Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

O’rin-joy predloglari

O’rin-joy predloglari

O’rin-joy predloglari (prepositions of location/place)ga asosan AT, IN va ON predloglari misol bo’la oladi. Bu predloglar narsa-buyum yoki shaxsning joylashuvini anglatadi. Har bir predlogni alohida ko’rib chiqamiz:

AT – “yonida” deb tarjima qilinadi. Ko’pincha o’zbek tilidagi “-da” qo’shimchasiga to’g’ri keladi. AT predlogi qatnashgan iboralarga e’tibor bering:

at the door – eshik yonida at home – uyda
at the desk – parta yonida at the lesson – darsda
at the window – deraza yonida at the cinema – kinoteatrda
at the church – cherkov yonida at the hotel – mehmonxonada
at the tree – daraxt yonida at the bus-stop – avtobus bekatida

IN – “ichida” deb tarjima qilinadi. IN predlogi narsa-buyum yoki shaxsning joylashuvini biror narsaning ichida ekanligini bildiradi. IN predlogi bilan ifodalangan iboralarni diqqat bilan o’rganib chiqing va predlogning ishlatilishiga e’tibor bering:

in the box – quti ichida in a magazine – jurnalda
in the hotel – mehmonxonada in the room – xonada
in the newspaper – gazetada in the book – kitobda
in Uzbekistan – O’zbekistonda in my mouth – og’zimda
in the water – suvda in the garden – bog’da

ON – “ustida” deb tarjima qilinadi. ON predlogi narsa-buyum yoki shaxsning yuzaga nisbatan joylashuvini bildiradi. “Yuzaga nisbatan” deyilganda, masalan, stol usti (yuzasi)da, devor (yuzasi)da, shift (yuzasi)da kabi joylashuvlar tushinilishi kerak. ON predlogi qatnashgan iboralarni o’qing:

on the table – stol ustida on the roof – tomda
on horseback – otda on a bus – avtobusda
on the left – chapda on the carpet – gilamda
on page – sahifada on the wall – devorda
on the ceiling – shiftda on the way – yo’lda

O’rin-joy predloglaridan tashqari huddi shu ON, IN va AT predloglari vaqtga nisbatan ham ishlatilishi mumkin. Bu haqida vaqt predloglari mavzusida bilib olishingiz mumkin. O’rin-joy predloglariga ta’luqli har qanday savollaringizni quyidagi forma orqali yozib qoldiring va men savollaringizga 24 soat ichida javob qaytaraman!

O’rin-joy predloglari” maqolasida 22 fikr

    1. Azamat Xodjakov

      IN predlogi. Siz «Vaqt predloglari» maqolamizni o’qishingiz kerak, u yerda predloglarning vaqtga nisbatan ishlatilishi keltirib o’tilgan. Katta davrlar: oy, fasl, yil va asrlarga nisbatan IN predlogi ishlatiladi.

      Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Bu yerda faqat asosiy, eng ko’p ishlatiladigan va vaqt predloglari bilan bir xil bo’lgan predloglarga misollar keltirilgan. O’rin-joy predloglarining hammasi keltirilmagan.

      Javob berish

  1. Husan

    bitta savol bor, nma uchun at the tree da daraxt yonida deb tarjima qlinyapti a bu gapda at the hotel da yoki at the cinema shu sozlarda mexmonxona yonida yoki kinoteatr yonida deb tarjima qlinmayapti?

    Javob berish

  2. Saidxon

    Orinjoy predloglarining keyingi shakllari

    In front of – oldida

    across – orqali

    under – tagida

    near – yaqinida

    between – o’rtasida (2 ta predmet yoki shaxs o’rtasida)

    among – orasida

    next to – bilan yonma-yon

    opposite – qarshisida

    above – yuqorisida

    behind – orqasida

    Javob berish

  3. m.......

    quyidagi predlogli testlarning ba’zilarida javoblar 2 xil bo’lyapti. iltimos javoblarini ko’rib bering:
    1)she didn’t get a passing grade …. her test.
    a) on b) at c) with d) of
    kitobdagi javobi a yani on ekan. shu test test masterning boshqa betida berilgan. unda to’gri javob ‘from’ ekan 2 si ham to’gri keladimi? gapni tarjimasi qanday b/di

    2)the plane will stay on the runway…….. 5 minutes.
    a)at b)on c)in d) for
    kitobdagi javob ‘d’ men esa c yani in deb o’yladim. ‘5 minutdan so’ng’

    3)Mr Lee works…. 66 Moon fleet Street
    a)at b)in c)to d)on
    bonk kitobida ko’cha in predlogi b/n, boshqalarida at bilan
    qaysisi to’gri

    4) I’m going to meet my friends ………. Taksim square tonight.
    a) at b) in c) on d) over

    test masterda ‘in that ‘degan bo’glovchini ko’rdim. bu qanday ishlatiladi va ma’nosi qanaqa

    javoblar uchun oldindan rahamat.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      1-on her test (testida), from her test (testidan), ikkalasi ham to’g’ri. 2-for (davomida): Samolyot uchish yo’lida besh daqiqa davomida qoladi. 3-AT (bu yerda ko’chaning o’zida emas, o’sha yerda joylashgan idorada, ma’nosi bor). 4-B (maydon ichida bo’lsa in, yoqasida joylashgan joylarda, binolarda bo’lsa on ishlatasiz).
      IN THAT bog’lovchisiga misol keltiring. Qaysi gapda, qanday ishlatilgan?

      Javob berish

  4. m.......

    4-SIGA JAVOB QILIB AT PREDLOGI BERILGAN EKAN
    IN THAT test masterdagi bitta testning javobida berilgan :
    an airline pilot and a ricing driver are similar……… they must possess good judgement and the ability to react quickly in a crisis.
    a) however b) so that c) in that d) even if

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      4-B javob olgan bo’lardim. Umuman olganda AT, ON, IN – hammasi o’rin-joy predloglari. Qaysi jihatdan qarashingizga qarab turli ma’nolarda ishlatilishi mumkin. «I’m going to meet my friends at Taksim square» degan gap menga unchalik «to’g’ri eshitilmayapti» 😀
      IN THAT – bu gapda «shu tomonlama-ki» deb tarjima qilinadi.

      Javob berish

  5. m.......

    o’tgan yilgi variantlardan bir necha testlarda ikkilanyapman. iltimos siz ham bir ko’ring:
    1) please , take a pen. you can’t sign contracts… pencil.
    a) with b)by c) in d)to
    meni fikrimcha by predlogi, to’g’rimi? chunki with bilan a artikli keladi.

    2)If i bought him a computer he would … games all day long.
    a)played b)be playing c) to play d)have played
    have played bo’lishi mumkinmi

    3)I ate one chocalate after … until i finished the whole box.
    a) the others b) the other c) other d) another

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      1-C (in pencil – qalamda, huddi in ink deganga o’xshab), 2-D (mumkin), 3-D (one after the other – qat’iy tartib haqidi gapirilganda, one after another – shunchaki ketma-ketlik haqida gapirilganda ishlatiladi).

      Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan