Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

O’sish nima uchun kerak?

O’sish nima uchun kerak?

Zamonaviy dunyoda hech bir sohada birorta ham inson yo’qki o’sish haqida orzu qilmasa. Biz hammamiz o’sishni, kattaroq bo’lishni, boshqalardan yuqoriroq bo’lishni xohlaymiz. Har holda biznes sohasida har doim shunday: bizning savdo rastamiz boshqalarnikidan kattaroq bo’lishi kerak, bizning ofisimiz boshqalarnikiga nisbatan kattaroq binoda joylashishi kerak, bizning reklamalarimiz boshqalarnikiga nisbatan ko’proq joylarni ishg’ol etishi kerak. Bu fikrlar haqida o’ylab o’tirib o’zimga o’zim “Biz uchun o’sish nima uchun kerak?” degan savolni berdim. Menimcha, agar faoliyatdan ko’zlangan asosiy maqsadga yetishish o’sishni majburiy darajaga chiqarib qo’ymas ekan, o’sish uchun harakat qilish kishiga faqat zarar keltiradi.

Siz qaysidir faoliyat turi bilan shug’ullanasiz. Yoki endigina qaysidir biznesni boshlash haqida o’ylayapsiz. Sizning tadbirkorlik faoliyatingiz hali to’la shakllanib ulgurmagan, yoki umuman boshlanmagan. Agar Siz shu bosqichda bo’lsangiz, demak Siz uchun o’sish va uning ahamiyatini yaxshi tushunib olish juda foydali bo’lishi mumkin.

Birinchi navbatda faoliyatingizning asosiy maqsadini aniqlab oling. Foyda ko’rishmi? Ko’proq pul topishmi? Mavjud mablag’laringizni bir necha barobarga oshirishmi? Agar faoliyatdan maqsadingiz yuqorida sanab o’tilgan biznesning eng asosiy maqsadlari bilan mos bo’lsa, demak Siz uchun o’sish shunchaki ikkinchi darajaga tushib qolishi kerak. Aksincha, kim uchundir kattaroq bo’lib ko’rinish va shou biznesdagi kabi taniqli bo’lishni asosiy bo’lsa, bemalol o’sish uchun harakatini davom ettirishi mumkin. Shaxsan men o’sishga intilishni foyda ko’rish va faoliyatdan zavqlanishga qarama-qarshi holat, deb tushunaman.

Ortiqcha darajada katta bo’lgan kompaniyalar faoliyatini o’rta kattalikdagi, yoki kichik korxonalar faoliyati bilan solishtiring. Kattalarida tashvish shu qadar ko’pki, ularning ish samaradorligi ortiqcha tashvishlardan holi bo’lgan kichik korxonalar samaradorligidan ancha past bo’ladi. Chiqimlar borasida ham huddi shunday farq: katta kompaniyalarda keraksiz (ha, aynan keraksiz, ortiqcha) harajatlar juda ko’p bo’ladi, kichik yoki o’rta korxonalarda esa xarajatlarning tabiiy ravishda kamligi orqali ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’yilmaydi. Katta faoliyatning foydasi ham katta bo’lishi mumkin, lekin mening xulosamga ko’ra, ularda ortiqcha xarajat va tashvish ham ko’proq bo’ladi.

Men kelajakda qachondir yangi biznes boshlashga qaror qilsam, o’sish haqidagi shu mulohazalarga alohida e’tibor berishga harakat qilaman.

O’sish nima uchun kerak?” maqolasida 3 fikr

  1. Bexruz

    Azamat aka xafa bo’lmangu lekin maqolalaringiz oldingidek ma’noli va chiroyli emas, o’sish kerak emasmush,!
    Odam o’sishga va o’z ustida ishlab rivojlanishga harakat qilmasa bu hayotdan qanday ma’no topish mumkin????

    Javob berish

  2. barxan

    Odam o’sish pul topish haqida o’ylab siqilib o’tirish kerak emas. Xayotda baxt izlab yashashi kerak, shunda pul ham o’sish ham o’zi keladi

    Javob berish

  3. Abdurahmon

    Maqolani tub ma’nosini anglamapsizlar, bu yerda “o’sish” tushunchasi silar aytgan “kamolotga intilish” ma’nosida emas , “mashxurlikka intilish” , ko’cha tilida “avtoritetga intilish” ma’nosida manimcha. Shuning uchun misol tariqasida SHOU BIZNES keltirilgan. Tanqid yaxshi, lekin tanqid qilish uchun avval yaxshilab maqolani o’qish kerak. Yana shunaqa maqolalar kutib qolamiz!

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan