Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Kalit so’z va bo’limlarning WordPress tizimidagi farqi

Kalit so’z va bo’limlarning WordPress tizimidagi farqi

Kalit so’z va bo’limlarni saytingizda qaysi holatda ishlatishni bilasiz. Ammo ular o’rtasidagi farq borligiga har doim ham ahamiyat bermasligingiz mumkin. Saytingizning Google va boshqa qidiruv mashinalarida ko’rinishiga, umumiy SEO holatiga katta ta’sir ko’rsatadigan kalit so’zlar va ularninig bo’limlarga nisbatan muhimroq o’rni haqida o’rganib chiqing.

Kalit so’z va bo’limlar

WordPress tizimidagi kalit so’z haqida alohida maqola bor. Bo’limlar ham huddi kalit so’zlar kabi tizimda maqolalarni guruhlash uchun ishlatiladi. Ular o’tasidagi asosiy farq – bo’limlar maqolalarni eng katta mazmuniy guruhga ko’ra birlashtirsa, kalit so’zlar maqolalarni eng aniq, tor doiradagi mazmunga ko’ra guruhlashtiradi.

Sayt yaratish jarayonida kalit so’zlarga alohida e’tibor qaratiladi. Chunki ular saytning SEO holatiga katta ta’sir o’tkazadi. Agar saytingiz Google natijalarida qaysidir qidiruv iborasiga ko’ra yuqoriroq o’rinda ko’rinishini istasangiz, o’zingiz ishlatayotgan kalit so’zlarga e’tibor qarating. Kalit so’zlar yozayotgan maqolalaringizning qidiruv mashinalariga beradigan vizit kartochkasi bo’lishi kerak.

Bo’lim guruhlashi

WordPressda bo’limlar ishi shajaralashtirilgan. Bunda bir bo’lim boshqa bir bo’limning bolasi bo’lishi, yoki qaysidir bo’lim boshqa bir bo’limning otasi bo’lishi mumkin. Shajaralash maqolalarni tizimli guruhlangan holda ko’rsatishni ta’minlaydi. Bundan tashqari ota bo’limda undan quyi turuvchi barcha bola bo’limlarning maqolalarini ko’rish mumkinligi bo’limlarga moslashuvchanlik xususiyatini beradi.

Sayt tayyorlash jarayonida bo’limlar bilan ko’p ishlanadi. Ular maqolalarning asosiy birlashtiruvchisi vazifasida qo’llaniladi.

Kalit so’z guruhlashi

Kalit so’zlar bo’limlarga nisbatan kichikroq birlik hisoblanadi. Bo’limlardan farqli ravishda, bir mavzudagi maqolaga turli mavzuga oid bir nechta kalit so’zlar ishlatilishi mumkin. Bunda har bir kalit so’zni maqolaning qaysidir qismida keltirilgan fikrni ifodalash uchun ishlatiladi, deb olish mumkin.

Misol tariqasida quyidagi holatga e’tibor bering: Siz Laravel bilan sayt yaratish mavzusiga oid maqola yozayapsiz. Maqola mazmuniga ko’ra Web dasturlash guruhiga oid bo’ladi va tabiiyki, aynan shu bo’limga joylashtiriladi. Maqolani yozish jarayonida nafaqat web dasturlash, balki boshqa mavzularni ham yoritishingizga to’g’ri kelishi mumkin. Masalan, Laravel ishlashi uchun muhit tashkil qilinishi haqida yozib turib Windows yoki Linux tizimlari, turli xil protokollar, foydalanuvchilarning qaysi qurilmalardan ko’proq foydalanishi kabi mavzularni yoritishingizga to’g’ri keladi. Bunda maqolangizga «linux», «windows», «HTTPS», «mobile», «android» kabi web dasturlashga to’g’ridan-to’g’ri aloqasi bo’lmagan kalit so’zlarni kiritsangiz ham bo’ladi.

Qidiruv mashinalari, xususan Google, saytingizdagi ma’lumotlarni aynan kalit so’zlarga birinchi ahamiyatni qaratgan holda indekslaydi. Demak, saytingiz SEOsini yaxshilamoqchi bo’lsangiz, undagi kalit so’zlarni aql bilan tanlashga va ishlatishga harakat qilishingiz kerak.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan