Bosh sahifa / O'qituvchilarga / Maktablarda keksalarni e’zozlash targ’iboti

Maktablarda keksalarni e’zozlash targ’iboti

Xabaringiz borki, 2015-yil yurtimizda prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov tomonidan «Keksalarni e’zozlash yili», deb e’lon qilindi. Ushbu munosabat bilan O’zbekistonimizdagi barcha ilm dargohlari qatorida umumiy o’rta ta’lim maktablarida ham kirib kelayotgan yangi yil uchun yaxshi niyatlar bilan belgilab berilgan davlat dasturi asosida yoshlar o’rtasida keksalarni e’zozlash, xurmat qilish va qadrlash tushunchalarini targ’ib qiluvchi tadbirlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Zero, keksalarni e’zozlash ruhida tarbiyalangan yoshlarda nafaqat o’zidan kattalarga nisbatan xurmat va ehtirom hissi, balki oilasi va Vataniga muhabbat, sadoqat hamda mas’ullik hissi ham shakllanadi.

Maktablarimizda o’tkaziladigan tarbiyaviy soatlar, maxsus tadbirlarda nima sababdan 2015-yil keksalarni e’zozlash yili etib belgilanganligining tub mohiyatini yoshlarga tushuntirib berish zarur. Yoshlarga berilayotgan ma’lumotlar va davra suhbatlari asosida o’quvchilar ongida keksalarimizning yonimizda ekanliklari biz uchun naqadar katta suyanch ekanli haqida tushuncha hosil bo’lishi kerak.

O’quvchi yoshlarni o’z mahallalarida yashovchi keksa otaxon va onaxonlar holidan habar olishga, darslaridan bo’sh vaqtlarda ularga ko’maklashishga targ’ib qilish maktab yoshidagi avlodning ma’naviy barkamol bo’lib voyaga yetishlarida muhim rol o’ynaydi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Bitta fikr

  1. keksalarni ezozlash yilini yuklab bering

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*