Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / Internet orqali pul topishda ta’limning ahamiyati

Internet orqali pul topishda ta’limning ahamiyati

Bugungi kunda «Internet orqali qanday qilib pul ishlab topsam bo’ladi?» degan savol haqida o’ylayotganlar juda ko’p. Saytim orqali ham, telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali ham bu savolni ko’p bor so’rashgan. O’zim bir necha yillar avval internet orqali pul ishlash, daromadning 100% qismini shaxsiy sayt orqali olish, sayt yuritishni asosiy ish faoliyatiga aylantirish haqida chuqur o’ylab, izlanganimda bir haqiqat asosida o’zim uchun xulosa yasaganman. «O’zingning hamma narsadan ham ko’ra ko’proq yoqtiradigan ishni aniqlab ol va shu ishni boshqa hammaga nisbatan yaxshiroq bajarishni o’rgan», degan gap nafaqat internet orqali pul ishlab topish sohasidagi qarashlarimni ijobiy tomonga o’zgartirib yuborgan, balki hozirga qadar ham har bir kasbiy qarorimda yodimda saqlanadi.

O’zingizni qiziqtirgan, o’zingiz yoqtirgan mashg’ulotni aniqlab olish qiyin emas, ammo shu mashg’ulotning asosini tashkil qiluvchi ishni hammaga nisbatan yaxshiroq bajarishni o’rganish ancha mushkul vazifa hisoblanadi. Agar bu fikrni faqat internetda pul ishlab topish sohasi bo’yicha tahlil qilsak, bizdan talab etiladigan «ishni boshqalarga nisbatan yaxshiroq bajarishni o’rganish» vazifasi ancha osonlashadi (ayniqsa bugungi kundagi O’zbekiston holatida). Hozirgi vaqtda yurtimizda internet orqali pul ishlash, online biznes sohalari endigina rivojlanayapti – raqobat ancha kuchsiz, talab juda katta. Xorijga nisbatan o’zimizda bu sohani o’rganib, muvaffaqiyatga erishaman, degan kishi kuchi va qobiliyatining to’rtdan bir qismini sarflasa ham yaxshigina natija ega bo’lishi mumkin.

Internet orqali pul ishlab topishga ta’limning qanday aloqasi bor? Boshlang’ich va o’rta ta’lim kishining teran fikrlash va intellektual yaratuvchanlik qobiliyatlarini ochishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’limda oqsagan kishi intellektual yaratuvchanlikda ancha past natija ko’rsatishi mumkin. Bu esa internet orqali pul ishlab topishning 95% qismidan bebahra qolishni anglatadi. Shunday ekan, internet orqali ishlash, online biznesga asos solish va uni muvaffaqiyatli boshqarish haqida o’ylayotgan yoshlarga birinchi navbatda ta’limlarini mustahkamlashni tavsiya etish kerak. Ular ko’proq o’qishlari, o’rta ta’lim bosqichidagi bilimlarni puxta o’zlashtirishlari juda zarur. Boshqa barcha sohalarda bo’lgani kabi internet orqali pul ishlab topish sohasida ham ta’limsiz uzoqqa borib bo’lmaydi.

Internet orqali pul ishlab topmoqchimisiz? O’zingiz juda qiziqqan bitta sohani tanlab oling. Hozirgi vaqtda har qanday oddiy, kichik, arzimas bo’lib ko’ringan yo’nalishda ham internet orqali millionlab dollar ishlab olish mumkin. Aytaylik, Siz ishlab chiqarishga qiziqasiz va qog’oz ishlab chiqarish haqida sayt ochishni xohlaysiz. Bir qarashda qog’ozning ishlab chiqarilishi haqidagi sayt ko’pchilikka qiziq emasdek tuyulishi mumkin. Bunaqa saytdan pul ishlab topish mumkin emas, deb o’ylashingiz ham mumkin. Ammo qog’ozning ishlab chiqarilishi sohasini boshqalarga nisbatan yaxshiroq o’rgansangiz, uni boshqalarga nisbatan yaxshiroq yoritib bera olsangiz, saytingizda boshqa saytlarga nisbatan qog’oz ishlab chiqarish to’g’risida aniqroq, yaxshiroq ma’lumotlar yig’ilsa, qog’oz tijorati bilan shug’ullanuvchi kishilar Sizning saytingizga qiziqib qolishadi. Saytingizda qog’oz mahsulotlarinini tavsiya qiluvchi PR maqolalar yozishga buyurtma olasiz, qog’oz mahsulotlari reklamalarini joylashtirishga buyurtma qabul qilasiz, qog’oz ishlab chiqarish uskunalari savdosini ham yo’lga qo’yib yuborishingiz ham hech gap emas.

Boshqa har qanday qiziqishda ham huddi shunday. Siz menga boshqalar uchun arzimas tuyulgan har qanday qiziqishingizni ayting, men Sizga shu yo’nalishdagi sayt orqali qanday qilib daromad ko’rishni aytaman. Agar yaxshiroq o’ylab qarasak, har qanday mavzudagi har qanday sayt orqali ham daromad ko’rish mumkin. Xojatxonaga borib ishini qilishga o’rgatilgan mushuklar haqidagi sayt yodingizdami? Pul ishlab topishda mavzuga hech qanday cheklov yo’qligiga ishonishingiz mumkin.

Xulosa o’rnida internet orqali pul ishlab topish sohasiga biror aniq yo’nalishda mukammal bilimga ega bo’lmay turib kirish foydasiz ekanligini bildirmoqchiman. O’zingiz qiziqqan sohani tanlashingiz bilan bu yo’nalishdagi vazifangizni boshqalarga nisbatan superyaxshiroq(!!!) bajarishni o’rganing. Bunda Sizga albatta yaxshi o’zlashtirilgan boshlang’ich va o’rga ta’limingiz yordam beradi.

Siz maktab yoki litsey/kollej yoshidamisiz? Kelajagingizni hozirdan qurishni boshlang – ustozlaringiz tomonidan o’rgatilayotgan fanlarni boshqalarga nisbatan yaxshiroq o’zlashtirishga harakat qiling. Ishoning, vaqti kelib bilim olishga sarflagan vaqtingizga hech ham achinmaysiz. Aksincha, o’rganganlaringizdan, ilm olishga sarflangan vaqtingizdan xursand bo’lasiz!

Internet orqali pul topishni yaxshi ta’lim olishdan boshlash kerak.

Abituriyentlar uchun test formulalari

7 ta fikr

  1. Salom. «Siz menga boshqalar uchun arzimas tuyulgan har qanday qiziqishingizni ayting, men Sizga shu yo’nalishdagi sayt orqali qanday qilib daromad ko’rishni aytaman. Agar yaxshiroq o’ylab qarasak, har qanday mavzudagi har qanday sayt orqali ham daromad ko’rish mumkin». Ushbu fikriziga asosan jo’natyapman, maslahat bering kimyo yo’nalishida sayt ochib qanday daromadlar olaman? Javob uchun rahmat.

    • Kimyo yo’nalishidagi saytni maromiga yetkazib rivojlantirsangiz quyidagicha foyda ko’rishingiz mumkin:
      1. Saytingiz Google orqali kimyo bo’yicha O’zbekistondagi saytlar ichida birinchi o’rinda natija beradigan bo’lsa, ko’proq odamlar Sizning saytingizga kiradi. Natijada saytingiz tashrif buyuruvchilari ko’payadi – reklama orqali daromad ko’rishingiz imkoniyati paydo bo’ladi.
      2. Kimyo yo’nalishida o’qiyotgan talabalar uchun mo’ljallangan elektron qo’llanmalarni o’zingiz yozib, saytda sotishingiz mumkin bo’ladi (kontent savdosi).
      3. Kimyo faniga qiziquvchilar klugini tashkil etib, klub a’zolari uchun oylik to’lov joriy etishingiz mumkin. Klugda a’zolikni saqlab qolish, saytingizning yopiq ma’lumotlaridan foydalanish uchun har bir a’zo ma’lum miqdorda pul to’lashi mumkin bo’ladi. Albatta, buning uchun saytingizda arzirli ma’lumotlar bo’lishi kerak va saytingiz yetarlicha mashxur bo’lishi shart.
      4. O’zbekistondagi turli kimyoviy maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar katalogini yaratishingiz mumkin. Masalan, «Andijon shahrida polepropelin maxsulotlarini qayerdan sotib olish mumkin?». Agar saytingiz yetarli darajada mashxur bo’lsa, kimyo sanoatida o’z o’rni va so’ziga ega sayt bo’lib yetishsa, kelajakda bundan ishlab chiqaruvchi korxonalar Sizning katalogingizga kirish va doimiy turish uchun Sizga bir martalik yoki oylik to’lov to’lashlari ham mumkin.
      5. Saytingiz mavzusiga mos ravishda kimyoviy maxsulotlar ishlab chiqaruvchilar reklama joylashtirishlari mumkin.
      6. O’zbekiston bo’yicha kimyo fanini eng yaxshi o’rgatuvchi o’qituvchi / repetitorlar katalogini yaratishingiz mumkin. Boshlanishida bepul, keyinchalik esa bu katalogga qo’shilishni istagan mustaqil o’rgatuvchilar Sizga pul to’lashlari kerak bo’ladi.

      Bundan tashqari yana ko’plab usullarda saytingizdan daromad olishingiz mumkin. Shunchaki, tasavvuringizni boyiting va kengroq fikrlashga harakat qiling!

  2. Assalomu Aleykum Azamat aka,

    Azamat aka, men Web dasturlash boyicha onlayn ta’lim qilganman, foydalanuchilar html deb google ga qidiruv bersa, mening sahytim birinchi natijaga chiqishini hohlayman, buni qandey amalga oshirsam boladi?
    javobingiz uchun rahmat aka

    • Bu juda qiyin. Chunki HTML so’rovi deyarli dunyoning barcha tillarida huddi shunday ko’rinishga ega. Dasturchi, dasturchilik yoki shunga o’xshash o’zbekcha ibora so’rovi bo’yicha yuqoriga chiqa olish imkoniyatingiz bor.
      Har qanday holatda ham sifatli ma’lumotlar bilan saytingizni boyiting. Maqolalarni odamlar uchun yozing, qidiruv mashinalari uchun emas. Maqolalaringizda kalit so’zlaringizni samarali ishlating.

  3. Men internet orqali pul ishlayotganimga 4 oy bo’ldi. Hozirda oyiga minimal 150-200 $ ishlab topyapman. Hohlovchilarga o’rgatishim mumkin. Saytlar va to’lov tizimlari http://interwork.lark.ru/uz manzilida ko’rsatilgan. Savollaringizni fedyahd@yandex.ru manziliga yuboring. Qo’ldan kelgancha yordam beraman.

  4. Azamat ishlar yaxshimi. Ma’naviy – ma’rifiy sohada sayt ochgandim.Ushbu sayt orqali qanday yo’nalishlarda daromad olsam buladi. Javob uchun oldindan rahmat.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*