Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / Katalog-saytlarga ehtiyoj

Katalog-saytlarga ehtiyoj

O’zbek tilidagi saytlar ichida katalog-saytlar kam. Yangilikka yo’naltirilgan saytlarimiz juda ko’p, ularda berilayotgan xabarlar ko’plab nusxa va shakllarda boshqa saytlarda ham beriladi. Ammo ma’lum bir yo’nalishga asoslangan, o’ziga xos ma’lumotni asosiy mavzu qilib olib, uni bitta domenda jamlashga ixtisoslashgan katalog-saytlar juda kam. Bunday saytlarning ko’payishi ko’pchiligimiz e’tibor qilmayotgan yo’nalishdagi kamyob ma’lumotlarning oson topilishiga bir turtki bo’lardi. Ushbu maqolada ma’lum yo’nalishga bag’ishlangan katalog-saytlarning tashkil etilishi xususida yozmoqchiman.

«Qanday turdagi sayt yaratsam ekan?», «Qanaqa sayt bilan ko’proq tashrif buyuruvchilar yoki foydalanuvchilarga ega bo’lish mumkin?», degan savollar yangi sayt ochish istagida bo’lgan har qanday kishini qiynashi tabiiy. Saytlar kundan-kunga ko’payib borayotgan hozirgi vaqtda foydalanuvchilarning o’zlari ularning eng yaxshilarini tabiiy tarzda saralab berishmoqda. Odamlarga yaxshi, sifatli ma’lumot kerak. Bu ma’lumotlar boshqa saytlarda chop etilmagan, «birinchi qo’ldan» bo’lsa yana ham yaxshiroq.

Shaxsan men yangiliklar saytidan zerikkanman. O’zim duch keladigan o’zbek tilidagi saytlarning har o’ntasidan ikkitasi yangiliklarga asoslangan sayt bo’lib chiqayapti. Sayt tayyorlamoqchi bo’lgan yoki sayt tayyorlatib, uni yuritishga harakat qilayotganlar yangiliklardan ham boshqa yo’nalishlar borligi, boshqa yo’nalishlarda ham sayt yuritish mumkinligi haqida o’ylab ko’rishsa yaxshi bo’lar edi.

Katalog-sayt hamma narsani o’zida jamlab, hammani o’ziga qarata olmasligi mumkin, ammo o’zi asoslangan bitta yo’nalishda sifatli ma’lumotni yig’ib, o’ziga xos sifatli tashrif buyuruvchilarni jamlay olishi mumkin. Katalog-sayt aynan bitta yo’nalishga asoslangan bo’lganligi sababli unda bitta yo’nalishning eng sifatsiz ma’lumotidan boshlab oliy sifatlisigacha bo’lganlari yig’iladi. Bu esa shu yo’nalish haqida gap ketganda aynan o’sha katalog-sayt haqida eslashlarini kafolatlashi mumkin.

Bizda katalog-saytlar kam. Tijorat nuqtalari (yoki shaxslari)ni YellowPages katalogi qoyilmaqom tarzda bir necha yillik baza bilan jamlay olgan. Teliston.uz saytini kamina O’zbekiton telefon raqamlari katalogiga aylantirish niyatida ochgan edim. Ulugov.uz domenida esa TAS-IX doirasiga kiruvchi saytlar katalogi yaratilgan. Bu kabi katalog-saytlardan yana bir nechtasini sanab o’tish mumkin. Ammo zamon talabidan kelib chiqqan holda ularning soni yetarli emas, deb baholasak bo’ladi.

Hozir sayt ochish ostonasida turganlarning kamdan-kam qismi o’ylab ko’rishi mumkin bo’lgan ajoyib katalog-sayt go’yalari bor. Masalan, quyidagi mavzularda katalog-sayt tayyorlash mumkin:

  • Ehsonga muxtoj shaxslar yoki loyihalar katalogi;
  • Ma’lum kasbdagi tadbirkorlar katalogi (sartarosh, tikuvchi, mashina ustasi…);
  • Ma’lum fan repetitorlari (o’quv kurslari) katalogi;
  • Ma’lum bir hobbi (akvarium baliqlari, gul o’stirish) katalogi;
  • Qaysidir bir o’yin (Clash of Clans, WoW, CS) katalogi;
  • Sevimli filmlar (qo’shiqlar, kliplar) katalogi;
  • G’oyalar va fikrlar katalogi…

Bulardan boshqa yana o’nlab yangi, hozirgacha yaratilmagan kataloglarga asos solish mumkin. O’zingizga qiziq bo’lgan mavzuga asoslangan katalog yaratsangiz, unga ma’lumot joylashingiz davomli va qiziqarli mashg’ulotga aylanadi. Bu esa Siz yaratgan katalogning ma’lumotlarga boy, boshqalar uchun ham qiziqarli bo’lishiga olib keladi.

Agar yangi sayt yaratish yoki imkon boricha hech kimnikiga o’xshamaydigan sayt tayyorlash haqida o’ylayotgan bo’lsangiz, ushbu maqolada keltirib o’tilgan katalog-sayt g’oyasi haqida ham o’ylab ko’rishingizni tavsiya qilaman. O’zbek tilida yuritiladigan saytlar ichida katalog-saytlarga bo’lgan ehtiyoj yuqori darajada.

Abituriyentlar uchun test formulalari

7 ta fikr

  1. Azamat oka fkrizga qo’shilaman lekn ozbek tildamas rus tilda yoki rus va ozbek tilda yaratish kerak ato bizada ozbelani juda kop qismi saytlardan foydalanish tugul internet nimaligni chumidi sayt yoki qandaydur dasturdan foydalanuvchlarini juda kop soni zamonaviy ozbeklar yoki ruslar ular ozbek tildan kora rus tilda koproq gaplashadi ! end shu foydalanuvchilar diqqatini oshrish juda qiyin chunki ular kerakli ma’lumotni googel orqali yani rus evro saytlari orqali topadilar !

  2. Azamat aka manabu saytga nima deysiz? Ika.Uz – Ishoralarni kamaytirish sayti! TAS-IX da yagona. Men yaratgan sayt.

  3. Bizda ikkita muammo bor. Birinchisi, bunaqa ‘aqilli’ rejalarga qaysi aqilli qol uradi? Ikkinchidan katalog izlab saytga kiradigan yoshlarimizning aksariyati bundan qoniqmasligi snow. Chunki men ular aynan nima qidirishlarini yaxshi bilaman. Mayli, agar biror kasb vakillar yoki bo’sh ish orinlari katalogi qilinsa, reklama arzon, natija esa yaxshi bo’lardi

  4. Shu yerdan ma’lumki hamma izoh qoldirgan shaxslar o’zi internet nima ekanligini umuman tushunmaydi. Birinchi izoh qoldirgan Samir ismli shaxs rus tilida ochish kerak deydi, o’zbeklar internetdan foydalanishni bilmaydi deydi, bu ma’lumot qayerdan olinganli umuman asoslanmagan. O’zi shu shaxs o’zbek tilida imlo xatolarisiz yozishni bilmaydiku… Google Analytics va LiveInternet ga ishonadigan bo’lsak, o’zbek tilida ma’lumot qidiruvchilar yetralicha, agar kimni qo’lidan kelsa, foydasini ham ko’radi. Samirga maslahatim, google keywordplanner biroz murakkab, yaxshisi wordstat.yandex.ru saytiga kirib, e hohlagan so’z birikmasini yozib ko’rsin. Shunda biladi o’zbeklar internetdan qanday foydalanishni «bilmasligini». Sherzodbek, bu sayt WordPress da yaratilgan, buni sayt yaratuvchisi ham inkor qila olmaydi. Jamshid, agar ikki-uchta dastuchi bo’lsa bemalol ochsa bo’ladi. Umuman olganda bunday katalogni WordPressda ochsa ham bo’ladi. Faqat bitta narsa, bizni odamlar shu o’zbek tilida to’g’ri yoza olishni o’rganishsa bo’ldi. 90% yoshlar bilmasam qayerdan olib yozadi, «ostiriw», «sayt yaratiw», «ozib ketvomman» kabilida.

    • Bakha, men sizga ishonch bilan aytishim mumkin, bu sayt WordPressda emas. Balkim WordPressda qilsa bo’lar, men ishlatmaganman. Uni ustiga bu meni birinchi yaratgan saytim emas. Bir nechta saytlarim bor. Bu saytni shunchaki misol uchun yozgan edi. Keyin imlo hatoga kelsak, hamma to’g’ri va hatolarsiz yozadi. Menimcha siz birinchi martta internetga kirib olib, o’zingizni aqlli-yu, qolganlarni aqlsiz deb o’ylamang. Siz aytgan yozish shunchaki internetda tez yozuvchilar tomonidan o’ylab topilgan qisqatmalar holos. Sizga maslahatim avval yaxshilab internetni aylanib chiqing va qolganlarni sal hurmat qilishni o’rganing!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*