Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Maqolalarni kelajakda chop etish uchun rejalashtirish

Maqolalarni kelajakda chop etish uchun rejalashtirish

WordPress tizimining matn muharririda maqolalarni chop etish amaliyotiga javob beruvchi alohida bo’lim mavjud. Uning ko’rinishida quyidagicha:

Saytimda ishlatilayotgan WordPressning o’zbek tili tarjimasi to’liq bo’lmaganligi sababli yuqoridagi bo’lim rasmidagi ba’zi joylar tushunarsiz bo’lishi ham mumkin. Aslida “Joylashtirish” so’zi o’rnida “Chop etish” ishlatilishi kerak. “Publish immediately” esa “Darhol chop etish” deb tarjima qilinishi kerak.

Agar maqolani yozib bo’lgandan so’ng yuqoridagi ko’rsatilgan “Joylashtirish” tugmasini bosib yuborsak, biz yozgan maqola darhol saytda chop etiladi. Ammo “Publish immediately” to’g’risidagi o’zgartirish linkini bosganimizda yozilgan maqolani qachon chop etish kerakligini rejalashtirish imkonini beruvchi sozlanmalar ko’rsatiladi:

Bunda biz maqola chop etilishi kerak bo’lgan oyni, sanani, yilni va vaqtni ko’rsatishimiz mumkin. Albatta, maqola chop etiladigan vaqtni o’tmishga to’g’rilab qo’yishimiz ham mumkin. Bu holatda chop etilgan maqola eski maqolalar arxivi ichida joylashtiriladi. Kelajakdagi vaqtni belgilaganimizda esa, yozib qo’yilgan maqola ko’rsatilgan kelajakdagi vaqt kelishi bilan saytda chop etiladi.

Bizga kerakli bo’lgan, maqola chop etilishi kutilgan kelajakdagi vaqtni ko’rsatamiz va OK tugmasini bosamiz. Shundan so’ng chop etish tugmasi quyidagicha o’zgaradi:

Maqolaning chop etish vaqtini rejalashtirganimizdan so’ng uning chop etilishi haqida o’ylamasak ham bo’ladi. Ko’rsatilgan vaqt kelganida WordPressning o’zi yozilgan maqolani saytda chop etadi.

Bu sayt yurituvchilar uchun juda katta qulaylikni yaratadi. Kelajakdagi saytda chiqarilishi kerak bo’lgan maqolalarni oldindan yozib, tayyorlashingiz va belgilangan vaqtda uni saytda avtomatik chop etilishiga erishishingiz mumkin.

Maqolalarni kelajakda chop etish uchun rejalashtirish” maqolasida 5 fikr

  1. Akmalbek

    Salom. WordPressda saytimga fayl yuklayman desam fayl yuklash uchun maksimal 2 mb narsa yuklash mumkin ekan. Shuni mbsini qanday oshiriladi?

    Javob berish

    1. Mirshohid

      U hostingizga bog`liq. Qancha joy katta bo`lsa u ham shunchalik katta bo`ladi. Misol 3gb lik ishlatganimda 100MB edi 1 gblikda 8mb

  2. Mirshohid

    Azamat aka yaxshiku 2-3 kunlik maqolalarni oldindan qo`shib qo`ysak. Oldindan qo`shsak o`sha kuni kiromasak ham o`zi chiqaveradi

    Javob berish

  3. Muzaffar Djamalov

    Assalom alaykum Azamat aka Salomatmisiz? Ishlariz Yaxshimi?
    Men Muzaffarman Zumrad opamni shogirtlari)
    Azamat aka menga maslaxatiz kk edi mmm bir qancha yo’nalishda maqolalarim bor edi. O’zbekiston ta’lim tizimi uchun qilmoqchi bo’lgan va qilayotgan ishlarim yanaki Koreyadagi tengqurlarim bilan birgalikda ishlamoqchimiz va yo’nalishlar bo’yicha maqolar chop ettirmoqchimiz bir fishka ostida

    Odatda qaysi saytlarga qanday maqolarimizni chop etib borishimiz mn. Shu xaqda biror yo’nalish beraolasizmi…
    Oldindan rahmat
    Hurmat bilan Muzaffar

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan