Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Internet orqali video montaj bilan pul ishlash uchun 8 ta sayt

Internet orqali video montaj bilan pul ishlash uchun 8 ta sayt

Maqola sarlavhasidan kelib chiqib «Faqat video montaj bilan shug’ullansam bo’ldi ekan», degan hayolga bormang. Quyida keltiriladigan 8 sayt orqali pul ishlashingiz uchun video montaj bilan yaxshi shug’ullana olishingiz bilan bir qatorda yaratuvchanlik va ma’lum bir sohada bilim/qobiliyatga ega bo’lishingiz ham talab etiladi. Bu ish biz odatlanib qolgan to’y yoki bazm tasviri tushurilgan videoni montaj qilish ishi emas, balki asosiy kasb sifatida uzoq yillar davomida mashg’ul bo’lish mumkin bo’lgan haqiqiy soha hisoblanadi.

Ushbu maqolada asosiy gap video materiallarni tayyorlab, ularni keng jamoatchilikka taqdim etish haqida boradi. Kengroq fikrlab, o’z mavzularini keraklicha yo’naltira olgan kishi esa albatta bu sohada anchagina daromad ko’rishi mumkin.

Maqolamizda faqat xorijiy video saytlar va manbalar haqida fikr yuritamiz. O’zbekistonda TAS-IX tizimida video ko’rishga ishtiyoqmandlar juda ko’p. Albatta, tashqi traffikning tugab qolishidan qo’rqib faqat milliy saytlarimizdan video ko’ruvchilar talaygin. Ammo bizda YouTube kabi video gigantlar orqali video ko’ruvchilar ham kam emas. Bizda internetning kun sayin yaxshilanayotganligini va bundan keyin tashqi traffik, TAS-IX traffik degan tushunchalar o’rtasidagi farqning yo’qolib borayotganligini hisobga olsak, maqolada keltiriladigan manbalar va saytlarning ahamiyati, foydali jihatlari bugungi kunda va bundan keyingi kelajakda ortib borishini bilib olish mumkin.

Video montaj orqali video roliklar tayyorlashda quyidagi foydali saytlardan foydalaning:

YOUTUBE – Hech qanday izohga xojat yo’q, deb o’ylayman. Video orqali pul ishlash uchun eng yaxshi sayt. Millionlab tomoshabinlarni jamlay olgan katta televideniyaga o’xshatish mumkin bu saytni. O’z efiringizga bepul ega bo’lishingiz va qiziqarli ma’lumotlar jamlangan roliklaringiz bilan dunyoga tanilishingiz mumkin. Videolaringizni ko’rayotgan foydalanuvchilar oqimini esa o’zingiz istagan saytga yo’naltirishingiz juda oson bo’ladi.

AOL ON – Yangi narsalarni video darslar asosida o’rgatishga asoslangan ajoyib sayt. Nimadir yasashni bilasizmi? O’zingiz bilgan nimanidir boshqalarga o’rgatmoqchimisiz? Unda bu sayt orqali video roliklaringizni mashxur qilib, u orqali yaxshigina daromad ko’rishingiz mumkin.

METACAFE – Mashxur video portal. Bu portal YouTube singari yirik bo’lmasa ham, bugungi kunda o’zining o’rniga ega bo’lishga ulgurgan. Bu saytga ham YouTube muqobili sifatida qarashingiz mumkin.

CAMTASIA STUDIO – Video darslar tayyorlash uchun juda qulay dastur. Unda darslarni tayyorlashingiz uchun barcha imkoniyatlar bor. Saytimdagi ingliz tili video darslari ham huddi shu dastur yordamida tayyorlangan.

VIMEO – Video darslarni yuklash va millionlab tomoshabinlar e’tiborini tortish uchun yaxshi sayt.

FLIXYA – Yaxshi video manbalar bilan bir oyda milliondan ortiq tomoshabinlarni yig’ishingiz mumkin. YouTubedan keyin Flixya yaqida jiddiyroq o’ylab ko’rishingizni tavsiya etaman – video darslar uchun juda qulay sayt!

INSTRUCTABLES – Faqat video darslar, o’rgatuvchi roliklar va nimani qanday qilib bajarish kerakligini ko’rsatgan qiziqarli video ma’lumotlar sayti. Yaratuvchanligingiz, bilimingiz va video montajdagi mahoratingiz bilan bu sayt orqali yaxshigina daromad olishingiz mumkin.

SCREENCASTOMATIC – Camtasia Studioning muqobili. Video darslar va o’rgatuvchi roliklar tayyorlash uchun qulay, ajoyib dastur!

Xulosa o’rnida video tayyorlash bilan internet orqali qanday qilib pul ishlash mumkinligi haqida to’xtalmoqchiman. Ushbu maqolani o’qigandan so’ng ko’pchilikda «Men video montajni bilaman, qanday qilib internetda pul ishlashim mumkin?» degan savol tug’ilishi mumkin. Agar Sizda bunday savol tug’ilgan bo’lsa, Siz internet orqali video montaj bilan pul ishlash fikridan qaytganingiz ma’qul. Chunki montajni bila turib, video dars tayyorlashni uddalay olib, uni qanday qilib pul keltiradigan manbaga aylantirishni o’ylab topa olmaydigan kishi bu sohaga kirmagani ma’qul. Hammasi o’z yaratuvchanligingiz, fantaziyangiz va tadbirkorligingizga bog’liq.

Millionlab tomoshabinga ega xalqaro televideniyaga ega bo’lgan holda u orqali qanday qilib pul ishlash mumkinligini tushunib yetganlarga omad tilayman!

Internet orqali video montaj bilan pul ishlash uchun 8 ta sayt” maqolasida 9 fikr

  1. Saber

    Sizlarga dustona maslahat:
    Quyidagi programmalar bilan ishlashni urganish kerak:
    1.After effects,Primeri,NUKE
    2.maya,3d max,modo

    Javob berish

  2. Mirjalol

    Assalomu Aleykum! Boshlanishiga oyiga 100$ ishlash uchun tayorlangan video qancha obunachi, yoki qancha prosmotr , bo’lishi kerak? Like bosish daromadga qanday aloqasi bor? Pulni qanday yechish mumbling?

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan