Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Qanday qilib bepul ilovalar millionlab dollar daromad keltiradi?

Qanday qilib bepul ilovalar millionlab dollar daromad keltiradi?

Mobil qurilmalar bugungi kunda deyarli hammamizning tark etib bo’lmas hamrohimizga aylanib ulgurgan. Foydalanuvchilarning ko’pligi mobil qurilmalar uchun ilova (app)lar tayyorlashga hamda mobil dasturchilarga bo’lgan talabni oshirayapti. Bugungi kunda mobil qurilmalar uchun ilova yozadigan malakali dasturchi bo’lish ham, mobil qurilma ilovalariga asoslangan tijorat yuritish ham bir xilda katta foyda keltirishi mumkin.

Barchamiz sevib foydalanadigan mobil ilovalarning deyarli hammasi bepul hisoblanadi. Bu ilovalar dunyo bo’yicha juda ko’p nusxalarda yuklab olinadi hamda har kuni millardlab foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Ular bepul bo’lishiga qaramasdan, ko’p sonli foydalanuvchilariga ega bo’lgan mobil ilovalar asoschilari o’z ishlari ortidan juda katta dromadga ega bo’lishadi. Ushbu maqolada yuklab olish, foydalanish mutlaqo bepul bo’lgan ilovalar o’z asoschilariga qaysi yo’llar bilan daromad keltirishi haqida yozmoqchiman.

Ilova ichidagi reklamalar

Har kuni soatlab vaqtimiz mobil qurilma ilovalari bilan o’tadi. Dunyo bo’ylab bir necha million soat vaqt keng tarqalgan ilovalarning aynan bir turiga sarflanishi ham hech gap emas. Bu qadar katta foydalanuvchilar jamoasiga ega bo’lgan ilovalar milliardlab iste’molchilarga reklamalarni ko’rsatish orqali yaxshigina daromad olishadi. Butun dunyoda kuniga millionlab ko’rinish bera oladigan reklama qiluvchiga talabgorlar ko’plab topiladi.

Ilova ichidagi savdolar

Ba’zi mobil ilovalar (odatda o’yinlar) u yoki bu harakatni amalga oshirishingiz uchun qaysidir resursni talab qiladi. Bunda bu resursni albatta sotib olishingiz kerak bo’ladi. Aynan shu holat ilova ichidagi savdoga misol bo’la oladi. Elektron ko’rinishidagi javohirlarni harid qilish, qo’shimcha imkoniyatlar olish, boshqalardan ajralib turuvchi jihatlarni o’zlashtirish ilova asoschisiga katta foyda keltiradi. Bu turdagi mobil ilovalar ichida qancha ko’p savdo amalga oshirilsa, shuncha ko’p daromad ko’riladi. Shuning uchun ham savdoga yo’naltirilgan ilovalarda har doim foydalanuvchiga nimadir sotish ilinji mavjud bo’ladi.

Yarim tekin

Shunday ilovalar ham borki, uni yuklab olish va ishlatish tekin. Ammo ilovani normal holatda ishlatish, to’liq imkoniyatlaridan bahramand bo’lish uchun ma’lum miqdorda pul to’lash talab etiladi. “Freemium” atamasi bilan izohlanadigan bu usulda muayyan qulaylik yohud imkoniyat haridi bir martalik to’lov asosida yoki oylik/yillik abonent to’lovi asosida amalga oshirilishini kuzatish mumkin. Ilova foydalanuvchilarga yoqsa, unda haqiqatdan ham ko’pchilikka kerakli imkoniyatlar bo’lsa, bunday ilova qo’shimcha imkoniyatlarini sotib millionlab dollar daromad ko’rish mumkin.

Obuna

Ma’lumot olish yoki yuklashga asoslangan ilovalarda to’liq yoki qisman ma’lumot foydalanuvchilarga obuna asosida taqdim etilishi mumkin. Yuqoridagi yarim tekin usulidan farqli ravishda, foydalanuvchilar qo’shimcha imkoniyat uchun emas, balki qaysidir turdagi ma’lumot uchun pul to’lashadi.  Bu usulda daromad ko’rishni taniqli elektron jurnal va gazetalar yoki kitob o’qigich ilovalar misolida ko’rishimiz mumkin.

Yuqorida sanab o’tilganlari mobil ilovalar orqali ko’rilishi mumkin bo’lgan foydani jalb qilishning bir necha usullari, xolos. Mobil ilovalar yordamida daromad olish faqatgina Sizning tasavvuringiz doirasi bilangina chegaralanishi mumkin. Aslida esa daromad olishning minglab usullari mavjud.

O’zbekistonning bugungi sharoitida mobil ilovalar sohasida qilinmagan ishlar juda ko’p. Olinishi mumkin bo’lgan daromad miqdori esa undan ham ko’proq. Tijorat boshlayman, degan kishi faqatgina Android uchun bir dona mobil ilovani qoyillatib tayyorlatgan holda YaTT yoki MChJ asosida barcha soliqlarni to’lab, sarf-xarajatlarini qoplab, minglab dollar miqdorida davomli foyda ko’rishi mumkin. Bitta mobil ilovaga o’zini bag’ishlab, tashkilotini faqat shu ilova asosida yuritish, asosiy daromadini shunday qiziq soha ortida olish, menimcha, hammaga ma’qul keladi.

Qanday qilib bepul ilovalar millionlab dollar daromad keltiradi?” maqolasida 15 fikr

  1. Nuriddinov

    Hindistonda Programmistlar juda koʻp. Ularda mativatsiya bor.
    Aytmoqchi boʻlgan gapim, shu maqolani va shunga oʻxshagan maqolalarni koʻproq yoritib borish kk, qiziqadigan odamlarni mativatsiyasinu yanayam oshirib boradi. Gap yoʻq bu maqolaga!

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan