Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / «Mangu» piskellari bitkoinmi(?) yoxud besh yilda AQShdan o‘zib ketamiz

«Mangu» piskellari bitkoinmi(?) yoxud besh yilda AQShdan o‘zib ketamiz

Zamonamiz shiddat bilan o‘zgarishda. Barcha sohalardagi taraqqiyot bugungi kunda valyuta-pul munosabatlariga ham birinchilardan ta’sir etib, naqd ko‘rinishdagi kupyuralar o‘rninini elektron to‘lov vositalari tobora egallab bormoqda.
Bugun mamlakatimizda valyuta tizimi ham yangi bosqichda takomillashmoqda. Ayniqsa, Hukumat qarori bilan 2017 yilning 5-sentyabr sanasidagi erkin konvertatsiya tizimining yo‘lga qo‘yilishi mamlakatimiz iqtisodiyotida tarixiy voqeylik bo‘ldi deyish mumkin. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani va bu Qarorga ko‘ra 2018 yil 1-iyuldan tijorat banklari: dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatishi, bank hududiga to‘sqinliksiz kirish, bank xodimlaridan ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida dastlabki maslahatlarni olish kabi bir qancha tarixiy va noyob imkoniyatlar berildi.
Mamlakatimiz sohalarida misli ko‘rilmagan ijobiy o‘zgarishlar shunchalar ko‘p va shaxsni shoshirib qo‘yadigan darajada quvonchliki, agar sharoitlardan unumli foydalana olsak, besh yilda AQShdan o‘tib ketishimiz aniq!
Davlatimiz rahbarining har bir ma’ruzasida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini tubdan isloh qilish kerakligi aytilib, bu borada keskin amaliy ishlarga qo‘l urilayotgani har bir fuqarodan atroflicha fikrlashni talab etmoqda. Albatta, davlatning iqtisodiy farovonligi aholi turmush tarzi yuksalishi bilan chambarchas bog‘liq hodisa.
Sur’atan nigoh solganimizda jahon valyuta bozorida dollar yoki yevro pul birliklari eng ommabop va qadrli hisoblanadi. Ammo kriptovalyuta deya nom olib, bugun dunyo iqtisodiyotini lol qoldirayotgan elektron pul birligi ham borki, globallashuv jamiyatida bunga ko‘z yumib bo‘lmaydi. Bugun kriptavalyutalarning «Bitkoin», «Litkoin», «Efirium», «Dashr», «Doje» nomi ostida faoliyat olib borayotgan bir nechta turlari bor. Rivojlangan mamlakatlarda xususan AQSh va Yaponiyada ham kriptovalyutalar rasman to‘lov vositasi sifatida tan olindi. Hatto Venesuyela kabi ba’zi davlatlar hukumati milliy kriptovalyutalar tizimini ishlab chiqmoqda.
Google qidiruv tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda ham bu tizimga qiziqayotganlar ko‘pligi va ba’zi yurtdoshlarimiz bir nechta bitkoinlarga ham egalik qilishayotgani haqida xabarlar bor.
Bugungi axborot asrida atrofimizda voqea-hodisalar, ayniqsa iqtisodiy bo‘xronlar shunchalik ko‘pki, zamon kishisida ularga qarshi immunitet bo‘lishi talab etiladi. Loyihamiz asosida yaratilgan «Mangu» moliyaviy platformasi dunyo kriptovalyuta tizimiga aynan O‘zbekiston sharoitida javob bo‘la oladigan tizimdir.
So‘nggi vaqtlarda bitkoin, virtual pul, kriptovalyutalar haqida turli xabarlar paydo bo‘lmoqda. Ayniqsa, ularlarning qiymati joriy yilning o‘tgan davri mobaynida bir necha marta o‘sgani odamlar orasida kriptovalyutalar bozoriga nisbatan qiziqish uyg‘otmoqda.

Kriptovalyutalar haqida
Moliya bozorining ko‘plab ekspertlari birgina bitkoinning qisqa muddatda 1 ming dollardan 6 ming dollargacha qimmatlashishini moliyaviy pufak alomati deb hisoblashmoqda. Qayd etish joizki, kriptovalyutalar qimmatlashish sur’ati so‘nggi marotaba 1990-yillar oxirida dotkomlar bilan yuz bergan holatga o‘xshab ketadi. Ammo bitkoinning poydevori ko‘plab internet kompaniyalarnikiga qaraganda umuman boshqacha va kelajagi ham porloq deyish mumkin.
Bitkoinning shu vaqtgacha duch kelgan eng jiddiy muammosi qonunshunoslar va moliyaviy boshqarmalarning unga nisbatan ishonchsizligi edi. Biroq hokimiyat qarashi o‘zgarib bormoqda. Yaponiya o‘tgan yili aprel oyida bitkoinni to‘lov vositasi sifatida rasmiylashtirdi. Bu esa uning qiymatini oshirdi va mamlakatda tarqalishini kengaytirdi. Filippin aholisi esa, pul o‘tkazmalarida aynan bitkoindan foydalanmoqda. Yaqin kelajakda bitkoin bu mamlakatlarda haqiqiy to‘lov vositasiga aylansa, ajab emas.
Bitkoinning ilk bosqichlarida uni atigi bir necha do‘kon qabul qilar edi. Ammo hozirda vaziyat tubdan o‘zgardi. Yetakchi texnologik kompaniyalar va internet do‘konlarda ham bitkoinlar bilan to‘lovni amalga oshirish mumkin. Bitkoin qiymatining o‘sishi va OAV e’tibori hamda Yaponiya kabi mamlakatlarda tan olinishi tijoriy tuzilmalarning kriptovalyutalarga qiziqishiga turtki berdi. Internet savdoda bitkoinni qo‘llash foydasi ancha kuchli: kredit kartalariga qaraganda kamroq foiz olinadi, to‘lovni qaytarish bilan bog‘liq firibgarlik ehtimoli deyarli nolga teng. Kriptovalyuta bank infratuzilmalari yaxshi rivojlanmagan mintaqalardagi xaridorlarni qamrab olish imkonini beradi. Bitkoin qanchalik keng tarqalsa, raqamli valyutaga bo‘lgan talab shunchalik barqaror bo‘ladi. Uning savdo sohasida tarqalishi cheklangani e’tiborga olinsa, kelgusidagi imkoniyatlari juda ulkan deyish mumkin.
Raqamli valyuta hisoblanuvchi bitkoin nima uchun ishonchli ekaniga yana bir sabab kriptovalyutaga iqtisodiy nosog‘lom mamlakatlarda ham talab o‘sib bormoqda. Masalan, Venesuela, Boliviya va Zimbabveda bitkoindan boylik va jamg‘armalarini saqlashda foydalanishmoqda. Milliy valyutaning keskin qadrsizlanishi sharoitida muqobil to‘lov vositasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Aytish mumkinki, 2017 yil keng jamoatchilik kriptovalyutadan xabar topgan yil bo‘ldi. Agar siz 5 yil avval istalgan biror kishidan bitkoin haqida so‘raganingizda, sizga hayron boqqan bo‘lar edi. Bugungi kunda, ko‘pchilikning undan xabari bor, ayrimlar uning oltindan ham qimmatlashganini biladi. Bitkoin shunday ommaviylikka erishgan ekan, sarmoyadorlar tomonidan unga qiziqish bildirilishi aniq.
Nihoyat, bitkoinning bunchalik qimmatligi unga ortib borayotgan talab cheklangan taklifga duch kelayotgani bilan izohlanadi. Kriptovalyuta shunday ishlab chiqilganki, uning maksimal hajmi 21 mln donani tashkil etadi. Bundan tashqari yangi raqamli pullarni ishlab chiqish tezligi vaqt o‘tgan sayin sekinlashadi. Shu bilan o‘sib borayotgan talab nafaqat cheklangan hajm, balki kamayib borayotgan taklifga to‘qnash keladi.
Markaziy bank bayonoti va kelgusi 1 sentyabr
Hozirgi globallashuv davrida internet tarmog‘ida hajmi kundan kunga ortib borayotgan kriptovalyutalar bilan bog‘liq operatsiyalar xalqaro hamjamiyat e’tiborini keng jalb etayotgani, shuningdek mamlakatda kriptovalyutalar (bitkoin, efirium, litkoin va boshqalar) bo‘yicha ko‘plab murojaatlar hamda ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bayonot bilan chiqdi.
Unda ta’kidlanishicha, «Kriptovalyutalardan anonim operatsiyalarni amalga oshirishda keng foydalanilayotganligi oqibatida noqonuniy pul aylantirish va firibgarlikka keng yo‘l ochilib, ba’zi mamlakatlarda xufiyona iqtisodiyotni yanada kengayishiga xizmat qilmoqda».
Shuningdek, xalqaro va davlatlararo almashinuvda kriptovalyutalarni tartibga solish va nazorat qilish imkoniyatlarining chegaralanganligi, jinoyatchi shaxs va guruhlar tomonidan terrorizmni moliyalashtirish va boshqa jinoiy xatti-harakatlarni amalga oshirishda kriptovalyutalardan qulay vosita sifatida foydalanilishi xavfining yuqoriligi sababli, dunyoning ko‘pgina davlatlarida ularning muomalasi cheklab qo‘yilgan.
Ayniqsa, rasman to‘lov vositasi sifatida tan olinishi natijasida kriptovalyutalarning internet tarmoqlarida markazlashmagan holda virtual emissiyasi va muomalada bo‘lishi davlatlar markaziy banklarining pul muomalasini nazorat qilish va erkin monetar siyosat yuritish imkoniyatlarini chegaralaydi.
Bundan tashqari, pulning barcha vazifalarini bajara olmasligini inobatga olgan holda, kriptovalyutalar an’anaviy pul birligi bo‘lmasdan, real rezerv ta’minotga ega bo‘lmagan va qiymati tez o‘zgaruvchan hosilaviy vosita hisoblanishi munosabati bilan kriptovalyutalar qiymatining keskin pasayib ketishi ehtimoli ham mavjud. Bu esa fuqarolarda moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkinligini alohida qayd etish zarur.
«O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida kriptovalyutalardan foydalangan holda to‘lov yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmagan», deyiladi Markaziy Bank bayonotida.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mutaxassislari tomonidan bugungi elektron iqtisodiyotda jahon moliyaviy xizmatlari sohasidagi yangiliklar, qo‘llanilayotgan texnologiyalarni kuzatib, muntazam ravishda tahlil qilib borilmoqda.
«Yuqoridagilardan kelib chiqib, iqtisodiyotning hozirgi rivojlanish bosqichida kriptovalyutalarni joriy etish va ular vositasida operatsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq emasligini bildirgan holda, mazkur operatsiyalarda aholining ishtirok etishi tavsiya etilmaydi», deya yakun yasalgan Markaziy bank bayonotiga.
Ushbu bayonotdan ko‘p vaqt o‘tmasdan kuni-kecha O‘zbekistonda joriy yilning 1 sentyabriga qadar elektron pullar oborotni tartibga soluvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi, deb xabar qildi virtual OAV.
«O‘zbekiston prezidenti qaroriga muvofiq, yangi qonun loyihasi ishlab chiqishga Markaziy bank, Axborot texnologiyalari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va yana bir qator boshqa muassasalar javobgar bo‘ladi.
Undan tashqari mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev “Mirzo Ulugbek Innovation Center” – innovatsiyalar markazida blokcheyn texnologiyalari vakolat markazi yaratish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Blokcheyn (blockchain) — tarqatilgan ma’lumotlar bazasi tizimi.
Ushbu markazning asosiy vazifasi “blokcheyn” texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanish uchun sharoit yaratish, ushbu sohada mahalliy mutaxassislar yetishtirish va sohani o‘zlashtirishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash kiradi. Rejaga ko‘ra markaz 2018 yilning 1 sentyabridan ishga tushishi kerak.
Tashabbusning yana bir muhim jihati – prezident Respublika hududida kontaktsiz elektron to‘lovlar tizimini rivojlantirishni topshirdi. Jumladan PayPal, Alipay, Visa va Mastercard kabi xalqaro to‘lov tizimlari yordamida ham. Elektron to‘lovlar tizimi 1 iyunga qadar ishlab chiqarilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, oldin O‘zbekiston Markaziy banki virtual mablag‘lar borasida salbiy fikr bildirgan edi. Keyinroq bosh vazir Abdulla Aripov Qozog‘istondagi forumda O‘rta Osiyo mamlakatlarida blokcheyn texnologiyasidan foydalanishni qo‘llab-quvvatlagan edi», deyiladi ushbu xabarda.
Va nihoyat… «Mangu» loyihasi va maqsad

«Mangu.uz» katta reklama bozori va yangicha virtual muomala vositasiga da’vo qilayotgan O‘zbekistondagi birinchi moliyaviy sayt bo‘lib, bu shakldagi elektron sahifaning ko‘rinish motivi dastlab 2005 yilda AQShda kuzatilgan. Sayt egasi Aleks Tev o‘z virtual sahifasini piksellarga ajratib chiqib, yirik kompaniya va tashkilotlarga har bir katakchani alohida reklama o‘rni sifatida sotib olishni taklif etadi. Kutilganidan ancha qisqa muddat ichida Aleksning bu g‘oyasi kompaniyalar orasida ommalashib ketadi. Chunki reklamaning bu noodatiy uslubi internetdan foydalanuvchilarni o‘ziga mahliyo qilgan edi.
Biz esa boshqacharoq yo‘ldan ketamiz. «Mangu»dagi piksellarga boshqarish imkoniyatini qo‘shib, virtual moliyaviy harakat ishtrokchisiga aylantiramiz. Bunda piksel egalari o‘zlari egallab turgan joylaridan reklama o‘rni sifatida ham foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Sotib olingan piksel egalariga ularni qayta sotish imkoniyati beriladi. «Mangu» moliyaviy portalidagi har bir piksel yuridik va jismoniy shaxslarga ma’lum summa evaziga oshkora shaklda faqat pul o‘tkazish yo‘li bilan sotiladi.
Har bir xaridor bilan shartnoma tuzilib, tomonlarning majburiyatlari belgilab olinadi.
Sotib olingan piksellar to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng saytda ko‘rinish beradi.
Sonidan qat’iy nazar sotib oligan har bir piksel uchun maxsus gipersisilka belgilanadi. «Mangu»dagi piksellarni boshqa subektga o‘tkazish jarayoni ham oshkora tarzda, boshqa akkauntlarga sayt birjasida xabar berilgan holda amalga oshiriladi.
Nafaqat O‘zbekistonda balki dunyo virtual bozorida ham hali aynan bu yo‘nalishdagi tarmoq mavjud emas. Bu g‘oyada umumiy sanog‘i aniq, harakatlarini istalgan odam kuzatishi mumkin bo‘lgan shaffof «Mangu»lar virtual muomala vositasi sifatida subektlararo aylana boshlaydi. Platformadagi «Mangu»lar harakatini paydo bo‘lish tarixi sirli, qandaydir algoritmlarga tayanib ishlovchi, xaridorlari qora parda ortiga yashiringan, umumiy sanog‘i noma’lum, shubhali bitkoint, kriptovalyutalar bilan aslo solishtirib bo‘lmaydi. «Mangu»dagi piksellar boshqa internet valyutalaridan butkul farq qiladi. Bu arzon narxga qonuniy tartibda, shaxsi aniq subektga sotilayotgan reklama uchun joy, umumiy soni cheklangani sabab tobora narxi oshib borishi kutilayotgan sinmaydigan aksiya, demakdir.
Ushbu loyihani amalga oshirishdan maqsad: Respublika hududida kontaktsiz elektron to‘lovlar tizimini rivojlantirish va crypto-sirli, yashirin.ang)kriptovalyutalardan butunlay farqli xavfsiz va kafolatlangan yangicha (crystal- shaffof ang) kristovalyuta tizimini mahalliy sharoitda sinovdan o‘tkazish hamda yangicha reklama uslubi orqali innovatsion reklama platformasini ham shakllantirishdan iborat. Ikkinchi jihatiga ko‘ra bu innovatsion g‘oya O‘zbekistondagi internet reklama bozorini yangi bosqichga ko‘tarishga ham xizmat qiladi.
Mangu» elektron valyuta tizimi soat intervalida har kuni 1440 dona piksel ishlab chiqaradi. Bir pikselning nominal qiymati bugunda 1000 so‘m etib belgilangan. Har oyning 30 sanasida sotilmay qolgan piksellar sistema tomonidan nolga tenglashtiriladi.
Muomalaga chiqarilayotgan piksellar taklifidan xarid talabi oshib ketganida dastur analiziga ko‘ra kurs avtomatik tarzda o‘zgarib, ishlab chiqarish jarayoni vaqtincha to‘xtatiladi va «Sotuv kunlari» e’lon qilinadi.
Bunda «Mangu» o‘z investorlariga kurs o‘zgarishi va «Sotuv kunlari» boshlangani xabarini beradi. Piksel talabidagi xaridorlarga esa investorlardan yangi narxda sotib olingan piksellar «PayMe» yoki «Visa» tizimlari orqali vositachilik haqqisiz o‘tkaziladi.
Jarayonda investorlar o‘zlari egalik qilayotgan piksellarning hammasi yoki bir qismini sotishlari mumkin.
72 soat bo‘lib o‘tadigan «Sotuv kunlari» nihoyasiga yetgach, sistema piksellar ishlab chiqarishni davom ettiradi.

Bundan tashqari muomalaga chiqarilgan aksiyalarning har 10 foizi sotilganida xaridorlarning obligatsiya raqamlari o‘rtasida yutuqli o‘yin o‘tkaziladi. Ushbu o‘yin “Random. Org” raqamlarni tasodifiy aniqlovchi sayt orqali Feysbukdagi sahifamizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda bo‘lib o‘tadi. O‘yin yutuq fondi 10.000 dona “Mangu”ni tashkil etib, yutuqlar quyidagi tartibda taqsimlangan:

1ta 1-o‘rin: 3000″М»

2ta 2-o‘rin: 2000″М»

3ta 3-o‘rin 1000″М»

Oshkora efir orqali g‘oliblar aniqlangach, yutuqlar istalgan shaklda xaridor xohishiga ko‘ra taqdim etiladi. Hisob-kitob o‘sha kungi 1 “Mangu” kursi bo‘yicha amal qilib, uch ish kuni ichida to‘lab beriladi.
«Mangu» – Talabga ko‘ra narxi ko‘tarilib boruvchi elektron valyuta tizimiga asoslangan.
Platformaning qo‘shimcha imkoniyati egallab turilgan joy o‘z investorlariga PR va reklama vazifasida xizmat qiladi.
«Mangu» o‘zining shaffof va tushunarliligi bilan yopiq shakldagi kriptovalyuta va bitkoinlardan farq qilib, ular bilan bahslasha oladigan yangi innavatsion loyiha hisoblanadi.

«Mangu» loyihasini kriptovalyutalardan har tomonlama a’lo, shaffof – kristavalyuta tizimidir.
Birinchidan – aniq. «Mangu» – murakkab algoritmlar asosida ishlovchi kriptovalyutalar avlodini takrorlamaydi. Har qanday inson tushunishi oson bo‘lgan shaklda, yaxlit platformada ishlab chiqilgan. Sanog‘i aniq – «M» tangasi ichida 1017125 dona o‘zgarmas piksel joylashgan. Amalda moliyaviy saytdagi piksellar taklifi cheklangani sababli talab tobora ortib borishi kutiladi xolos. Mangu piksellari – divident va’da qilinmagan, kurs o‘zgarishi hisobiga foyda keltiruvchi elektron birja obligatsiyasidir.
Ikkinchidan – shaffof. Ushbu tizimdagi narx ko‘tarilishini xaridorlarning talabi ortib borishi belgilaydi. Bir martalik to‘lovdan so‘ng, ularning pullari o‘zlarining orasida aylanadi. Piksellarga egalik qilayotganlar rasman shartnoma tuzishlari va o‘zini tanitishi shartligigi noqonuniy pul almashinuvlariga yo‘l qo‘ymaydi. «Mangu» elektron birjasidagi barcha piksellar sotib yuborilgach, birja faqat o‘zaro oldi-sotdi munosabatlarining o‘zigagina quriladi.
Uchinchidan – orginal. Hatto «Mangu»dagi piksellar reklama bozorida ham katta shav-shuvga sabab bo‘lishi kutilayotgan platformaga ham aylanishi mumkin. Chunki xaridorlar o‘zlari egallab turgan piksellarga «Reklama to‘g‘risida»gi qonunlarga zid bo‘lmagan istagan bannerlarini o‘rnatishlari mumkin bo‘ladi.
Mangu.uz moliyaviy sayti bugungi iqtisodiy globallashuv zamonamizda internetdagi kriptovalyutalar bo‘xroniga immunitet bo‘lib xizmat qilishi uchun ishlab chiqilgan virtual g‘oyadir. Kelgusida blokcheynlar rivojlantirilib, bitkoinlar yurtimizga kirib keladimi yo‘qmi, «Mangu» moliyaviy sayti jamiyatimizning virtual dunyosida o‘z so‘zini ayta oladigan sevimli tizimga aylanishi shubhasiz! Bu g‘oya o‘z navbatida mamlakat iqtisodiyoti, moliya, pul siyosati, marketing va reklama bozorini jahon andozalari asosida yangi ko‘rinish olishiga ham munosib xissa qo‘shadi.

Reklama asosida.

Abituriyentlar uchun test formulalari

12 ta fikr

  1. Аббосбек

    Mangu.Uz сайтидан пиксекларни қандай сотиб олиш мумкин?

  2. Saytda ro’yxatdan o’tib bo’lmayabdi, bunday oddiy xatolik bo’ladigan bo’lsa 5 emas 50 yildayam AQSH dan o’zib keta olmaymiz

    • Agar barcha amalarni to’g’ri bajarsangiz, hech bir muammosiz ro’yhatdan o’tasiz. Batafsil ma’lumot uchun +998973430888 raqamiga qo’ng’iroq qilishingiz ham mumkin.

  3. Ro’yhatdan o’tasiz saytdan.

  4. Sayti yo’qlar ham sotib ololadimi piksillarni?

    • Albatta sotib olishingiz mumkin. Ya’ni sayt manziliga o;zingizning ijtimoiy tarmoqlardagi biror sahifangizga link o’rnatasiz yoki http://mangu.uz/ linkining o’zini biriktirib qo’yasiz.

      • Assalomu alaykum.
        Menga bu loyihangiz yoqdi.
        Men Rossiyadaman qanday qilib piksellarni sotib olishim mumkin. Ro’yxatdan o’tkanimdan so’ng to’lovni shartnomani qanday qilamiz?

      • .. Va yana savolim shuki to’liqroq ma’lumot bersangiz misol uchun men saytingiz ga o’z reklamaning joylashtirishim uchun qancha piksellarga egalik qilishim kerak?

        • Assalomy alaykum. Chet eldagi hamyurtlarimiz uchun Visa karta tizimida to’lov qabul qilish saytda ishlamoqda. Mangu.uz ning Xaridor bo’limida bu haqida batafsil tushuntirish hamda karta ma’limotlari mavjud. Bunda ham albatta Sizga elektron pochta orqali tasdiqlangan shartnoma va obligatsiya raqamlari yuboriladi.
          Qancha ko’p piksel sotib olsangiz, reklamangiz shuncha ravshan ko’rinish beradi. Platformada banneringiz yaxlit ko’rinishi uchun ming dona atrofida piksellarga egalik qilishni maslahat beramiz. Lekin bizda minamal chegara mavjud emas. Bugungacha bir donadan olti yarim ming donagacha piksel sotib olgan rezidentlarimiz bor.

      • Мен рекламадан фойдаланмокчи эмасман, сотиб олсам буладими?

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*