Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

MADE OF yoki MADE FROM?

MADE OF yoki MADE FROM?

«Made of» va «Made from» iboraviy fe’llari «-dan yasalgan» yoki «-dan tayyorlangan» deb tarjima qilinadi. Bu ikki ibora bir-biriga yaqin ma’noga ega bo’lishiga qaramasdan turli hil holatlarda ishlatiladi. Hamma gap tayyorlanayotgan yoki yasalayotgan narsa uchun ishlatilayotgan xom ashyoda. Tayyorlanayotgan yoki yasalayotgan narsa qaysi xom ashyodan tayyorlangan? Shu narsa tayyor holatga kelgan vaqtda xom ashyo avvalgi xususiyatini saqlab qoldimi, yoki butunlay o’zgardimi? Mana shu savollarga javob topsangiz, «Made of» va «Made from» iboraviy fe’llarini to’g’ri ishlata olasiz.

MADE OF (yoki, «Make of») – «-dan yasalgan» deb tarjima qilinsa to’g’riroq bo’ladi. Chunki bu ibora tayyorlangan narsa tayyor holatga kelgunicha ishlatilgan xom ashyo o’z tabiiy holatini saqlab qolganligini bildiradi. Masalan:

This chair is made of wood – Bu stul yog’ochdan yasalgan (stul yasalishdan oldin ham xom ashyo yog’och edi, stul tayyor holatga kelgandan keyin ham u yog’ochligicha qoldi);

This house is made of brick – Bu uy g’ishtdan qurilgan (uy qurilishidan oldin ham xom ashyo g’isht edi, uy qurilgandan keyin ham u g’isht holatida qoldi);

MADE FROM (yoki, «Make from») – «-dan tayyorlangan» deb tarjima qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki bu ibora biror narsa tayyor maxsulot holiga kelgunicha ishlatilgan xom ashyo to’liq o’x sususiyatini o’zgartirib boshqa bir narsaga aylanganligini bildiradi. Masalan:

This glass is made from sand – Bu shisha qumdan tayyorlangan (hozir u shisha, qumdan tayyorlangan, lekin endi hozir u qum emas, u shishaga aylandi);

Butter is made from milk – Sariyog’ sutdan tayyorlanadi (u hozir sariyog’, sut emas. Tayyor bo’lishidan avval xom ashyo sifatidan sut ishlatilgan, lekin hozir u o’z xususiyatini to’liq o’zgartirib sariyog’ holatiga o’tgan).

Har qanday grammatikaga oid savollaringizga javob berishdan doim xursandman!

MADE OF yoki MADE FROM?” maqolasida 3 fikr

    1. Azamat Xodjakov

      Yaqin kunlarda aynan Siz kutayotgan video roliklarni saytda ko’rish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Saytni kuzatib boring, yangiliklarimizga obuna bo’lib qo’ying, video darslar chiqarilgandan Sizga email yuboriladi.

      Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan