Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Och bo’l. Axmoqona bo’l.

Och bo’l. Axmoqona bo’l.

Och bo’lish va axmoqona bo’lish kishining uzoqroq vaqt davomida yosh holda qolishiga yordam berar ekan. Buning qanchalik hayotga to’g’ri kelishi xususida ko’pchilikda turlicha fikrlar bo’lsa ham, har holda ilmiy tadqiqotlar shuni ko’rsatgan ekan. Agar och bo’lish va axmoqona bo’lish bizning yosh holda uzoqroq qolishimizga yordam bersa, ularni qanday qilib odatiy hayotimizga joriy qilishimiz mumkin?

Stive Jobs bu shiorni 1974 Whole Earth Catalog kitobining orqa muqovasidan olganligini aytgan:

Uning bu shiorni birinchi marta aytishi tasvirlangan video YouTubeda bor. Och bo’lish va axmoqona bo’lish inson salomatligiga yaxshi ta’sir ko’rsatishi fikri juda hayajonli. Ammo bu holatlarning rostdan ham bizga ijobiy ta’siri borligini alohida o’rganib chiqish zarur.

Och bo’lishning hikmati

Menimcha Stive Jobs “Och bo’l” deganda har doim yangi g’oyalarni izlash, hech qachon rivojlanishdan qoniqmaslik va doimiy och bo’lgan kishidek rivojlanishga intilishni nazarda tutgan.

Ochlikning jismoniy salomatligimizga ijobiy ta’siri to’g’risida tibbiyotda ham juda ko’p uqtirilgan. Inson kunlik iste’mol qiladigan kaloriyalarini ochlikni his qilish darajasida kamaytirsa uning saraton va qandli diabet kasalliklariga chidamliligi bir necha barobar ortishi tasdiqlangan. Och bo’lish, ochlikni his qilish kishini turli xil boshqa kasalliklardan ham asraydi. Izlanishlar natijasida boshqalarga nisbatan ko’proq ochlikni his qilgan kishilarning 70 yoshdan ortiq umr ko’rish imkoniyatiga ko’proq ega bo’lishganligi isbotlangan. Bundan tashqari doimiy ochlikni his qilib yurish kishilarni o’limga olib boruvchi 10 ta kasalikkning 9 tasidan butunlay himoya qila olar ekan.

Salomatlikdan tashqari, ochlik inson miyasiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. To’q kishiga nisbatan och kishining miyasi yaxshiroq ishlaydi. Och holda bo’lgan kishilar yangi g’oyalar va yangi fikrlarni to’qlarga nisbatan ko’proq kashf eta olishadi.

Doimiy och holda yurishni hamma ham eplay olmaydi. Organizmimizga har qancha foydali bo’lishiga qaramasdan, ovqat iste’mol qilganimizda o’zimizni “hali ham bir oz och” his qilib turgan vaqtimizda to’xtatib qolishimiz mushkul bo’lishi mumkin. Ba’zilar uchun esa bu chegarani topishning o’zi bir muammo hisoblanadi. Izlanishlar natijasi shuni ko’rsatdiki, ochlikning foydali jihatlarini o’zlashtirish uchun doimiy ochlik holatida bo’lishimiz majburiy emas ekan. Eng muhimi kishi o’zini och his qilishida ekan. Bir kishi bir kunda uch mahal tanavvul qilsa, har bir tanavvul vaqtida kishi o’zini och qolgan his qilishi kerak ekan. Buning uchun, albatta, ovqatlanish vaqtida to’yib yemaslik muhim ahamiyatga ega.

Shu o’rinda ovqatlanuvchi kishi oshqozonining uchdan birini ovqat uchun, uchdan yana bir qismini suv uchun, uchdan qolgan bir qismini esa nafas olish uchun ajratishi lozimligi to’g’risidagi hadis yodimga tushdi.

Demak, ochlik organizmimiz uchun ijobiy ta’sirga ega ekan. Axmoqona bo’lish biz uchun qanchalik foydali bo’lishi mumkin?

Axmoqona bo’lishning hikmati

Bu borada birorta ham ilmiy izlanish qilinmagan bo’lsa-da, kishi o’zini bir oz axmoqona tutganda uning organizmi stress va depressiyadan bir oz bo’lsa ham qutulishi tasdiqlangan. Hayotni juda jiddiy qabul qilish va undagi voqealarga ortiqcha og’irlik bilan yondoshish hech bir kishi uchun foydali emas. Aksincha, hayotga yengil qarash va qiyinchiliklarga duch kelganda axmoqlarcha beparvo kayfiyatda bo’lish yashashni bir qadar osonlashtirishi mumkin. Shu o’rinda Tohir Mahkamov ijrosidagi “Men o’zimni sevaman” nomli qo’shig’idan olingan misralar yodimga tushdi:

“Oson yashay desangiz, Maslahatim olvoling,

O’zingizni ozgina jinnilikka solvoling…”

Kattalar nazdida yosh bolalarning qiladigan ko’pgina ishlari axmoqona bo’lib tuyuladi. Chunki bolalar deyarli hech qachon bajarayotgan ishlarining oxir oqibatini o’ylashmaydi. Ularga odatda jarayonning o’zi muhim va qiziq bo’ladi, natija esa ularni tashvishlantirmaydi. Balki shuning uchun ham kishi o’zini axmoqona tutsa, huddi yosh bolalardek qilayotgan ishidan ko’proq zavqlanib, natijalarning yomon bo’lishi mumkinligi haqida kamroq o’ylab, stress va depressiyani yaxshiroq yenga olar. Har holda bu kishida o’ziga ishonish va jur’atli bo’lish hislarini beradi.
Hikmatlarni haqiqiy hayotda qo’llash

Oddiygina “Och bo’l. Axmoqona bo’l.” shiori bizning juda ko’p savollarimizga javob bera olmasligi mumkin, ammo u har birimizni juda yaxshi ruhlantirish ehtimoliga ega. Muvaffaqiyatli, sog’lom hayot tarzida yashashni o’rganishga urinayotgan kishilar och bo’lish va amoqona bo’lish haqidagi hikmatlardan o’zlari uchun foydali xulosalar chiqarishlari mumkin. Har qaysida ham salomatligimiz ham ruhiy tetikligimiz uchun foydali jihatlar bor.

Har doim yangi fikrlar va g’oyalarga och bo’ling. Hayot qiyinchiliklarini esa bir oz axmoqonalik bilan oson yengib o’ting.

Och bo’l. Axmoqona bo’l.” maqolasiga bitta fikr bildirilgan

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan