Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / Hayajonlanmay gapirish

Hayajonlanmay gapirish

Ko’pchilik, shu jumladan bir necha yillar avval o’zim ham, omma oldida nutq so’zlashdan juda juda qo’rqadi. Bir guruh odamlar oldida biror gapni aytishdan oldin ming marta hayajonlanib, qora terga botib, qizarib, oqarib, aytmoqchi bo’lgan gapini yo’qotib qo’yishgacha hayajonlangan odamni ko’rganmisiz? Tan olib aytishim kerakki, men huddi shunday odamlar sirasiga kirar edim. Ammo men omma oldida gapirish jarayonida ortiqcha hayajonlanishga «XAYR!» dedim. Agar siz ham shaxsiy rivojlanish sohasida muvaffaqiyatli bo’lishni istasangiz, omma oldida hayajonlanmay gapirish san’atini ham o’zlashtirishingizga to’g’ri keladi. Chunki professional kishi har qanday sohada, shu jumladan omma oldida gapirish sohasida ham ilg’or bo’lishi kerak. Quyida o’z tajribamda sinalgan, omma oldida gapirish davomida ortiqcha hayajonlanishni yengishimda menga katta yordam bergan usullar bilan tanishing. Ularni o’zlashtira olsangiz, siz ham odamlar oldida qo’rqmay gapira oladigan olovli nutqlar sohibiga aylanishingiz mumkin!

1. Hayajonsiz nutq bo’lmasligini tan oling.

Haqiqatni tan olish yaxshi yordam beradi. Siz ikki va undan ortiq kishi oldida nutq so’zlamoqchimisiz, demak sizda hayajon bo’lishi tabiiy hol! Siz to’liq hayajonsiz bo’lishga harakat qilmasligingiz kerak, shunchaki hayajonning ortiqchasini yo’q qilishingiz kerak, xolos. Hayajonlanishning tabiiy ekanligini tushunganingiz zahoti qo’rquvlaringizning 50% qismi yo’qoladi.

2. «Tinglovchilaringizni yalang’och tasavvur qiling».

Bu gap mendan chiqqani yo’q! Omma oldida hayajonsiz nutq so’zlash haqidagi ko’plab psixologik ma’ruzalarni o’qiganimda bu usul qayta-qayta turli mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan. Ammo bu tavsiyani to’g’ri ma’noda emas, balki ma’joziy ma’noda qabul qilish kerak. Ya’ni, «zalda faqat sizning kiyimingiz bor, tinglovchilarning hammasi yalang’och» degani – bu notiqning nutq mavzusini tinglovchilarga nisbatan yaxshiroq tushunishini bildiradi. Masalan: Siz kompyuterlar haqida bir guruh odamlar oldida nutq so’zlamoqchisiz. Siz o’zingizni shunday tutishingiz kerakki, tasavvuringizda tinglovchilaringiz ichida bitta ham kompyuterni tushunadigan odam yo’qdek bo’lsin. Siz kompyuterlar haqida hamma narsani bilasiz (sizning kiyimingiz bor, uyalishingizga hojat yo’q), tinglovchilar esa kompyuterlar haqida umuman hech narsa bilishmaydi (ularning kiyimlari yo’q, shuning uchun ham siz ulardan uslub jihatidan ustunroqsiz). Bu usul notiqning o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi.

3. «Qutqaruv langari» usulidan foydalaning.

Dengiz juda to’lqinli bo’lgan vaqtlarda kemani kuchli to’lqinlar keraksiz joylarga olib ketmasligi uchun langarlardan foydalanilgan. Langar suvga tushurilgan va kema joyidan jilmay kuchli to’lqinlarga qarshilik qila olgan. Siz ham nutqingiz davomida hayajonlana boshlagan paytingizda «langar tashlash»ni o’rganishingiz kerak. Ogohlantirib qo’yay: bu usulni to’liq o’rganish juda ko’p mashqlar va takrorlashni talab etadi.

Qutqaruv langarini ishlatishdan avval uni mustahkamlash kerak. Buning uchun nutq so’zlayotgan vaqtingizda o’zingizni to’la sokin va ishonchli his qilgan holatingizni hotirangizga muhrlab qo’yuvchi jismoniy harakat qilishingiz kerak. Masalan: ishonchga to’la holatda nutq so’zlayotgan paytingizda (tinglovchilarga sezdirmagan holda) bir qo’lingizni qattiq musht qilib qisishingiz, biror barmog’ingizni ma’lum holatda harakatlantirishingiz yoki o’zingiz ma’qul ko’rgan boshqa biror usuldan foydalanishingiz tavsiya etiladi. Asosiy maqsad shuki, miyangiz o’zingizga to’la ishonch his qilib turgan paytingizda amalga oshirgan bu harakatingizni o’zida muhrlab qoladi va kerak paytda, hayajon sezayotgan paytingizda yana huddi shu jismoniy harakatni amalga oshirsangiz, sizga avvalgi muhrlanib qolgan ishonch va sokinlik hissi qaytishi isbotlangan. Bu usulni o’zlashtirgan holda siz jismoniy harakatlaringiz orqali miyangizni eslab qolishga majbur qilgan o’ziga ishonch hissini qayta chaqirishingiz va tiklashingiz mumkin.

4. Tinglovchilaringizning ko’zlariga qaramang.

Bu hammasidan ham qiyini! Siz gapirayotgan kishilaringizning ko’zlariga qaragan zahotingiz hayajonga tushishni boshlaysiz. Chunki insonda ko’zdek hissiyotni aniq yetkazib beruvchi a’zo yo’q. O’nta tinglovchingizning o’n juft ko’zlarida o’n turdagi hissiyotni ko’raversangiz o’zingizga bo’lgan ishonch hissi tez orada so’nib ketadi. Shuning uchun ularning burniga, peshonasiga… balki qulog’iga qarang. Lekin hech qachon tinglovchilaringizning ko’zlariga qaramang!

Buni shunday amalga oshirishingiz kerakki, tinglovchilaringiz sizning ular bilan ko’z kontaktidan qochoyotganligingizni sezmasliklari kerak. Bu esa ortiqcha darajada alanglayvermasligingiz kerakligini bildiradi. Qoida shu: tinglovchilaringiz ko’zlariga qaramaslikka harakat qiling va ularga buni sezdirmang!

5. O’zingizga ishoning!

Menimcha bu eng muhim shart! Nutq so’zlayotgan vaqtingizda o’zingizga nisbatan ishonchingiz yuqori darajada bo’lsin. Bu har qanday muvaffaqiyatning asosiy sharti hisoblanadi! Siz o’z ishingizning ustasisiz! Siz qobiliyatlisiz! Siz tengsiz notiqsiz! O’zingizga ishoning!

Yuqoridagi usullar sizga professional nutqlar so’zlashda yordam beradi degan umiddaman. Ular menga juda ko’p marta yordam bergan. Tajribalarim asosida kimdir ortiqcha hayajon va qo’rquvlaridan halos bo’lsa men juda xursandman!

Sizda qanday tajribalar bo’lgan? O’z usullaringiz bilan o’rtoqlashing!

Abituriyentlar uchun test formulalari

8 ta fikr

  1. Assalom alaykum! Men ham kundalik hayotimda judda ko’p taqdimotlar o’tkizaman. Yosh ya’niy maktabda o’qib yurgan kezlarim Yuqoridagi sizdagi holatdagini o’ziginasi bo’lgan.
    Ommo oldida so’zlash bo’yicha bitta asosiy maslahatlardan birini bermoqchiman. Men bu maslahatni KelajakOvozi treninglarida olganman. Bilasizmi masofa degan narsa judda katta ro’l o’ynaydi. Agar men sizning ko’zingiz oldiga borib gapirsam siz o’zingizda boshqachaholat sezib hayajon ortib ketadi. Bu tabiy narsa! Siz taqdimot o’tkazayotgan vaqtingzida Siz bilan ommo orasidagi masofa 6-7 metr bo’lsa siz bemalol o’z fikringizni namoyon eta olasiz! Demak siz shu masofani ta’minlashingizni tavsiya etar edim!

  2. Kozga karap aldab bolmaydi va hayajonlanmasdan gapirish ham mumkun emas lekin men muni uddaladim hozir kozga karap bemalol gaplasha olaman va aldayman ham.
    Kilishimiz kerak bolgan mashq:
    Har kuni bir hil soatda masalan 07:00 da va 21:00 da oynadan oz kozlaringizga karang va ozingiz bilan gaplashing vaxt 1 soatdan kam bolmasligi kerak shu mashkni 2 oy har kuni 2 martadan takrorlang keyin kozga karap gapirish odatga aylanip koladi

  3. Bu xammasi Deyl Karnegining gaplari

  4. Kechirasiz meni sizga savolim bor. Men bir insonni yoqtirib qolgandim. U g’alati umuman qizlarni hurmat qilmaydi va qilgan aybini tan olib uzr so’ramaydi. Lekin bilmayman nega uni yoqtiraman yaqinda meni ham haqorat qildi lekin xafa bo’lsamda kecholmayapman. Aytingchi uni ruhiyatiga ta’sir ko’rsatishim mumkinmi
    Uni o’zgartirmoqchiman

  5. Salom men universitetda 1 bosqich talabasiman biz english tilida gapirishimiz kere hamma darsda men yahwi gaplawa olaman ortoqlarim ozimni yaqinlarim bilan hamma mavzuda englishcha gaplasholiman lekin negadir ustozlar oldida gapirolmiman javobini bilaman aytmoqchi bolaman lekin nimadir aytishga yol qoymidi . Gruhimizda deyarli 6 7 ta kursdoshlarimni vazifalarini ozim qilib beraman lekin englishcha uatozlarimni oldida gapirolmaganim uchun menga past baho qoyishadi . Ularning oldida qorqmasdan fikrimni bayon qilishim uchun nima qilishimni maslahat berardiz

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*