Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Kirish. Asosiy tushunchalar.

Kirish. Asosiy tushunchalar.

Video yuqori sifatli bo’lganligi sababli boshlang’ich yuklanishida bir oz kutishingizga to’g’ri kelishi mumkin. Sabrli bo’ling.

Ushbu video dars Raymond Murphy muallifligidagi “Essential grammar in use” kitobi asosida tashkil etilgan. Saytda ushbu kitob asosida tayyorlangan, boshqa grammatik mavzularga oid video darslarni ham topish mumkin. Video darslarni saytim orqali online tizimda ko’rish hamda TAS-IX tarmog’ida 100% bepul yuklab olish imkoniyati mavjud. Video dars haqidagi fikr-mulohazalaringizni hamda mavzuga oid savollaringizni quyida yozib qoldirishingiz mumkin.

Video darsni mana bu tugmani bosish orqali yuklab olish imkoniyatiga egasiz.

Kirish. Asosiy tushunchalar.” maqolasida 86 fikr

      1. Sherzod

        salom azamat aka men sizni fikrlaringizni birinchi bor eshtib turgam bo’lsamda ammo ular juda murakkab tuzilganini payqadim ammo video rolikdan tashqari elektron suhbatni qachon olib borishingizni bilmoqchi edim.

        Javob berish

        1. Azamat Xodjakov

          Aynan qaysi jiyatlardan fikrlarim murakkab ekanligini ayting, iltimos. Men o’rganuvchilarga murakkab emas, osonlik bilan tushuntirishni xohlayman. Hammada ham kamchilik bor. Iltimos, payqagan bo’lsangiz mening tushuntirishimdagi kamchiliklarni ayting. Ularni to’g’rilashga harakat qilaman.
          Online muloqotga kelsak, yaqin kelajakda saytim orqali online konferensiya tashkil qilish imkonini beruvchi yangi sahifa ochmoqchiman. Hozir aynan shu loyiha ustida ishlayapman.
          Yana bir bor iltimos, video darslarimdagi murakkablik haqida batafsil yozing.

          Javob berish

  1. Bobomurod

    Assalomu aleykum ilm o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan do’stlar.
    Azamat aka man xam sizga o’xshab yangilik ulashishni yaxhsi ko’raman aytmoqchimanki speaking ni o’rgatuvchi noyob dasturimga ega man shuni o’z xalqimga xususan ingliz tiliga qiziquvchilarga ulashmoqchiman buning uchun nima qilishni maslahat berasiz. sizga yetirsam uni shu saytga xam qo’ysangiz yaxhsi bo’lardi. javobizni kutaman. deb xurmat ila Muratov Bobomurod. “Mr BoB”

    Javob berish

  2. shaxzod

    Avallam bor hammaga salom. Men bu saytda o’zimga juda foydali malumtlar olyapman. Bu saytni tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiraman.

    Javob berish

  3. kdsEDmoNDkds

    Assalamu alaykum qadrli sayt ijodkorlari Assalomu alaykum qadrli sayt foydalanuvchilari. Men bu saytda yangiman sayt judayam zo’r ekan sayt ijodkorlariga raxmat va omad iloji bo’lsa video darslikni qolgan qismlarini xam tezroq qo’shinglar

    Javob berish

  4. Javohir

    Azamat aka assalom aleykum sizga bir savolim bor edi maslaxatingiz kerak man ijtimoiy yo`nalish bo`yicha instutga tayorgarlik ko`rvoman xamma o`qishlarim yahshi lekin ingliz tilidan biroz qiyin bo`voti qanday maslahat bera olasiz javob uchun oldindan rahmat

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Faqat o’qishingizni maslahat beraman, Sizning holatingizda o’zingizga faqat o’zingiz yordam bera olasiz. Ruhiyatingizni ko’taring, ingliz tilini albatta o’rganasiz, o’rganishingizga va o’qishga kira olishingizga Sizda ishonch bo’lsa bo’lgani! Ishoning, Siz uddalaysiz! Faqat yaxshiroq o’qing.

      Javob berish

  5. Javohir

    rahmat Azamat aka maslaxatingiz uchun. Sizdan 1 2 ta narsalarni so`ramoqchidim aniqrog`i artikl mavzusiga oid masalan mana bu misolarni ko`rib bersangiz:
    1. In his eyes I saw… hate that no man could feel for …enemy.
    2. Yesterday we were at … meeting organized by … organization … “KAMOLOT”
    3. We had … very good wather while we were on … holiday

    misolning birinchisida 2 la joyiga the artiklini qo`ydim
    ikkinchisida esa the/ – / the ni qo`ydim
    uchinchisida esa a / the artiklarini qo`ydim lekin noto`gri chiqdi

    Agar iloji bo`lsa nega no`tog`ri boganligini va artiklarning ishlatilishi haqida biroz ma`limot bera olmaysizmi qiyinlari haqida. Atoqli otlar bilan ishlatilishi va boshqa shunga o`xshagan joylarda ishlatilishini bilaman lekin mantiqiy fikrlab qo`yish kerak bo`lgan joylarga qo`ysam ko`pi xato chiqmoqda. javobingiz uchun oldindan rahmat

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      1. In his eyes I saw the hate that no man could feel for an enemy (the hate – aniqlashtirilganligi uchun, an enemy – har qanday dushmanga nisbatan).
      2. Yesterday we were at the meeting organized by the organisation “Kamolot” (the meeting – qaysi ekanligi aniq ko’rsatilganligi uchun, the organisation – nomi aniq keltirilganligi uchun, (artiklsiz) “Kamolot” – organisation so’zidan oldin qo’yganligimiz uchun, agar tashkilot nomi boshqa holatda kelganida aniq artikl qo’yilar edi, masalan, The Kamolot is an organisation which unites the youth of Uzbekistan).
      3. We had a very good weather while we were on holiday (bu yerda, menimcha hammasi tushunarli).

      Javob berish

      1. Azamat Xodjakov

        Ko’proq so’z yodlang, til grammatikasini o’rganing, kitoblar o’qing, yaxshi repetitor topib qo’shimcha darslarga qatnashing, saytimdagi video darslarni yuklab olib ular asosida ingliz tilini o’rganing. O’rganishingiz davomida har qanday savol payda bo’lsa saytimga yozib qo’ying, imkon qadar o’rganishingizda yordam beraman!

        Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan