Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / O’z maqolalaringiz bilan saytda ishtirok eting

O’z maqolalaringiz bilan saytda ishtirok eting

Kechagi kundan e’tiboran Azamat.uz saytida «Mehmon maqolalari» tizimi ish boshladi. Bundan keyin asosiy menyuning «Maqola yozing!» bo’limi orqali o’z maqolalaringizni saytda chop etishingiz mumkin bo’ladi. Saytda maqolangizni chop etishingiz uchun hech qanday a’zolik talab etilmaydi va ushbu imkoniyat saytimizning barcha foydalanuvchilari uchun birdek ochiq!

Maqola yozish formasi asosiy to’rtta qismdan iborat: muallif ism-sharifi, maqola sarlavhasi, maqola joylashtirilishi kerak bo’lgan bo’lim va maqolaning asosiy matni yoziladigan joy. Muallif ism-sharifi joyida qanday ism yozilsa, maqola muallifi sifatida huddi shu ism saytda ko’rsatiladi. Maqola sarlavhasi ham huddi shunday – qanday sarlavha belgilasangiz, maqolangiz shu sarlavha ostida chop etiladi. Iltimos, qisqa va aniq yozilgan sarlavhalarni tanlang. Maqolaning asosiy matni esa, bilasizki, eng muhim ahamiyatga ega bo’lgan qism hisoblanadi. Maqola matni cheklanmagan hajmda bo’lishi mumkin. Yozadigan maqolangiz qanchalik ma’noli va dolzarb mavzuda yozilgan bo’lsa, saytimiz foydalanuvchilariga shu qadar ko’proq manzur bo’ladi.

Maqolangizni yozib, ko’rib chiqish uchun yuborganingizdan so’ng u darhol saytda ko’rsatilmaydi. Administrator Siz yozgan maqolani ko’rib chiqib, xato va kamchiliklarini tuzatganidan keyin, maqola saytga chiqarish uchun arzirli deb topilsa, saytda e’lon qilinadi. Maqolada o’zingiz istagancha link, reklama yoki PR ma’lumotlarni ishlatishingiz mumkin. Biz maqolaning mazmunini hech qanday chegara bilan cheklamaymiz. Hatto o’z saytingizni maqolalarda reklama qilishingiz, qaysidir xizmat yoki maxsulotingizni foydalanuvchilarimizga tanishtirishingiz ham mumkin. Asosiysi – maqola mazmunan o’qishga arzirli bo’lishi shart. Bu esa, menimcha, vaziyatdan unumli foydalanishga odatlangan foydalanuvchilarimiz uchun sayt muxlislariga o’zlarining xizmat va maxsulotlarini ommalashtirishlariga imkoniyat yaratib beradi.

Mazmunan sayoz, sayt tematikasiga to’g’ri kelmaydigan, xatolari ko’p va boshqa salbiy sababga ko’ra lozim deb topilmagan maqolalar muallifni ogohlantirishsiz o’chiriladi. Biz imkon qadar mualliflar yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xato-kamchiliklarni to’g’rilashga harakat qilamiz. Ammo har bir muallif o’z maqolasiga nisbatan mas’uliyat his qilishi kerak.

Barcha foydalanuvchilarimizni saytda o’z maqolalari bilan qatnashishga chorlayman. Yozing. Ilmingizni baham ko’ring. Biz bilan birga o’rganing.

Abituriyentlar uchun test formulalari

7 ta fikr

  1. Salom, bu ishni qilib to’g’ri qildiz

  2. Denwer haqida maqolalar yozgan foydalanuvchi,

    Sizning maqolalaringiz juda ko’p xato va kamchliklar bilan yozilganligi sababli saytga chiqarilmaydi. Iltimos, yozish qoidalariga amal qiling.

    Kelajakda Sizdan mukammalroq maqolalarni kutib qolamiz. Yaxshi, xatosiz yozilgan maqolalaringiz albatta saytda chop etiladi!

  3. Shoxsanam O'tkurovna

    Assalomalekum Azamat aka.Manga saytingiz judayam yoqadi.Yaqinda saytdagi o’zgarishni ko’rdim,to’g’risi juda yaxshi o’ylabsiz maqola yozing degan bo’limni yaratib,rahmat.Manda bir kichkina taklif bor edi shu haqda.Agar mumkin bo’lsa sayt mehmonlarining maqolalari alohida bo’limda ko’rsatilsa?Iltimos?

  4. assalomu alaykum ! Azamat aka saytingiz menga yoqdi . Aslida ingliz tiliga umuman qiziqmas edim . Lekin xoz ingliz tilini o’rganishga astoydil harakat qilyapman . Sizlarga kattakon raxmat ! ISHLARIZGA OMAD!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*