Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / O’zbekistonda o’yin sanoati istiqbollari

O’zbekistonda o’yin sanoati istiqbollari

O’yin o’ynashni kim yoqtirmaydi? Ba’zan eng zarur ishlarim ham qolib ketib o’zim sevgan o’yinlarni oxiriga yetkazib qo’yish, yoki hech bo’lmaganda navbatdagi saqlash nuqtasigacha yetkazib qo’yishga harakat qilaman. Men kabi o’yingi qiziquvchilar esa millionlab kishilarni tashkil qilishi aniq. Qiziqarli o’yinlar tayyorlash, foydalanuvchilar vaqtini mazmunli o’tkazishga hissa qo’shish faoliyati o’ziga xos katta o’yin sanoatini tashkil etadi. O’zbekistonda men biladigan o’yin sanoati hozircha rivojlanmagan. Ushbu maqolada aynan shu sanoatning yaqin kelajakdagi istiqboli haqida yozmoqchiman. O’zim web sohasi vakili bo’lganligim sababli maqoladagi e’tiborning katta qismi web o’yinlarga qaratiladi. Ammo kengroq o’ylasak, o’yin o’ynash mumkin bo’lgan platformalar, tizimlar juda ko’p. Ularning har biri uchun o’yin tayyorlash mumkin.

Telegram HTML5 o’yinchalarni taqdim etgandan buyon web o’yinlarni tayyorlashga qiziqishim yuqori darajada. Brauzer orqali o’ynash mumkin bo’lgan sodda va qiziqarli o’yinlarni nafaqat sayt ko’rinishida yoki Telegramda, balki webview sifatida Android ilovalarida ham taqdim etish mumkin. Internet orqali o’yinlar o’ynashga hozirgi kunda deyarli barchaning imkoniyati bor. Milliy internet tarmog’imizda bunga yana ozgina ko’proq sharoit yaratadigan o’yinlar taqdim etish qolgan, xolos.

O’yinlarni rivojlantiruvchi maqsadlarda ishlab chiqish ham mumkin. Masalan, KlavoGonki o’yini mashinalar poygasi asosida foydalanuvchini klaviaturaga qaramasdan, tez yozishga o’rgatadi. «4 pics 1 word» o’yini 4 ta rasm ma’nosini o’zida jamlagan bitta so’zni topishga undab, foydalanuvchining topqirligini rivojlantiradi. Ba’zi o’yinlar bilan dasturlashni o’rganish ham mumkin. Diqqat, e’tibor va mantiqiy fikrlashni o’rgatadigan, ko’nikmalarni mashq qildiradigan o’yinlar ham talaygina.

O’zbek tilidagi saytlar, dasturlar yoki tizimlarda o’yinlar juda kam. Android uchun mo’ljallangan PlayMarketdagi ilovalar ichida ham o’zbek tilidagi yaxshi o’yinni topish qiyin. Aynan shu sohaga hozirdan yaxshi e’tibor qaratish kerak va bu kelajakda sifatli o’yin ijodkoriga katta daromad keltirishi mumkin, deb hisoblayman. Foydali, hammaga kerak bo’ladigan o’yin yaratishni istovchilar uchun hozircha o’zbek bozorida raqobatchilar deyarli yo’q. Bu esa rivojlanish uchun juda katta imkoniyatlarni taqdim etadi.

Yaxshi o’yin yaratilsa, uni ommalashtirish hozirgi sharoitda qiyin bo’lmaydi. Turli saytlarda reklama qilish, yo’nalishga qiziqadigan kishilar guruhlarida tavsiya qilish orqali ko’plab foydalanuvchilarni yig’ish mumkin. Sifatli o’yin esa har doim o’z muxlislariga ega bo’lgan.

Meni har doim bitta dastur yoki bitta o’yin asosida butun boshli kompaniyani yuritib daromad olayotgan kishilar faoliyati qiziqtirib kelgan. Birgina misol – SuperCell. Ularning Clash of Clans o’yinidan boshqa mahsulotini ishlatib ko’rmaganman. Ammo bitta shu o’yin SuperCellni dunyoga mashxur qilgan, deb ayta olaman. Bu kompaniyada bir necha kishi ishlaydi. Ularning bir nechta o’yinlari, dasturlari bor. Jamoa faqat shu o’yinlar orqali daromad oladi va ishlaydi.

Tasavvur qiling, o’zi qiziqib, o’zi yaratgan o’yinlari asosida kompaniya qurib, har tongda faqat o’ziga yoqqan hobbi bilan shug’ullanish uchun ishga borish kishiga qancha maroq bag’ishlaydi. Orzuga ega bo’lish va uni amalga oshirish mana shunday muvaffaqiyatga olib kelishi mumkin. Vaqti kelib men o’zim sevgan mashg’ulotni asosiy ishim, daromad manbaim va hobbimga aylantirish niyatidaman. Sizga ham aynan shunday qilishni tavsiya qilaman. O’zingizga yoqadigan hech narsani e’tiboringizdan chetda qoldirmang. Boshqalar nazarida eng foydasiz bo’lib ko’ringan yumush (hatto u o’yin o’ynash bo’lsa ham), kelajakda katta davomad keltiradigan tijoratingizga aylanishi mumkin.

Abituriyentlar uchun test formulalari

8 ta fikr

  1. Klavogonki ning o’zbekcha varianti yaratilmoqda xudo xohlasa yaqin vaqtlarda tayyor bo’ladi

  2. Masalan clash of clans nima asosida yaratilgan? Buniyam tagida birorta dasturlash tili bormi? Hozirgi kunda shunday onlayn o`yinlarga talab yuqori, lekin bunday murakkab ish bir kishining qo`lidan kelmasa kerak dib o`ylayman

  3. Hozirgi kunda Unity eng yaxshi o’yin yaratuvchi redaktor

  4. Hozir pulini bekorchi narsaga sarflaydigan axmoq bormikin? Umumam olganda bizda hali rivojlanmagan bunaqa narsalar. Qilinsayam bizdagilar cho’chiydi. Ana shuningchun rivojlanish ortda qoladi

  5. Telegramda porno kannallar kupayib ketmoqda kupchilik shularga berilib ketmoqda.
    Man telegramada @TGHimoya kanalini ochdim porno kanallarga spam berib o’chirib yubormoqdamiz Azamat aka yordam berivoring odam kupaytirishga.
    Tel: +998939052501

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*