Yii2 WordPress Veb dasturlash Startap Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Internet texnologiyalari Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili

Obunaga asoslangan tijorat modeli

Obunaga asoslangan tijorat modeli

Atrofimizdagi xizmatlar obuna tizimiga shu darajada kirishib ketdiki, kelajakda xizmatlar “boxed” tarzda taqdim etilishni to’liq to’xtatishga shaylangandek tuyuladi. Internet orqali taklif etiladigan eng gigant xizmatlardan boshlab mikroservislargacha hammasi obuna tizimiga o’tayapti. Barcha zamonaviy to’lov tizimlari tadbirkorlarga obuna asosidagi hisob-kitoblarni taklif qiladi. Obunaga asoslangan tijorat nima uchun aynan sizning faoliyatingizga kiritilishi kerakligini muhokama qilib ko’ramiz.

Obunaga asoslangan tijorat nima?

Yaqin o’tmishda biz onlayn xizmatlarni bir marta harid qilib, uni cheklanmagan muddat davomida ishlatish tizimiga odatlangan edik. Hozir urf bo’layotgan obuna tizimida esa foydalanuvchilar u yoki bu xizmatga “obuna” bo’lishadi va oylik (balki yillik yoki kunlik) abonent to’lovini amalga oshirish orqali xizmatdan foydalanishadi. Albatta bu model dunyo uchun to’laligicha yangilik emas. Biz bundan avval ham foydalanganmiz. Ammo bu tizim hozirgidek keng qo’llanilmagan edi.

Obuna bilan foyda ko’rishda foydalanuvchilarni keyingi muddatga obunalarini uzaytirishga undash birinchi o’rinda turadi. Chunki biznes yangi foydalanuvchilar yig’ishdan ko’ra ko’proq mavjud foydalanuvchilarning xizmatdan davomli foydalanishidan foyda ko’radi. Bu tizim qaysidir ma’noda tijoratni rivojlantiruvchi unsur bo’lib ham xizmat qilishi mumkin.

Obuna tizimi nimasi bilan foydali?

Bir marta sotib foyda olinadigan xizmatlarda sifat nisbatan past bo’lishiga sabab bor. Sotilgan mahsulot haridor uchun qanchalik ish berayapti, mijoz harididan mamnunmi, yo’qmi – bu haqida odatda o’ylamaysiz.

Obuna tizimida esa mahsulot (yoki xizmat)ni doimiy rivojlantirish ustida bosh qotirasiz. Chunki bir oy uchun to’lov qilgan mijozlaringiz keyingi oylarda ham xizmatingizga buyurtma berishi maqsad qilinadi. Bu usulda to’xtovsiz rivojlangan, o’z ustida ko’proq ishlagan tijoratlar g’olib kelaveradi.

Obunaga o’tish uchun nimalar qilish kerak?

Tijoratingiz obunaga asoslanmagan bo’lsa, modelingizni qisqa fursatda qayta ko’rib chiqishingizni tavsiya qilaman. Agar tijoratingiz obuna modeliga o’ta olsa, bir martalik harid tizimidan to’liq voz kechish haqida o’ylab ko’ring. Tasavvur hosil qilish uchun quyidagi savollarga javob berib ko’ring:

  • Qancha muddatga bepul obuna taklif qila olasiz?
  • Obunani boshqarish tizimini yaratish qancha vaqt oladi?
  • Sizdagi to’lov usullari obunaga tayyormi?
  • Mijozlaringiz uchun obuna qulayroq bo’lishi mumkinmi?
  • Obuna tizimiga o’tish jarayonini nimadan boshlasak bo’ladi?

Yuqoridagilar haqida fikringiz bo’lsa, muhokamada albatta yozib yuboring. Har bir kichik g’oya biznesni rivojlantirish uchun ahamiyatli bo’lishi mumkin.

Obunaga asoslangan tijorat modeli” maqolasida 5 fikr

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan