Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Mening 99 kamchiligim

Mening 99 kamchiligim
  1. O’zimga bergan va’dalarimni deyarli bajarmayman.
  2. Yotib kitob o’qisam uxlab qolaman.
  3. Tiqilinch joylarda o’zimni noqulay his qilaman.
  4. Ukoldan qo’rqaman.
  5. Odnoklassnikini deb ko’p vaqtimni bekorga sarflayman.
  6. Kompyuterni tuzatishni bilmayman.
  7. Qushlarni ushlashni yomon ko’raman, chunki patga allergiyam bor.
  8. Ot minishni bilmayman.
  9. Hamma akkauntlarim uchun bitta parol ishlataman.
  10. Boyvachcha emasman.
  11. Odamlar oldida nutq so’zlaganda hayajonga tushaman.
  12. O’zimni yomon odam deb hisoblayman.
  13. Somsa bilan oshni haddan ortiq yaxshi ko’raman.
  14. Qo’l soat taqib yura olmayman.
  15. O’zbekcha kino ko’rishni juda yomon ko’raman.
  16. Ko’zimning ko’rish darajasi -0.75, juda uzoqni aniq ko’ra olmayman.
  17. Samalyotni uchirishni bilmayman.
  18. Arab tilini o’rganish niyatim niyatligicha qolib kelayapti.
  19. Kam maosh to’lanadigan ishda ishlayman.
  20. Issiq havoda jismoniy mehnat qilishni yoqtirmayman.
  21. Sovuq suvni ko’p ichaman.
  22. Soqol olishga erinaman.
  23. Beeline kompaniyasini yomon ko’rsam ham nomerimni ishlatishga majburman.
  24. Maktab davridan beri biologiya fanini juda yomon ko’raman.
  25. Ishim tushganda yomon ko’rgan insonimga ishim bitgunicha tilyog’lamalik qilishni yaxshi eplolmayman.
  26. Yashashimdan asosiy maqsadni haligacha to’liq anglamadim.
  27. Ikki daqiqadan ortiq navbatda kuta olmayman.
  28. Yolg’izlikda tez zerikaman.
  29. Lavash degan taomni juda juda juda yomon ko’raman.
  30. Afsuski ucha olmayman.
  31. Qizlar nima uchun Ummon desa o’zini tomdan tashashini tushunolmayman.
  32. Mast kishini yomon ko’raman.
  33. Bu ro’yxatni to’ldirish uchun o’z kamchiliklarimni oson topa olmayapman.
  34. PHP dasturlash tilini to’liq bilmayman.
  35. Qaysi rangni yoqtirishimni bilmayman.
  36. O’zimga ishonganday ishona oladigan yaqin do’stlarim juda kam.
  37. Muzqaymoqni haddan ortiq yaxshi ko’raman.
  38. Sariq soch qizlarni yoqtirmayman.
  39. Pista chaqishni yaxshi ko’raman.
  40. Maktabda matematikadan ikkichi bo’lganman.
  41. Toshkentliklar nima uchun Surxondaryoliklarni qoloq deb hisoblashini tushunolmayman.
  42. Ummon guruhi qo’shiqlarini juda yomon ko’raman.
  43. Ochlikka chiday olmayman.
  44. Shu vaqtgacha parhez qilishni umuman eplay olmaganman.
  45. Spam xatlarni yomon ko’raman.
  46. Volleybol o’ynashni bilmayman.
  47. Call of Duty o’yinini yaxshi o’ynay olmayman.
  48. Dushmanlarim juda ko’p.
  49. Yemagan somsamga pul to’laganman.
  50. Erinchoqman.
  51. To’ylarda davraga chiqib o’ynashga uyalaman.
  52. Odamlar familiyamni ikkinchi marta so’rashlarini yoqtirmayman.
  53. Kasbimni sevmayman.
  54. O’n soniyada 20 tadan ortiq so’zni kompyuterda yoza olmayman.
  55. O’limdan qo’rqaman.
  56. Gulli galstuk taqqan kishilarni yoqtirmayman.
  57. Bir marta jiddiy operatsiya bo’lganman.
  58. Ko’p aldanganman.
  59. Mashinam yo’q.
  60. O’tmishdagi xatolarimdan har doim ham to’g’ri hulosa chiqara olmayman.
  61. Men haqimdagi tanqidlarni oson qabul qila olmayman.
  62. Ba’zan ataylab yolg’on gapiraman.
  63. Xom tuxumni icha olmayman.
  64. Menga SPID kasalligi yuqib qolishidan juda qo’rqaman.
  65. Hozirgacha bo’ydoqman.
  66. Barcha xorijiy tillarda gaplasha olmayman.
  67. Tandirda somsa yopa olmayman.
  68. Ummon guruhidagi yigitlarning ismlarini bilmayman.
  69. Qo’pol so’zlar ishlatilgan Eminem qo’shiqlarini sevib tinglayman.
  70. Ota-onam mendan fahrlanadigan darajadagi yigit emasman.
  71. Qo’llarimni ishlatmasdan velosiped hayday olmayman.
  72. Suzishni bilmayman.
  73. Qo’limga igna kirib qolishidan qo’rqaman.
  74. Yangi kishilar bilan tez kirishib keta olmayman.
  75. Qadah so’zi ayta olmayman.
  76. Gavai orollarida shaxsiy dacham yo’q.
  77. Yaxshi she’r yoza olmayman.
  78. Ovozim qo’shiq aytish uchun yetarli darajada yaxshi emas.
  79. Mashxur emasman.
  80. Besh sutka uxlamasdan tinimsiz ishlay olmayman.
  81. Qo’y so’yishni eplay olmayman.
  82. Suv ostida 1 daqiqadan ortiq qola olmayman.
  83. Boks bo’yicha O’zbekiston chempioni emasman.
  84. Radio boshlovchilikni eplay olmayman.
  85. Yetti ajdodimni to’liq bilmayman.
  86. iPhone ishlatib ko’rmaganman.
  87. Jahlim juda tez.
  88. Faqat uni sevaman.
  89. Xonam doim tartibsiz holatda.
  90. Makintosh kompyuterlarini yomon ko’raman.
  91. Comic Sans shriftini yomon ko’raman.
  92. Ovqatlanish vaqtida choy o’rniga har doim suv ichaman.
  93. Ko’chada buket gul ko’tarib yurishni yoqtirmayman.
  94. Galstuk bog’lashni bilmayman.
  95. Marsda hayot yo’qligidan hafaman.
  96. Armiyada xizmat qilmaganman.
  97. Pasportimni ikki marta yo’qotganman.
  98. Odamlarga “YO’Q!” deb javob berishga qiynalaman.
  99. Yuqorida sanab o’tilgan 98 ta aybim bor.

Ohhhooo!!! Shuncha kamchiligim bor ekan. Demak yomon odam ekanman-da, degan fikrga borayapman. Shunga qaramasdan kamchiliklarim ro’yxatini tuzib chiqishga ahd qildim va mana, ularni tan oldim! O’z kamchiliklarini tan olish esa ularni bartaraf etishga qo’yilgan birinchi qadam hisoblanadi.

Siz ham o’z kamchiliklaringiz ro’yxatini tuza olasizmi? Bu ro’yxat qanchalik uzun bo’lishi mumkin deb o’ylaysiz? O’zingiz sanab o’tgan kamchiliklaringizni tan olish uchun yetarlicha kuchlimisiz?

Quyidagi fikr bildirish qismida o’z kamchiliklaringizning ba’zilarini yoza olasizmi?

Mening 99 kamchiligim” maqolasida 48 fikr

  1. Ibrohim

    Menda unaqa kamchiliklar yo`q. ))) Bilaman.. Masalan klaviaturada kiril harfida yozishga qiynalaman… o`shaning uchun markosdan foydalanamanda birdan lotinchada yozganimni kirilga o`tkazaman qo`yaman. )))

    Javob berish

  2. Samira

    Бу ерда инсон феъл-атворидаги камчиликлар хакида гап кетяптими ёки етишолмаган орзулар хам хисобга олинганми?

    Javob berish

  3. Bobur

    Salom know bilan now ni nima farqi bor keyen ular qanday uqiladi !
    Masalan video dasrlarni kurganimda know ni now shaklida uqib ketdingiz yani knov emas novv degandek !

    Endi masalan bu suzlar ni aytganingizda now bilan adashib ketmaydimi !

    Keyin know ni utgan zamon shakli knew ham k siz aytiladimi ???

    Agarda k siz aytilsa new ga uxshab qolmaydimi ??

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Ingliz tili xalqaro miqyosda gaplashiladigan til bo’lganligi sababli bu tilda so’zlar talaffuzining turli hillarini uchratishimiz mumkin. Ingliz tilidagi so’zlarning to’g’ri talaffuz qoidalarini tilning fonetika bo’limida o’rganasiz.

      Javob berish

  4. Saboxat

    kamchiliklar ekan bu xatolar emas shu kamchiliklarni bartaraf etsangiz xatoga yo’l qo’ymagan bo’lardingiz o’z ustida ko’proq ishlash kerak bilimli bo’lish (qo’rqmas botir) degani

    Javob berish

  5. Gulshoda

    Baxtli inson ekansiz ,xayollarizda kechayotgan fikrlarni , dilizdagi gaplarni ayta olyapsiz,men esa hali yoq
    Yaxshi fazilatlariz ro’yxati -chi ,u ham bormi?

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan