Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

O’zbekzabon dasturchilar uchun yana bitta qulaylik

O’zbekzabon dasturchilar uchun yana bitta qulaylik

Xorijiy tillarni yaxshi bilmaydigan, faqat o’zbek tilida muloqot qila oladigan, ammo dasturchi bo’lish istagida bo’lgan yoshlar uchun yana bitta ajoyib sayt tashkil etildi. Yordam.uz domeni asosida ishlaydigan bu sayt dasturchilarning o’zaro savol-javobini osonlashtiradi.

Dasturchilar o’z kasbiy faoliyatlari davomida har doim savollarga duch kelishadi. Dasturlashni endigina o’rganayotganlar esa deyarli har qadamda jumboqli savollarga uchrashadi. Yordam.uz sayti bunday holatlarda ayni muddao hisoblanadi. Bu sayt orqali o’zingizni qiynayotgan, dasturchilikka oid savollaringizga tajribali, malakali mutaxassislardan javob olishingiz mumkin. O’rganuvchilarga bu saytdan unumli foydalanishni tavsiya etaman.

Iltimos, saytdan foydalanganingizda Sizga yordam beruvchilarning barchasi o’zlarining qimmatli vaqtlarini beminnat ajratayotganliklariga, ular Sizga yordam berishga majbur bo’lmasalar-da, oliyjanoblik bilan yordam ko’rsatayotganliklariga e’tiborli bo’ling. Savollarni chiroyli odob bilan yozishga harakat qiling. Har bir dasturchi o’zi xohlagan savolga javob beradi. Yordam.uz saytida berilgan savollarga bir necha o’n yillik tajribaga ega bo’lgan katta dasturchilar ham javob yozishadi. Bu saytda berilgan aqlli savollarga aqlli javoblar olish imkoniyati juda yuqori darajada.

Kamina ham Yordam.uz saytining moderatorlari qatoridaman. Har kuni bo’sh vaqtimda (qiziqishim sababli) saytda e’lon qilingan WordPress tizimiga oid savollarga javob yozaman. WordPress tizimining o’zbek tilidagi rasmiy yordam forumlari bilan bir qatorda milliy domenimizdagi o’zbek dasturchilariga yordam saytida ham qizg’in savol-javoblarning ko’payishi men uchun juda quvonarli.

Yuqoridagilar orqali bilmaganlarga Yordam.uz sayti haqida qisqacha ma’lumot bermoqchi edim. Ko’rsatilayotgan beminnat yordamlardan unumli foydalaning va savol-javoblar asosida dasturchilikka oid bilimlaringizni oshiring.

O’zbekzabon dasturchilar uchun yana bitta qulaylik” maqolasida 2 fikr

  1. Bakha

    Kechirasizlaru, dasturchi bo’lish va inglizchani bilmaslik bu suzuvchi bo’lishva suzishni bilmaslik degani-ku. JS, PHP, CSS kabi web uchun kerakli narsalarni o’rganishdan odin inglizchani o’rganish kerak

    Javob berish

    1. Davron

      Ingiliz tilini o’rganish shart emas. Ingliz tilini bilmasdan turibham C++, C#, JAVA, PHP, JS tilarida bemalol dasturlash mumkin. Kechirasizu Bakha dasturchini suzuvchiga taqoslab yoki misol tariqasida aytish kulguli, agar siz dasturchi bo’lsangiz ehtiyot bo’ling tag’in cho’kib ketmang!

      Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan