Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

PHP ish muhiti sozlanmalari

PHP ish muhiti sozlanmalari

PHP dasturlash tili server qismda ishlaydi. Uning ishlashi uchun odatiy sozlanmalardan tashqari ba’zan o’zgartirilishi mumkin bo’lgan qo’shimcha sozlanmalar ham kerak bo’ladi. PHP uchun qo’shimchalar (extension) ham muhim o’rin tutadi. Bunday o’ziga xosliklarni sozlash uchun php.ini faylidan foydalanamiz.

php.ini fayli

PHP dasturi ishga tushishdan oldin php.ini sozlanmalar faylini o’qiydi. Undagi sozlanmalar PHP dasturining amalga oshirilish jarajonida qo’llaniladi. Sozlanmalar haqida batafsil ma’lumotni bu yerda o’qishingiz mumkin.

Apache ishlatuvchi dasturchilarga ma’lumki, unda .htaccess fayli direktoriya ichidagi sozlanmalarni boshqarish uchun ishlatiladi. Huddi shu tartibda, .user.ini fayli ham PHP uchun faqat joriy direktoriya uchun sozlanmalarni belgilash imkoniyatini beradi. Bu faylning asosiy php.ini faylidan farqi bor: .user.ini fayli faqat o’zi turgan direktoriya uchun amal qiladigan sozlanmalarni o’z ichiga oladi.

PHP ishga tushishdan oldin eng birinchi navbatda php.ini faylini o’qiydi, keyin esa ish bajarilayotgan direktoriyada .user.ini faylning mavjudligini tekshiradi. Agar bunday fayl topilsa, uning ichidagi sozlanmalarni o’qiydi va qo’llaydi. Fayl ichida sozlanma topilmaganda hech qanday o’zgarish amalga oshirilmaydi.

Zamonaviy qulayliklar

Ko’pchilik server boshqaruvi tizimlari php.ini va .user.ini fayllarini sodda UI asosida boshqarish imkoniyatini beradi. Biz ko’p ishlatadigan cPanel tizimining yangi versiyalarida MultiPHP manager dasturi aynan php.ini sozlanmalarini tahrirlash maqsadida yaratilgan. Bunda direktoriya bo’yicha cheklangan sozlanmalarni ham belgilash imkoniyati mavjud.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan