Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

O’zbek saytlarida reklama

O’zbek saytlarida reklama

Bir oy avval Azamat.uz saytiga Cobo.uz saytining «Do you speak UzbEnglish?» aksiyasining reklama banneri 30 kunga 100 000 so’m qiymatli shartnoma asosida joylashtirilgan edi. Aksiya reklamalari boshqa saytlar va media vositalarda ham reklama qilingan ekan. Cobo tashkilotchilari aksiyani reklama qilish muddati tugashi bilan reklamaning umumiy xisobot-maqolasini o’z saytida e’lon qilishdi.

Bu maqola o’zbek saytlari va boshqa ommaviy axborot vositalarida reklamaning qanchalik samarali ekanligini yaxshi o’rganganligi sababli uni Azamat.uz saytida rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilingan holda e’lon qilishga qaror qildim. Albatta, maqolada Azamat.uz saytining yaxshi natija ko’rsatganligi haqida yozilishi ham ushbu maqolani o’zbek tiliga tarjima qilishimga turtki bo’ldi.

Bu maqoladagi ma’lumotlar internetda reklama joylashtirish va ayniqsa o’zbek saytlarida reklamaning holati to’g’risida yetarlicha tasavvur hosil qilishingizda yordam beradi. Maqolaning asl, rus tilidagi ko’rinishini Cobo.uz saytidan o’qish uchun mana bu yerga bosing. Quyida esa shu maqolaning hech qanday o’zgarishlarsiz o’zbek tiliga tarjimasi bilan tanishasiz:

O’zbekistonning yuqori darajali resurslariga kirish va ularda banner (reklama) yoki PR-maqola joylashtirishning narxi qancha ekanligini bilish qiyin emas. Ammo bu narx evaziga Siz qanday natijaga ega bo’lishingiz haqida bilish undan ancha qiziqroq.

Har ehtimolga qarshi boshqa media resurslar haqida

Biz maqsadi 11 kunlik aksiyamizga foydalanuvchilarni jalb qilish bo’lgan kichik reklama harakatini tashkil etdik.

Avvalda 3 turdagi ommaviy axborot resurslarini ko’rib chiqdik:

TELEVIDENIYADA REKLAMA. Biz tezda televideniya orqali reklama qilish bizdagidan ancha ko’proq mablag’ga ega bo’lgan harakatlar uchun ekanligini anglab yetdik. Biz muzokara qila olganlar ichidan OMD Media Direction vakili Sergey Firlinni alohida salohiyatli sifatida ta’kidlab o’tmoqchimiz. Kim uchundir televideniyada reklama joylashtirishning narxlari qiziq bo’lsa, uni mana bu yerdan yuklab olish mumkin.

TRANSPORT VOSITALARIDAGI REKLAMA. Narxlar bizni ajablantirdi, ancha qimmat bo’lishini kutgan edik. Biz JCD Trans Reklama vakili Alisher Xudoyqulovdan bizga ko’rsatgan yordamlari va bergan ma’lumotlari uchun minnatdormiz. Narxlarni mana bu yerdan yuklab olish mumkin.

ONLAYN REKLAMA. Biz O’zbekistonning turli eng yuqori darajali va tematik saytlarini tanlab oldik. Biz BARCHA saytlarga chegirma va bepul bonuslar taqdim etganliklari uchun tashakkur bildiramiz. Bundan tashqari, fikrimizda, onlayn reklama uchun saytlar «narx-natija» o’lchovi bo’yicha eng qulay ommaviy axborot vositasi hisoblanadi. Qisqasi, o’zingiz baho bering. Quyidagi natijalarning barchasi huddi shu vositaga oid.

Ommaviy axborot vositalar va reklama turlari

Biz natija qanday bo’lishini o’rganish maqsadida turli vositalar va reklama turlarini tanladik. Mana bunday qorishma paydo bo’ldi:

O’zbekistonning eng yuqori darajali (eng ko’p tashrif buyuruvchilar soniga ega bo’lgan) saytlari:

Mover.uz – «Asosiy sahifada ommalashtirish» nomli xizmat turi. Bunda sayt asosiy qismining butun orqa fonida va saytning yuqori qismida 7 kun davomida reklama ko’rsatiladi. Aytgancha, bu turdagi reklama Daryo.uz saytida ham bor, ammo biz bu haqida juda kech bildik.

Daryo.uz – 7 kun davomida yangiliklar sayti maqolalari ro’yxatining eng yuqorisida joylashtiriladigan PR-maqola kiritish. Ta’kidlab o’tish joizki, kamdan-kam saytlarda PR-maqolalar ro’yxatning yuqori qismida joylashtiriladi.

Uff.uz – Ko’rsatishlar soniga ko’ra hisoblanadigan banner joylashtirish. Biz foydalanuvchilarga 110 ming marta ko’rsatilgan, katta bo’lmagan hajmdagi bannerni joylashtirdik. Aytgancha, biz o’zimiz reklamaning biror marta ko’rsatilganligini ko’rmadik. Chunki Uff.uz singari katta traffikka ega saytda 110 ming marta ko’rinish sayt sahifalarini ko’rishning umumiy soni ichida yo’q bo’lib ketadi.

Kun.uz – o’zgarmas banner joylashtirish. Bizning katta bo’lmagan reklamamiz bu saytda 3 kun davomida «osilib turdi». Saytga tashrif buyuruvchilar sonini hisobga olsak, reklamani tahminan 50 ming kishi ko’rgan bo’lishi kerak.

Tematik saytlar (ya’ni, asosiy mazmuni aksiyamizga eng yaqin bo’lgan saytlar):

Azamat.uz – o’zgarmas banner.

Referatlar.uz – o’zgarmas banner.

Solver.uz – o’zgarmas banner.

Ijtimoiy tarmoqlardagi reklama:

Facebook – biz Facebook saytida pulli reklama nashrlarini ommalashtirish xizmatidan foydalandik.

Aksiyamizni onlayn reklama qilish uchun ketgan jami xarajat tahminan 2 600 000 so’mni tashkil etdi (chegirma va bonuslarni hisobga olgan holda) va quyidagicha taqsimlandi:

Reklamaga bir marta bosishning narxi qancha

Boshlanishida reklama harakatining saytimizga foydalanuvchilarni olib kelishi samaradorligini Google Analytics natijalariga binoan ko’rsatishni o’rinli deb topdik:

Ko’rinib turganidek, reklama natijasida saytimizga tashrif buyuruvchilar miqdori tahminan 20-25 barobar oshdi.

«Konversiya» zamonaviy atama. Oddiyroq tushuntirish uchun o’lchovni kliklarda (reklamaga bosishlar soni), ya’ni saytimizga tashrif buyuruvchilar sonida hisoblaymiz. Google Analytics saytga foydalanuvchilar qayerdan kelganligini ancha to’g’ri hisoblashini e’tiborga olgan holda traffik kelayotgan saytlarning har birida reklamaga bir marta bosish (klik) narxi necha so’m bo’lishini hisoblash mumkin. Mana bunday natijaga ega bo’ldik:

Albatta, reklamadan reklamaning farqi bor. Ammo bizning holatimizda quyidagilar aniq bo’ladi:

Ko’rsatishlar soni bo’yicha to’lasangiz yutqizasiz. Aytgancha, Daryo.uz sayti reklamalarga bosish soni bo’yicha xisob-kitob qilinadigan turdagi reklama joylashtirish xizmatini taklif qiladi. Bunda bitta klik narxi – 450 so’m. Shunday ekan, ko’rsatishlar soni bo’yicha yoki reklamaga bosishlar soni bo’yicha reklama qilishni tanlashga to’g’ri kelganda bosishlar soni bo’yicha xisobni tanlash foydaliroq.

Tematik saytlarda reklama joylashtirishda saytning asosiy mavzusi joylashtirayotgan reklamangizning mavzusiga qanchalik yaqin ekanligi muhim ahamiyatga ega. Biz reklamamiz mavzusiga yaqinroq bo’lgan Azamat.uz sayti tashrif buyuruvchilar soni jihatidan o’zidan 4 barobar yuqori darajadagi Referatlar.uz saytiga nisbatan yaxshiroq natija ko’rsatganligining guvohi bo’ldik. Quyidagi grafikda saytimizga reklamalar orqali tashrif buyuruvchilarning har bir saytga nisbatan ulushi ko’rsatilgan. Natijada Azamat.uz saytidan ulkan tashrif buyuruvchilar soniga ega bo’lgan Uff.uz saytiga nisbatan ko’proq foydalanuvchi saytimizga kirgan. Albatta, agar mavzu futbolga oid bo’lganida, bu manzara boshqacha bo’lar edi:

Oqim kuchi

Bitta foydalanuvchi narxi – juda muhim ko’rsatkich. Ammo vaqt – bu pul ekanligini ham unutmasligimiz kerak.

Kam tashrif buyuruvchilar soniga ega bo’lgan tematik saytdan arzon narxga kliklar sotib olish mumkin, ammo bu bilan mijozlar bazasini tezlikda shakllantirishga erishib bo’lmaydi. Shuning uchun turli saytlar qanday tezlikda tashrif buyuruvchilarni saytimizga (turli shakldagi reklamalarni hisobga olgan holda) «haydayotganligi»ni bilish qiziq.

Quyidagi chizmada yuqori darajali saytlar bir kunda saytimizga nechta tashrif buyuruvchini yuborganligi ko’rsatilgan:

Layklar nima uchun kerak?

Hozirgi kunda Facebook saytida shaxsiy sahifangizni ochish va layklar yig’ish rusum tusiga kirgan. Masalan, bugunga qadar biz sahifamizda 1755 ta layk yig’dik. Asosiy maqsad aniqki, agar kimdir sahifangizga layk bossa, u kelajakda o’z lentasida sahifangiz nashrlarini ko’rib boradi.

Bizning Facebook saytidagi reklamamiz saytimizga 874 ta tashrif buyuruvchini olib keldi, ularning 754 tasi pulli reklama qilish orqali keldi, qolgan 120 tasi esa avvalgi layklar hisobiga keldi (ya’ni bizga bepulga tushdi, agar avvalgi layklar uchun ketgan xarajatlarni hisobga olmasak).

Eee… Bu raqamlar nimani anglatadi o’zi? Bitta narsani tahmin qilib aytish mumkin: agar yana 11 mingta layk yig’sak, Facebook saytida pulli reklama joylashtirishimizga xojat qolmaydi. Chunki 11 mingta layk biz pul to’lab olayotgan 754 ta tashrif buyuruvchini tabiiy ravishda saytimizga olib keladi.

Faqat 11 mingta layk yig’ish uchun qancha mablag’ kerakligini hisoblash qoldi. Ha, mayli…

Samaradorlik reytingi

Nihoyat, klik narxi va oqim tezligi asosida samaradorlik reytingini tuzamiz.

Qanchalik oqim tez bo’lsa, shuncha yaxshi ekanligini hisobga olga holda uni bo’linuvchi qilib olamiz. Klik narxi esa tushunarli sabablarga ko’ra bo’luvchi bo’ladi. Mana bu ko’rinishdagi natijaga ega bo’lamiz:

Agar yuqoridagi natijalarga e’tibor qaratsangiz, yaqin kelajakda ommalashtirish va PR-maqolalar narxlari ancha ko’tarilishini tahmin qilish mumkin. Bannerlarni ko’rsatish reklamalari esa ancha qimmat baholanganligini ko’rishimiz mumkin. Chunki ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish ularga nisbatan ancha arzon va samarali hisoblanadi.

O’zbek saytlarida reklama” maqolasida 2 fikr

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan