Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / Pul yig’ish tizimi g’oyasi

Pul yig’ish tizimi g’oyasi

O’zbek tilidagi saytlar ichida pul yig’ishga yordam beruvchi tizim hozircha yaratilmagan. Yandeksning Yasobe.ru sayti o’zimizda yaratish va rivojlantirish mumkin bo’lgan ajoyib loyihalardan biri hisoblanadi. Ushbu tizim O’zbekiston uchun alohida yaratilsa, loyiha ko’pchilik uchun qulay va foydali bo’lishi mumkin. Bunday sayt asosichisi esa, albatta, tizimida qo’shimcha imkoniyatlarni yaratish orqali foyda olishi mumkin bo’ladi.

Ya soberu («Men yig’aman») tizimida istalgan kishi o’ziga kichik sahifa ochishi va nima uchun pul yig’ayotganligi haqida yozishi mumkin. Bu sahifada xohlovchi tashrif buyuruvchilar yig’ayotgan kishiga o’zlari istagan miqdorda pul o’tkazishlari mumkin. Albatta, barcha o’tkaziladigan pul hayriya-ehson tariqasida beriladi.

Pul yig’uvchining sahifasi qanday ko’rinishda bo’lishiga misolni mana bu sahifada ko’rishingiz mumkin. Bunda yig’uvchi pulni uy harid qilish uchun yig’ayotganligini haqida yozgan.

Bunday tizim bizga nima uchun kerak va undan kimlar foydalanishi mumkin?

Ba’zan Kun.uz saytida va Facebook guruhlarida turli qiynalgan, yordamga muhtoj kishilarga yordam ko’rsatishlarini so’rab yozib qolishadi. Bunday maqolalar so’ngida albatta bank xisob raqami yoki plastik kartochka raqami berilgan bo’ladi. Istovchilar ularga yordam berish maqsadida hisoblariga pul o’tkazib berishadi. Hayriya aksiyalarning ba’zilariga misolni mana bu bo’limdan topasiz.

Agar bu kabi pul yig’ish ehtiyojini markazlashgan tizimda qondira olsak, haqiqiy ehtiyojmandlarni bitta domenda jamlash va ularga pul yig’ishni tezlashtiradigan qo’shimcha imkoniyatlarni yaratish mumkin. Oddiy maqolaga nisbatan pul yig’ishga maxsus yo’naltirilgan sahifa ommalashtirish va foydalanish uchun ancha qulay bo’ladi.

Tizimdan keyinchalik nafaqat ehtiyojmandlar, balki xalq manfaati uchun ko’ngilli sifatida pul yig’uvchilar ham foydalanishlari mumkin. Masalan, kimdir o’z qishlog’idagi eski ko’prikni ta’mirlash uchun pul yig’adi, qaysidir tashkilot hayriya tadbiri o’tkazish uchun qo’shimcha hadyalar qabul qiladi, yana kimdir esa jamoasi bilan boshlagan yaxshi ishiga istovchilar hissasini qo’shishga imkon yaratadi.

Tizimda nimalar bo’ladi?

Pul yig’ishga yo’naltirilgan maxsus tizimda istalgan kishi o’zi uchun alohida kichik sahifa ochishi mumkin bo’lishi kerak. Sahifada nimaga uchun pul yig’ilayotganligini aks ettiruvchi matn yozish, rasm qo’yish va zarur holatda qo’shimcha xujjatlar nusxalarini biriktirish mumkin bo’lsin. Albatta, pulni qayerga o’tkazish kerakligi chiroyli, aniq va tushunarli tarzda ko’rsatilishi kerak. Masalan, plastik kartochka tasvirlangan dizaynda raqamlar aniq aks ettirilishi kerak. Pul yig’uvchining telefon raqami, ko’rsatilgan holatda esa uy manzillari ham aks ettirilsin.

Qo’shimcha to’lov evaziga tizimda «ishonchli» yorlig’i ta’sis etilishi mumkin. Pul yig’ish uchun har kim sahifa ochishi mumkin. Ammo sahifada ko’rsatilgan, pul yig’ilayotgan ma’lumotlarning haqiqiyligini sayt ma’muriyati shaxsan tasdiqlab, ayni shu sahifaga «ishonchli» belgisini taqdim etishi kerak. Shunda pul beruvchilar ham ishonchli va haqqoniy narsaga ehson qilayotganliklariga amin bo’lishadi.

Har bir pul yig’uvchi kichik sahifani osonlik bilan ijtimoiy tarmoqlar hamda messnejerlarda ulashish mumkin bo’lsin. Tizimni pul yig’ish sohasida eng mukammal maydonga aylantira olinsa, Kun.uz va boshqa saytlarda e’lon qilinayotgan hayriya aksiyalari pul o’tkazilishi kerak bo’lgan ma’lumotlarni ko’rsatishda shunchaki tizimning maxsus sahifasiga link berishadi. Keyinchalik tizimning asosiy sahifasida eng ko’p pul yig’ilayotgan aksiyalar, ularning holati, eng ko’p tashrif buyurilayotgan aksiya sahifalari reytingi e’lon qilib borilishi mumkin. Bundan tashqari barcha e’lon qilingan aksiyalarni doimiy qoladigan maxsus katalog ko’rinishida saqlab qolish mumkin bo’ladi.

Agar Sizga ushbu tizim g’oyasi yoqqan bo’lsa, uni hozirdan amalga oshirishingiz mumkin. Yaxshi ishlarni kechiktirmang va O’zbekistonda birinchilardan bo’lib bu ajoyib loyihaga asos soling!

Abituriyentlar uchun test formulalari

4 ta fikr

  1. Salom Azamat aka shu sayt qanaqa ochilishi haqida to’liq malumot berolasizmi.Yani davlat ro’yxatidan o’tish,mablag’,inkoniyatlar va hokazo

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*