Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

“Men hayotni sevaman. Men baxtliman.”

“Men hayotni sevaman. Men baxtliman.”

Meni sindirish oson emas. Men hammasini uddalayman. Hayotimdagi barcha qiyinchiliklarni yengib o’taman. Ohir oqibatda mening nomimni g’oliblar qatorida tilgan olishadi.

Men qo’li va oyoqlari yo’q bo’lsa ham “Men hayotni sevaman. Men baxtliman.” deb aytgan Nick Vujicic video roligini ko’rganimdan keyin shunday qarorga keldim. Bu video rolikni YouTube sayti orqali ham, quyida ham ko’rishingiz mumkin:

 

Qanday qilib butun umri qo’llari va oyoqlarisiz o’tishini bilgan, umrining eng ohirgi daqiqalarigacha hamma tengi yura olmasligi, hammadek yashay olmasligini bilgan kishi “Men hayotni sevaman. Men baxtliman.” deb ayta olishi mumkin? Unga nisbatan imkoniyatlarim ancha ko’proq bo’lgan holda men uning hayotga nisbatan aytgan ko’tarinki gaplarini o’zimga nisbatan, o’zimning hayotimga nisbatan ayta olamanmi?

Hayotda erishiladigan hech bir muvaffaqiyat insonning shu muvaffaqiyatga erishishga nisbatan ichki xohishining kuchisiz bo’lmaydi. Atrofingizdagi sharoit qanchalar og’ir bo’lishiga qaramasdan, agar Sizda muvaffasiyatga erishish uchun xohish bo’lsa, Siz albatta ko’zlagan maqsadingizga erishasiz. Siz intilgan manzil qanchalar uzoq bo’lsa ham, Sizning intilayotgan darajangiz qanchalar yuqori bo’lib ko’rinmasin, o’zingizga ishoch va g’alabaga bo’lgan ishtiyoqingiz Sizga o’zingiz xohlagan narsani olib bera oladi.

Atrofimdagi vaziyat qanchalar yomon bo’lishiga qaramasdan, men ruhiy jiyatdan o’zimni muvaffaqiyatli va omadli his qilayapman. Men o’zimga ishonaman. Kelajakda mening hayotimda hammasi yaxshi bo’lishiga ishonaman.

Sizchi? Hayotingizdagi hozir, vaqtincha bo’lib turgan muammolar ichidan yorqin kelajagingizga bo’lgan mustahkam ishonchni topa olasizmi?

“Men hayotni sevaman. Men baxtliman.”” maqolasida 3 fikr

  1. Dilrabo

    hm…..oldin o’sha ishonchni topar edim….Ammo negadir o’sha ishonch kundan kunga so’nib borvotganga o’xshiydi nazarimda….Xuddi maqsadimga erishomidigandek tuyulvomman o’zimga,hammasi ishonchsizlikdan bo’lsa kere……..!

    Javob berish

    1. Izzatillo Umarov

      Siz Men Do’stlarim Yaqinlarim Hammamiz bir kun maqsadimizga yetamiz Avalo bunga ishonishimiz kerak Biz Orzu emas Maqsad qilishimiz kerak shunda yetishamiz Va albatta Yaratgan Ollohimdan Maqsadlarishimzga yetishimiz uchun sabr toqat va kuch ato etishini so’rashimiz darkor

      Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan