Bosh sahifa / Qanday qilib / Qanday qilib Android telefonni proshivka qilish

Qanday qilib Android telefonni proshivka qilish

Hozir o’zbek televideniyasi orqali Artel telefonlari reklama qilinayapti. Xorijga o’qish uchun ketayotgan yigit yurt tuprog’i, onasi yopgan non va Artel telefonini milliylik ramzi sifatida olib ketayapti. Menga bu reklama g’oyasi juda yoqdi. Yaqinda yangi, Android tizimida ishlaydigan telefon sotib oldim. Xorijga ketmayotganligimni hisobga olib Artel emas, UzTE telefonini tanladim. Men harid qilgan UzTE Grand X Quad telefoni ZTE Grand X Quad v987 telefoni bilan (deyarli) bir xil ekan.

Haridimning 3 kunidanoq yangi telefonning programmasini o’rganish maqsadi turli sinovlar o’tkazishni boshladim. Google dasturlarini boshqaruvchi Google Services Framework xizmatini o’chirib ko’rganimda esa telefonning barcha dasturlari «janjal» qilishni boshladi va oxir oqibatda, bitta qayta yuklashdan keyin telefon deyarli yaroqsiz holatga kelib qoldi. Proshivka qilishdan boshqa imkon bo’lmaganligi uchun internetdan qanday qilib Android telefonlarni proshivka qilish haqida ma’lumot izlashga tushdim. Proshivka qilish o’ylaganimdan ancha oson ekan. Quyida qanday qilib UzTE (ZTE) Grand X Quad telefoniga yangi Android tizimini o’rnatish (telefonni proshivka qilish) haqida o’z tajribamni bo’lishmoqchiman. O’ylashimcha Android tizimida ishlovchi boshqa barcha telefonlar ham huddi quyida ko’rsatilganidek proshivka qilinadi. Faqat bitta farq – boshqalarda proshivka versiyasi va fayli boshqacharoq bo’ladi. Muhimi – telefoningiz modeli va Android versiyangizga mos proshivka tanlashingiz kerak.

Telefoningizni qayta proshivka qilish uchun quyidagi bosqichlarni bajaring:

1. Telefoningizda tez yuklashni o’chiring. Buning uchun Nastroyki -> Specialniye Vozmojnosti -> Bistraya Zagruzka kirib, funksiyani o’chirasiz.

2. Telefoningizga Framroot dasturini o’rnatib, telefoningizda root imkoniyatini yoqing.

3. Telefoningizga MobileUncle Tools dasturini o’rnating.

4. V987+CWM+Recovery+V6.0.3.0.7z faylini yuklab oling va ichidagi recovery.img faylini mobil telefoningiz fleshkasiga ko’chirib o’tkazing.

5. Telefoningiz uchun mos bo’lgan proshivkani oling. Masalan, men ZTE Grand X Quad uchun rus tilidagi Lewa 5 proshivkasini oldim. Proshivka ZIP faylini ochmasdan telefoningiz fleshkasiga ko’chirib oling.

6. O’rnatilgan MobileUncle Tools dasturini oching va «Обновление Recovery» bandiga kirib, fleshkangizdagi recovery.img faylini ko’rsating. Dastur telefonni Recovery rejimida qayta yuklashni taklif qiladi. Rozi bo’ling va yuklang.

7. Recovery rejimida Wipe date qiling, keyin Wipe cashe qilasiz va undan keyin advanced menyusi ichida wipe dalvik qilasiz. Shundan keyin quyidagilarni bajaring: install zip from sdcard—> choose zip from sdcard—> (Yuklab olingan Lewa 5 proshivkasini tanlaymiz)—>install

8. Yuklash to’liq tugashini kutamiz. Telefon bir necha muddatga qotib turgandek bo’lib tuyulishi mumkin. Telefonga tegmang! O’rnatish tugaganda telefonda yozuvlar chiqadi.

9. Telefonni qayta yuklab (reboot system), yangi proshivka bilan ochilgan telefon nastroykasida 1-bosqichda o’chirilgan Bistraya Zagruzka funksiyasini qayta yoqamiz.

Bo’ldi! Telefoningizga yangi o’rnatilgan Android tizimidan bahra oling!

Abituriyentlar uchun test formulalari

34 ta fikr

  1. TELFONLARNI KOMPYUTERDAN PROSHIVKA QILISHIM UCHUN QAYSI DASTURDAN FOYDALANAMAN

  2. Assalomu alekum telifonim yaxshi ishlamayapti juda kop qotadi ichida
    Virus bor bosa kere shuni hich to’g’illata ololmayapman iltmos yordam
    berin nima qisam boladi telfon madeli k1 ancha ustaga korsattim hich nima qibera olishomadi jovob uchun oldindan raxmat

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*