Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

O’tgan noaniq zamon

O’tgan noaniq zamon

Bu maqolani o’qishdan oldin ingliz tilidagi zamonlar, ularning farqlari haqida bilib olish uchun ingliz tilidagi zamon tushunchasi to’g’risidagi maqolamni o’qib chiqishingizni tavsiya qilaman.

O’tgan noaniq zamon (yoki ba’zan «O’tgan oddiy zamon» ham deb yuritiladi) (Past Simple) o’tgan zamonda bajarib tugatilgan va ketma-ket bajarilgan ish-harakatlarga nisbatan ishlatiladi.

Bu zamondagi gaplarda odatda (lekin har doim emas) ish-harakatning qachon bajarilganligi payt ravishlari yordamida ko’rsatilgan bo’ladi.

O’tgan noaniq zamonning yasalish formulasi quyidagicha:

EGA+FE’L

Agar eslay olsangiz, bu yasalish Hozirgi noaniq zamonda (Present Simple) ham bor edi. Mana endi O’tgan noaniq zamon ham huddi shu formula asosida yasalayapti. Ammo o’tgan zamonda fe’lda boshqacha o’zgarishlar bo’ladi; Biz o’rganayotgan zamon o’tgan zamonga tegishli bo’lganligi uchun fe’l ham o’tgan zamonda bo’lishi kerak. Ingliz tilida fe’lning qaysi turga mansubligiga qarab uning o’tgan zamon shakli turli hil yasaladi.

Ingliz tilida turiga ko’ra ikki hil fe’l bor: TO’G’RI FE’L va NOTO’G’RI FE’L.

To’g’ri fe’llarning o’tgan zamon shaklini yasash uchun fe’lga «-ed» qo’shimchasi qo’shiladi. Masalan: work-ishlamoq / worked-ishlagan edi; play-o’ynamoq / played-o’ynagan edi.

Noto’g’ri fe’llarning o’tgan zamon shaklini yasash uchun fe’lning o’zagi noto’g’ri fe’llar jadvali asosida ikkinchi ustunga ko’ra o’zgaradi.

Quyida o’tgan noaniq zamonda ifodalangan gaplarni o’qing. Bu gaplardagi fe’lning o’tgan zamon shaklini yasash uchun to’g’ri fe’llarga «-ed» qo’shimchasi qo’shilganligini, noto’g’ri fe’llarning esa o’zagi to’liq uzgargan holda o’tgan zamon shakli yasalganligiga e’tibor bering. Tushunishingiz osonroq bo’lishi uchun avval hozirgi zamondagi gap, keyin esa shu gapning o’tgan zamon shaklini misol qilib keltiraman:

  • I work in a bank – Men bankda ishlayman (Present Simple).
  • I woked in a bank a year ago – Men bir yil avval bankda ishlagan edim (Past simple).
  • I get up at 7 o’clock every morning – Men har ertalab soat 7 da uyqudan turaman (Present Simple).
  • I got up at 7 o’clock yesterday morning – Men kecha ertalab soat 7 da uyqudan turgan edim (Past Simple).

So’roq gaplarning yasalishi haqidagi maqolamdan bilasizki, umumiy so’roq gaplarni yasashda yordamchi fe’l egadan oldinga o’tkaziladi. O’tgan oaniq zamonning yasalish formulasiga qarang, bu zamonda birorta ham yordamchi fe’l yo’q! Bunday holatda nima qilamiz? Bunda biz «TO DO» yordamchi fe’lining o’tgan zamon shakli «DID»ga murojaat qilamiz.

O’tgan noaniq zamonda so’roq shaklidagi gaplarni yasash uchun «DID» yordamchi fe’li egadan oldinga o’tkaziladi va asosiy fe’l infinitiv holatga qaytadi.

Quyida berilgan darak gapning so’roq gapga aylanishiga e’tibor bering:

Tom worked in the garden 2 hours ago.

(darak gap, o’tgan zamonda bajarib tugatilgan ish harakatni ifodalaydi: Tom ikki soat avval bog’da ishlagan edi)

Did Tom work in the garden 2 hours ago?

(so’roq gap, DID yordamchi fe’li egadan oldinga o’tkazilgan va asosiy fe’l infinitiv holatga qaytgan).

Mana yana misollar:

  • Did you do your homework yesterday? – Siz kecha uyga vazifangizni bajardingizmi?
  • Did he take any photographs last week? – U o’tgan haftada birorta rasm oldimi?
  • Did you enjoy your holiday? – Siz ta’tilingizdan rohatlandingizmi?

O’tgan noaniq zamondagi gaplarning inkor shaklini yasash uchun «DID» yordamchi fe’lidan keyin «NOT» inkor yuklamasi qo’yiladi va asosiy fe’l infinitiv holatga qaytadi. Quyidagi inkor gaplarga e’tibor bering:

  • I did not smoke yesterday – Men kecha chekmadim;
  • Tom did not come to the meeting – Tom yig’ilishga kelmadi;
  • We did not want to go to the party yesterday – Biz kecha bazmga borishni xohlamadik.

O’tgan noaniq zamon quyidagi payt ravishlari bilan ishlatilishi mumkin:

  • AGO – avval, oldin;
  • YESTERDAY – kecha;
  • in 1988 – 1988-yilda;
  • when I was a child – Men bola bo’lgan vaqtimda va hokazo.

O’tgan noaniq zamonga oid savollaringizga javob berishdan har doim mamnunman!

O’tgan noaniq zamon” maqolasida 10 fikr

  1. tima

    Ilmos qiyidagi testlarni tekshirib bering.
    1.you’d better go … the next plane to London.
    a)at b)in c)by d)on

    2.will you come … bus or ….by-on a late train ?
    a)by-by b)on-in c) by-on d)in-by

    quyidagilarni farqlarni tushunmadim. tarjimalari qanday; worried, worrying, tiring, tired
    1.the news is very…..
    a) worried b) worrying c) worry
    2. the game of tennis was very…
    a) tired b) tiring c) tire
    3.I am really … about my exam marks.
    Oh, no. you are sometimes so….
    a)worried/tired b) worried/tiring c) worrying/tired d) worrying /tiring

    4.there were… snow on the car.
    a) two feet of b) two feet c)a two-feet d) a foot ushbu feet qanday ma’noda kelyapti.

    5. It is very difficult to drive in…..
    a) rush houred slow-moving traffic
    b)slow moving traffic of rush hour
    c)rush-hour slow moving traffic
    d)slow moving rush hour traffic

    6. the height of Mt Vesuvius is about 1200 m and that of Mt Blance is 2400m. Mt Balanc is the ….. of the 2 mountains . Its height is about…. of Mt Vesuvius.
    a) higher/one fourth that b) highest/ one fourth c) highest/ four times that d) higher/ 4 times that

    7) it was …. hot in the train.
    a) exreme b) intolerable c)worse d) terribly

    8) the world has gone ….,
    a) difficult b) coldness c) crazy d) foregoin

    8-dagi iborami ?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      1-C, 2-A, worried-hovorit olgan, worrying-hovotir olishga majbur qiladigan, tired-charchagan, tiring-charchatadigan.
      1-B, 2-B, 3-A, 4-A (foot-qadam, ya’ni uzunlik o’lchov birligi ma’nosida kelayapti, ko’pligi: feet), 5-C, 6-C, 7-D, 8-C (ha, go crazy-aqldan ozmoq).

      Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Hozirda sayt orqali jonli darslar o’tkazilayapti, lekin afsuski, bu darslarda boshlang’ich mavzular tushuntirilmayapti. Sizning holatingizda faqat saytizmidagi video darslarni ko’rib, o’zingiz mustaqil o’rganishingiz imkoniyati bor, xolos. Kelajakda ingliz tili grammatikasini boshidan o’rgatish loyihalarini amalga oshirish niyatidamiz. Saytni kuzatib boring.

      Javob berish

      1. behzodbek

        Assalomu alaykum aziz domla mavzularingiz uchun katta rahmat llekin jindey kamchiligi bor ekan.Shu bir iltimos bor edi otgan,kelasi,hozirgi zamonlar haqida to’liq ma’lumot berib yuborsangiz oldindan katta rahmat

        Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Jonli darslarimizda hozircha qat’iy, jadval asosidagi ketma-ket, bir-biriga bog’liq mavzularni o’tmayapmiz. Birinchi darsimizda so’z boyligi, ikkinchi darsimizda esa IELTS imtihonining o’qib tushunish sinoviga tayyorlanish haqidagi mavzu bo’ldi. Keyingi darslarimizda ham hamma uchun foydali, kerakli bo’lgan mavzularni tanlashga harakat qilamiz.

      Javob berish

  2. shohruh

    assolomu aleykum AZAMAT oka SIZ ingiliz tilini orgatasizmi IELTS ga tayyorlaysizmi…..ISh xongiz ni manzilini berolasizmi?????

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan