Qanday qilib Click tizimiga xizmat ko’rsatuvchi sifatida ulanish

Click tizimi plastik kartochkangiz va qo’l telefoningizdan foydalangan holda istalgan vaqtda, istalgan joyda to’lovlarni amalga oshirishingiz imkonini beruvchi qulay xizmat hisoblanadi. Bu tizim haqida batafsil ma’lumotni uning rasmiy Click.uz saytidan olishingiz mumkin.
Click tizimiga ulanish oson – Sizdan faqat SMS xabarnoma xizmati yoqilgan bank plastik kartasi va Click tizimiga ulangan mobil telefon kerak bo’ladi. Tizimda foydalanuvchi sifatida ro’yxatdan o’tish va Clickdagi xizmat ko’rsatuvchilar maxsulot va xizmatlari uchun to’lovlarni amalga oshirishni boshlash haqida barcha barafsil ma’lumotni Clickning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Yaqinda Azamat.uz sayti Click tizimidan xizmat ko’rsatuvchi yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tdi va bundan keyin Azamat.uz sayti orqali maxsulot va xizmatlarni Click tizimi orqali to’lov qilgan holda harid qilishingiz mumkin. Ushbu maqolada Click tizimiga yuridik shaxs sifatida, tizim orqali maxsulot va xizmatlar uchun to’lovlarni qabul qilish maqsadida qanday qilib ulanish mumkinligi to’g’risida tajribalarimni o’rtoqlashmoqchiman. Kelajakda bu ma’lumotlar Clickning yangi xizmat ko’rsatuvchi hamkorlari uchun foydali bo’lsa ajab emas.
Barchaga ma’lum bo’lsa ham eslatib o’tishni joiz topdim, Click tizimida xizmat ko’rsatuvchi sifatida ro’yxatga olinish uchun yuridik shaxs bo’lishingiz shart. Ya’ni, Click tizimiga faqat MCHJ, xususiy korxona yoki YaTT holida ro’yxatdan o’tishingiz mumkin. Jismoniy shaxslar Click tizimi orqali hozircha to’lovlarni qabul qilisha olmaydi.
Boshlanishida biz Clickning rasmiy saytida berilgan telefon raqamga qo’ng’iroq qildik va operator bizni kerakli hodim bilan ulab berdi. O’zini Lenara deb tanishtirgan hodim bizga tizimga ulanish uchun kerak bo’ladigan barcha xujjatlar haqida yetarli ma’lumotlarni berdi. Quyidagi xujjatlarning skaner qilingan elektron nusxalarini info@click.uz saytiga yubordik:
- korxona guvohnomasi (yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida);
- korxona nizomi (barcha sahifalari);
- korxona rahbarining pasport nusxasi;
- litsenziya (agar bo’lsa);
- shartnoma (Click tomonidan avvaldan jo’natiladi)
Barcha kerakli xujjatlar yuborilgandan so’ng bizga bir necha soat ichida qo’ng’iroq qilishdi. Termiz shahrida Click bilan faqat Agrobank va Aloqabank ishlar ekan. Click tomonidan yuborilgan maxsus shartnoma bilan Termiz shahridagi Aloqabank bankiga bordik. Bank biz uchun ikkilamchi xisob raqam ochdi va uch tomonlama (biz, Click va Aloqabank) shartnoma qildi.
Click tizimida xizmat ko’rsatuvchi sifatida ishlash uchun hech qanday abonent to’lovi yo’q. Har oyda Click tizimida yig’ilgan mablag’lar 100% bank xisob raqamimizga o’tkazib berilar ekan. Bank esa o’z navbatida (shartnomaga asosan) tushgan pulning 10% miqdorini xizmat haqi sifatida olib qolib, qolganini bizga berar ekan. Albatta, bundan tashqari korxona daromadlaridan qonunda ko’rsatilgan tartibda soliqlar to’lab boriladi.
Bankdagi ishlar va tizim bilan rasmiy kelishuv to’liq yakunlangandan so’ng Clickning texnik hodimlari saytda to’lovlar qabul qilish tizimini o’rnatish uchun yordam berishadi. Har bir mijoz uchun Skypeda alohida guruh ochilib, doimiy texnik yordam ta’minlanar ekan. Mening saytimga biriktirilgan ikkita mutaxassisning yordamlari bilan saytimda Click tizimi orqali to’lovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladigan maxsus kodni ko’rsatishni tashkil etdim.
Click tizimidagi xizmat ko’rsatuvchi saytlarga ikki xil tanlov beriladi: 1) avtomatlashtirilgan tizimni saytda o’rnatish va to’lovlarni avtamatik tarzda qabul qilish; 2) *880*SAYT-RAQAMI*SHARTNOMA-RAQAMI*SUMMA# ko’rinishidagi maxsus kodni olish orqali foydalanuvchilardan to’lovlarni “offline” qabul qilish. Shaxsan saytim uchun ikkinchi usul ma’qul bo’ldi va avtomatik tizimga hozircha ehtiyoj yo’q, deb topdim.
Agar Siz ham saytingizdagi maxsulot yoki xizmatlarni sotish uchun to’lov tizimidan foydalanishga ehtiyoj sezsangiz, shu bilan birga Click tizimi Siz uchun eng ma’qul tanlov bo’lsa, hech ikkilanmay Clickning rasmiy saytida berilgan telefon raqamlarga qo’ng’iroq qiling. Ular barcha savollaringizga javob berishadi va tizimga osonlik bilan ulanishingizda ko’maklashishadi.
Internet orqali amalga oshirayotgan tijoratingiz barakali bo’lsin!
Shu ma’lumot kerak edi. Raxmat
Azamat, shu yig’ilgan mablag’laringizni bank sizga naqd pul tarzida beradimi yoki plastik kartangizga tushirib beradimi? Bu haqda shartnomada ko’rsatilganmi?
Siz o’ziz biror marta pul mablag’laringizni oldizmi bankdan?
Qay tarzda oldiz? (naqd yoki plastik karta ko’rinishida)
Naqd pul beradi, lekin bu bankka bog’liq. Ba’zi banklarda, agar naqd pul muammo bo’lsa, plastik kartaga tushirib berishi ham mumkin. Men naqd pul oldim.
Javob uchun rahmat. Yana bir savol, bankka borib qaysi bo’limiga uchrashish kerak? Bu ish qaysi bo’lim shug’ullanadi?
Bankka borgandan keyin birinchi uchragan hodimdan so’rasangiz qaysi bo’limga borish kerakligini tushuntiradi.
Paynet bilan ham shartnoma qilish uchun yuridik shaxs bo’lishi kerakmi?
Iltimos paynetga ham xizmat ko’rsatuvchi sifatida ulanish haqida malumot yozsangiz.
Albatta yuridik shaxs bo’lish shart.
Salom Azamat aka men ham o’z saytimni yuritaman. Siz click orqali to’lov qilganda 10 % bank xizmati uchun olib qolinishini aytibsiz bu aynan qaysi xizmatlar uchun. click kompaniyasi xizmati ham shu 10% ichiga kiradimi. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Click bilan bog’lanib, ulardan aniqlashtirishingiz mumkin.
Azamat aka
Paycom.uz bilan hamkorlik qilish uchun ham yuridik shaxs bo’lish kerakmi?
Paycom.uz ning API si bor ekan.
Paycom.uz saytidan telefon raqamini topib, o’zlariga telefon qilishingiz va so’rashingiz ma’qulroq.
Salom Azamat aka. Shu yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tish uchun kimga yoki qayerga murojaat qilish, qanday hujjatlar kerakligi bo’yicha 1 ta maqola yozsangiz yaxshi bo’lardi.
Maqola shart emas. Shahar yoki tuman hokimligiga borib uchrashasiz. Ular sizga barcha kerakli ma’lumotni berishadi.
Adsensega qanday ulanadi
Menda ikkita plastik karta clickka ulangan. Qanaqa qilib bittasidan click ni o’chirsa boladi
Click.uz saytiga kiring, telefon raqamini topib ularga qo’ng’iroq qiling. Yordam berishadi.
Click evolutionni telefonimga oʻrnatmoqchi edim pin kodga qaysi kodni yozishim kerak? Tushunmayapman iltimos oʻrgatvoring
Azamat aka click orqali infomaxsulotlarizi sotyabsizmi,
agar biror videokurs qilib click orqali sotish uchun intelektual mulk agentligidan yoki boshqa joydanmi litsenziya yoki biron ruxsatnonami olish keremi yoki shartmasni, javob uchun oldindan raxmat
Hech qayerdan ruxsat olishingiz shart emas. Tez kunlarda mening saytim va Ulugov.uz saytlarida hamkorlik asosida elektron maxsulotlarni sotishni boshlamoqchimiz. Ishlar boshlangandan keyin Siz ham saytlarimizda maxsulotlaringizni kelishuv asosida joylashtirishingiz mumkin bo’ladi.
Biz paycom.uz tizimidan foydalanayapmiz. Click to’g’ri kelmadi.
katta raxmat javobiz uchun Azamat aka
Agarda o’z sayti orqali pul ishlashni boshlovchilar uchun siz nimani maslahat berardingiz click mi yoki paycom?
Paycomni tavsiya qilaman.
Tushunmadim paycom orqali qanday siga , batafsilroq
Paycom nima ozii
Siz yuridik shaxsmisiz? siz sayt egasi bo’lsangiz qanaqasiga yuridik shaxs bo’lasiz. men ham o’z saytimni clikga ulab to’lov qabul qilasam, yuridik bo’lishim kerakku.
Assalomu aleykum Azamat akka
Agar men yuridik shaxs bo’lsam oyiga soliq to’laymanmi yoki tushgan daromaddan o’zlari ushlab qolishadimi?
Agar men saytimdan daromad ololmasam soliq to’laymanmi yoki yoq?
javob uchun oldindan rahmat.
Daromad olasizmi, yo’qmi – soliq to’lashingiz kerak bo’ladi. To’liq ma’lumotni o’zingizga yaqin soliq idorasidan so’rashingiz mumkin.
Assalomu aleykum! Azamat aka agar telefon yoki shunga o’xshash biror buyum olib kreditga sotsam va ushbu to’lovlarni o’z vaqtida qaytarib olish uchun avto to’lov tizimidan foydalanamanmi? Javob uchun oldindan raxmat!
Pul mablag‘laringizni boshqaring
Plastik kartochkadagi kirim va chiqim amaliyotlari SMS orqali uyali aloqa telefoningizga kelib turadi
smkartani yuqatib quydim ontirnet orqali boshqa smkartaga yunaltirsam buladimi
Cilkga ulanishga yordam qiling
Qanday qilib uyda bank kartamga klik ulasam buladi
Sizda SMS xabarnoma xizmati yoqilganmi? Karta orqali harid qilganingizda sms keladimi?
Union pay plastik kartasini klikka qanaqa qlb ulasa boladi
Qanday qilib uyda bank kartamga klik ulasam buladi
Qanday qilib uy sharoitida clikga ulasam buladi
Zo’r
Clik ulangan faqat ikta bólib qolgan bittasini òchirtirish kerak oldin ishlatilgan faqat pin kodi esdan chiqib ketgan. Qanday qilib òchirsa bòladi.
Qanday qilib uyda clik ulasam buladi
Salom menga yordam kerak
Tezroq javob bering
Yuq yoqilmagan
2 ta nomiri 1 ta plastik kartaga ulasa boladmi
Узмабайл телефонга кандаи клик уласам булади *880*0*_____0____# килсам булмаиапти
Men click tizimiga ulana olmayabman eski click telefon raqamini kiriting deyabdi nima qilsam bo’ladi