Ko’plikdagi otlarning takror ko’plikda ishlatilishi

Bilamizki, ingliz tilidagi ko’p sonli otlarning ko’plik shaklini yasash uchun otga “S” yoki “ES” qo’shimchasi qo’shiladi. Masalan:
Computer – computers
Book – books
Chair – chairs
Tomatoe – tomatoes
Phone – phones
Ba’zi otlarning ko’plik shaklini yasash uchun esa otning o’zagi to’liq o’zgartiriladi YOKI otning birlik va ko’plish shakllari bir yil yozilish hamda o’qilishga ega bo’ladi. Masalan:
Child – children
Person – people
Sheep – sheep
Goose – geese
Fish – fish
Foot – feet
Endi e’tiborni birlik va ko’plik shakllari bir xil yozilish va o’qilishga ega bo’lgan otlarga qaratamiz:
Fish – fish (baliq – baliqlar)
Bu otning ko’plik shakli “FISH” tarzida yoziladi, grammatik jihatdan “baliqlar”, deb aytishda (otning ko’plish shaklini yasash uchun) “FISH” otiga “S” qo’shimchasi qo’shilmaydi. LEKIN baliqlarning sonini emas, balki ularning turining ko’pligiga e’tibor qaratsak, “FISHES” ishlatsak ham bo’ladi. Quyidagi misollarga e’tibor bering:
I caught 5 fish yesterday – Men kecha 5 ta baliqlar tutdim (baliqlar soni)
There are some fishes here – Bu yerda bir nechta baliqlar bor (baliq turlari)
Bu qoidani boshqa, turlarining ko’pligini ko’rsatish kerak bo’lgan otlarga nisbatan ham ishlatish mumkin. O’zagidan o’zgarib ko’plik shakli yasaladigan otlarga yana takror ko’plik qo’shimchasi qo’shilsa, bu uning turlari haqida gapirilayotganligini anglatadi.
Bundan tashqari rasmiy ingliz tilida ba’zan o’zagidan o’zgarib ko’plik shakli yasalishi kerak bo’lgan otlarning ko’plik shakllari odatiy tarzdagidek, “S” yoki “ES” qo’shimchasi qo’shish orqali yasalishi ham mumkin. Masalan:
Person – Persons (qoida bo’yicha esa People)