Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Qanday qilib internet orqali pul topish

Qanday qilib internet orqali pul topish

Google AdSense o’zbek webmasterlari uchun yangi dastur-lardan biri bo’lishi mumkin, lekin u haqida juda ko’pchilik eshitgan. Siz internetdan foydalangan paytingizda Siz tashrif buyurgan saytlarning turli qismlarida Google AdSense reklamalarini ko’rgansiz, ammo ularning nima vazifani bajarayotganligini bilmagan bo’lishingiz mumkin. Asosan, Google AdSense bugungi kundagi internetda pul topishning eng oson, tez va real usullaridan biri hisoblanadi.

Google AdSense orqali pul topish tijorat tilida passiv daromad deyiladi.

Passiv daromad deganda Siz ishlamasangiz ham Sizga pul to’lanaverishi tushiniladi. To’g’ri, bir qarashda bu gap ertakka o’xshaydi, lekin bunaqa turdagi biznes orqali ko’p pul topayotgan odamlar nafaqat internetda, balki, Sizning shahringizda ham topiladi.

Passiv daromad bu – safsata emas, real narsa. Passiv daromad haqida to’liqroq tushunchaga ega bo’lishingiz uchun real hayotdan misol keltiramiz.

Real hayotdagi passiv daromadga eng yaxshi misol uy, yoki binoni ijara (arenda)ga berish orqali pul ishlash bo’lishi mumkin. Ijaraga beruvchi, tasavvur qilaylik, o’ziga tegishli bo’lgan beshta uyini ijaraga berdi. Kommunal to’lovlarga ketadigan harajatlardan tashqari mijozlar har oy ijara beruvchiga pul to’lashadi. Har bir uydan bir oyda 100 dollar olinishini hisobga olsak, uy egasi har oyda 500 dollar passiv daromad ko’radi. Bu daromad, bu 500 dollar unga har oy ishlamasa ham to’lanaveradi.

Google AdSense ham uyni ijaraga berish kabi egasiga ortiqcha harakatlarsiz foyda keltiradigan daromad manbaidir. Siz Google AdSense orqali ertalab ham, tushda ham, kechasi ham pul topaverishingiz mumkin. Google AdSensening ajoyibligi shundaki, Siz uxlayotganingizda ham, to’y-bazmlarga borganingizda ham pul ishlayotgan hisoblanasiz. Bir so’z bilan aytganda, Google AdSense ishlaydi, Siz pul sanaysiz!

AdSense reklamalari uchun saytingizning Siz istagan yeridan joy ajratsangiz, huddi shu joydan saytingizga foyda kelaveradi.

To’g’ri, katta-katta foyda birdaniga kelmaydi. Google AdSense bilan pul topishni boshlashingiz uchun avvalo yetarli darajada vaqtingiz va diqqatingizni sarflab mehnat qilishingiz kerak bo’ladi.

Yana yuqoridagi ijara misoliga qaytamiz; uy egasi uylarni ijaraga berish orqali pul topishdan avval uylarini ta’mirlashi, jihozlashi va tegishli xujjatlarni rasmiylashtirishi uchun ancha vaqt, kuch va pul sarf qiladi. Hamma narsasi tayyor bo’lgandan keyingina undan keladigan mo’may daromadni ola boshlaydi.

Google AdSense ham huddi shunday. Agar hozir bir oz vaqtingiz, diqqatingizni sarflab pul topish haqida yaxshi bilim olsangiz, kerakli narsalarni o’rgansangiz, ertaga Google AdSense Sizga pul keltira boshlaydi. Shunda Sizning birgina qiladigan ishingiz har oy saytlaringizdan keladigan minglab dollarlarni sanash bo’lib qoladi.

Google AdSense dasturidan yaxshigina pul topish uchun reklamalar joylashgan saytni har tomonlama rivojlantirish kerak. Hammasi bitta narsaga bog’liq emas; saytingiz Sizga yaxshi daromad keltiradigan bo’lishi uchun Siz saytingizning domeniga, ishlash tezligiga, dizayni (ko’rinishi)ga, saytingizdagi ma’lumotlar-ning o’quvchilar uchun qiziqarliligiga… umuman, saytingizning juda ko’p jihatlari qancha foyda olishingizni hal qiladi. Sayt tayyorlash, uni rivojlantirish, mavjud saytni modernizatsiya qilish haqida to’liq-roq ma’lumotni Google orqali turli tillardagi maqolalar orqali bilib olishingiz mumkin.

Google AdSense har qanday mavzu va hajm: katta, kichik yoki o’rtacha saytga ega bo’lgan webmasterlarga o’z saytlarida reklamalarni ko’rsatish orqali tez va kulguni qistatadigan darajada oson pul topish imkoniyatini beruvchi dasturdir.

Google AdSense reklamalari saytingiz mavzusiga moslashishi, saytingiz foydalanuvchilarining aynan qiziqishiga to’g’ri kelishi sababli endilikda Siz saytingiz tarkibini rivojlantirishingiz va bir vaqtning o’zida saytingiz orqali yaxshigina pul topishingiz mumkin.

Bundan tashqari Google AdSense saytingizning ko’proq qidiruv natijalarida chiqib, saytingizga yana ham ko’proq foydalanuvchilar kirishiga yordam beradi. Qanchalik ko’p odam saytingizga kirsa, shunchalik ko’p darajada saytingizning har bir sahifasi Sizga dollarlar keltiradi.

Xo’sh, pul ishlash uchun saytingizga qanday reklamalarni qo’yishingiz kerak? Google AdSensening ajoyib qulayliklaridan biri ham shu – Siz bu haqida bosh qotirishingiz shart emas! Google AdSense bu ishni Siz uchun o’zi qiladi. Siz reklama kodini saytingizga qo’yasiz, Google AdSense esa saytingiz mavzusini o’zi aniqlab, kerakli reklamalarni ko’rsatadi. Masalan, Siz mushuklar haqida sayt qilsangiz, Google AdSense saytingizda mushuklar ovqati, mushuklar do’koni yoki mushuklarni davolash hamda parvarishlashda ishlatiladigan dori-darmonlar haqidagi reklamalarni ko’rsatadi. Agar saytingizga Google qidiruvini ham qo’shsangiz, saytingiz orqali amalga oshirilgan qidiruv natijalari bilan birga Sizning reklamalaringiz ham ko’rsatiladi.

Google AdSensega a’zo bo’lish juda oson. Oddiygina ro’yxatdan o’tish formasini to’ldirasiz va reklamalaringizni joylashtirishni rejalashtirgan saytingiz manzilini ilova qilasiz. Google AdSense mutaxassislari tomonidan a’zoligingiz tasdiqlansa, o’z a’zolik kabinetingizga kirib kerakli hajm va ko’rinishdagi reklama kodini saytingizga qo’yishingiz va pul ishlashni boshlashingiz mumkin bo’ladi. A’zolikni tasdiqlash jarayoni odatda ko’p vaqtni olmaydi, uzog’i bilan 48 soatda Google AdSenseda a’zoligingiz tasdiqlanadi.

AdSense Sizga nima beradi? Bir so’z bilan javob bersak, Google AdSense Sizga pul beradi. Qancha ko’p odam saytingizga kirib, reklamalaringizni bossa, shuncha ko’p pul olasiz. Chunki, foydalanuvchi reklamalarga bos-ganda Google Sizga pul to’laydi.

Google AdSense reklama kodlari saytingizdan joy olgandan so’ng Sizning personal kabinetingizda amaldagi har bir reklama ha-qida to’liq axborot va saytingizdan kelayotgan foyda haqida batavsil hisobot berib boriladi.

Siz olayotgan foydangiz uchun xisobotda ko’rib turgan pulingizdan bir cent ham soliq to’lamaysiz.

Google AdSense juda ko’p katta va kichik, mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan reklama shartnomalarini tuzgan. Bu esa Sizning saytingiz uchun reklamalarning ulkan tanlovini beradi. Har qaysi mavzuda sayt yaratmang, Google AdSense Sizning saytingiz mavzusiga mos reklamalarni topib ko’rsata oladi.

Google AdSense qaysi saytda qanday reklama chiqarishni qanday qilib biladi? Google kompaniyasi bilag’onlari saytlar tuzilishi, sayt sahifalarining qay yo’sinda ishlashini hisobga olib reklamalarning maxsus murakkab va kundan-kunga takomillashtirib borilayotgan kodini yaratishgan. Siz oddiy va sodda sozlanmalarni saytingizga moslaysiz, Google esa qolgan ishni bajaradi.

Google AdSensening qidiruv qutichasini saytingizga joylashtirsangiz Google Sizga saytingiz orqali amalga oshirilgan har bir qidiruv, har bir natija uchun pul to’laydi.

Saytda qanday reklamalar chiqadi? Google AdSense har doim saytingiz mavzusiga eng yaqin bo’lgan reklamalarni ko’rsatadi. Lekin ba’zan saytingiz uchun yalang’och qizlar yoki yoqimsiz holatlarning rasmi bo’lgan reklamalar mos tushmasligi mumkin. Bu holat uchun ham Google AdSense Sizga yordam beradi. Google AdSensening maxsus reklama filtri yordamida xohlagan turdagi reklamaning saytingizda ko’rinishini cheklashingiz mumkin.

Reklama filtri yordamida Siz saytingizga raqib bo’lgan saytlar-ning reklamalarini ham o’z saytingizda ko’rsatilishi bloklashingiz mumkin. Masalan, Siz matematikaga oid sayt ochgansiz. Shu say-tingizda Google AdSense reklamalari ko’rsatiladi. Tabiiyki, saytingiz foydalanuvchilari matematikaga qiziquvchi kishilar bo’lishadi. Agar Sizning saytingizga o’xshash raqib saytlarning reklamalari Sizning saytingizda ko’rsatilsa foydalanuvchilar ular orqali boshqa saytlarga o’tib ketishlari mumkin. Bu esa saytingiz o’z foydalanuvchilarini yo’qotadi degan gap.

Google AdSense filtrlari va webmasterlar uchun juda qo’l keladigan boshqa sozlanmalari internetda pul topish uchun qilayotgan harakatlaringizni ancha osonlashtiradi. Bir so’z bilan aytganda, Google AdSense filtrlari ishingizni ancha osonlashtiradi. Ular ishlaydi – Siz dam olasiz! Ishonchimiz komilki, bu qulayliklarning naqadar puxta o’ylanganligiga AdSensega a’zo bo’lib, bu dasturda ishlay boshlaganingizda o’zingiz amin bo’lasiz!

Google AdSense dasturiga a’zo bo’lgan vaqtingizdan boshlab saytingiz orqali pul topishni boshlashingiz mumkin! Ro’yxatdan o’tish jarayoni juda oson, bir necha daqiqa vaqt oladi, xolos. A’zoligingiz va saytingiz tasdiqlangandan so’ng oddiy HTML kodni saytingizga qo’yasiz va kod qo’yilgan joyda Sizga pul keltiradigan reklamalar ko’rina boshlaydi!

Google AdSense dasturida ro’yxatdan o’tish uchun mana bu yerga bosing: https://www.google.com/adsense/

Biz Sizning Google AdSense yordamida milliarder bo’lib ketishingizni kafolatlamasak-da, Google orqali pul topish, uning reklamalari yordamida xorijlik ko’p sonli webmasterlar qatori yaxshigina foyda olishingiz mumkinligiga ishonamiz. Google AdSense hech qanaqa pul keltira olmaganda, foydasi bo’lmaganda, shunchaki safsata bo’lganida biz bu kitobni yozmagan bo’lar edik. Bundan tashqari bugungi kungacha o’z saytlarida Google AdSense reklamalarini ko’rsatayotgan obro’li kompaniyalar saytlari ham bu reklamalar uchun saytlarida alohida joy ajratishmagan bo’lar edi. Ko’pchilik webmasterlar pul topishayapti, demak Siz ham foyda olishingiz mumkin!

Google AdSense qancha pul ishlashingiz asosan saytingizning qancha ko’p foydalanuvchisi borligiga bog’liq. Saytingiz odamlar uchun qanchalik qiziq bo’lsa, Siz shuncha ko’p pul topish imkoniyatini qo’lga kiritasiz. Hech kim kirmaydigan saytdan hech qanday foyda kelmaydi.

PPC (cost per click) – “bir marta bosish narxi” – Saytingiz foydalanuvchisi bir marta saytingizdagi reklamaga bosganda Sizga to’lanadigan pulni anglatadi. Har xil reklama har xil narxda baholanadi. Reklamalar 1 AQSh dollaridan ko’p bo’lishi mumkin – bir kishi saytingizdagi reklamani bir marta bossa, hisobingizga 1 dollar pul tushadi.

Bundan tashqari 4-5 dollarli reklamalar ham saytingizda ko’rsatilishi mumkin. Ko’pgina rivojlangan, ko’p odam kiradigan saytlar reklamasining narxi bir bosishga 15 dollar foyda keltirishi ham kuzatilgan.

Ammo saytingizga kam odam kirsa, saytingiz foydalanuvchilar uchun qiziq bo’lmasa Siz saytingizdan foyda ololmaysiz. Shuning uchun eng avvalo hamma e’tiborni pul topishga emas, saytingizning ommaviy bo’lishiga qaratishingiz kerak.

Qanday qilib internet orqali pul topish” maqolasida 266 fikr

  1. jahongir

    Internetdan qanday pul ishlash mumkin. Masalan qanday saytlardan qanday qilib. Masalan men sayt ochsam shundan foyda keladimi. Google. Yandex…
    Javob u n rahmat. Oldindan

    Javob berish

  2. ITUz.BlogSpot.Com

    Hammaga salom. Bloggerda adsense ni ulash uchun saytim necha oydan beri ishlab turgan bo’lishi kerak? Nechta maqola kiritsam saytimda adsense ulash imkoniyatim bo’ladi? Iltimos shu haqida ma’lumot beringlar

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Qancha vaqtdan buyon ishlashi ahamiyatsiz. AdSensega to’g’ri keladigan tillardan birida 5-10 ta maqola bilan hech qanday muammolarsiz tasdiqlanishingiz mumkin.

      Javob berish

      1. ITUz.BlogSpot.Com

        Men shu bloggerda qilgan saytimda Sign Up For Adsense digan joyi bor, tugmasi, o’sha tugma xozirda Disabled bo’lib turibdi, Shuni javascript kodlarini o’zgartirib Enabled ga o’zgartirsam va keyin shuni bosib ro’yxatdan o’tsam bo’ladimi?! Yoki qachon o’zi ruxsat berishini kutishim kerakmi?!

        Javob berish

        1. Azamat Xodjakov

          Bunda tugmaning hech qanday ahamiyati yo’q. Nima uchun AdSensega qo’yishmayotganligining sababini topishga urinib ko’ring.

          Javob berish

  3. Jaxongirmirzo

    Assalomu alaykum man kattaqug`on danman man uje ekki oydan beri sayt yaratish va u yardamida pul ishlashga harakat qilayapman man html kodlarni urganib chiqdim lekin ular menga unumli foyda bermadi man kupincha ruscha malumotlarni uqib chiqdim hatto informatika kitobimizdaham html haqida malumat topdim lekin keyinchalik bildimki sayt yaratish juda juda qiyin ekan mani savolim shunday : voyega yetmaganlarga man endi 15 ga tuldim sayt ochish mumkunmi man hozirgach ikkta sayt ochdim lekin ular hali 2 mi yo 3 mi urovendagi domenda ikkinchi savolim: birinchi domen olish kerakmi yoki hosting sayt yaratgandan keyin qanday qilib unga malumot kiritish mumkun man kanakadur FTP haqida uqidim uchunchi savolim: lekin shunchaki birorrta saytga kirib uni html kodini kuchirib olsan va unga ozgina uzgartirish kiritib hostinga kiritsam va domen alam qanday buladi yoki bu ug`irlikka kiradimi turtinchi savolim saytdan tushgan pulni qanday olsa buladi

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      1. Mumkin. 2. Qaysini birinchi olishning farqi yo’q. 3. Qaysidir ma’noda – ha. 4. Turli pul o’tkazish usullari bilan, masalan – Webmoney.

      Javob berish

  4. KAMOLIDDIN

    Salom Azamat aka men hammani o’ziga jalb qiladigan ishtimoil tarmoq yaratdim deylik foyqalanuvchilar kundan kunga ko’payib boryapti bu menga qanday qancha daromat keltiradi?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Reklama va o’zingiz tasavvur qila oladigan har qanday yo’l bilan daromad olishingiz mumkin. Hammasi o’z yaratuvchanligingiz, bilimingiz va tadbirkorligingizga bog’liq. Hech kim Siz uchun bu ustida bosh qotirmaydi (kimnidir band qilib, kelishilgan holda yangi daromad g’oyalarini ishlab chiqishni talab etmasangiz, albatta).

      Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Uzr, savollaringizga aniq javob bera olmayman. Yaxshisi AdSense dasturining help bo’limiga kirib o’qib oling. Google forumida savol-javoblar ham ko’p.

      Javob berish

  5. Muzaffar

    O’zbek tilida yaratilgan sayt orqali Adsense da pul topish mumkinmi? Nima uchun O’zbekcha saytlarda Adsense reklamalari ko’rsatilmaydi?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      O’zbekcha saytlarda AdSense qo’yish dastur qoidalariga zid – mumkin emas. Ba’zilar qo’yishadi, lekin bu qoidaga mos emas, AdSense istagan vaqtda ularning akkauntini yopishi, bor pullarini bermasdan bekor qilishi mumkin.

      Javob berish

  6. Асадбек

    Pul olish juda qiyin, registraciadan song 10 $ yigib PIN kod olish kerak va 100 $ yigib pulni olsa boladi !!! Ну, короче лучше не зарабатывать, лучше просто поставить одну рекламу и если хорошее посещение можно за 2-3 месяца заработать 100 $ и лучше зарабатывать на партнерских программах !!!

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan