Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Kasb tanlash

Kasb tanlash

Buyuk yozuvchilardan biri shunday degan edi: “Hayotda Siz uchun eng sevimli bo’lgan kasbni tanlab va Siz bir umr ishga bormaysiz”. Agar kishi o’z sevgan kasbida ishlayotgan bo’lsa u hech qachon har ertalab o’zini ishga ketayapman, deb hisoblamaydi. O’z sevgan kasbi bilan shug’ullanish kishiga zavq, xursandchilik, shijoat, rag’bat hamda ma’naviy ozuqa beradi. O’zi yoqtirgan ishni qilayotgan kishi vaqt qanchalar tez o’tib ketganligini sezmay qoladi, u hech qachon bajarayotgan ishidan charchamaydi.

Bugun dunyo bo’ylab qanchadan-qancha kishi zavod-fabrikalarda, idoralarda, avtomobillarda, ish maydonlarida ish vaqtining tezroq tugashini intizorlik bilan kutib, tushlik vaqtining tezroq kelishi ilinjida soatga ma’yus termulib o’tirishadi. Bu toifadagi kishilar, o’z haddi-harakatlaridan ma’lumki, o’zlari yoqtirgan mashg’ulotni o’z kasblari sifatida tanlashmagan. Ya’ni, ular o’zlariga yoqmaydigan kasb bilan shug’ullanuvchi kishilardir.

Ba’zilar “Kishi bajarayotgan ishidan katta daromad olsa bo’ldi-da, kasb kishiga katta pul keltirsa bo’lgani, uning qilayotgan ishi o’ziga yoqishi ikkinchi darajali”, deb hisoblashadi. Ammo hech bir kishi kasbidan zavqlana olmas ekan, o’z bajarayotgan faoliyati orqali katta daromadga erisha olmaydi. Balki biror kishi shug’ullanayotgan kasb katta foyda keltiradigan ishdir, balki kimlardir shu kasb ortidan katta daromadga erishayotgandir, ammo bu kasbning egasida o’z ishiga nisbatan qiziqish va zavqlanish bo’lmasa, u hech qachon o’z kasbidan barakat topa olmaydi.

Shundan kelib chiqqan holda bugun haqiqiy hayotda kasbidan zavqlana olganlarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini, o’z kasbini yomon ko’rganlarning esa kunni zerikarli bekorchilik bilan o’tkazishayotganligini ko’rishimiz mumkin. Bunday sharoitda o’z kasbini sevgan, qilayotgan ishidan zavqlana olgan oddiy poyafzal ta’mirlovchisi bugungi kunda milliardlab foyda ko’rish mumkin bo’lgan ilg’or tashkilotda yetuk mutaxassis sifatida ishlovchi, ammo o’z kasbini yomon ko’radigan, qilayotgan ishidan zavq topa olmaydigan kishidan ancha ko’proq foyda ko’rishi mumkin.

Ishoning, kasb – bu faqat pul topish usuli emas, balki hayotingizning katta qismini mazmunli o’tkazish vositasi sifatida ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Agar Siz hozirgi yoshingizda kelajakda shug’ullanishingiz uchun kasb tanlayotgan bo’lsangiz, faqatgina bu kasbdan Sizga keladigan moddiy daromadni emas, balki undan olishingiz kerak bo’lgan ma’naviy ozuqani ham hisobga oling. Bordi-yu Siz allaqachon biror kasbga ega bo’lsangiz, ammo bu kasb Sizning sevimli kasbingiz bo’lmasa, qilayotgan ishingizdan zavqlana olmasangiz, o’z bajarayotgan ishingizda xursandchilik, ma’no topishga intiling. Bajarayotgan ishingizdan zavqlanishni o’rganing. Agar buning iloji bo’lmasa, kasbingizni imkon qadar o’zingiz zavqlanib ishlaydigan faoliyat turiga o’zgartirishga harakat qiling.

Unutmang, Siz kasbingizda jon saqlashingiz emas, balki yashashingiz kerak. Shundagina qilayotgan ishingiz Sizning haqiqiy sevimli kasbingiz hisoblanadi!

Kasb tanlash” maqolasida 40 fikr

      1. Нурка

        Мен келажакта бизнесмен болман деганга кошыкмы уоки матын уозыб берсангиз

        Javob berish

    1. Elmurod

      Maqola yaxshi o‘qib vaqtimga achinmadim.
      Lekin iltimos qilardim keyingi maqolalarizda O‘zbekistondagi kasblarga yo‘naltirib maqola yozishingizni.
      Masal: shifokor bo‘seng biologiya ximiya ona~tili adabiyotni o‘qisan
      Shunga o‘xshan bir 20 xil kasbni tanlash uchun tashlanadigon birinchi qadamlarni tashlashni o‘rgatish kerak.

      Javob berish

      1. Kamronbek

        Kasb tanlash bu hayotimizning ajralmas qismidir kasb tanlash biz uchun muhim bir voqea desam ham xato bo’maydi chunki shu kasb orqali biz ertangi kunimizni qanday o’tishini belgilab qo’yamiz.

        Javob berish

    2. Oʻktam Anorboyev

      Ha hozirgi kunda yoshlarga kasb tanlash judaham qiyin yuqoridagi gaplar manga ancha maqul boʻldi oʻylaymanki oʻzm hohlagan kasbdan bormoqdaman

      Javob berish

    3. Shaxzoda

      Tòģrisi men bu matnni òqib yaxshi foyda oldim.Men òzimga yoqmagan kasbni tanlagan edim chunki bu ota-onamni xoxishi edi. Lekin men bu matnni òqib shuni tushundimki òzimni xohishim bilan kasb tanlashim kerak ekan.

      Javob berish

  1. Sirojiddin

    qaysi kasbdan zavqlanishni qandey bilsa bo`ladi muammo shunda. Kasbni sizga yoqish yoqmasligini unda ishlab ko`rib bilasiz lekin ko`p kasblarda ishlab ko`rishni ilojisi yo`q

    Javob berish

  2. Madinabonu

    Assalomu alaykum qaysi tildan tarjima qilgansiz bilmadimku lekin bir ikki tuzatishlar kiritishingiz kerak ekan l. Fikrlar to’g’ri faqat “o’zing o’rniga qo’yib o’qib ol” degandek yozilgan

    Javob berish

  3. Nodira

    Maqolada yaxshi mavzuni yoritib beribsiz katta rahmat, O`zbekistondagi kasblar bo`yicha ko`proq ma`lumot berishingizni iltimos qilamiz.

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan