Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / Jahl chiqqanda idish sindirib, o’zini bosib olish xonasi

Jahl chiqqanda idish sindirib, o’zini bosib olish xonasi

Jahl chiqqanda idishlarni sindirish odati faqat Xusan Sharipovning «Paxtakor» yutqazib qo’ygan vaqtini tasvirlagan eski hajviy intermediada kulguli bo’lishi uchun ko’rsatilgan, deb o’ylasam, aslida bu usulda jahlini bosib, o’ziga kelib oladiganlar ko’p ekan.

Jahlingiz chiqqanda nima qilasiz? Baqirasiz, yoningizda turgan johozlarni tepasiz va albatta (xitoyliklar singari) qo’lingizga ilingan idishni devorga urib sindirishga harakat qilasiz. Ammo singan idishlar, uy jihozlariga yetkazilgan zarar va Sizning ko’p vaqt asabiylashib yurishingiz zararlarini qoplash juda qimmatga tushishi mumkin.

Buni tushungan xitoyliklar mahsus jahl chiqqanda idish sindirib, o’zini bosib olish xonasini tashkil etishdi. Bu xonaga kirib, jahlni chiqaradigan, asabiylashib turgan holingizda Sizni yanada vahshiylashtiradigan baland ovozli musiqani eshitasiz va avvaldan tayyorlab qo’yilgan idishlarni qo’lingizga olib birma-bir devorga g’azab bilan urib sindiraverasiz. So’kinishingiz, baqirishingiz va hatto xohlasangiz xonadagi jihozlarni oyog’ingizni sindirish darajasida qattiq tepishingizga ham ruxsat beriladi.

Jahlingizni bosib, sindirish xonasidan chiqqaningizdan keyin singan idishlar va xonani singan idishlar bo’laklaridan yig’ishtirib olish xizmati uchun pul to’lashingiz kerak bo’ladi. Idishlar narhi hajmiga qarab. Kattaroq idish sindirgan bo’lsangiz, qimmatroq narx to’laysiz. Xonaga kirish narxi esa 200 yen.

Bu antiqa xizmat turidan foydalanganlar xonadan chiqishda jahllari to’liq bosilganligini va o’zlarini juda yaxshi his qilayotganliklarini aytishgan. Bilmadim, balki jahl chiqqan vaqtda idishlarni sindirib bezorilik qilish rostdan ham yaxshi natija berar…

Abituriyentlar uchun test formulalari

4 ta fikr

  1. khe khe ajoyib ekanu

  2. Lekin qimmatga tushadi undan ko’ra to’p tepgan yaxshi stadionda

  3. Jahlidan tushgandan so’ng, xona va singan idishlar pulini to’lash vaqtida qaytib xonaga kirib ketmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*