Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Qanchalik baxtli ekanligingizni bilishni xohlaysizmi?

Qanchalik baxtli ekanligingizni bilishni xohlaysizmi?

Agar inson hayoti huddi tushga o’xshash g’ayri-tabiiy bo’lsa-yu, ammo barcha hatti-harakatlar boshqariladigan bo’lsa nima bo’lar ekan, deb o’ylab qoldim. Tasavvur qiling, Sizga 80 yil uxlash va tush ko’rish imkoniyati berildi. Siz tush ko’rasiz, tushingizda hamma narsa bo’lishi mumkin va bilasizki tushingizda nima sodir bo’lishidan qat’iy nazar Siz oxir oqibatda uyg’onasiz. Agar tushingiz davomida qandaydir baxtsiz hodisa yuz bersa, Sizni hafa qiladigan holat payda bo’lsa – hovotir olmang! Axir bu tush-ku! Bu holat vaqtincha, uyg’onganingizdan keyin Sizni tashvishlantirayotgan ro’yolar shunchaki oddiy bir qo’rqinchli tush bo’ladi, xolos! Bordi-yu tushingizda qandaydir quvonchli, Sizga juda yoqadigan, uning asrlar davomida tugamasligini xohlaydigan holat bo’lsa – afsuski ko’p ham quvonish yaramaydi. Axir bu tush-ku! Uyg’onganingizda hammasi oddiy bir ro’yo bo’lib qoladi, xolos!

Endi, tasavvur qiling, shu 80 yillik tush ko’rishingiz davomida Siz barcha hatti harakatlaringizni huddi haqiqiy hayotdagidek boshqara olasiz. Bilasizki, odatda uyquda bo’lganingizda Siz shunchaki tush ko’rasiz, tushingizdagi hatti-harakatlaringiz huddi kino ko’rgandek o’z-o’zidan sodir bo’ladi. Siz oddiy bir tomoshabin, tush ko’ruvchi bo’lib qolaverasiz. Ammo bir zumga tasavvur qilib ko’ring-a, agar shu 80 yillik tushingizdagi har bir hatti harakatni o’zingiz boshqarsangiz – huddi real hayotdagidek!

Tushdagi voqealardagidek g’ayri-tabiiylik, istagan hatti harakatingizni boshqara olishingiz, omadsizliklardan hovotir olmasligingiz, “Nima bo’lsa bo’lar, axir bu tush-ku! Qandaydir ko’ngilsizlik yuz bersa ham, menga hech narsa qilmaydi, uyg’onaman va hammasi oddiy tushday o’tadi-ketadi!”, deb o’ylashingiz Sizni eng avvalo istaklaringiz bajarishni doim xohlab yurgan ishlarni qilishga undagan bo’lardi. Bunday imkoniyat berilsa, bunday 80 yillik umrni huddi tush manzarasidagidek, faqat barcha hatti harakatlarni boshqara olish imkoniyati bilan yashab o’tish mumkin bo’lsa, har kim bu tushidan o’zicha foydalangan bo’lardi.

Kimdir o’zi har doim ozru qilib yurganidek dunyodagi barcha boyliklarning faqat unga tegishli ekanligini tush ko’rardi. U butun dunyoda yakka hukmronlik qilish, barcha qudratli davlatlar hukmdorlari uning oldida tiz cho’kib turganini ko’rardi. U qo’l ostidagi boyliklarini istaganicha sarf etar, butun dunyoga hukmron ekanligidan ko’ngli to’gdek ko’tarilardi.

Yana kimdir esa bu tushida o’zining barcha yashirin shahvoniy xirslarini qondirish uchun o’zi har doim xohlab yurgan aysh-u ishratlarni ko’rgan bo’lardi. O’zining bitmas-tugamas lazzatlar og’ushida yotganligini, ko’ngli istagan rohat o’zi istagan holatda u uchun muntazir ekanligini ko’rib shodlangan bo’lardi. Shu o’rinda bu farog’atlarning tush nihoyasida oddiy ro’yoga aylanishini bilib uning ko’ngli behuzur bo’lardi. Chunki tushning tugashini va o’zi mavjud bo’lgan sharoit ro’yoga aylanishini xohlamasdi.

