O’zbekistonda freelancing orqali pul ishlash uchun eng yaxshi 10 ta sayt

Freelancing internet orqali pul ishlashni boshlashingiz uchun eng qulay yo’l. Bir jihatdan uni boshlash uchun hech qanday boshlang’ich daromad talab etilmasa, boshqa tomondan har qanday freelance xizmat uchun dunyo bo’ylab doim talab bo’lishi bu sohani boshqa internet orqali daromad keltiradigan ishlar ro’yxatida birinchi o’ringa chiqaradi. Bu yo’nalishdagi imkoniyatlarni sanab o’tishdan avval freelancing va freelancer tushunchalari haqida aytib o’tmoqchiman.
FREELANCING (talaffuzi: «frilansing») sohasiga zamonaviy elektron mehnat bozorida «mardikorlik» deya ta’rif berishimiz mumkin. Chunki freelancing va mardikorlik o’rtasida umumiylik bor: buyurtmachi soatbay yoki ishbay haq to’laydi, freelancer (freelancing bilan shug’ullanuvchi kishi) esa haq evaziga kelishilgan ishni bajaradi. Odatda freelancer va ish beruvchi munosabatlari ma’lum bir sayt (elektron mehnat bozori) orqali boshqariladi va tartibga solinadi. Ammo mustaqil freelancerlar o’z saytlari orqali ish beruvchilarni to’g’ridan-to’g’ri jalb qilishlari ham mumkin.
Internet orqali freelancing bilan shug’ullanish uchun nimalarni bilish kerak? Bunda hech qanday chegara yo’q. Freelancing sohasi shu qadar keng qamrovliki, o’zingizdagi deyarli har qanday qobiliyatni ishga solgan holda internet orqali pul ishlashingiz mumkin. Kompyuterda oddiy Microsoft Word dasturini ochib, unda matn yoza olasizmi? Demak Siz matn yozish xizmatini taklif qilib, freelancing bilan shug’ulanishingiz mumkin! Ijtimoiy tarmoqlarda ko’p vaqt sarflaysiz va ularda mashxur profil/sahifalaringiz bormi? Demak Siz ma’lum xizmat yoki mahsulotni reklama qilish bo’yicha freelancing xizmatini taklif qilsangiz bo’ladi! Sizdagi har qanday boshqa qobiliyat va imkoniyatni ham huddi shu tarzda internet orqali pulga aylantirish mumkin.
Internet orqali bugungi kunda qaysi ishlarni bajara oladigan freelancerlarga talab eng yuqori darajada? Hozirgi kunda, mening shaxsiy kuzatishlarim asosidagi fikrimcha, quyidagi 6 yo’nalishda bo’lgan xizmatlar uchun freelancing bozorida talab juda katta. Ulardan birortasiga mos keladigan ishni qila olsangiz, demak Siz internet orqali freelancing bilan hech qanday qiyinchiliksiz pul ishlashingiz mumkin! Faqat birgina sharti – Siz ingliz (yoki rus) tilini mukammal bilishingiz shart.
1. YOZISH. Freelancing bozorlarida yozishga bo’lgan talab juda yuqori. Yozish mahoratingizni maqolalar, yangiliklar, e’lonlar, elektron kitoblar, tarqatma materiallar, bukletlar, maxsus xisobotlar, arizalar va hokazo o’zingiz uddalay oladigan turdagi ijodiy ishlarda ko’rsata olsangiz, Sizning yozganingiz uchun pul to’lashga tayyor bo’lgan minglab ish beruvchilarni topishingiz mumkin. Bugungi kunda g’arb davlatlarida millionlab odamlar yozishni umrining asosiy kasbi qilib olib, asosiy daromadni faqat yozish orqali olishadi.
2. GRAFIK DIZAYN. Fotoshop (yoki Illustrator) dasturida qoyilmaqom suratlar chiza olasizmi? Agar shunday bo’lsa, grafik dizayn yo’nalishi bo’yicha juda ko’p ishlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buyurtma asosida chizish orqali ishlashdan tashqari ilhomingiz kelgan vaqtda chizgan ijodiy ishlaringizni tayyor mahsulot sifatida sotishingiz ham mumkin. Bunday sotilishi mumkin bo’lgan dizaynlarga kitob muqovalari, vizit kartochkalar, afishalar, sahifa dizaynlari, infografiklar, logolar va web saytlar dizayni kabi o’nlab ishlar misol bo’lishi mumkin.
Shu o’rinda grafik dizayn bo’yicha freelancing bilan shug’ullanayotgan o’zbekistonlik do’stimiz ishlaridan menda mavjud ba’zi namunalarni ko’rsatmoqchiman.


Agar «Men Fotoshopda (yoki Illustratorda) bulardan ancha yaxshiroq chiza olaman», deb hisoblasangiz, freelancing bilan shug’ullanishni boshlashga tayyorsiz!
3. DASTURLASH. Kod yozishni bilasizmi? Agar shunday bo’lsa, dasturchi sifatida yaxshigina pul ishlashingiz mumkin. Dasturlash tillaridan PHP, Java, JavaScript, Ruby, C va hokazo, yoki tizimlardan Android, WordPress, Joomla, iOS va boshqalarini, yoki ma’lumotlar bazasi, axborot xavfsizligi, tarmoqlar kabi yo’nalishlardan birini mukammal bilsangiz, freelancing orqali pul ishlashingiz oson kechadi. Bunda yuqorida sanab o’tilganlarning faqat bittasini mukammal bilishingiz ham ish beradi. Misol uchun faqat CSSni to’liq o’zlashtira olsangiz, boshqa dasturlash tillarini bilmagan holda ham pul ishlashingiz mumkin!
4. MIJOZLARNI QO’LLAB-QUVVATLASH. Bu soha nafaqat xorijiy bozorda rivojlangan, balki O’zbekistonda ham jadal sur’atlar bilan yuksalmoqda. Kimgadir qaysidir sohani erinmasdan o’rgata olsangiz, injiq mijozlarning minglab savollariga javob topib berishingizga ko’zingiz yetsa – bu ish Siz uchun! Mijozlarni qo’llab-quvvatlash (customer service) sohasiga xorijda talab juda katta. Email orqali, telefon yoki jonli chat orqali ma’lum bir kompaniya mijozlari uchun yordam xizmatini ko’rsatganingiz uchun Sizga haq to’lanishi mumkin.
5. INTERNET MARKETING. Internet orqali reklama qilish oson ish emas. Shuni hisobga olgan holda freelancing sohasida internet marketingga juda katta talab bor. Mahsulot va xizmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish, saytlarda mahsulot yoki xizmatlar haqida PR maqolalar yozish, YouTube kanallarida video roliklar tayyorlab ommalashtirish – bularning barchasi internet marketingning eng ko’p foydalaniladigan usullaridan hisoblanadi. Ularni hammadan yaxshiroq uddalay olsangiz, internet orqali pul ishlash sohasida omadingiz keladi!
6. TARJIMA. Bir tildan ikkinchi tilga har qanaqa shaklda (og’zaki, yozma, sinxron) tarjima qila olsangiz, tarjima bo’yicha freelancerlik qilishingiz mumkin. Bugungi kunda tarjima eng ko’p talab etilayotgan tillar Xitoy, Ispan, Portugan va Yapon tillari hisoblanadi. Bu tillarning birortasiga(dan) tarjima qila olsangiz, juda ko’p buyurtmalar olishingiz mumkin. Albatta tarjima qilinayotgan tilning ikkinchisi ingliz tili bo’ladi. Tilni bilish qobiliyatingiz bilan uyda, kompyuteringiz qarshisida bir piyola choy ustida ishlashingiz mumkin bo’ladi 🙂
Endi freelancing uchun eng qulay bo’lgan saytlar ro’yxatiga o’tamiz. Yuqorida sanab o’tilgan qobiliyatlardan birortasi Sizda bo’lsa, yoki freelancing uchun taklif qilishingiz mumkin bo’lgan har qanday boshqa xizmatni bajara olsangiz, quyida keltiriladigan saytlar orqali o’zingizga mos buyurtmani izlashingiz mumkin. «Yuqoridagi ishlarning birortasini bajara olmayman, hech qanday qobiliyatim yo’q. Qanday xizmatni taklif qilib freelancing bilan shug’ullansam ekan?», deb hayron bo’lmang. O’zingizni hech narsada cheklamang. Nimani yaxshiroq uddalasangiz, shu ishni xizmat turi sifatida taklif qiling!
1. ELANCE.COM – Freelancerlar orasida alohida xurmatga ega bo’lgan tarmoq. Ushbu tarmoqda dunyoning ko’zga ko’ringan freelancerlari o’z xizmatlarini taklif etishadi. Agar juda qobiliyatli bo’lmasangiz, bu tarmoqda Siz uchun imkoniyat kamroq bo’ladi. Ammo omadingiz kelsa, bir oyda 5000 dollar miqdoridagi foydani o’rtacha qiyinchilik bilan topishingiz mumkin.
2. PEOPLEPERHOUR.COM – Bir soatga yollanadigan odamlar tarmog’i. Bunda freelancerlar o’z xizmatlarini bir soatlik vaqt me’zoni asosida baholab taklif qilishadi. Albatta, ish bir soatdan ko’p bo’lishi mumkin. Asosiy jihat – ushbu tarmoqda barcha xizmatlar bir soatiga necha dollar bo’lishiga qarab baholanadi. Dunyo bo’ylab mingga yaqin buyurtmalar ushbu tarmoq orqali har kuni bajariladi.
3. TEXTBROKER.COM – Faqat va faqat yozuvchilar uchun. Bu saytda turli mavzu yoki yo’nalishlar bo’yicha yozma ishlar savdosi, yozish bo’yicha ishlarga buyurtmalar topilishi mumkin. Yozuvchilar juda ko’p, raqobat ham o’ziga yarasha. Tarmoqning yaxshi tomoni shuki, unda buyurtma juda ko’p. Menga yoqmagan jihatlaridan biri – ish uchun kam pul to’lashadi.
4. FREELANCESWITCH.COM – Juda mashxur tarmoq emas. Boshqalariga nisbatan buyurtma olish ehtimoli kamroq. Shunchaki, boshqa joylardan omadlari kelmaganlar bu tarmoqni ham sinab ko’rishlari mumkin.
5. BEHANCE.NET – Iqidorli dizaynerlar uchun yaxshigina pul ishlab olish imkonini beruvchi tarmoq. Adobe korporatsiyasiga qarashli bo’lgan ushbu tizimda Fotoshop va Illustratorga o’xshash suratlar chizish dasturlarida ishlaydigan kishilar yollanadi. Raqobat juda kuchli. Ammo qilgan ishlaringiz, chizgan rasmlaringiz arzirli bo’lsa, albatta katta miqdorda to’lanadigan ishlarga buyurtma olishingiz mumkin.
6. 99DESIGNS.COM – Mening fikrimcha buyurtma beruvchilar uchun juda yaxshi tarmoq. Lekin dizaynerlar ham bu yerda yaxshigina imkoniyatga ega. Tarmoqda dizayn bo’yicha ishlar taklif qilinadi. Fotoshop yoki Illustratorda yaxshi ishlay oladiganlar bu tarmoq orqali pul ishlashlari mumkin. Tarmoqdagi holat quyidagicha: buyurtma beruvchi o’ziga nima kerakligi haqida to’liq yozadi, kerak bo’lsa tahminiy rasmini ham chizib ko’rsatadi. Misol uchun, bir kompaniya «Bizga logo kerak. Unda A harfi tasvirlangan bo’lsin, yashil rang ko’proq ishlatilsin, daryo va tog’larning rasmi ham bo’lsin», deb buyurtma beradi. Shundan so’ng tarmoqdagi dizaynerlarning hammasi o’zicha ijod qilib, logo variatlarini chizib taklif qilishadi. Kompaniyaga qaysi dizayner ishi yoqsa, pul ham shu dizaynerniki bo’ladi! Menimcha juda adolatli va haqiqatdan iqtidorlilar uchun qulay tizim!
7. UPWORK.COM – Elance tizimining raqobatdoshi. Freelancerlar uchun juda qulay imkoniyatlar tarmog’i. Turli daraja va yo’nalishlar bo’yicha ko’plab buyurtmalar beriladi. Iqtidorli, bilimli bo’lib o’z ishingizni ko’rsata olsangiz bo’lgani – internet orqali pul ishlashda hech qanday muammo bo’lmaydi.
8. GURU.COM – Freelancerlar uchun ish topishga qulay tarmoq. Buyurtma beruvchilar ham boshqa tarmoqlarga nisbatan ancha faolroq.
9. FIVERR.COM – Bu tarmoqda hamma xizmatning narxi bir xil – 5 dollar! Yuqorida sanab o’tilgan tarmoqlardagidek kuchli talablar yo’q. Imkoningiz yetgan xizmatni taklif qilasiz, kimga kerak bo’lsa bu xizmatga 5 dollar to’lab buyurtma beradi! Men bu tarmoqda juda aqlli freelance takliflar bilan birga o’ta axmoqona ximat turlarini ham uchratganman. Masalan, kimdir 5 dollarga o’rtangizga sovuqchilik tushgan sobiq tanishingizga qo’ng’iroq qilib u bilan Sizni yarashtirib qo’yaman, degan. Yana bir kishi 5 dollar evaziga Siz yoki Sizning kompaniyaniz haqida YouTubeda bitta video tayyorlab chiqaraman degan. Yana boshqa bittasi esa 5 dollar evaziga uyga vazifangizni bajarib beraman, deb taklif kiritgan. Umuman olganda, har qanday xizmat turini taklif qilishingiz mumkin. O’zbekistonlik bir nechta tanishlarim huddi shu tarmoqda pul ishlayapti, shaxsan o’zim ham bu tarmoq ro’yxatida borman.
10. FREELANCER.COM – Elance yoki Upwork tarmoqlariga o’xshash, ammo dizayn bilan birga dasturchilikka ham alohida (ba’zan bir-biriga bog’liq holda) e’tibor beradigan tarmoq. Ham dizayn, ham dasturchilik bo’yicha qobiliyat, bilimga ega kishilar uchun ajoyib tarmoq!
Internet orqali pul ishlash uchun birinchi navbatda iqtidorli bo’lishingiz VA yaxshi ta’lim olgan (bilimli) bo’lishingiz kerak. Bu haqida «Internet orqali pul ishlashda ta’limning ahamiyati» maqolamda alohida ta’kidlaganman. O’rganish, bilim va ta’limsiz uzoqqa borib bo’lmaydi. Mana shuning uchun ham yoshlarning maktab davridanoq yaxshi bilim olishlariga katta e’tibor qaratish kerak.
Internet orqali pul ishlash istagi ingliz tili bilimisiz qanotsiz qushga aylanib qoladi. Ingliz tilini yaxshi bilgan kishiga esa internet orqali pul ishlashning barcha yo’llari ochiladi! Hozirdan vaqtingizni boy bermasdan, yaxshi o’qituvchi topib ingliz tilini o’rganishni boshlang. Kelajakda nafaqat internet biznesingiz uchun, balki kasbiy faoliyatingiz uchun ham uning o’rni beqiyos bo’ladi.
Ehtimol ushbu maqolamni o’qiganlar «Internet orqali tushgan pulni qayerdan olaman?» degan savol bilan menga murojaat qilmoqchi bo’lishar. Bu haqida alohida maqola yozganman: Internet orqali ishlangan pullarni qayerdan olish mumkin? Boshqa tarmoqqa oid bo’lsa ham, xorijda ishlangan pulning olinish jarayoni qisman AdSense pulini olish haqidagi maqolamda yoritilgan. Qo’shimcha sifatida shuni aytishim mumkinki, izlangan doim imkon topadi. Siz birinchi navbatda iqtidoringizni namoyish etib yuqoridagi tarmoqlardan buyurtma olishni uddalang. Shundan so’ng ular beradigan pulni olish uchun joy izlaysiz. Eng oxirgi imkoniyat sifatida pulni online konvertatsiya qilib WebMoney tizimiga tushurib olish, yoki har qanday PayPal tizimini ishlatuvchi odamni saytlardagi e’lon orqali topib, ularga tushurtirish orqali olishingiz mumkinligini unutman. Imkon doim topiladi. Ammo ishni oxiridan boshlamang: avval buyurtma oling, ishni qiling! Hali yo’q pulni olish haqida o’ylab vaqtingizni bekorga o’tkazmang!
O’z bilimi va orzulariga ishonuvchi kishilarga doim omad kulib boqadi. Kun davomida uyingizdan turib, internet orqali, oilangiz davrasini tark etmagan holda yaxshigina daromad keltiradigan ish bilan mashg’ul bo’lishingiz mumkin. Bunday erkinlikka esa mehnatsiz erishib bo’lmaydi. Omadingizni bersin!
Oka siz O’zbekistondagi freelancing da pul ishlash sayti deb statya yozibsiz. Hamma yerdan o’g’irlab saytni tanlov uchun to’ldirish bo’lmaydida ))) Ahir qani bu yerda ozbek saytlari, bizdagilar u yerda ishlashi qiyin. Siz boshqa saytlardan ma’lumot olib (o’g’irlab) saytingizni MIT.UZ tanovi ichun to’ldirgansiz. Siz o’rgatayotgan narsalarni yosh bola ham o’rnidan turib aytib bera oladi. siz shunchalik zor bolsangiz yaxshisi PHP Coding, HTML5, Muse dan o’rgating (albatta o’zingiz yossangiz yaxshi bo’lardi). Va shuni so’raymanki Kommentariyalarni sahifalardan o’chirmang. E’tiboringiz uchin raxmat.
Man sizini firkringizga qo’shilaman haqiqat bu, yuzaki yondashilinadi. E’tiborni qaratish uchun aslida.
Yoʻqsa yaxshilikni yozib tashlanglar koʻraylik
Siz balkim shunaqa deb hisoblarsiz lekin shu narsalardan odamlar foydalanishyabdi bu ugrilik hisoblanmaydi deb uylayman
Siz hamma narsani bilsangiz jim oʻtiring bilmaganlar shuni oʻrganyapti menga oʻxshab
Oʻzbekistonda shu saytlar orqali frilanserlik qilsa boʻladi maʼnosida ketgan bu yerda Oʻzbekiston soʻzi. Bir nechta frilanserlik saytlariga kirib keldim Oʻzbekiston uchun qoʻllab-quvvatlanmaydi deb yozib chiqaverdi.
Upwork.com O’zbekistonliklar uchun ishlaydi. Man shaxsan o’zim registratsiya qilganman va foydalanaman. Pulni payooner tizimi orqali yechib olasiz.
Ingliz tilini bilsangiz internetda HTML, CSS, JavaScript va hk bo’yicha tekin darsliklar , video qo’llanmalar son sanoqsiz. Izlagan imkon topadi.
Maqsad raxmat, kerakli ma’lumotlarni oldim
salom yaxshimisiz siz firlanserlik bilan shug’ullanasizmi agar iloji bo’lsa bir bog’lansak +998973938857
togri aytdingiz 100%qoshilaman
yaxshi bo’ladi /////////
Azamat ishlaringiz yaxshimi? qaysi freelance saytlarida webmoney bor?
Agar saytlarga bitta bitta kirib tanishib chiqsangiz o’zingiz bu haqida bilib olishingiz mumkin.
Menimcha maqolaning sarlavhasida «O’zbekistonda» so’zi ortiqcha.
Mening fikrimcha hamma narsa insonning o’ziga bog’liq! Odam qilgan ishni odam qiladi. O’zbeklar ham frelancing saytlarida ishlay oladi. Faqat buning uchun yuqorida aytilganidek yetarlicha bilimga ega bo’lish lozim.
tog’ri
Ха топпа тогри ман кущиламан одам килган ишни одам кила олади, хаммаси инсонларнинг узига боглик
Azamat aka. Jiddiy savolim bor. Kelajakda Dasturchilik sohasida ish yuritmoqchiman. Algebra fanini chuqur o’rganishim zarurmi??
Menimcha majburiy emas. Mantiq muhimroq. Mantiqiy fikrlash ko’nikmangizni rivojlantiring.
Men sayt orqali toʻliq maʼlumotga ega boʻldim. Rahmat sizga
Kechirasizlar. Sarlavha noto’g’ri deyayotganlarga; Maqola nomini yaxshilab o’qing. «O’zbekistonda turib dunyodagi freelancerlik saytlari orqali pul ishlab oling , mana marhamat deyayapti. Ozgina lingvistikadan ham xabardor bo’linglar, yoki qarshi fikr bildirmang. Do’stlar.
Shuniyam tushuntirgaku qo’lidan kegancha qo’larizdan kesa yaxshiroq tushuntiringla birovni fikrini yomonlagancha
Menimcha yaxshi
Alo
Men bu kasbni yahshi koraman
qanday obuna bolish mumkin
Hudo hohlasa O’zbekistonni o’zida ham ochiladi shunday hizmatlar. Men ko’rgandim bitta saytni, nomi dowork.uz , adminiga yozsam hozir tayyorlayapti dedi. Lekin anchagina joyi bitibdi, hattoki elektron pullarni qabul qilish ham. Lekin bilmadim bunga uzcard va humo kartalaridan pul qabul qilishni qo’shadimi yo’qmi.
O‘zbekistonni o‘zida ochilsa menimcha juda zo‘r bo‘lardi
Shu kommentni o’chirvoring. Bilmadim kim yozgan, telegramda yozib boshni ogritvorishdi ish bormi deb
Maqola foydali bo`ldi men uchun. Rahmat!
Assalomu aleykum! Menga maqola va takliflar yoqdi lekin men tarjimonlik orqali pul topmoqchi edin. Maqoladi bu haqda qisqacha aytilgan lekin website nomini topolmadim
Savolim shundan iboratki mengs tsrjimonlik orqali pul topish saytining nomini ayta olasizmi
Rahmat katta ma’lumot oldim ishlarizga omad
Rahmat kerakli ma’lumotlar ega bo’ldim. Fotoshopni internet orqali qanday o’rgansam bo’ladi?
YouTubeda Fotoshop bo’yicha yaxshi video darslar bor. Ulardan ba’zilarini mana bu kanaldan topasiz: https://www.youtube.com/channel/UCRVNzWpqG23c4GyZMZnJgzg
Assalomu aleykum. Rahmat juda yaxshi maqola tayyorlabsiz. Lekin men avval flirencerlik bn shugʻullanmaganman. Hozirda esa tarjima boʻyicha flirencerlik qilmoqchiman.Qanday qilib roʻyxatdan oʻtish kerak. Agar malol kelmasa roʻyxatdan oʻtish boʻyicha ham maqola tayyorlasangiz yaxshi boʻlardi.
Oldindan rahmat…
Hop buladi
Ассалому алайкум мен фриланс касбини урганишим учун ноутбук булиши шартми?ва яна инглиз тилиниям билишим шартми?
Qanaqa ish qilishingizga bog’liq. Ba’zi ishlarni faqat mobil telefon orqali amalga oshirsa ham bo’ladi.
Ingliz tilini bilishingiz shart emas. Rus tilida ishlasangiz ham bo’ladi.
va aleykum assalom qalesz yaxshimisiz
kompyuter kerak bulmaydi telefoniz bulsa bas
mani telegramimga yozishiz mumkin
mana nomerim 997877163
man bepul maslahatlar beraman
qanday pul ishlash mumkin
menga to’liq malumot bering
qanday qilib pul topish mumkin
Oʻzbekistonda paypal cash pchib boʻlmidi iwlagan pul qanday chiqarib olinadi
Payoneer (https://www.payoneer.com/ru/) orqali olish mumkin.
E oka blmidigan gaplardan aytin
Endi bu maqola ko’p o’qiladi shekilli
Freelance ni organish uchun ham tutorial videolar ham chiqaringlar. Bu hamma uchun foydali bolardi, ayniqsa freelance nmaligini bilmaganlar uchun. !!!
Assalomu alaykum! Juda foydali maqola yozibsiz. Nemis tilidan tarjimonlik bn shuĝullansam bòladimi? Rahmat
va aleykum assalom
ha shugillanib buladi
Rahmat, foydali ma’lumotlarga ega bo’dik
Logo maker liga ehtyoj qanaqa
Ушбу тизимда ишлаш учун руйхатдан кандай утилади.
Ajoyib malumotlar
Men marketing va tarjima ishlarini amalga oshirishda qobiliyatliman.
Shunday ishlarni o’rganish uchun qayerlardan izlanishni tavsiya qilasiz?
Internetdan. Rus yoki ingliz tilini bilsangiz, o’qib o’rgansangiz bo’ladi. YouTubeda ham bu sohada bepul video darslar juda ko’p.
ee hammasi pul olarkan ishga kirishga
Салом акалар интернет сохасини нолдан урганмокчиман бунинг ун нима килишим керак
Zor ekan
To’g’ri va yaxshi fikrlarni bergansiz! Ln nega o’zbekcha tilda ishlaydigan birorta tuzukroq pul topsa bo’ladigan sayt yo’q nega? Biz qachonki rivojlangan davlatlar qatoriga kirsakkina shunday bo’ladimi? Ingliz tilini ozroq bilgan odam shu ish beruvchi saytlardan ro’yxatdan o’ta oladi xolos! Ln qolganlar aniqrog’i ish bilsayu til bilmaganlar qisqasi internetdan bir so’m ham topa olishmaydi. Topgani ham pulini yecha olmaydi! Tuzukroq qilib aytganda jon kuydirmasang… Shuning uchun hammaga bitta maslahat netdan pul topishni orzu qilishdan oldin kamida ikkita tilni mukammal o’rganing! Qolaversa IT ni sohasini ham mukammal biling shunda daromadingiz plus bo’ladi!!! Hammaga omad!
Oʻzbek tilidagi frilanserlik uchun saytlar bormi bo’lsa aytib yuboring
Upworkdan tasdiqdan utish birbalo ekan 1 oydan buyon otolmayapman rad qilib yuboryapti.guru esa oylik tolovi borakan.ikkalasi ham qiyin ekan tasdiqdan utish. Kimdir bilsa yordam qivorilar. Tushunmayapmanda shunga
Ozbek tilida matnlar bilan ishlash boyicha frelanserlik uchun sayt yoki kimdadir malumot va taklif bo’lsa iltimos yordam qlila!
Pul to’lash kerak ekanmi
ha kerak
Salom. Frilanserlikni telefon bilan ishlab boladimi
Ha bo’ladi faqat kompyuterda yaxshiroq bo’ladi.Ko’proq narsalar kompyuterda qilinadi.Shunga.
Assalomu alaykum meni soramoqchi bolgan narsam freelancer.com orqali ish boshlagandim endi hozir menga ular ishonch tariqasida pul surb ber deyapti shunga doim shunday narsalar boladimi?? Sababi bir nechtasi pul soramaydi deb aytganiga oylanib qoldim oldindan rahmat
Internet orqali kimdir sizdan pul so’rasa, shoshmasdan qayta o’ylab ko’ring. Odatda freelance saytlarida xizmat taklif qiluvchidan pul so’lmasligi kerak. Sayt qoidalari bilan yaxshiroq tanishib chiqing va firibgarlarga aldanib qolmang.
Salom internet orqali repititorlik qilsa bo‘ladimi bo‘ladimi kimyo biologiya
shunga o‘xshash fanlardan chetdagi o‘quvchilarga
Mening ismim Umar menga frelanserlik qilish yilida yordam kerak.
Bunda qanaqa qilib ishlasa buladi kimdir menga tushuntira oladimi
Oka bir maqola yozishdan oldin, odam shu yozayotgan narsasiga ega bo’lishi kerak. Qolizdan keladigon narsani yozing. HTML CSS bu dasturlash tillari emas. Avval bularni nima ekanini anglab oling, so’ngra biron nima yozing. Sizni bu narsaga aqli umuman yetmaydiganlar ham o’qishi mumkin ularning fikirlashi ham siznikiga oxshagan bo’lmasligi uchun, har bir yozayotkan maqolangizga ahamiyat berishingiz kerak. Sog’ bo’ling.
Tuzatib qo’ydim. Rahmat!
Assalomu alaykum. Men ham freelancerlik faoliyatni boshlamoqchiman. Ammo men saytdan roʻyxatdan oʻtayotganimda hatoliklar roʻy berayapti deyapti. Lekin men hammasini toʻgʻri yozdim. Shu meni biroz qiynayapti.
salom raxmat to’liq malumot oldim sizni youtubeda kanalingiz bormi wu soxa bo’yicha darslik videolari kerak ipidan ninasigacha tuwuntirilgan video darsliklar kerak oldindan raxmat
Salom «textbroker»da ruyxatdan utmoqchi edim AQSH fuqarosi yoki AQSHda doimiy yashovchi bulish kerak ekan?
Keyin bizga qulyozma taqdim etishadi biz komp.ga kuchiramizmi yoki mavzu berishadi uni yozamizmi?
Menga yoqdi. O’zbekcha saytlar ham bormi? Shular haqida ham maqola yozsangiz maqsadga muvofiq bo’lar edi. Negaki menga ingliz tilida ishlash noqulay, rus saytlarini deyarli barchasi bilan tanishman.
Ассалому алайкум ,манга жуда ек,ди ,маьлумотга ижобий куз билан карадим негаки укитувчиман ва ешларга мавзу сифатида дарс утиб бераман шу мак,олани дарсликда куллайман ,ва биз катталар хам келажакда бу касбларни билишимиз керак деб уйладим ,рахмат Азамат.
Ha albatta yoshlarimz ham raqobatbardosh kasb egalari bo’lishi va O’zbekistonlik yoshlar ham bunday ishlarni eplay olishi mumkin ligini isbotlaydigan vaqt keldi, menimcha. Hadeb kamchilik topgandan ko’ra maqoladagi maslahat va takliflarni sinab ko’rish kerak. Azamatjon omadingizni bersin. Men ham shu ishlaring biri bilan shugullanish niyati bor.
Menga maqola yoqdi. Raxmat
Qoyilmaqom menimcha ishonarli
yaxshi menga yoqdi
Менгахам киришни азо булишни ургатинглар илтимос
okala kim qancha pul topdi
frelanser zor
Bu sayt juda zor
assalomu aleykum bu yerda web dasturlash orqali pul ishlasa bo’ladigan saytlar ham bormi
freelancer.com ga a’zo bo`lib, 1-ishni olganda ishonish uchun to`lovi bor deb aloqaga chiqishdi, bu to`g`rimi, yoki moshenniklar aralashganmi?
Men freelancer com ga azo boʻldim lekin zakaz olganimda mendan pul soʻrayapti shubha tushunmadim.Iltimos shubha izoh bering
Men pul ishlab topmoqchiman internetdan
men ingliz tili mutaxasissisiman ammo UZBda degan so`zga uncha qo`shilmayman ikki kun urindim birorta saytda bizzi mamlakat uchun kirish yo`q shunchalik o`rgatmoqchi ekansiz boshidan darslardan boshlang dasturlardan
Uzbda ham mumkin internetdan pul ishlash ammo nega bizda bunaqa saytlar yopiq
Nimasi qiziq
zo`r
buna qanday qilib pul topish mummkin
bunda qanday qilib pul topish mumkin axir
qanday qilib pul topish mumkin
Ushbu maqola men uchun judayan foydali bo’ldi. Katta rahmat
buladi zur
ZO’R
qaqnday qilish kerak
yaxshimas
juda zo’r
gap yo’q ishlaringizga omad
yaxshi menga yoqdi. ishingizga omad
zur
qanday obuna bolish mumkin