ассалому алайкум! узим узок кишлок жойда яшайман, мени бир канча кул езмаларим бор, факат уларни олиб каерга мурожаат килишни билмайман, менга бирор маслахат бера оласизми.
Agar ilmiy qo’llanma bo’lsa, yoki ilmiy yo’nalishdagi kitob bo’lsa unga shu sohadagi fan nomzodidan taqriz talab etiladi. Taqrizsiz hech bir bosmaxona kitobingizni nashr etmaydi. Agar ilmiy bo’lmagan asar bo’lsa, yozuvchilar uyushmasi bilan aloqa o’rnatib, maslahat so’rang. Mana yozuvchilar uyushmasining sayti: http://www.ijod.uz
Shartlari qanaqa o’zi ularni? Kitob kompyuterga word ga yozilgan bo’lsa ham bo’ladimi? Boshlanishiga eng kami necha nusxa chop ettirish mumkin? Eng kami qanchalar atrofida harajat ketadi?
http://www.yellowpages.uz/rubric/printing-houses
Aytganlarim haqida umuman ma’lumotlar yo’qku
Azamat aka , Maqola yozing bo’limiga maqola yozmoqchi edim, maqolam futbol haqida o’zimni fikrim va ozgina fakt va statistika bilan , Sport haqidagi maqolalar ham chop etiladimi ???
Ha, talabga javob bersa mavzusidan qat’iy nazar chop etiladi.
Assalom Azamat ,men sizni saytingizni Google qidiruv tizimi orqali tasodifan topdim,hali saytingiz bilan tuliq tanishib ulgurmadim,bu erdagi 2014 yildagi kommentlarizdan birida saytga regstrasija qilish tuhtatilgan deb ezgan ekansiz,nima uchun bunday?,agar tuhtatilgan bulsa savollarimizni shu erda beraversak buladimi?
Savollar yozish uchun saytning maxsus savol-javob bo’limi bor.
Azamat aka men anjonliman men Sher yozib turaman Lekn uni korsatadigon kamchiligini aytib beradigan togri yol korsatadigan odam yoq oziz bir korib Bering
Erkakman deb davo qilasan
Menga dushman ekansan mayli
Kim bolsangham ozing bilasan
Senga EMA’s dushmanlik jangi
Qovogingni uyma ortimdan
Gaping bolsa yuzimga solgi
Erkak bolib chiqib oldimdan
Jangoh sari men bilan borgin
Giybat qilma burdingni tokib
Bo’htonlaring ozinga siylov
Hechqachon sen qaddimni bukib
G’ururimga yoqmassan olov
Qonim bilan yozdim yerga
Mard dushman Ber olloh menga
Qarich qoyib faqat tilga
Yurar dushman kerak kimga
Niyat aytdim ollohimga yetguncha
Ne bolsamham shu kuni bolay
Nomardlarga Ishim tushguncha
Mard dushmanim qo’lida o’lay
Sherlarim ummonidan bir tomchisi hols
Tel nmerim 91 616 21 96
Yoshim 17
Iltimos baho Bering togri yol korsating
Ismim .begzdbek tursunboyev
Assalomaleykum, sheringiz mazmundor chiqibdi, lekin oxirgi ikki 4likda vazndan ham, turoqdan ham adashib ketgansiz, shuning uchun ham sheringizdagi yoqimli misiqiy ohang buzilib qolgan
Kitobni sotishchi?
Azamataka man J K Roulingni Garri Potter asaridan ilhomlanib kitob yozishni boshladim
Kitobni chop ettirish uchun nimalar (qanday hujjatlar va h.k) talab etiladi. Javobingiz juda kotta ahamiyatga ega.
Hech qanday xujjat kerak emas. Shunchaki kitob tayyor bo’lgandan so’ng nashriyotga uchrashasiz.
Arzon va sifatli nashriyotlardan Turon Iqbol nashriyotini tavsiya qilaman. Telefon raqami: +998 94 655 00 24
Uni sotishchi
Salom azamat oka man kitob yozishni boshladim uni qanday qilib elektron holda yozib internetda sotish mumkin?
Oka kotttakon rahmat. Taklif etilgan nashriyot xizmatidan albatta foydalanaman. 🙂 Kitobim yozib tugatilib, nashrdan chiqqach birinchi sizlarga ma’lum qilaman. Hudo xohlasa…!
GARRI POTERNI BIZ HAM SEVIB O’QIGANMIZ. KITOB YOZMOQCHI EKANSIZ, SIZGA OMAD!!!!!!!!!
Aka manam Garriga juda qiziqaman mani emailim driftmaster9913@gmail.com iltimos shu emailga ismiz va nomerizni yozing iltimosim bor
Ассалому алайкум. Китобингиз яхши сотилса нашриёт купрок ададда чикариб юбормаслигидан кандай химояланса булади
Afsuski, faqat nashriyot insofiga ishonishdan boshqa imkon yo’q. Ular chiqaraman desa baribir yo’lini qiladi.
Ortiqcha chiqarilganini asoslay olsangiz sudga murojaat qilishingiz mumkin.
Асалому алайкум менинг хикматли хикоялар китобим тах лейкин уни сотиб олувчи йук нима килай?барибир уни нашр килишга пулим йук шу китобимни сотиб олувчи йукми?Жавоб учун олдиндан рахмат.
Google orqali nashriyotlar saytlarini izlab ko’ring. Har biriga telefon qilib so’rashingiz mumkin.
oka siz qolyozma sotmoqchimisiz
Assalomu alaykum,men ham she’r yozib turaman,havaskor sifatida,faqat uning xato va kamchiliklarini kimga tekshirtish va uni qayerda chop ettira olishimni bilmayman.agar imkoni bulsa uz fikrlarizni bildira olasizmi?
Dilim vayron jonim sizga sõz demoqqa,
Yonginamda bir umur qol demoqq,
Menla birga har on bõl demoqqa,
Netay,sizdan ketmoqqa men majburdirman.
Kõnglim vayron topolmayin õzga yõl,
Kõzimdan yosh tomchilar misli kõl,
Yorim,bir umurga baxtli bõl,
Netay,sizdan ketmoqqa men,majburdirman.
Kõnglim oldiz dilim chõkkan kunlari,
Bedor bõldik necha oy,kun,tunlari,
Baĝrim tilar,gunohlarim xunlari,
Netay,sizdan ketmoqqa men majburdirman.
Sizga vafo qilolmadim,kechiring,yor,
Yoningizda bulolmadim,kechiring,yor,
Sizla birga yurolmadim,kechiring,yor,
Netay sizdan ketmoqqa men majburdirman.
Oq libosda uyingizga bormoq armon,
Ta’zim aylab xizmatingiz qilmoq armon,
Sizla birga davron surmoq endi armon,
Netay sizdan ketmoqqa men majburdirman.
Assalom u alaykum, savolim shundan iboratki kino ssenariy yozmoqchi edim alohida qoidalari bormi?
Qanday wilib kitobni online tarzdabsotish mumkin
+998935080421 telegramdan murojaat qiling
Assalom-u alleykum, men Qoraqalpog’iston Respublikasi, Taxiatosh tumani, Keneges OFYga qarashli “Qyot” aholi punktidanman. Anonim ismim Janob Qrim. Menda bitta savol bor, men 2017-yildan beri hikoya va romanlarni yozishni mashq qilaman. Meni asarlarimda asosan rus personojlari gavdalantiradi. Chunki men aslima Rossiyalikman va 2019-yilda Moskva shahriga ketaman. Ammo hozircha O’zbekistondaman. Aytinchi meni yozish uslubim bu davlatda taqiqlanganmi?
Men bitta turkum roman yozganman. Sizlarga, qisqacha tanishtirib o’taman.
Roman nomi: Robotlar Sayyorasi: Yaralish
Turkumi: Robotlar Sayyorasi
Rukni: SSSR Posponlari
Ijodiy proyekt: TM Inter
Janri: Tarixiy ilmiy fantastika, jangari, romantika, drama.
Romanga ko’ra sovetlar va olmonlar birgalikda 1959-yilda Oktyabr Inqilobi orolida tajriba o’tkazishadi. Tajribaga ko’ra sovet hukumati biologik robotlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’ymoqchi… Tajriba muvofiyatli kechki. Hukumat marhum insonlar miyasini robotga ko’chirib o’tkazar, miyadagi xotiralar o’chirib tashlar edi. Robotlar sharofati bilan SSSR ko’plab janglarda g’olib bo’ldi va qulamadi. Ammo AQSh ham robotlar ishlab chiqara boshladi. Ular yaratgan robot dunyo miqyosida qo’zg’olon ko’tarib, 1997-yil SSSR Janubiy Qozog’iston tumaniga Yadroviy ommaviy bombasi tashladi. Natijada 1 mlrd. Dan ortiq inson o’ldi. Tirik qolganlar esa bu kunni qiyomat deya atashdi. Qiyomatdan keyin shoro robotlar o’sha Yfollo Uellsh nomli robot qurgan mexaniklar davlati “Mexania Korp.”ga urush ochdi va sovetlar go’lib bo’ldi.
BOSH QAHRAMONLAR
Viktor Kazakov, Yfollo Uellsh, KB-7464 va Melisa Grudze
Roman 18 bobdan iborat.
Davomi bor…
Asalomu aleykum azamat aka bir narsani soramoqchiman Google play orqali kitobni qanday qilib sotsa boladi oldindan javob uchun rahmat.
Yana bir narsa kitobni biz nashriyotga bersak nashriyot sotadimi yoki biz sotib olib ozimiz sotamizmi ?Javob uchun kottakon rahmat?
Assalomu alaykum Azamat aka sheriy kitob chop etishim uchun kimga murojat qilaman ustoz shoirlargami
Nashriyotga.
Kitob yozishni boshlaganman. Avval she‘rlar yozib turardim. Keynchalik hayotimni qisqacha ammo motivation tasvirlangan kitob yozishga xarakat qilyapman. Nashriyot buni chop etarmikin?
Assalom alaykum ! Kitoblarni elektron holda tarqatish uchun hech qanqa ruxsatnoma kerak emasmi ! Javob uchun oldindan rahmat!
Salom aleykum! Men hudo rahmatli otam haqida, hayotlari haqida, qilgan yahshi ishlari haqida kitob qilmoqchi edim. U shanga maslahatlariz kerag edi, rahmat
Assalomu aleykum meni yoshim 16da men o’z tajribalarimdan kelib chiqib kitob yozishni boshladim. Kitobim hayotiy voqealarga asoslangan. Men qo’rqyapman. Kitobim mastbuotchilarga yoqmasachi?