Bosh sahifa / Qanday qilib / Pul oqimi kvadranti

Pul oqimi kvadranti

Odatga ko’ra tungi ish jarayonimda Europa Plus radiosi orqali eshittiriladigan Rush dasturini tinglayotgandim. Dasturning navbatdagi mavzusi «O’z shaxsiy biznesingizni boshlaganingiz yaxshimi, yoki kimgadir ishchi bo’lib ishlash yaxshimi?», degan ma’noda bo’ldi. Turli kishilar dasturga qo’ng’iroq qilishdi. Ularning aksariyati oylik maosh olib, odatiy ishchi sifatida kun kechirishini aytdi. Ba’zilar ishchi bo’lishni tashlab, o’z shaxsiy bizneslarini ochishganini gapirib berishdi. Ishtirokchilarning fikri har ikki tomonga ham yon bosdi, desam adashmayman. Kim uchundir ishlab, doimiy bir xil kelib turadigan pulni olib yurish yaxshiroq, deganlar shu usulda yashash yaxshiroq bo’ladi, puldan muammo yoki hovotir bo’lmaydi, deb ta’kidlashdi. Ishchi bo’lib ishlashga qarshi bo’lgan, shaxsiy biznesiga ega ishtirokchilar esa aksincha, kishi o’z biznesiga ega bo’lsa puli va vaqtini o’zi istagandek sarflashda, boshqarishda hech qanday cheklovlarga ega bo’lmaydi, inson erkinroq yashaydi, deb fikr bildirishdi. Shunda ishtirokchilardan biri kvadrant haqida gapirib berdi. Radio boshlovchilar bu so’zni kvadrat so’zining xato aytilishiga yo’yganligi sababli ishtirokchi kvadrantning qanday tushuncha ekanligi va shu kungi mavzuga qanchalik aloqadorligi haqida so’zladi.

Eshittirishdan so’ng kvadrant haqida shaxsiy kichik izlanishimni olib bordim. Menga ma’lum bo’lishicha, kvadrant atamasi ilk bor Robert Kiyosaki tomonidan «Pul oqimi kvadranti» kitobida ishlatilgan ekan. Bu atama orqali insonlarning pul ishlash uchun tutadigan asosiy to’rt usuli tasvirlanar ekan. Quyidagi chizmani tushunganlarim bo’yicha chizdim:


Ushbu chizmadagi harflar quyidagi ma’nolarni anglatadi:

X – xizmatchi (kim uchundir, oylik maosh olib ishladigan kishi);

B – biznesmen, o’z tijoratiga ega bo’lgan kishi;

Y – yakka tadbirkor, o’zi uchun o’zi ishlaydigan shaxs;

S – sarmoyachi, pul kiritib, boshqalarning ishi hisobidan daromad ko’ruvchi shaxs.

Hammaga tushunarli bo’lsa-da, mavhumliklarning oldini olish uchun har bir turdagi faoliyatni misol asosida sharhlab bermoqchiman. Masalan, men dasturchiman.

Yuqoridagi chizmada berilgan X asosida yashamoqchi bo’lsam, dasturlash bilan shug’ullanuvchi tashkilotga ishga kiraman. U yerda belgilangan topshiriqlarni bajarib, har oy beriladigan oylik maoshni olib yuraman. Shunda har oy ma’lum miqdorda belgilangan pul menga aniq kelib turadi. Ishim ham tayin bo’ladi, ishsizlikdan hovotir olmayman.

Agar B yo’lni tanlasam, o’zim dasturlash bilan shug’ullanuvchi tashkilot ochaman. Bir nechta dasturchilarni tashkilotimga ishga olaman, ularga maosh to’layman va o’zim ham bu tashkilotning gullab-yashnashi uchun tinimsiz ishlayman. Bunda men tashkilot rahbari sifatida barcha foydani ham, zararni ham o’z zimmamga olaman.

Yakka tadbirkor sifatida (Y) faoliyat yuritish yo’lini tanlasam, uyda o’tirib internet orqali dasturlash bo’yicha buyurtmalar izlashga tushaman. Buyurtmalar ko’p bo’lib boyib ketishim ham mumkin, oy davomida birorta ham buyurtma olmay daromadsiz qolishim ham mumkin. Yakka tadbirkorlikda mening boshlig’im bo’lmaydi, ustimdan hech kim nazorat qilmaydi, istagan vaqtimda o’zim xohlagan ishni bajarishim mumkin. Ammo daromad masalasi kafolatlanmagan bo’ladi.

Sarmoyachi sifatida harakatlanmoqchi bo’lsam (S), jamg’armamdagi pulning hammasini yoki ma’lum qismini ishonchli va rivojlanib borayotgan dasturiy ta’minotga, tashkilotga sarmoya sifatida kiritaman. Mening kiritgan pulimdan foydalanib tashkilot o’z ishini rivojlantiradi, katta daromad olib keladigan dasturni yaratadi. Asosiy sarmoyachi sifatida men kiritgan pulimning bir necha barobari miqdorida (balki davomiy) foyda olaman.

Yuqorida tasvirlangan pul oqimi kvadrantining qay biri asosida ishlashni o’zingiz tanlaysiz. Har kim o’zining tajribasi, bilimi, ma’lumoti, hayot tarzi va sharoitidan kelib chiqib qaror qiladi. Kim uchundir u yo’l qiyin ko’rinsa, boshqa bir kishi uchun bu yo’l osonroq va foydaliroq tuyuladi. Har qaysi holatda ham kishilarning faoliyatidan asosiy maqsad daromad olishga qaratilgan bo’ladi.

Shaxsan men (endi bilishim bo’yicha) pul oqimi kvadrantining X yo’nalishidan bosqichma-bosqich boshqa yo’nalishlari tomonga harakatlanayotgan ekanman. Xulosa o’rnida va o’zimning tanlagan yo’nalishimdan kelib chiqqan holda quyidagi tavsiyani bermoqchiman:

Agar imkon bo’lsa, quyidagi ketma-ketlik bo’yicha eng yuqori bosqichni tanlang: X – Y – B – S. Hozircha faqat boshlang’ich yo’nalishda, oddiy xizmatchi sifatida faoliyat boshlamoqchi bo’lsangiz ham bo’ladi. Aslida, menimcha, har kimda faoliyat aynan shunday boshlanadi. Avval oylik maosh oladigan ishga kirib oling. Asosiy e’tiboringiz kasbiy mahoratingizni oshirishda bo’lsin. Keyinchalik xizmatchi bo’lib ishlashni tashlamagan holda qo’shimcha ish qilib ko’rishga harakat qiling. Yakka tadbirkor sifatidagi faoliyatni xizmatchilik bilan bir vaqtda olib borsa bo’ladi. Ishingiz rivojlangandan so’ng to’liq yakka tadbirkorlikka o’tasiz. Pul yig’ib o’z biznesingizni ochasiz. Katta miqdordagi pulga ega bo’lganingizdan keyin arzirli loyihaga sarmoya kiritasiz va pullaringiz yana ko’proq pul keltiradi.

Kelajagingizni hozirdan yaxshi o’ylab rejalashtiring. Daromad olish usulingizni o’zingiz uchun har tomonlama qulay va ishonchli jihatlariga tayanib tanlang.

Abituriyentlar uchun test formulalari

6 ta fikr

  1. Salom kechirasizlar manga bitta savol bor edi odnoklassniki saytida profil ocilgan lekin ayrim sabablarga kura profilga kirilmagan login parol esdan ciqqan profilga biriktrilgan nomer mts bulgan ucib ketgan shu profilni udalet qlishni iloji bormi iltimos yordam berib yuboringlar icida waxsiy rasmlar qolib ketgan profil egasi iltimos qilgandi

    • Odnoklassniki yordam xizmatiga email yozasiz. Profil ma’lumotlari, rasmlar asosida ba’zi savollarga javob berasiz, profil egasi murojaat qilayotganligiga ishonch hosil qilishsa, profilni o’chirib berishadi.

  2. Донабой

    Узбекистонда business invest crypto currency ltd фирмаси томонидан узкоин криптовалютаси яратилди. Нархи усиб борувчи. Шу криптовалютага инвестиция киритиб хам жуда яхши даромад олиш мумкин. Нархи 2017 йил январ ойида 1$ булган булса хозирда 3,7$ йилнинг охирига бориб бу курсатшич яна хам баландрок булади. Дониёр don01071982@umail.uz

  3. Bu kvadrant Robert Kiosaki tomonidan ommaga tarqatilgan. Богатый папа бедный папа nomli kitobida shu kvadrant haqida to’liq ma’lumot berib o’tilgan. Hammaga shu kitobni tavsiya qilaman.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*