Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / Push va Pull xabarnomalar

Push va Pull xabarnomalar

Pull notifications va Push notifications iboralariga duch kelgan bo’lishingiz mumkin. Ushbu maqolada ularning ma’nolariga qisqacha to’xtalamiz.

«Notification» ingliz tilida «xabarnoma» degan ma’noni anglatadi. «Pull» – «tortmoq», «push» – «itarmoq». Ingliz tili darsi tugadi, endi texnologiya mavzusiga qaytamiz 🙂

Xabarnomalar Siz foydalanayotgan qurilma (kompyuter, planshet, telefon yoki soat) orqali u yoki bu sayt, tizim, dastur haqidagi ma’lumotlarni yetkazib turadi. Bu xabarnomalar ko’pincha avtomatlashtirilgan bo’ladi va foydalanuvchilar uchun juda ko’p qulayliklari bor. Xabarnomalarning push va pull turlari bo’ladi.

Pull notification ma’lumotni tortib olganingizda hosil bo’ladi. Ya’ni, siz dastur yoki sayt orqali o’zingizga kerakli ma’lumotni tortib olasiz. Mobil qurilmangizda dasturlar bor. Masalan, futbol natijalarini ko’rsatuvchi vidjet mobil qurilmangizda o’rnatilgan, deb tasavvur qilaylik. Bu vidjet yordamida o’zingizga qiziq bo’lgan chempionat natijalarini ko’rib turasiz. Vidjetning mahsus joyida natijalarni yangilash tugmasi bo’ladi. Siz bu tugmani bosasiz va ko’rsatilayotgan natijalar eng so’nggilariga almashtiriladi (yangilanadi). Bu holatda Siz ma’lumotlarni tortayotgan bo’lasiz (pull). Ob-havo ma’lumotini ko’rsatib turuvchi vidjet ham aynan shunday ishlaydi: kerakli vaqtda yangilanganda eng so’nggi ob-havo ma’lumotini ko’rsatadi. UzCard dasturi ham shunday: yangilangada plastik kartochkangizdagi eng so’nggi qoldiq ko’rsatiladi. Pull notification foydalanuvchi tomonidan tortilmaganda, so’rov yuborilmaganda avtomatik yangilanmaydi.

Push notification foydalanuvchi harakatisiz unga ko’rsatiladigan xabarnomalarni ifodalaydi. Masalan, mobil qurilmangizda ishingizni bajarib bo’lgandan so’ng uni yopsangiz reklama yoki boshqa turdagi xabar o’z-o’zidan ko’rsatiladi. Bu push notificationga misol bo’ladi oladi. Qaysidir saytni ko’rib turganingizda butunlay boshqa bir sayt xabarnomasi chiqishi brauzeringizning push xabarnomalari xizmat orqali Sizga xabar yuborilayotganligini bildiradi. Hatto qurilmangiz harakatsiz (faol bo’lmagan) holatda ham Sizga push notification kelishi mumkin.

Odatda push xabarnomalar obuna asosida foydalanuvchilarga yuboriladi. E’tibor bergan bo’lsangiz Kun.uz saytida push notification uchun obuna bor. Saytga kirganingizdan so’ng bir necha soniya o’tib Kun.uz sayti tomonidan push notification uchun obuna so’rovini olasiz. Agar push xabarnomasiga obuna bo’lishga rozilik bildirsangiz, shu brauzeringiz ochilgan vaqtda, Kun.uz saytiga kirmagan bo’lsangiz ham saytdan xabarnomalar olib turasiz. Albatta, bunday obunalar saytga ko’proq foydalanuvchilar kirishini ta’minlaydi. Minglab obunachisi bor saytlar bitta xabarnoma yuborish orqali kamida bir necha yuzta kishini saytga kiritishi mumkin.

Push xabarnomalar xizmatini ko’rsatuvchi saytlar juda ko’p. Ular ichida shartli bepul bo’lganlari ham bor. Masalan, Kun.uz sayti SendPulse xizmatlaridan foydalanar ekan. Yakun kunlarda o’zim ham saytimda huddi shunday push xabarnomalariga obunani tashkil etish niyatidaman.

Har doim foydalanuvchilaringizni birinchi o’ringa qo’ying. Ular bilan ko’proq muloqotda bo’lsangiz, saytingiz foydalanuvchilari soni tez orada sezilarli darajada ko’payadi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

3 ta fikr

  1. sendplus xizmatidan siz ham foydalanibsizda.
    qaysi plugin ishlatdingiz sir bo’lmasa

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*