O’zlashtirma gapga o’tkazishda zamon tashlamaslik holati

Sizga ma’lumki gaplar ko’chirma gap (direct speech)dan o’zlashtirma gap (indirect speech)ga o’tkazilganda ko’chirma gapdagi fe’l bir zamon o’tgan zamonga tashlanadi. Masalan:
Ko’chirma gap (direct speech). Tom said, «I am playing football»
O’zlashtirma gap (indirect speech). Tom said that he was playing football.
Yuqoridagi gapdan ko’rishingiz mumkinki, ko’chirma gapdagi «am playing» (hozirgi davomli zamon) fe’li o’zlashtirma gapga «was playing» (o’tgan davomli zamon) fe’li bo’lib, bir zamon o’tgan zamonga tashlangan holda ishlatilayapti. Bu holat har qanday zamondagi gaplarga ta’luqli. Umumiy qoidaga ko’ra ko’chirma gapdan o’zlashtirma gapga o’tkazilganda fe’l bir zamon o’tgan zamonga tashlanadi. Endi doimiy haqiqat bo’lgan, o’zgarishsiz holatlar haqida ko’chirma gap shaklida gapirilganda, ularning o’zlashtirma gapga o’tkazilishida bu qoida, ya’ni bir zamon o’tgan zamonga tashlash qoidasi amal qilmasligi ham mumkinligini ko’rib o’tamiz.
Ko’chirma gap (direct speech). Tom said, «The Earth goes round the Sun»
O’zlashtirma gap (indirect speech). Tom said that the Earth goes round the Sun.
Yuqoridagi holatda ko’chirma gapdan o’zlashtirma gapga o’tkazishda fe’l bir zamon o’tgan zamonga tashlanmadi. Nima uchun? Chunki yerning quyosh atrofida aylanishi doimiy mavjud bo’lgan, o’zgarmas haqiqat hisoblanadi. Bundan kelib chiqqan holda quyidagicha hulosa qilamiz:
Bir kishining gapini eshitib, uning mazmunini boshqa bir kishiga aytganimizda oradan ma’lum bir vaqt o’tadi. Shuning uchun ko’chirma gapdagi fe’l o’zlashtirma gapga o’tkazilganda bir zamon o’tgan zamonga tashlanadi. Birinchi keltirilgan misolimizdagidek, Tom bizga «Men futbol o’ynayapman» (hozirgi zamonda), deb aytdi. Keyin biz bu gapni boshqa bir kishiga borib aytishimizgacha oradan ma’lum bir vaqt o’tdi va natijada bizning o’zlashtirma gap sifatida aytadiganimiz «Tom futbol o’ynayotganligini aytdi» (o’tgan zamonda) shaklida bo’ldi. Haqiqatdan ham Tom bizga gapini aytganida ish-harakat davom etib turgandi (present continuous), biz uni boshqa kishiga aytishimizgacha bu ish-harakat o’tmishga aylanib bo’lgandi (past continuous). Shuning uchun bir zamon o’tgan zamonga tashlandi.
Agar bir kishining gapini eshitib, boshqa bir kishiga aytgunimizcha oradan ma’lum vaqt o’tishiga qaramasdan ko’chirma gapda tasvirlangan holat o’zgarmasa, biz o’zlashtirma gap yasayotganimizda fe’lni bir zamon o’tgan zamonga tashlamasak ham bo’ladi. Ikkinchi o’rinda keltirilgan misoldan ko’rinib turibdiki, ko’chirma gapda Tom bizga yerning quyosh atrofida aylanishini aytdi. Biz uning gapini eshitib, gap ma’nosini boshqa bir kishiga o’zlashtirma gap sifatida yetkazganimizda oradan ma’lum bir vaqt o’tdi, ammo ko’chirma gapdagi holat, yerning quyosh atrofida aylanishi o’zgargani yo’q. Bunday holatda ko’chirma gapdan o’zlashtirma gapga o’tkazilaytoganda fe’l bir zamon o’tgan zamonga tashlanmasligi ham mumkin.
Yuqoridagilarni xulosalagan holda shuni aytish mumkinki, agar vaziyat va holat o’zgarishsiz qolsa ko’chirma gapdan o’zlashtirma gapga o’tkazilganda fe’l zamon tashlamaydi. Ammo agar o’zgarishsiz holatga nisbatan zamon tashlansa ham xato bo’lmaydi. Demak, agar ko’chirma gapdagi holat yoki vaziyat o’zlashtirma gapga o’tkazilganda ham o’zgarishsiz qolsa, fe’l bir zamon o’tgan zamonga tashlanishi ham, tashlanmasligi ham mumkin. Agar test variantlarida o’tgan zamondagi fe’l turgan bo’lsa, uni to’g’ri javob sifatida belgilaymiz. Agar yuqorida ko’rsatilganidek o’zgarishsiz holatlarga nisbatan test variantlarida o’tgan zamon bo’lmay, ko’chirma gapdagi zamonning o’zi bo’lsa, uni to’g’ri javob sifatida belgilashimiz mumkin. Bordi-yu, o’zgarishsiz holatlarga nisbatan fe’lning bir zamon o’tgan zamonga tashlangan shakli va ko’chirma gapdagi fe’l zamonining o’zgarishsiz shakli bir testda ikkita variant sifatida berilgan bo’lsa, umumiy qoidaga ko’ra bir zamon o’tgan zamonga tashlangan fe’lni belgilaymiz.
Eslab qoling: ko’chirma gapdan o’zlashtirma gapga o’tkazayotganimizda, agar ko’chirma gapda doimiy (yoki kimgadir yetkazgan vaqtimizda) o’zgarishsiz qoladigan holat yoki ish-harakat berilgan bo’lsa, fe’l bir zamon o’tgan zamonga tashlanmasdan, ko’chirma gapda keltirilgan zamon shaklida yozilishi ham mumkin.
The student could not answer the question, so she ______.
gave away
gave into
gave off
gave up
shu testga yordam bering
gave up (taslim bo’ldi)
«I promise I`ll write to you as soon as I arrive Jane», said Nick. Nick promised Jane that he …
will write to her as soon as he arrives.
would write to her as soon as he arrives.
would write to her as soon as he arrived.
would write to her as soon as he would arrive.
would write to her as soon as he arrived
Would write to her as soon as he arrives
«Please hand in your …at the end of the examination» – the teacher said.
tests
tested
to test
tester
tests
Rahmat kattakon
Reported speech so’roq Shakli va inkor shaklini ham misollar ko’rsating!
«How shall I tell Simon the bad news?» he said.
He asked how…. Simon the bad news.
A) should I tell
B) he will tell
C) he should tell
D) shall I tell
Iltimos bu safar barini to’liq ifodalashda qoidalardan qo’llashga e’tibor bering ,ammo men o’zim bilmagan narsalarimni bilib oldim