Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Qanday qilib cheklangan tashqi traffikni taqsimlash

Qanday qilib cheklangan tashqi traffikni taqsimlash

Bu maqola TMeter dasturini o’rnatib, to’g’ri sozlaganlar uchun. Agar Siz hali TMeter dasturini o’rnatmagan bo’lsangiz, uni Qanday qilib tashqi internet traffigini cheklash maqolasida ko’rsatilgan yo’riqnoma asosida o’rnatishingiz mumkin.

Cheklangan tashqi traffikni taqsimlashning nima keragi bor? TMeter yordamida cheklangan traffikingizni cheklash internet traffigining behosdan cheklovdan ortiqcha ishlatilib ketishining oldini oladi. Misol uchun, Siz UzOnline provayderining Aktiv +1 tarifiga ulangansiz, deb hisoblaylik. Siz bir oyda internet uchun 48 ming so’m to’laysiz va UzOnline Sizga bir oyda 7 500 megabayt tashqi traffik beradi. Agar oyning oxirigacha 7 500 megabaytdan ko’p tashqi internet traffigidan foydalansangiz, har bir ortiqcha ishlatilgan megabayt uchun kunduzi 25, tunda esa 12 so’m to’lashingizga to’g’ri keladi. Ko’pchilik foydalanuvchilar oy davomida cheklangan tashqi traffikdan bir megabayt ham oshib ketmaslikni, internet uchun ortiqcha pul to’lamaslikni xohlaydi. Bunday holatda abonent uchun belgilangan 7 500 megabaytni bir oyga teng taqsimlab ishlatish oy davomida internetga to’lanadigan ortiqcha harajatlarning oldini olishda juda qo’l keladi.

Hozir kompyuteringizda o’rnatilgan va to’g’ri sozlangan TMeter dasturi yordamida bir oy davomida belgilangan tashqi traffikni oyning 30 kuniga teng taqsimlashni o’rnatamiz. Bunda chegaralangan traffik teng 30 kunga (bir oy) bo’linadi va agar cheklangan kunlik traffikdan oshiqcha ishlatilish yuz beradigan bo’lsa, TMeter tashqi internet traffigini butunlay to’sib qo’yadi. Tashqi internet traffigi butunlay to’sib qo’yilganda TAS-IX tarmog’idagi bepul saytlar Siz uchun to’liq, muammosiz ishlashda davom etadi.

Quyidagi yo’riqnomada cheklovni UzOnline ISPning Aktiv +1 tarifi traffigi asosida sozlashni ko’rib o’tamiz. Bunda chegaralangan traffik bir oyga 7 500 megabaytni tashkil etadi. Agar Sizda boshqa tarif bo’lsa, o’zingizning tarif rejangizda chegaralangan traffik miqdori bo’yicha hisoblaysiz. Masalan, bu yo’riqnomada bir oyning 30 kuniga 7 500 megabayt teng bo’linib taqsimlangan. Agar Sizda, misol uchun, Start-1 tarifi bo’lsa, Siz o’zingizdagi 600 megabaytni bir oyning 30 kuniga teng bo’lib taqsimlaysiz. Hammasi tushunarli bo’lsa, boshladik!

1. TASHQI SAYTLAR FILTRI SOZLANMALARIGA KIRING. Dasturning chap tomonidagi sozlanmalari ichidan «Nabor filtrov bandiga kirsangiz, Tashqi saytlar va TAS-IX filtrlari bor. Bu filtrlar ichida yana tashqi saytlar va tas-ix deb nomlangan qoidalar ham bor. Bizga filtrning o’zi kerak. Tashqi saytlar deb nomlangan filtr ustiga sichqonchaning o’ng tugmasini bosib menyuni chiqaring va menyuda «Izmenit» (o’zgartirish) bandini tanlang.

2. TRAFFIKNI CHEKLASH BANDIGA KIRING. Hosil bo’lgan oynachada «Ogranichevaniye skorosti i traffika» (Traffikni va tezlikni cheklash) bandiga kiring.

3. TRAFFIKNING CHEKLOV CHEGARASINI SOZLANG. Hosil bo’lgan oynachada rasmda ko’rsatilgan joylarni sozlang: «Vklyuchit limit po traffiku» degan joyiga ptichka belgisini qo’ying, «Tip» bo’limidagi tanlov menyusidan «Schyotchik prinyatix bayt ne bolshe chem» bo’limini tanlang, uning to’g’risidagi joyga jami cheklangan traffigingizning oyning 30 kuniga bo’lingan bo’linmasini yozing (7500 mb : 30 kun = 250 mb) va nihoyat «Blokirovat traffik» bandini tanlang.

4. HISOBLAGICHNING KUNLIK 0 QILINISHINI SOZLANG. Hisoblagich har kuni tungi soat 12 da nol qilinishi kerak. Chunki biz kunlik 250 megabayt cheklov qo’yganmiz, har kuni hisoblagich megabaytlarni boshidan hisoblashi muhim. Buning uchun yuqoridagi oynachaning tepasidagi «Raznoye» bandiga kirib, «Obnulit schyotchiki» bo’limining «Kajdiy den» (har kuni) bandini tanlang. Ish so’ngida OK tubmasi orqali o’zgarishlarni saqlab, oynachani yopasiz.

5. O’ZGARISHLARNI SAQLANG. Barcha o’zgarishlarni dasturning asosiy oynasi pastki o’ng qismida joylashgan «Primenit» tugmasini bosish orqali saqlashni unutmang.

Tashqi traffikning taqsimlanishi amalga oshirildi! Endi internetdan foydalanaverishingiz mumkin. Tashqi saytlar filtridagi qoidani huddi TAS-IX filtridagi qoida singari ochiq («Podschitat») qilib qo’yishingiz kerak. Buning uchun Qanday qilib tashqi internet traffigini cheklash yo’riqnomasining 12-qadamiga o’zgartirish kiritasiz.

Har kuni, agar Siz tashqi traffikni 250 megabaytdan (yoki belgilangan megabaytdan) oshirib ishlatsangiz, TMeter tashqi traffikni butunlay to’sib qo’yadi. Bunday holatda faqat TAS-IX tarmog’idagi bepul, traffik hisoblanmaydigan saytlargina ishlab turadi. Tungi soat 12 da barcha hisoblagichlar 0 qilinadi va tashqi saytlar yana ishlashni boshlaydi. Shu tariqa Siz bir oyda davomida belgilangan tashqi traffikdan bir megabayt ham ortiqcha ishlatmaysiz.

Qanday qilib cheklangan tashqi traffikni taqsimlash” maqolasida 33 fikr

    1. Azamat Xodjakov

      Keyingi kunda hisoblagich yana 0 qilinadi, avvalgi kunda ishlatilmagan traffik esa Sizning foydangizga qoladi. Taqsimlashning asosiy maqsadi ishlatilib ketishi mumkin bo’lgan traffikning eng yuqori miqdoridan oshib ketmaslikni ta’minlashdir.

      Javob berish

  1. Dilshod

    Katta raxmat, u programmaning hajmi qancha va u ishlayapganda Facebook, google, mail va shunga o’xshash saytlar ishlaydimi
    iltimos hamma savolimga javob bera olasizmi, oldindan raxmat

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Hajmi tahminan 20 mb. Cheklovni istaganday qo’yishingiz mumkin. Agar barcha tashqi saytlar yopilsa, demak FB, Google, mailga o’xshash saytlar ham ishlamaydi. Ammo ularni cheklovni to’xtatib ochish mumkin.

      Javob berish

  2. Dilshod

    Azamat aka uni o’rnatishimgela internet ishlamay qoldi podklyucheniya qod qabul qilmayapti podklyucheniyani o’chirib boshidan yozsam chekkasi qizil X bo’lib turibdi, nima qilsam int ishlaydi

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Dasturni to’liq o’chirib tashlang, keyin yo’riqnomada ko’rsatilgandek birinchi navbatda IP manzillar ro’yxatini tuzib, saqlab olganingizdan so’ng dasturni qayta o’rnating. TMeterni «Ustanovka i udaleniye programm» bo’limi orqali to’liq o’chirib, qayta o’rnatishga urinib ko’ring.

      Javob berish

  3. vuelta

    tmeter programmasida qulayliklar kup umuman trafik ketkazmaydigan qilib ishlatish agar tashqi internetga chiqmoqchi bulsangiz stop ni bosib kirib foydalanib bulib keyin yana start ni bosib bloklash mumkin yoki tashqi internet ok ru ga yoki face bookga kirmoqchi bulsangiz uni ip sini dobavit qilib quyasiz buldi tashqilardan faqat usha ok.ru ga yoki facebokga kiradi qolgani blok buladi trafik ketmaydi

    Javob berish

  4. Firdavs

    Salom Azamat aka tas-ix saytlar IPisini .lat formatda soxranit qilib quwayapman lekin Start Sbrosa rejimiga quysam ummuman bowqa saytlarga kirmay qolyapti. Nima uchun agar bilsangiz yordam bering. Oldindan Raxmat

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Demak TAS-IX IPlari xato, yoki ularning sozlanmasida yo’riqnomada keltirilgandek sozlanmalar ko’rsatilmagan.

      Javob berish

  5. FERUZBEK

    SALOM AZAMAT AKA MAN NETGA NOOTBOOKDAN KIRAMAN WI FI ORQALI WI FI GILAVNI KOPYUTERDA ORNATILGAN MAN SHU DASTURNI NOTBOOKA ORNATSAM GILAVNI KOPYUTERGA HECH NIMA QILMAYDIMI? GILAVNI KOMPYUTERDAN XOXLAGANCHA ISHLATSA BOLADIMI INTERNETI SHU SOVOLGA JOVOB BERING ILTIMOS

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan