Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Internetda pul ishlashga qanchalik tayyorsiz?

Internetda pul ishlashga qanchalik tayyorsiz?

So’nggi kuzatishlarim natijasi o’zbek saytlarining bir toifa adminlari saytlari orqali pul ishlash, pulni tezroq olish, qanday qilib naqd qilish, to’lov usullaridagi sharoitlar bilan ortiqcha qiziqishlari, ammo saytlari va undagi ma’lumotlari pul ishlashga umuman tayyor emasligini ko’rsatdi. O’zbek tilidagi saytlar bilan pul ishlash boshqa tillardagi saytlarga nisbatan ancha qiyinroq ekanligini yaxshi bilamiz. Ammo o’zbek tilidagi sayt bilan pul ishlash imkoniyatini kengaytirish ham har birimizga bog’liq ekanligini unutmasligimiz kerak. Ushbu maqolada aynan internet orqali pul ishlash jarayoniga o’zbek adminlarining tayyorlik darajasi haqida yozmoqchiman.

O’zbek tilidagi saytlar adminlarining saytga bo’lgan munosabatini o’zgartirishimiz kerak. Har bir kishi o’z saytiga birinchi navbatda daromad olish maqsadi bilan qarashga odatlanib qolgan. «Men saytimga bir yilda 200 ming so’m xarajat qilayapman, vaqtimni ayamasdan ma’lumot joylayapman, ammo u menga bir yildan buyon hatto o’zining xarajatini ham qoplab bermadi», deydiganlar topiladi. Bunday adminga ega bo’lgan saytlarning rivojlanishi ham, daromad olishi ham juda qiyin. Saytimizga o’zligimizning ifodasi, qiziqishlarimizning ramzi sifatida qarash vaqti keldi!

Tasavvur qilib ko’ring, Siz 2030-yildasiz. O’zbekistonda internet va saytlarning ahvoli tubdan o’zgargan. AdSense va boshqa yirik reklama kompaniyalari O’zbekiston saytlari bilan ishlayapti. PayPal kabi onlayn to’lov usullaridan foydalangan holda o’zbek tilidagi saytlarda hech qanday muammosiz savdo qilish imkoniyati yaratilgan. Milliy saytlarimiz uchun o’zbekistonlik foydalanuvchilarning o’zilari yetib ortishiga qaramasdan xorijlik tashrif buyuruvchilar ham saytlarimizdan foydalanishadi…

Tasavvur qilib oldingizmi? Endi shuncha sharoitga mos saytimiz, ma’lumotimiz bor yoki yo’qligiga e’tibor bering. Sizga berilishi mumkin bo’lgan imkoniyatlarga tayyormisiz? Saytlarimiz, ma’lumotlarimiz bunga arziydimi?

Internet orqali pul ishlash deganda nafaqat saytlar orqali, balki ijtimoiy tarmoqlardagi profillar, guruhlar va sahifa/kanallar orqali daromad ko’rishni ham tushunish mumkin. Ularda ham ko’pincha huddi saytlardagidek muammo: daromad olishga qo’yilgan talab juda katta, lekin shunga yarasha foydali ma’lumot kam. Bu holat aksincha bo’lganda edi, ma’lumotlar hammaga har tomonlama foyda keltirardi.

Nima qilish kerak? Saytingiz bormi, profil yoki kanalingizmi – farqi yo’q. Har qanday holatda ham u mukammal darajaga yetmagunicha unga daromad manbasi sifatida qaramang. E’tiboringizni sayt (yoki boshqa platformangizning) holati, ichidagi ma’lumotlari, ular foydalanuvchiga qanchalik manzur bo’lishiga qarating. Dizayndagi har bir kichik detal, bir chiziq yoki nuqtachani bo’lsa ham mukammallashtiring. Joylayotgan ma’lumotlaringizning har bir harfiga e’tiborli bo’ling. Doim tashrif buyuruvchini birinchi o’ringa qo’ying. Sizning ma’lumotlaringizni o’quvchilar nimani ko’proq xohlashsa faqat shu narsani takomillashtirishga harakat qiling.

Foydalanuvchi birinchi o’ringa qo’yilib, faoliyat boshida daromadga ikkinchi darajali masala sifatida qaralgandagina saytning qiymati oshishi mumkin. Hali yo’q saytingizdan daromad kutmang. Daromadga arzimaydigan ma’lumotlaringiz qiymatini oshirishga harakat qiling.

Kelajakda aynan internet orqali pul ishlash sohasida Sizning saytingiz yoki boshqa resursingiz birinchi o’rinda bo’lishini istasangiz hozirdan, bugundan harakatni boshlang. Uzoqni ko’zlab ish qilishga harakat qiling.

Ushbu maqola saytlaringizni yanada yaxshiroq yuritishingiz, tartibga solishingiz va yangi loyihalarni puxtaroq amalga oshirishingizga turtki bo’ladi, degan umiddaman.

Internetda pul ishlashga qanchalik tayyorsiz?” maqolasida 4 fikr

  1. Ibrohim

    Va yana aniq va uzoqni ko’zlangan reja tuzib olish. Oldinga aniq maqsad qo’yish kerak. Bunday narsalarni inson o’zining hayotiy tajribasi va aqliy rivojlanishi mobaynida paydo bo’laverar ekan. Aytilganidek hatto oddiy narsani ham (faqat foydali bo’lsin) mukammal qiling.

    Javob berish

  2. Zuhriddin

    Sizga katta raxmat. Sizni saytingiz yuqoridagi fikrlarga to‘la mos keladi. Nasib qilsa, men ham sizni saytiz saviyasidagi kabi sayt ochaman. Albatta, mavzusi boshqacha bo‘ladi.

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan