Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Mening 99 kamchiligim

Mening 99 kamchiligim
  1. O’zimga bergan va’dalarimni deyarli bajarmayman.
  2. Yotib kitob o’qisam uxlab qolaman.
  3. Tiqilinch joylarda o’zimni noqulay his qilaman.
  4. Ukoldan qo’rqaman.
  5. Odnoklassnikini deb ko’p vaqtimni bekorga sarflayman.
  6. Kompyuterni tuzatishni bilmayman.
  7. Qushlarni ushlashni yomon ko’raman, chunki patga allergiyam bor.
  8. Ot minishni bilmayman.
  9. Hamma akkauntlarim uchun bitta parol ishlataman.
  10. Boyvachcha emasman.
  11. Odamlar oldida nutq so’zlaganda hayajonga tushaman.
  12. O’zimni yomon odam deb hisoblayman.
  13. Somsa bilan oshni haddan ortiq yaxshi ko’raman.
  14. Qo’l soat taqib yura olmayman.
  15. O’zbekcha kino ko’rishni juda yomon ko’raman.
  16. Ko’zimning ko’rish darajasi -0.75, juda uzoqni aniq ko’ra olmayman.
  17. Samalyotni uchirishni bilmayman.
  18. Arab tilini o’rganish niyatim niyatligicha qolib kelayapti.
  19. Kam maosh to’lanadigan ishda ishlayman.
  20. Issiq havoda jismoniy mehnat qilishni yoqtirmayman.
  21. Sovuq suvni ko’p ichaman.
  22. Soqol olishga erinaman.
  23. Beeline kompaniyasini yomon ko’rsam ham nomerimni ishlatishga majburman.
  24. Maktab davridan beri biologiya fanini juda yomon ko’raman.
  25. Ishim tushganda yomon ko’rgan insonimga ishim bitgunicha tilyog’lamalik qilishni yaxshi eplolmayman.
  26. Yashashimdan asosiy maqsadni haligacha to’liq anglamadim.
  27. Ikki daqiqadan ortiq navbatda kuta olmayman.
  28. Yolg’izlikda tez zerikaman.
  29. Lavash degan taomni juda juda juda yomon ko’raman.
  30. Afsuski ucha olmayman.
  31. Qizlar nima uchun Ummon desa o’zini tomdan tashashini tushunolmayman.
  32. Mast kishini yomon ko’raman.
  33. Bu ro’yxatni to’ldirish uchun o’z kamchiliklarimni oson topa olmayapman.
  34. PHP dasturlash tilini to’liq bilmayman.
  35. Qaysi rangni yoqtirishimni bilmayman.
  36. O’zimga ishonganday ishona oladigan yaqin do’stlarim juda kam.
  37. Muzqaymoqni haddan ortiq yaxshi ko’raman.
  38. Sariq soch qizlarni yoqtirmayman.
  39. Pista chaqishni yaxshi ko’raman.
  40. Maktabda matematikadan ikkichi bo’lganman.
  41. Toshkentliklar nima uchun Surxondaryoliklarni qoloq deb hisoblashini tushunolmayman.
  42. Ummon guruhi qo’shiqlarini juda yomon ko’raman.
  43. Ochlikka chiday olmayman.
  44. Shu vaqtgacha parhez qilishni umuman eplay olmaganman.
  45. Spam xatlarni yomon ko’raman.
  46. Volleybol o’ynashni bilmayman.
  47. Call of Duty o’yinini yaxshi o’ynay olmayman.
  48. Dushmanlarim juda ko’p.
  49. Yemagan somsamga pul to’laganman.
  50. Erinchoqman.
  51. To’ylarda davraga chiqib o’ynashga uyalaman.
  52. Odamlar familiyamni ikkinchi marta so’rashlarini yoqtirmayman.
  53. Kasbimni sevmayman.
  54. O’n soniyada 20 tadan ortiq so’zni kompyuterda yoza olmayman.
  55. O’limdan qo’rqaman.
  56. Gulli galstuk taqqan kishilarni yoqtirmayman.
  57. Bir marta jiddiy operatsiya bo’lganman.
  58. Ko’p aldanganman.
  59. Mashinam yo’q.
  60. O’tmishdagi xatolarimdan har doim ham to’g’ri hulosa chiqara olmayman.
  61. Men haqimdagi tanqidlarni oson qabul qila olmayman.
  62. Ba’zan ataylab yolg’on gapiraman.
  63. Xom tuxumni icha olmayman.
  64. Menga SPID kasalligi yuqib qolishidan juda qo’rqaman.
  65. Hozirgacha bo’ydoqman.
  66. Barcha xorijiy tillarda gaplasha olmayman.
  67. Tandirda somsa yopa olmayman.
  68. Ummon guruhidagi yigitlarning ismlarini bilmayman.
  69. Qo’pol so’zlar ishlatilgan Eminem qo’shiqlarini sevib tinglayman.
  70. Ota-onam mendan fahrlanadigan darajadagi yigit emasman.
  71. Qo’llarimni ishlatmasdan velosiped hayday olmayman.
  72. Suzishni bilmayman.
  73. Qo’limga igna kirib qolishidan qo’rqaman.
  74. Yangi kishilar bilan tez kirishib keta olmayman.
  75. Qadah so’zi ayta olmayman.
  76. Gavai orollarida shaxsiy dacham yo’q.
  77. Yaxshi she’r yoza olmayman.
  78. Ovozim qo’shiq aytish uchun yetarli darajada yaxshi emas.
  79. Mashxur emasman.
  80. Besh sutka uxlamasdan tinimsiz ishlay olmayman.
  81. Qo’y so’yishni eplay olmayman.
  82. Suv ostida 1 daqiqadan ortiq qola olmayman.
  83. Boks bo’yicha O’zbekiston chempioni emasman.
  84. Radio boshlovchilikni eplay olmayman.
  85. Yetti ajdodimni to’liq bilmayman.
  86. iPhone ishlatib ko’rmaganman.
  87. Jahlim juda tez.
  88. Faqat uni sevaman.
  89. Xonam doim tartibsiz holatda.
  90. Makintosh kompyuterlarini yomon ko’raman.
  91. Comic Sans shriftini yomon ko’raman.
  92. Ovqatlanish vaqtida choy o’rniga har doim suv ichaman.
  93. Ko’chada buket gul ko’tarib yurishni yoqtirmayman.
  94. Galstuk bog’lashni bilmayman.
  95. Marsda hayot yo’qligidan hafaman.
  96. Armiyada xizmat qilmaganman.
  97. Pasportimni ikki marta yo’qotganman.
  98. Odamlarga “YO’Q!” deb javob berishga qiynalaman.
  99. Yuqorida sanab o’tilgan 98 ta aybim bor.

Ohhhooo!!! Shuncha kamchiligim bor ekan. Demak yomon odam ekanman-da, degan fikrga borayapman. Shunga qaramasdan kamchiliklarim ro’yxatini tuzib chiqishga ahd qildim va mana, ularni tan oldim! O’z kamchiliklarini tan olish esa ularni bartaraf etishga qo’yilgan birinchi qadam hisoblanadi.

Siz ham o’z kamchiliklaringiz ro’yxatini tuza olasizmi? Bu ro’yxat qanchalik uzun bo’lishi mumkin deb o’ylaysiz? O’zingiz sanab o’tgan kamchiliklaringizni tan olish uchun yetarlicha kuchlimisiz?

Quyidagi fikr bildirish qismida o’z kamchiliklaringizning ba’zilarini yoza olasizmi?

Mening 99 kamchiligim” maqolasida 49 fikr

  1. Ibrohim

    Menda unaqa kamchiliklar yo`q. ))) Bilaman.. Masalan klaviaturada kiril harfida yozishga qiynalaman… o`shaning uchun markosdan foydalanamanda birdan lotinchada yozganimni kirilga o`tkazaman qo`yaman. )))

    Javob berish

  2. Samira

    Бу ерда инсон феъл-атворидаги камчиликлар хакида гап кетяптими ёки етишолмаган орзулар хам хисобга олинганми?

    Javob berish

  3. Bobur

    Salom know bilan now ni nima farqi bor keyen ular qanday uqiladi !
    Masalan video dasrlarni kurganimda know ni now shaklida uqib ketdingiz yani knov emas novv degandek !

    Endi masalan bu suzlar ni aytganingizda now bilan adashib ketmaydimi !

    Keyin know ni utgan zamon shakli knew ham k siz aytiladimi ???

    Agarda k siz aytilsa new ga uxshab qolmaydimi ??

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Ingliz tili xalqaro miqyosda gaplashiladigan til bo’lganligi sababli bu tilda so’zlar talaffuzining turli hillarini uchratishimiz mumkin. Ingliz tilidagi so’zlarning to’g’ri talaffuz qoidalarini tilning fonetika bo’limida o’rganasiz.

  4. Saboxat

    kamchiliklar ekan bu xatolar emas shu kamchiliklarni bartaraf etsangiz xatoga yo’l qo’ymagan bo’lardingiz o’z ustida ko’proq ishlash kerak bilimli bo’lish (qo’rqmas botir) degani

    Javob berish

  5. Gulshoda

    Baxtli inson ekansiz ,xayollarizda kechayotgan fikrlarni , dilizdagi gaplarni ayta olyapsiz,men esa hali yoq
    Yaxshi fazilatlariz ro’yxati -chi ,u ham bormi?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Yaxshi jihatlarimni sanasam erkalanib ketaman, deb bu ishni qilmagandim 🙂

  6. MuhammadSolih

    ha bunaqa ro’yhatdan 2 ta tuladi men yozsam lekin asosiysi hayotdagi maqsad .menda maqsad bor intilish juda sekin

    Javob berish

  7. Komoliddin

    Mast kishini yomon ko`rishiz kamchilik emas bu yaxshiku men ham juda yomon ko`raman,
    keyin 10 soniya 20 ta so`z yozish bu juda juda qiyin masala, man o`zim 10 s da 12 ta so`z yoza oldim.
    O`limdan qo`rqmaslik kerak, O`lim har bir insonning boshida bor.

    Javob berish

  8. ulugbek96

    41 chi Kamchilikka sabab

    Toshkentliklar sanaganda 1…2…3…4…5…6…7…8…9…10 deb sanaydi 🙁
    Surxandaryoliklar sanaganda 12345678910 Sanaydi 🙂

    qayerdadir shunday deb eshitgandim 😉
    Lekin aslida shunday deb hisoblaganlarning ozlarining kamchiligi bu
    Oldin o’zingga boq keyin nog’ora qoq

    Javob berish

  9. kimdir

    to’g’ri kamchiliklar judayam ko’o’o’p lekin yaxshi tomonlarimiz ham yo’g’amas ahir kamchiliksiz odam bo’lmidiku???? masalan bitta yutug’imiz shu kamchiliklardan qutulishga doimo intilamizzzzz to’g’rimi))))))))))))

    Javob berish

  10. Dilrabo

    Umuman olganda sizzi kamchiliklariz bilan mani kamchiliglarim juda o’xshash ekan)) Masalan, manda quyidagi kamchiliklar bor afsus!:”1,3,6,8,11,12,13,14,17,20,23,25,27,28,30,31,32,34,35,36,37,39,42,43,46,50,51,52,54,58,61,64,66,67,72,74,75,77,78,85,87,94,98″
    Lekin eng ashaddiy kamchiligim: bu “1”…..yana bir narsaga hayron bo’ldim nega “o’z kasbingizni sevmaysiz??”

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Chunki haqiqiy qiziqishim va hozirgi kasbim butunlay boshqa-boshqa.

  11. Madina

    I’M NOT PERFECT,I’M JUST ME…LOVE ME OR HATE ME…THE CHOICE IS YOURS, BUT KNOW THAT I’M ALWAYS GONA BE ME AND MAYBE I Can CHANGE LITTEL BIT BUT I CAN’T BE PERFECT. THAT’S THE BEST I CAN BE. I WISH YOU FIND SOMEONE WHO KNOWS THAT YOU’RE NOT PERFECT 🙂 🙂 🙂

    Javob berish

  12. Medina

    Oohho!Zo’r-ku. Man nimadan boshlasam ekana? Mani 1-kamchiligim odamlarning dardini tinglay olamanu,o’z dardlarimni birovga ayta olmayman.2- Shirinliklarsiz 1 soniya ham yashay olmayman.3-21 yoshdaman, lekin hanuzgacha muayyan kasb egasi emasman.4-Qo’l telefonidan foydalanmayman.5-Musiqani juda baland ovozda tinglayman.6-Bahslashishni yoqtirmayman.7-Raqamlarni tez eslab qolamanu,lekin matematikadan yaxshi o’qimaganman8-Kasbim tufayli Ingliz tilida xorijliklar bilan bemalol so’zlasha olaman lekin 2 yildan buyon Universtitetga kira olmayapman.9-Shu yoshgacha kimnidir sevib qolmaganman.10-Olmani yoqtirmayman.11-Onam va singlimdan boshqa sirdosh dugonam yo’q12- Xaridlar qilishni juda ham yaxshi ko’raman…Manimcha shular.Azamat aka 99 taga yetmadi,Demak.. YASHASA BO”LADI!

    Javob berish

  13. Medina

    Azamat aka 41-kamchiligingizga e’tiroz bildiraman.Inson qayerlig bo’lmasin qoloqlik yoki yetakchilik joy tanlamidi.Hammasi odammi o’ziga bog’liq.Mani fikrimga qo’shimcha qiladiganla bormi?

    Javob berish

    1. Dilshoda

      Medina uzr-u ln,o’ziz surxondaryolikmisiz diman-a? jiddiy yondawadigan bo’se,fikrizga 98% qo’wilaman))

  14. Okay

    Ehhe Manga o’xshagan shoshqaloqalar yo’g’akan u a. Man xatolarimi sanab chiqsam exxxeeeee botga sig’masa kere 🙁

    Javob berish

  15. Feruzbek

    Azamat aka manimcha bu kamchiliklarni ko’pisini ataylab yozgan bo’sayiz kerak. Nimaga deganda agar sizni shu kamchiliklariz bo’ganida bunchalik ishlarni hattoki https://www.azamat.uz saytini boshqarishni va saytni shu darajaga keltira olmastiz deb o’ylayman. Bu meni shaxsiy fikrim.

    Javob berish

  16. Feruzbek

    Men sizni o’zimga bilinga bitta kamchiligizni aytishim mumkin. Uni kamchilik xam debku bo’lmaydiyu lekin… Meni bitta savol qiziqtiradi shu 16 yillik hayot davrimda nuqul man yurakdan xurmat qilgan istedodiga tan bergan yaxshi o’qimishli odamlarga havas qilib ular bilan bir suxbatlashishni orzu qilib yuraman. Lekin… nuqul ulani vaqti bo’lmaydi xamma-xammasini xam bir tarafdan to’g’ri ishi og’ir faqat va faqat izlanishda deyish mumkin. Baribir hech bo’lmaganda bir kunda bir xay ana kelingki xaftada bir soat vaqti bo’lar deb o’ylayman. Yana bilmadim ??? Meni kamchiliklarimdan biri adolatni har doim aytmasdan qo’ymayman. Bu kamchiligimni tuzatiwim kerak. Chunki adolatli gap barcha odamlardan faqatgina 99.9 % odam to’g’ri tushunmaydi. Men xam ko’pincha noto’g’ri tushunaman. 5 yillik netdan foydalanish tajribamdan keladigan bo’lsam ko’pgina sayt adminlariga, ko’p mashxur kishilarga, o’qimishli hayotda o’zini ko’rsatib bilgan insonlarga ularni bir og’iz suxbatini olish uchun murojoaat qilganimda xammasidan unchalik qoniqarli javob olmaganman. Gapimni so’ngida men bitta gapni aytmoqchiman har bir inson uchun kimdir unga talpinsa (yaxshi niyatda) uni hayotida ko’rmagan bo’lsa xam uni yuragida u insonni qandaydir bir boshqacha tasavvur qilib yuriydi va bu o’sha havasga arzigulik kishi uchun bir baxt deb hisoblayman. Bu gaplarni aytganim xam bu mening kamchiligim… (!!!)

    Javob berish

  17. Dilnoziy

    ” Toshkentliklar nima uchun Surxondaryoliklarni qoloq deb hisoblashini tushunolmayman”.
    Ehtimol tarixni o’qimaganlar shunday hisoblar, biroq At Termiziyga toshkentliklar allaqachon tan bergan.
    Odamni qatliligiga emas, manaviy saviyasiga qarab baho beradilar.
    Ulani tushunolmasligiz kamchilik hisoblanmaydi, axir hayotda bundan ham murakkab junboqlar bor.
    99 ta kamchilini yozmasdan noshukurman disez bo’larkan.
    Yuqoridigilani hammasi ham kamchilik emas.
    3,4,7,10,12,19.
    25 aksincha yaxshi sifat. To’ri ishizbitmi qiynalarsiz, lekn G’ururli insonsiz.
    26 umuman to’rimas, manimcha. Yashashdan maqsadi bor odamgina Ilm o’rganadi va o’rgatadi.
    30hichkim uchomidi. 31,33,35.
    Kamchilik emas.
    Avvalo bulani yozishga jur’at qilganiz uchun rahmat. Bizga ko’zgu bo’ldiz.
    Faqat bir narsani unutmen, o’ta kamtarlik ham manmanlikka kiradi.

    Javob berish

  18. Dilnoziy

    36do’stikamlik,(sonimas sifat muxim), 38,41,42,48dushmanla, kamchilik emas, 49,51,52,53-kasbini 99% odam sevmidi.(55)Kim qo’rqmidi. ,56,57,58,59,63,65,68,69,73,75, (77),(78)bular uchun iste’dod kerak, lekn omad kerak. man she’r yozaman lekn kitob bo’lib chiqmagan, ovozim bor, lekn kuylashga haqqim yo’q, oilada san’atkorla yo’q. ,79,86,88,93,95.
    Xullas yuqoridigi sifatla kamchilik emas, bu sizi sifatlariz xalos.

    Siz o’zingizni hurmat qilmasligingiz, o’zingizga ishonmasligingiz va50, 85 shular kamchilik.
    Manimcha ro’yxatga o’zgartirish kerak.
    Lekn o’zim uchun asosiy xulosani chiqadim.

    Javob berish

  19. Makhammadiev

    Manga hamma maqola, yangiliklaringiz yoqdi AMMO manashu 99-kamchilikni bekor kirgizibsiz
    Chunki bu yerda ko`pchilikda shu kamchiliklar bo`lishi mumkin ya`ni ularda faqat men emas ko`pchilikda shu xatolar bor ekan degan FIKR kelib chiqadi.

    Javob berish

  20. Madinabonu

    Ko’nglimdan o’tgazgan haqiqatni aytsam ushbu 99 kamchilikdan 82 tasi manda ham mavjud.To’g’ri ba’zilari kamchilik emas,ammo fikrlash darajamiz o’xshash ekam.Mening yana bir kamchiligim-insonlarga tez o’rganib qolishim,tez mehr qo’yishimdir.Ularni o’zimga yaqin olaman,hurmat qilaman.buni esa noto’g’ri tushunishlari mumkin.Sizning kamchiliklaringizga kelsak,saytdan olgan ma’lumotlarim,o’qigan maqolalarimga tayangan holda,shuni ayta olamanki,qayd etganlaringizning ko’pchiligi sizga munosib emas.Masalan:fikrimcha siz ajoyib farzandsiz,idealga munosib insonsiz…Asosiysi “SIZ YAHSHI INSONSIZ”.Ana ko’rdingizmi?Siz tog’ringizdagi fikrlarim asosida sizni hurmat qilib,yaqin oldim va ko’nglimdagilarni yozdim.Buni esa noto’gri tushunishlari mumkin.

    Javob berish

  21. Adiba

    Haa… 3 yil avvalgi ro’yxat ekan. Undan keyin o’zgarishlar bulgandir.. Mast kishini yomon ko’rish fazilat hisoblanadi. O’lim masalasida biz unga albatta yo’liqamiz, asosiysi o’sha paytda afsuslanmaslik. Facebook ijtimoiy tarmog’ida ommalshgan mashhur shaxsni, Stiv Jobsni so’nggi so’zlarida … “parda tushiriladi”,deyilgan. Bu mashhur shaxsni bitta kamchiligi u o’zini Yaratganini yaxshi (to’g’ri)tanimagan va uning buyruqlarini bajarmagan…

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan