Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Qanday qilib IELTS imtihoniga xujjat topshirish

Qanday qilib IELTS imtihoniga xujjat topshirish

IELTS imtihoniga xujjat topshirishni istovchilar soni ortib bormoqda. Saytim orqali menga berilayotgan IELTSga aloqador savollarning katta qismi aynan testni topshirish uchun qayerga murojaat qilish, qanday qilib xujjat topshirish haqida bo’layotganligi sababli, jarayonni sodda, bosqichma-bosqich ko’rinishda yoritishga qaror qildim.

Agar Siz IELTS imtihoni topshirmoqchi bo’lsangiz, quyidagilarni bajarishingiz kerak bo’ladi:

1. O’ZINGIZGA MA’QUL IELTS IMTIHONI SANASINI ANIQLANG. O’zbekistonda IELTS imtihonlari Toshkentdagi Britaniya konsulligi tomonidan o’tkaziladi. Test topshirishni xohlovchilar soni ko’pligini hisobga olgan holda IELTS imtihonlari oldindan belgilangan jadval asosida, qat’iy belgilangan sanalarda o’tkaziladi. O’zingizga mos bo’lgan, ishlaringiz chiqib qolib, band bo’lib qolmaydigan sanani belgilab, aynan shu sanada o’tkaziladigan IELTS imtihoniga xujjat topshirishingiz kerak. IELTS imtihonlari Toshkentda qaysi sanalarda o’tkazilishini va qaysi sana Sizga ko’proq mos ekanligini bilish uchun ielts.britishcouncil.org/Uzbekistan sahifasiga kiring. Sahifaning pastiki qismida (rasmda ko’rsatilganidek) eng yaqin bo’lgan IELTS imtihonlarining o’tkazilish sanalari ko’rsatilgan bo’ladi. Bundan tashqari, Sizdan chap tomonda turgan mahsus forma orqali so’rovga ko’ra kelajakdagi IELTS imtihonlarining o’tkazilish sanalarini bilib olishingiz mumkin. Test sanasini bilish bilan bir qatorda IELTS imtihoning qaysi turini topshirmoqchi ekanliginizni ham aniqlab olgan bo’lishingiz kerak. Akademik yoki Umumiy moduldagi IELTS imtihonlarining farqini bilib olish uchun mana bu maqolani o’qing.

2. TANLANGAN SANADA IMTIHON TOPSHIRISH UCHUN ANKETA TO’LDIRISHGA O’TING. Buning uchun yuqorida ko’rsatilgandek berilgan ro’yxatdagi test sanalarining o’zingizga eng mos bo’lgan birortasi ustiga bossangiz, IELTS imtihoni topshirish uchun to’ldirishingiz kerak bo’lgan anketaga o’tish sahifasi ochiladi. Mana shu anketa IELTS uchun topshiradigan xujjatingiz hisoblanadi. Anketaga o’tish uchun IELTSga xujjat topshirish shartlarini o’qib chiqishingiz taklif etiladi. Bu shartlar yozilgan sahifaning eng pastki qismida “Barcha shartlarga roziman” deyilgan joyiga belgi (ptichka) qo’yib, “Continue” tugmasini bosish orqali davom etasiz:

3. ANKETANI TO’LDIRING. Barcha shartlarga rozilikni belgilab, davom etish tugmasini bosganingizdan so’ng ma’lumotlaringizni kiritishingiz talab etilgan anketa ko’rsatiladi. Bu anketaning barcha zaruriy qismlarini e’tibor bilan, shoshmasdan to’ldiring. O’zingiz haqingizda so’ralgan barcha ma’lumotlarni to’g’ri, haqqoniy yozing. Ismingiz, familiyangiz, tug’ilgan vaqtingiz kabi muhim ma’lumotlarni alohida e’tibor bilan kiriting. Test vaqtida pasportingiz tekshiriladi. Agar anketada kiritgan ma’lumotlaringiz pasportingizdagi ma’lumotlar bilan mos tushmasa, arizangiz bekor bo’lishi mumkin. Anketani to’ldirish jarayonida pasportingizning rasmingiz ko’rsatilgan qismini skaner qilib, anketaga biriktirishingiz so’raladi. Shuning uchun pasportingizni oldindan skaner qilib qo’ying. Anketaning eng so’ngidagi “Send IELTS result to other institutions?” deyilgan joyida “NO” belgilang. Aks holda anketaning keyingi bosqichlarida IELTSda olgan bahongizni qaysi institutga yuborish kerakligi haqida ma’lumot kiritishingizga to’g’ri keladi. Ko’p hollarda bu amaliyot Siz uchun zarur bo’lmaydi. Anketaning eng yuqori qismida esa IELTS imtihonini topshirish uchun to’lashingiz kerak bo’lgan summa Buyuk Britaniya pul birligida ko’rsatilgan bo’ladi. Quyidagi rasmda ham, anketaning eng yuqori qismida narx 110 funt qilib ko’rsatilgan. Anketani to’ldirib, davom etish tugmasini bosing.

4. MA’LUMOTLAR TO’G’RILIGINI TEKSHIRING VA TO’LOV USULINI TANLANG. Anketaga barcha so’ralgan ma’lumotlarni kiritganingizdan so’ng, ularni jo’natishdan avval yana bir bor ma’lumotlar to’g’riligini tekshirib chiqishingiz taklif qilinadi. Barcha ma’lumotlaringizni yana bir bor ko’rib chiqing. Xatoga yo’l qo’ygan bo’lsangiz, ortga qaytib ularni to’g’rilashingiz mumkin. Hammasi to’g’ri bo’lsa, sahifaning eng pastki qismidagi to’lov turini “Pay Later” deyilgan tanlov sifatida ko’rsatib, “Apply now” tugmasini bosing:

5. KO’RSATILGAN HISOB RAQAMGA ISTALGAN BANK ORQALI PUL TO’LANG. Anketa muvaffaqiyatli yuborilgandan so’ng sahifaning eng quyi qismida rasmda tasvirlangandek hisob raqam ko’rsatiladi. Bu hisob raqamni printer orqali chiqarib olib, uni istalgan bankka olib boring va IELTS uchun to’lanishi kerak bo’lgan summani (masalan, 110 funt) naqd yoki plastik kartochka orqali bankka pul o’tkazish yo’lib bilan ko’rsatilgan hisob raqamga to’lang. To’lov anketa yuborilgandan so’ng 3 kun ichida to’lanishi kerak, aks holda anketa bekor qilinadi.

To’lov so’mda amalga oshirilganligi sababli bank hodimidan to’lanayotgan kunda Buyuk Britaniya funtining O’zbekiston so’miga nisbatan Markaziy bank tomonidan belgilangan qiymati (kursi)ni bilib olishingiz kerak bo’ladi. Siz test uchun, masalan, 110 funt to’lashingiz kerak. Bank hodimi shu 110 funtni davlat kursidagi qiymatini hisoblab, Sizga necha so’m to’lashingiz kerakligini aytadi.

6. TO’LOV MA’LUMOTNOMASI (KVITANSIYA)NI SKANER QILIB, KONSULLIKKA YUBORING. Bank orqali pulni muvaffaqiyatli o’tkazganingizdan so’ng Sizga mahsus to’lov ma’lumotnomasi (kvitansiya) berishadi. Biz to’lagan kunda 110 funt davlat kursida 435 359 so’m 10 tiyinni tashkil etgan edi. Rasmda ham shuncha summa to’langanligi haqida to’lov ma’lumotnomasi ko’rsatilgan. Sizga ham to’laganingizdan so’ng shunga o’xshash ma’lumotnoma (kvitansiya) berishadi. Siz uni skaner qilib, rasmini ielts.info@britishcouncil.uz elektron pochta manziliga yuborishingiz kerak. Yodingizda bo’lsin, to’lovni bank orqali to’lash va kvitansiyani skaner qilib pochtaga yuborish anketa yuborilgandan so’ng 3 kun ichida amalga oshirilishi shart. Aks holda anketangiz bekor bo’ladi va to’lovingiz qabul qilinmaydi.

7. POCHTA ORQALI TO’LOVINGIZ QABUL QILINGANLIGI TASDIQLANADI. TESTNI KUTING. Siz kvitansiyani yuborgan pochta manziliga to’lovingiz qabul qilinganligi, ko’rsatilgan, anketa yuborish orqali xujjat topshirilgan kundagi IELTS testi uchun ro’yxatga olinganligingiz haqidagi rasmiy tasdiqlash elektron xati yuboriladi. Bunday tasdiqlash xatini olishingiz IELTS imtihoni uchun muvaffaqiyatli xujjat topshirganingizni anglatadi. Shundan so’ng test kunini hayajon bilan kutishingiz qoladi, xolos. Endi testlarga tayyorlanishni kuchaytirishingiz ham mumkin bo’ladi.

IELTS testida hammaga omad tilayman!

Qanday qilib IELTS imtihoniga xujjat topshirish” maqolasida 72 fikr

  1. abduqayum

    azamat aka men tibbiyot insitutida o’qiyman ingliz tilidagi bilimlarim kuchli emas ozro gaplasha olaman men eilts topshirishim mumkinmi yoki gramatika o’rganib topshitsammikan nima maslahat bera olasiz

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Grammatikasiz yaxshi natijaga erisha olishingiz qiyin. Agar IELTS natijasiz sizga hozir zarur bo’lmasa, bilimingizni bir oz rivojlantirib, keyin topshirishingiz maqsadga muvofiq.

  2. Otabek

    Azamat aka ingizl tilni boshidan o’rganib ielst topshirish uchun o’rtacha qancha vaqt talab qilinadi.(Repititorga kun ora borilsa. Anig’ javob bersangiz)
    Javobingiz uchun oldindan rahmat!

    Javob berish

    1. Otabek

      Azamat aka ingizl tilni boshidan o’rganib ielst topshirish uchun o’rtacha qancha vaqt talab qilinadi.(Repititorga kun ora borilsa. Anig’ javob bersangiz)
      Javobingiz uchun oldindan rahmat!

  3. Mamura

    Assalomu alaykum! IELTS testi bo’yicha savolim bor edi. Man IELTS ga online application to’ldirib jo’natgandim.Lekin to’lovini qilmaganim uchun bekor qilindi. To’lovni qayerga to’lashim kerak? Sababi man Toshkentda emasman. Javobingizni kutib qolaman. Oldindan rahmat!

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      O’zbekistondagi istalgan bank orqali to’lashingiz mumkin. Toshkentda bo’lishingiz shart emas. Mana buni o’qing: IELTS imtihoniga xujjat topshirish yo’riqnomasi
      Maqola yozilganiga bir oz vaqt bo’ldi. Ma’lumotlar o’zgargan bo’lishi mumkin. To’lov qilishdan avval albatta Toshkentdagi British Council bilan maslahatlashishingizni tavsiya etaman.

  4. O'tkir

    To’lovni davlat kursi bo’yicha amalga oshirish kerakmi yoki britishcouncil saytida ko’rsatilgan summa to’lanadimi?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Davlat kursi bo’yicha saytda ko’rsatilgan summa to’lanadi.

  5. Xosiyatxon

    Assalomu alaykum, avvali boshlagan ishingiz hayrli bolsin, ilm yolida qilayotgan harakatingizda zafarlar tilayman,
    . Men Andijon davlat universitetini yakunlaganman, usada qadrdonlarim bor, lekin borish masalasi qiyin bolyapti, qanday maslahat berasiz, oqish yoli yoki boshqa yol ma qulmi, qay holatda visani olish aniq boladi, avvaldan rahmat javib uchun.

    Javob berish

  6. Rushana

    Ielts imtixonida yaxshi ball olib chetga borsa masalan koreaga farzandini xam olib ketsa buladimi javob un katta raxmat sog buling.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Iltimos, Korea elchixonasi bilan bog’laning. Ular Sizga aniq ma’lumot berishadi. Internet orqali Toshkentdagi Korea elchixonasi saytidagi telefon raqamlarni topib, o’zlariga shu savol bilan murojaat qiling.

  7. Shahobiddin

    Salom A’zamat aka men ielts dan 5 oldgandim lekin Amerikaga 5.5 o’tarkan .Nima qilsam bo’ladi. Javob u-n katta rahmat.

    Javob berish

    1. Timur

      Buladi unda sizdan kup mablag’ talab qilinadi ya’ni siz foundation uqiysiz hozirda kuplab universitetlarda foundation bor.

  8. Charos

    Azamat aka hozirgi paytda dastur injiiniring sohasigami yoki logistika sohasiga talab kuchlimi? Agar iloji bo’lsa maslahat bervoring. Boshim qotib qolgan qay birini tanlashga. Logistika ham meni nazarimda eng rivojlanayotgan sohalardan biri.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Menimcha logistika dastur muhandisligi ichiga kiruvchi soha. Tajribamdan kelib chiqadigan bo’lsam, buyurtma beruvchiga logistikaning qizig’i yo’q. Muhandislik esa dasturning juda ko’p jihatlarini qamrab oladi. Shunday ekan, dastur muhandisligiga talab kuchliroq, degan bo’lardim.

    1. Azamat Xodjakov

      IELTS – bu ingliz tilidagi bilimlaringizni tekshiradigan test tizimi. Har qanday ingliz tilidagi bilimni baholash testida nima kerak bo’lsa, IELTSda ham shunga o’xshash narsalar talab qilinadi.

  9. Amir

    salom,Azamat aka.Man ieltsga application to’ldirayotgan paytda pasportni joylash uchun telefonda olingan rasmni joyladim skanerlamasdan. Buni farqi yo’mi

    Javob berish

  10. Amir

    Lekin confirmation xat keldi pochtamga.qanday qilib British council in Tashkent bn bog’lansam bo’ladi tel qisam ko’tarishmayapti hech kim,emaildan yozib yubordim javob yo’q.Maslahat bering iltimos

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Ofisiga borishga harakat qiling. Biror tanishingizdan iltimos qiling. Boshqa raqamiga qo’ng’iroq qiling.

  11. Javohir

    Assalomu Aleykum Azamat! Avvalam bor qimmatli vaqtingizni ayamasdan barcha savollarimizga javob yozayotganiz uchun kattakon rahmat. Sizi ushbu saytiz orqali ko’p narsa o’rgandim. Sizga bir iltimosim bor edi. IELTS o’rganishda biroz muammoga duch kelyapman, muammo shuki conjuctive adverbs: accordingly, consequently, conversely, furthermore, hence, however, indeed, likewise, meanwhile va shu kabi so’zlarni tarjimasi va ularni qanday holatlarda ishlatilishini yaxshi bilmayman. Shular haqida o’zbek tilida shu saytizda ma’lumot kiritsangiz juda mamnun bo’lardik. Iltimosim e’tiborsiz qolmaydi degan umiddaman. Oldindan rahmat.

    Javob berish

  12. Rahmonjon

    Assalom alekum Azamat aka. Savolim wuki 2018 yildan IELTS dan 5.5 dan yuqori ball olgan abituriyentlarga oliy o’quv yurtlariga kirish uchun imtiyoz qilib ingliz tili blogdan 100% ball berilarkan shu rostmi?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Rost, faqat IELTS emas, CEFRga asoslangan milliy baholash tizimi sertifikatiga ega bo’lganlarga bu imtiyoz beriladi.

    1. Azamat Xodjakov

      Juda o’xshash. To’liq ma’lumot olish uchun rasmiy saytga murojaat qiling: http://nsfla.uz
      Ular bilan telefon orqali bog’lanib, barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

  13. xushnud

    Assalom Azamat Aka.Sizga savolim bor javobiz uchun oldindan raxmat.Man hozir ieltes tayorlanyapman shu writing qismiga kelganda muamolraga duch kelyapman.Masalan essay yozishga kelsek hech qanaqa so’z yoza olmayabman.Shunga uziz mimani masalxat berasiz

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      O’zbek tilida insholar yoza olasizmi? Agar o’zbek tilida yozishingizda muammolar bo’lsa, ingliz tilida yozishingiz tabiiy ravishda yomon bo’ladi. Maslahatim o’zingiz kutmagan bir mavzuda o’zbek tilida isho yozib ko’ring. Fikrlaringizni ona tilingizda erkin bayon qila olsangiz, gaplarni chet tilida yozishingiz kerak bo’ladi, xolos.

  14. xushnud

    Ha o’zbek tilida juda yaxshi yoza olaman.Faqa ingiliz tiliga kelsak so’zlarni qayerga qo’yish qanaqangi ko’shimchalar ko’shishni bilmayaban.Muamo shu tarafda bulib turubdi.Shunga uziz nimani maslaxat berasiz endi.Yoki ko’p insho yozsam o’rganib ketarmikanman.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Ko’proq yozishingiz kerak. Ingliz tilida insho yozishni mashq qiling. Xatolaringiz kamayib boraveradi, shu usulda yozishingizni yaxshilab olasiz.

  15. Ural

    Salom. Ielts sertifikati qancha vaqt amalda bòladi. Yani biror belgilangan sanagacha muddatli beriladimi. Masalan shu yilda olingan sertifikat 4 yildan sòng ahamiyatini saqlab qoladimi

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      2 yilgacha amal qiladi. Keyin qayta imtihon topshirilishi kerak.

  16. Ural

    Yana bir savolim ielts imtixoni haqida batafsil bilmoqchiman. Qanaqa bosqichlari bor. Qancha vaqt beriladi. Vahokazo. Oldindan rahmat.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Bu haqida maxsus kitob nashr qildirganmiz. Kitobni harid qilish bo’yicha savollar bilan murojaat qiling: +99894 655 00 24

  17. Ulyana

    Assalomu alaykum CEFR haqida toliq malumot bersangiz. Yani uni ham IELTS kabi registratsiya qilish kerakmi buni qanday qilinadi ?
    Javib uchun oldindan rahmat !

    Javob berish

  18. Ulyana

    Assalomu alaykum CEFR registratsiya qilish shartlari qanday?
    Men Qqdu ingliz tili filologiyasiga oqimoqchiman vazirlar mahkamasining 2017 yil 7 avgustdagi 610 sonli qaroriga muvofiq B1 darajasini olgan abituriyent ingliz tili imtihonidan ozod boladi deb yozishgan adashmasam. Agar shu qonun kuchga kirgan bolsa bu ingliz tili fakultetlari uchun ham birdekmi ?
    Javob uchun oldindan rahmat!

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      +998 71 235 74 85 raqami orqali NSFLA bilan bog’lanishingiz mumkin. Ular sizning barcha savollaringizga aniq javob bera olishadi. Rasmiy saytdan rasmiy javob olishga harakat qiling.

  19. Ulug'bek

    Assalomalekum! IELTS dan kerakli ballni olgandan keyin xorij universitetlariga( masalan Angliya) imtihonsiz kirish mumkinmi, agar mumkin bo’lsa grand yoki kontrakt asosidami? Javob uchun raxmat

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Grantlar.uz saytiga murojaat qilishingizni tavsiya qilaman. Ular shu sohaga ixtisoslashgan.

  20. Turusnov Javohir murodullo o'g'li

    Misol uchun ielts registratsiyasi bayram kunlariga to’g’ri kelib qolsa bayram kunlari ham shu 3kunni ichida bo’ldimi yoki baram kunlar hisobga olinmaydimi

    Javob berish

  21. Hamid

    Assalamu aleykum Azamat aka. Bu maqolani yanglash vaqdi keldi. Sababi ko’p narsalar o’zgardi. Misoli, IELTS topshirish ushun narx 1,4 mln ga yaqin. Agar pul vaqtida to’lanmasa hozir 3 kun emas 24 saaddan keyin bekor qilinadi. va hakozo

    Javob berish

    1. Sevara

      Salom men yaqinda Ielts imtihoniga topshiryapman ammo menda bir qancha muammolar bor . Men 2 kun oldin registratsiya qildim mrn pul tolashim kerak ammo menga pul tolashim uchun shot raqami kerak bu shot raqam e mail dan kelar ekan ammo menga kelmayapti nima qilay

    2. Asliddinxon

      Albatta, IELTS imtihonini topshirish ko’pchilikka qimmatga tushadi. Biroq, agarda IELTS examsni ham hozirgi, O’zbekistonda joriy etilgan imtihon topshirish usulida, ya’ni birinchi topshirish bepul, keyingi topshirish esa mana shu narxda amalga oshirilsa, birinchidan, ko’plab bilimi bor, Ingliz tilini biluvchi insonlar uchun katta imkoniyat bo’lardi, deb o’ylayman. Chunki, barcha o’z bilimi bilan imtihon topshirib, oliy o’quv yurtlariga kirishsa nur ustuga a’lo nur bo’lardi. Ikkinchidan, birinchi topshirayothgan inson agar bu imtihonda yiqilsa ham hech narsa yo’qotmasdi va keyingi imtihonlar uchun ko’nikma va tajriba hosilqilardi. Bu taklifni ko’rib chiqishsa yaxshi bo’lardi, deb o’ylayman…

    3. Madina

      Salom Man IELTS uchun pul otkazgandm lkn pul otkazilgani xaqida malumot Kelmayapti nima qilay

  22. Bahtiyor

    Assalomu alekum, mening yoshim 14 da, men ham ielts topshirishim mumkinmi? Agar mumkin bo’lsa, bunga faqat tugilganlik haqidagi guvohnomaning o’zi yetarlimi?

    Javob berish

    1. VAHOBIDDIN

      ASSALOM ALAYKUM AZAMAT AKA
      IDP EXAM GA QANDAY QILIB REGISTRATSIYA QILADI UNI EMAIL MANZILI QANDAY BULADI
      JAVOB UCUN OLDINDAN RAHMAT

  23. Mahmudova Dildora

    Mahmudova Dildora
    Birinchi imtihon bepul deyilgan ikkinchi imtihoni qancha boladi, man jizzaxdanman qayerda imtihon topshirsam boladi , oqish qayerda boladi.

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan