Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / Nutqingizdan ma’nosiz tovushlarni olib tashlang

Nutqingizdan ma’nosiz tovushlarni olib tashlang

Agar Million jamoasining so’ngi konsertlariga e’tibor bersangiz, ular Mirjalol Qosimovning bergan intervyusidagi nutqida uchragan ma’nosiz tovushlarni hajv qilishadi. Shaxsan o’zim bu intervyuni ko’rmaganman, lekin Million jamoasi yigitlarining hajviyasidan bildimki Mirjalol aka intervyuda «O’o’o’o’…. Aaaaaa…. Oooo…. Bollada ayb yo…», degan ekanlar. Bunday tovushlarning haqiqatda mavjudligini mana bu video rolikda ham sezishingiz mumkin.

Nafaqat Mirjalol Qosimov, balki juda ko’p amma oldida nutq so’zlashga to’g’ri kelgan kishilarning nutqlariga e’tibor bersak, ular shunga o’xshash ma’nosiz, nutqni buzadigan, keraksiz tovushlarni chiqarishadi. Bu toshuvlarning berilishi so’zlovchining nima deyishni bilmayotganini, gap topa olmayotganini yoki ortiqcha hayajonga berilganligini anglatadi. Albatta, nutqda bunday tovushlarni chiqarish mukammallik belgilariga putur yetkazadi, nutqni hunik qiladi va rasmiy intervyularda, murojaatlarda ishlatish hech qachon tavsiya etilmaydi.

Omma oldida nutq so’zlash san’atida bunday ma’nosiz tovushlarni olib tashlash juda muhim hisoblanadi. Professional notiqlar, omma oldida tez-tez nutq so’zlaydigan, kasb taqazosi bilan rasmiy tarzda ko’p gapirishiga to’g’ri keladiganlar, ayniqsa TV va radio jurnalistlari o’z nutqlaridagi keraksiz, hech qanday ma’no anglatmaydigan tovushlarni olib tashlash uchun har kuni mashq qilishadi.

Siz ham o’z nutqingizdan gap kelmay qolganda, nimani gapirishni bilmay qolganingizda o’zingiz bilmaganda aytib qo’yadigan «Aaaaaaa…..», «O’o’o’o’o’o’…», «Oooooo…..» yoki «Mmmmm…» kabi tovushlarni umuman olib tashlashga urining. Ular 100% befoyda bo’lishi bilan bir qatorda 100% zararli! Befoydaligi shundaki, bu tovushlar hech qanday ma’no anglatmaydi. Zararliligi shundaki, bu tovushlar ma’no anglatishi mumkin bo’lgan qimmatli fikrlarning kelishidan to’sib qo’yadi, Sizni omma oldida gapira olmaydigan kishiga aylantirib qo’yadi va nihoyat nutqingizdagi bu zararli tovushlar sababli Million jamoasining keyingi konsertidagi hajviyaga mavzu bo’lib qolishingiz ham hech gap emas 🙂

Xo’sh, nutqdagi ma’nosiz tovushlarni qanday qilib olib tashlash mumkin? Ularning o’rnini nima bilan to’ldirgan ma’qul? Birinchi navbatda, nutqingizdagi bunday ma’nosiz tovushlarning o’rnini jimlik bilan to’ldiring. Hammaning qarshisida gapirayotganingizda g’alati tovushlar chiqarib ingraganingizdan ko’ra jim turganingiz ma’qul. Gap kelmay qolganda tovush chiqarmasdan, jim turishning afzalliklari:

  • keyingi aytmoqchi bo’lgan fikringizdan oldin bir oz dam olasiz;
  • professional notiq sifatida taasurot qoldirasiz;
  • nutqingiz boshqalar uchun qiziqarliroq tuyuladi;
  • jimlikda hamma navbatdagi gapingiz nima bo’lishini intiqlik bilan kutadi.

Nutq davomida gap kelmay qolgan vaqtlarda g’alati tovushlar chiqarishning o’rniga jim tura olish ham mashaqqatli ish. Gap kelmaganda jimlik saqlay olish ko’nikmasiga qayta-qayta mashq qilish orqali erishish mumkin. Imkon qadar gapirayotganingizda o’z nutqingizga e’tibor bering. Ortiqcha «Aaaaaaa…..», «O’o’o’o’o’o’…», «Oooooo…..» tovushlarini olib tashlang. Agar nutqingizdagi barcha keraksiz tovushlarni o’zingiz sezmay qolayotgan bo’lsangiz, nutqingizni kuzatib borish va unda keraksiz tovushlarni sezganda Sizni xabardor qilish vazifasini doim yoningizda bo’ladigan o’rtog’ingizga yuklatishingiz ham mumkin.

Bolaligimizda bitta g’alati o’yin bor edi. Hozirgi bolalar shunday qilishadimi, yo’qmi – bilmadim. Bolaligimizda juft-juft bo’lgan o’xshash (masalan, 16-16, 25-25, 71-71, 88-88, 44-44 yoki 15-15) raqamli mashinalarni ko’rganimizda bir birimizning qo’limizga nimadir deb urish odati bor edi. Bu urishlar toki sherigimiz o’sha raqamli mashinani topib, mashina raqamini aytmagunicha davom etardi.

Ingliz bolalarida ham shunday o’yin turi bor ekan. U ingliz tilida «Slug bug!» deb ataladi. Ular ham VolksWagen mashinasini ko’rishganda bir-birlarini «Slug bug!» deb urishar ekan:

 

 

Nutqingizdagi keraksiz tovushlarni olib tashlashni o’zingiz eplay olmayotgan bo’lsangiz, do’stingiz bilan huddi shu o’yinni o’ynashga kelishib oling. Ya’ni, Siz qachondir nutqingizda «Aaaaaaa…..», «O’o’o’o’o’o’…», «Oooooo…..» degan tovushlarni ishlatsangiz, jazo sifatida do’stingiz Sizni urishini tayinlang 🙂 Bunday holatda nafaqat nutqingizdagi keraksiz tovushlarning ishlatilmasligiga xushyor bo’lasiz, balki yaqiningizda turgan do’stingizdan to’satdan kaltak yeb qolmaslik uchun ham nutqingizni keraksiz tovushlardan tozalaysiz.

Boshlanishida qiyin tuyulishi mumkin. Ammo nutqingizni keraksiz tovushlardan tozalashga astoyidil kirishib, doimiy mashqlar asosida ularni nutqingizdan olib tashlashga erishsangiz, har doim omma oldida chiroyli, ravon va professional tarzda gapiradigan bo’lasiz. Chiroyli gapiring.

Abituriyentlar uchun test formulalari

6 ta fikr

  1. azamat aka chatda qanday ro’yxatdan o’tsa bo’ladi

  2. oka nechi nomrda yuras etolismi mobodo

  3. Бабурхан

    да манам куп пффффф диманде окам одатде буям

  4. Kun kelib insonlarning o`ziga zarar bo`lishi mumkin bu narsa!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*