Boshqa yana bir kishi bu tushida insonga xos bo’lmagan turli g’ayri-tabiiy kuchlarga ega bo’lishini ko’rgan bo’lardi. Masalan, u istagan joyiga uchishi mumkin, ob-havoni o’ziga bo’ysundirishi mumkin, yoki o’zi istagan narsasini qo’lining yengil bir harakati yordamida paydo qilishi mumkinligini ko’rgan bo’lardi. U uchun chegara yo’q, cheklov yo’q, qiyinchilik yo’q. Istagan narsasi muhayyo bo’ladi!

Yuqorida aytilgan uch turdagi xohish egalari, boylik xohlovchilar, shahvat va aysh-ishrat xohlovchilar, cheksiz qudratga ega bo’lishni istovchilar… Bular shunchaki son-sanoqsiz inson xohishlarining faqatgina uchtasi, xolos! Bulardan tashqari yana qanchadan-qancha inson xohishlari, boshqarilishi mumkin bo’lgan tush imkoniyati berilsa paydo bo’lib qoladigan istaklar borligini tasavvur ham qila olmaysiz.

Agar Sizga shunday g’aroyib va ajoyib tushda 80 yil o’zingiz istagan ishni qilib yashash imkoni berilsa nimalar qilgan bo’lardingiz? Ishonchim komilki, eng avvalo butun umr xohlab yurgan narsalaringizga ega bo’lishni tush ko’rgan bo’lardingiz. Buni shunchaki hayolingizdan o’tkazdingiz va ajoyib tushingizda Siz istagan barcha narsa Siz uchun tayyor bo’ladi – ko’p qavatli, hashamatli uy, bir nechta eng so’nggi rusumdagi mashina, dunyodagi hammanikidan ham kattaroq seyfda sanoqsiz oltin va pullar, sanoqsiz hizmatkorlar va hokazo. Siz bularning barchasiga ega ekanligingizdan xursand bo’lasiz va shu zahoti yana ko’proq xohish Sizni mahf etadi. Endi Sizga tugamas rohat kerak. Bu Sizga yoqadigan taomlardan istaganingizcha yeb rohatlanish bo’ladimi, o’zingiz yoqtirgan mashg’ulot bilan cheksiz shug’ullanish bo’ladimi, shahvoniy lazzatlanishga ko’milib yotish bo’ladimi… nima bo’lganda ham Sizning har qanday xohishingiz yana amalga oshiriladi. Siz bu xohishlarning barchasiga erishganingizdan so’ng bundan ham ko’prog’ini xohlab qolasiz. Endi Sizga katta boylik, lazzatlanish va rohatlar qiziq emas. Endi Siz odamlardan ustunroq hususiyatlarga ega bo’lishni xohlab qolasiz. Ucha olish, huddi fantastik filmlardagi sehrgarlardek xohlagan narsangizni paydo qilish yoki yo’q qila olash xususiyatlariga ega bo’lganingizdan so’ng, ko’p o’tmasdan bu ham Sizga kamlik qilib qoladi. Endi Sizga bularning barchasidan ko’ra ko’proq, yanada kattaroq xohishning bajo keltirilishi kerak bo’lib qoladi. Siz yana va yana ko’proq xohlayverasiz. Ammo… Ammo, oxir oqibatda xohishlaringiz tasavvuringizga sig’may, nima xohlashni bilmay ham qolasiz.

Sizda hamma narsa bo’ladi. O’zingiz istagan barcha narsaga ega bo’lasiz. Yana nimadir xohlagingiz keladi-yu, ammo xohlaydigan narsa qolmaganidan so’ng Siz uchun o’sha 80 yillik ajoyib g’aroyibotlarga to’la tush-hayot o’z mazmunini yo’qotadi. Bu tushingizning o’tgan vaqtiga e’tibor berasiz: o’zingiz xohlagan barcha narsaga ega bo’libsiz, barcha xohishlaringizni qondiribsiz-u, ammo 80 yillik tush umrining faqat bir necha soatigina o’tibdi, xolos! Butun umrlik xohishlaringizga bir necha soatda ega bo’lib, ulardan zerikishga va kattaroq xohishlarni istab, ulardan ham zerikishga ulguribsiz. Endi bu yog’iga hali yana 80 yil huddi shunday zerikarli, maqsadsiz, xohishlarsiz hayot kechirishga majbur ekanligingizni o’ylab siqilasiz. Ana shundagina Siz haqiqiy hayotning, uning barcha qiyinchiliklari-yu, omadsizliklari bilan, qadrli bo’lganligini tushunib yetasiz. Shundan so’ng Siz tezroq o’sha xohishlarsiz, zerikarli va maqsadsiz 80 yillik tushingiz tugashini va nihoyat uyg’onib real hayotga qaytishingizni kuta boshlaysiz.

Endi Sizning xohishlaringiz real hayot bilan bog’liq bo’la boshlaydi. Siz kichik bo’lsa ham nimagadir erishish uchun qiynalishni, qiyinchiliklar asosida erishib, shu narsaning tatishini va qadrli bo’lishini xohlaysiz. Qani edi nimagadir erishmoqchi bo’lib qattiq qiynalsam-u, ammo o’sha narsaga yetisha olmay omadsizlikka uchrasam va bu mag’lubiyatim alami bilan yana kurashishga o’zimda kuch qidirsam, nimagadir intilishda, nimagadir erishish uchun harakat qilishda, eng muhimi yashashda ma’no bo’lsa edi, deb orzu qilib qolasiz. O’shanda Sizning barcha narsasi muhayyo bo’lgan tush-umringiz bir tiyinga qimmat, ammo real hayotdagi qiyinchiliklari bilan qiziqarli bo’lgan sarguzashtga o’xshash haqiqiy umringiz juda jozibali va maroqli bo’lib ko’rinadi.

Yuqoridagilarni tasavvur qiling, hayolan bo’lsa ham ko’zingizni yumib o’sha 80 yillik tush-umrni yashab o’ting va KO’ZINGIZNI OCHING!!! Mana Siz kutgan real hayot! Mana Siz kutgan kurash maydoni! Mana Siz kutgan ajoyibotlar-u, kutilmagan burilishlarga to’la sarguzashtlar makoni! Siz haqiqiy hayotda yashayapsiz! Sizning maqsadingiz, erishishingiz kerak bo’lgan narsalaringiz, hayotingizda esa mazmun bor! Mana shu narsalarning borligiga shukr qiling. Hayotingizni boricha qabul qiling va Sizning hayotingizdek, taqdiringizdek qiziqarli, jozibali va mazmunli taqdir, umr yo’q ekanligidan fahrlaning!

Siz baxtlisiz! Siz o’sha hamma narsasi bor, hamma narsaga qodir, istagan narsasiga erisha oladigan tush-umrdagi kishilardan farqli ekanligingiz tufayli baxtlisiz! Ulardan farqli ravishda Sizning hayotingizda mazmun va maqsad bor. Hayotingizni shu ko’rinishicha, barcha kamchiliklari, yetishmovchiliklari, azoblari va armonlari bilan birga qadrlang, qadriga yeting! Kimlardir uchundir Sizning hayotingizdek ma’noli va mazmunli umr ushalmas orzu ekanligini unutmang. Ularning yetishib bo’lmas orzusini Siz yashayotganligingizdan fahrlaning, xursand bo’lib va shukr qiling! Siz mana shunday baxtli insonsiz!

Qanchalik baxtli ekanligingizni bilishni xohlaysizmi?” maqolasida 16 fikr

  1. mirvohid

    Ushbu gapda nuqtalar o’rnida couldn’t see mi yoki couldn’t have seen mi? Javobingiz uchun oldindan raxmat. That film was released two days ago,so you … last week.

    Javob berish

  2. Princess

    1.She often enjoyed Annete’s company, … the child made her nervous.
    A) Still B) yet C) because D) while

    To’g’ri javob D, zid ma’no qo’yilyapti, shundaymi?

    2.I was in real distress … I can tell you.
    A) So B) that C) as D) if E) though

    3.… they were talking, Joseph returned from the basin.
    A) While
    B) when
    C) Since
    D) As
    Bu testda A,B va D javob ham to’g’ri menimcha. Lekin bir vaqtda bajarilgan ish-hsrakat bo’lganiga D eng ma’qulimi?

    4.It’s odd … it hurts at these times not to be part of your proper family.
    A) That
    B) When
    C) Why
    D) How
    E) what

    Yuqoridagi testlarning to’g’ri javobi va tarjimasiga ham yordam bering

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      1-D (fikringiz to’g’ri), 2-B (that I can tell you – ibora. Sizga aytsam… degani), 3-A (while bilan uzoq davom etib turadigan ish-harakat continuous zamonda beriladi), 4-A (ihtiyoriy bog’lovchi)

      Javob berish

  3. Princess

    Bu testda starlit so’zidan keyin sky yoki night so’zi bo’lish kerek menimcha. Agar shunday bo’lsa aniq artikl qo’yish mumkin. Agar gap o’zi to’g’ri bo’lsa undan oldin qaysi artikl qo’yiladi?

    Through an open window a peak of the Balkans, wonderfully white and beautiful in … starlit snow seems quite close at hand.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Bu o’rinda artikl ishlatilmaydi. Nega starlit so’zidan keyin sky yoki night bo’lishi kerak, deb o’ylayapsiz? Starlitdan keyin ot kelishi uchunmi? Snow so’zi borku! Starlit snow.

      Javob berish

      1. Princess

        Starlit snow yulduzli qor ma’nosidami? Agar snow starlitga tegishli ot bo’lsa, nega beautiful in berilyapti. Menimcha shu joyda ikkita ot bo’lishi kerek yoki beautifuldan keyin in ishlatish kerekmas. Starlit faqat sifat bo’lib keladi.
        Wonderfully white and beautiful in starlit sky, snow seems qiute close at hand. Siz nima deb o’ylaysiz?

        Javob berish

        1. Azamat Xodjakov

          Avval tarjima qilaylik: “Through an open window a peak of the Balkans, wonderfully white and beautiful in … starlit snow seems quite close at hand” – “Ochiq deraza orqali Bolqonning ajoyib oq, yulduz shu’lasidagi qor bilan qoplangan chiroyli cho’qqisi yaqinginada turgandek bo’lib tuyuladi”. Bu yerda beautiful sifati cho’qqiga nisbatan ishlatilgan. “in satarlit snow” degani “yulduz shu’lasi bilan yoritilayotgan qorga burkangan, qor bilan qoplangan” deb tarjima qilinadi. Menimcha o’zbek tilidagi tarjima bilan ancha tushunarli bo’ladi, agar tushunmasangiz, iltimos so’rashdan tortinmang. Yanada soddaroq qilib tushuntirishga harakat qilaman.

          Javob berish

          1. Princess

            Tushunarli, demak seems fe’li bu yerda Balkansga tegishli. Shu narsani e’tiborga olmabman))) Katta rahmat.

  4. Princess

    Sizga yana savol. I hope you are not fed up with them.

    It wasn’t … of a room; about fifteen feet square.
    A) most
    B) the most
    C) More
    D) many
    E) much
    Xona katta emas demoqchimi???

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan