Bosh sahifa / Abituriyentga / Ingliz tilini qancha vaqtda o’rganish mumkin?

Ingliz tilini qancha vaqtda o’rganish mumkin?

Hozirga qadar saytim orqali mendan so’ralgan eng ko’p savol huddi shunday ma’noda: ingliz tilini qancha vaqtda o’rgansa bo’ladi? Tilni o’rganishga jiddiy kirishib, ancha tajribaga ega bo’lgan o’rganuvchilar ham, ingliz tilini hatto hali o’rganishni boshlab olmaganlar ham birinchi bo’lib atrofdagilardan ingliz tilini qancha vaqtda o’rganish mumkinligini so’rashadi. Shaxsan men saytim orqali berilgan bunday savollarga «Hammasi faqat o’zingizga bog’liq. Qanchalik ko’p harakat qilsangiz, shunchalik tezlikda o’rganib olasiz», deb javob beraman. Ammo huddi shu masalaga asoslangan, olimlar tomonidan olib borilgan izlanish natijasi bir oz boshqacha natijani ko’rsatdi.

Wayne Thomas va Virginia Collier 1982-yildan 1996-yilgacha jami 700 000 ta ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’rganuvchilar ustida tadqiqot ishlarini olib borishdi. Ularning asosiy maqsadi ingliz tili haqida umuman tasavvurga ega bo’lmagan bu o’rganuvchilar tilni qancha vaqtda o’rganib olishlarim mumkinligini aniqlash edi. Tajriba uchun tanlab olingan 700 ming o’rganuvchilar turli mamlakatlardan kelib chiqqan bo’lib, ularning ijtimoaiy-iqtisodiy kelib chiqishlari, yashash sharoitlari, ona tili, ta’lim olganlik darajasi hamda o’qishga bo’lgan qobiliyatlari turlicha edi. Shunday ekan, bu tadqiqotning dunyo bo’ylab barcha o’rganuvchilar uchun birdek natija ko’rsatishi, barcha turdagi o’rganuvchilar turini o’z ichiga qamrab olganligi aniq.

Tadqiqot davomida tanlab olingan o’rganuvchilarning barchasiga bir hil yo’nalish va uslubdagi, bir hil tajribaga ega bo’lgan o’qituvchilarga suyangan holda darslar o’tildi. Kuzatishlar so’ngida hech kim kutmagan natija kelib chiqdi. Ungacha bo’lgan davrda ingliz tilini qanchalik tez o’rganish mumkinligi faqat o’rganuvchining yangi yilni o’rgana olish qobiliyati, o’rganish jarayoniga taqdim eta oladigan mehnatining salmog’i va o’rgatuvchining dars o’tish tajribasiga bog’liq, deb hisoblangan bo’lsa, ilmiy izlanish natijasi bularning teskarisini ko’rsatdi, ya’ni ingliz tilini qanchalik vaqtda o’rganish mumkinligi o’rganuvchining avvalgi bosqichlarda qanday o’qiganligi, yoshligidan maktabda qanday ta’lim olganligiga bog’liq ekan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, ingliz tilini qay darajada va qanday tezlikda o’rgana olish o’rganuvchining hozirgi harakatigagina bog’liq bo’lib qolmasdan, uning ingliz tilini o’rganishgacha bo’lgan davrda til sohasida o’zlashtirgan bilimining salmog’iga bog’liq. Thomas va Collier o’tkazgan tadqiqotda qatnashgan o’rganuvchilar quyidagi tezlikdagi natijalarni ko’rsatishdi:

  • Ingliz tilini o’rganishgacha maktabda yaxshi ta’lim olgan, o’z ona tilining grammatikasini yaxshi o’zlashtirgan, maktabda o’qish davrida ingliz tilidan boshqa xorijiy tilni o’rganishda kuchli tayyorgarlikdan o’tgan o’quvchilar ingliz tilini 5-3 yil davomida o’rgangandan so’ng tilni o’z ona tilidek erkin ishlata olish qobiliyatiga ega bo’ldi;
  • Maktabda o’rta darajada o’qigan, o’z ona tili grammatikasini o’rta darajada bilgan va qaysidir xorijiy tilni yuzaki o’rgangan, o’qish va o’rganishga ishtiyoqi baland bo’lgan o’rganuvchilar 8-6 yil davomida ingliz tilini ona tili darajasida erkin gapirish ko’nikmasini o’zlashtirishdi;
  • Boshlang’ich ta’limi juda yomon darajada bo’lgan, o’z ona tili grammatikasini deyarli bilmagan va ingliz tiligacha hech qanday xorijiy tilni o’rganmagan o’rganuvchilar tilni kamida 13 yil deganda to’liq o’zlashtirishga muvaffaq bo’lishdi.

Yuqoridagi o’rganish jarayonlari ingliz tilini umuman bilmagan holatdan tilni ona tili darajasida mukammal, erkin foydalana olish holatiga yetguncha bo’lgan darajada o’rganish davrini o’z ichiga oladi. Shuning uchun bu tadqiqotda qatnashgan o’rganuvchilarning bilimlarini noldan mukammallikgacha bo’lgan o’rganish samarasi, deb qarashimiz kerak.

Agar tadqiqot natijasiga ko’ra ingliz tilini kamida 3-5 yil davomida o’rganish mumkin ekan, degan xulosa kelib chiqadigan bo’lsa, shuni ham e’tiborga olish kerak-ki, tadqiqotdagi o’rganuvchilar tilning barcha jihatlarini birdek o’rganishgan. Ya’ni, ular gapirish, yozish, o’qish va eshitib tushinish ko’nikmalarini birdek mukammal darajada o’rganishgan. Shunday ekan, tildagi barcha jabhalarni qamrab olgan holda mukammal o’rganish davri uchun talab etiladigan vaqtning uzoq ekanligi sababli, o’rganuvchilarning ingliz tilini o’rganishlariga ketgan vaqtni normal o’rganish davri sifatida baholash mumkin.

Sizning ingliz tilini o’rganishingiz uchun qancha vaqt kerak bo’ladi? Siz ingliz tilini qancha vaqtda o’rgana olasiz? Bu savolning to’g’ri javobini topishingiz uchun ingliz tilini nima uchun o’rganayotganligingizga e’tibor qataring. Agar «Men Londonda yashayman» yoki «Xojatxona qayerda?» kabi sodda iboralarni aytish va tushunishni o’rganish uchun ingliz tilini o’rganayotgan bo’lsangiz, ingliz tilida gapirishni 10 kun ichida o’rganib olishingiz ham mumkin. Ammo ingliz tilini oliy o’quv yurtida, to’liq ingliz tilida tahsil olish (ingliz tilida ma’ruzalar tinglash, yozish, gapirish va o’qish) uchun o’rganayotgan bo’lsangiz, tabiiyki, o’rganish uchun ko’proq vaqt talab etiladi. Barchasini hisobga olgan holda yana bitta xulosa shu-ki, o’rganishga bo’lgan harakatingiz va ishtiyoqingiz (+qobiliyatingiz) o’rganish jarayoni uchun ketadigan vaqtni bir necha o’n barobardan yuz barobargacha qisqartirishi mumkin. Bu haqida ham o’ylab ko’ring.

Abituriyent uchun, O’zekiston oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarida DTM testlarining 36 savollariga to’g’ri javobni topa olish darajasida ingliz tilini o’rganishga qancha vaqt kerak bo’lishi mumkin? Abituriyentlar ingliz tili testlarini bajarishlari uchun til grammatikasini o’rganishga katta ahamiyat qaratishlari kerak. To’g’ri, yildan-yilga DTM ingliz tili test savollariga to’g’ri javob topish ko’proq tarjima hamda o’qib tushunish ko’nikmasining qay darajada shakllanganligiga bog’liq bo’lib borayapti, ammo testlarda baribir 70-80% ustunlik til grammatikasi bilimlariga asoslanganligicha qolmoqda. Ingliz tili grammatikasini mukammal darajada o’rgandingizmi, demak testlarni bajarishga 80% tayyorsiz! Umuman aytganda esa, ingliz tili haqida umuman tasavvurga ega bo’lmagan abituriyent ingliz tilini o’rganishni boshlasa, mening fikrimcha, o’rganuvchi va o’rgatuvchining samarali mehnat qilishi sharti bilan, u ingliz tilidagi DTM testlarini bajarishga o’rtacha 10-18 oyda to’liq tayyor bo’ladi. Bu davr ko’rsatkichi o’qishga qobiliyatli bo’lgan abituriyentlar va o’z ishining haqiqiy ustasi bo’lgan ingliz tili o’rgatuvchisi harakatlari bilan bir oz muddatga qisqartirilishi ham mumkin.

O’zbekiston oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlari uchun ingliz tilidan tayyorlanish haqida o’ylab yurganlarga maslahatim – kirish imtihonlariga ekspress-tezkor tayyorgarlik ko’rishni afzal bilmang. Agar litsey yoki kollejning 1-bosqichida o’qiyotgan bo’lsangiz, eng kechi bilan 2-kursning boshidan boshlab ingliz tilini o’rganishga jiddiy kirishing. Shunda oliy o’quv yurtlariga xujjat topshirish vaqtingizgacha yaxshi natijaga ega bo’lishingiz mumkin. Bordi-yu vaqtni qo’ldan boy berib bo’lgan bo’lsangiz va ingliz tilini o’rganishga kamida bir yil vaqt qolgan bo’lsa ham, umidsizlikka tushmang! Kuchli ishtiyoq, tartibli o’rganish va tinimsiz mehnat bilan bir yil davomida oliy o’quv yurtlariga imtihon topshirishga to’liq tayyor bo’la olasiz!

Unutmang: ingliz tilini o’rganishingizga ketadigan vaqt faqat Sizning harakatingiz va mehnatingiz bilan cho’zilishi yoki qisqartirilishi mumkin. Hammasi o’z qolingizda!

Abituriyentlar uchun test formulalari

5 ta fikr

  1. Avalambor assalomu alekum man ingliz tilini o’rganishi judayam hohleman ammo bunga judayam qiynalyapan Nima qilsam oson VA qulay o’rganaman

  2. Assalomu Alaykum aka man programmistlik sohasini o’rganmoqchiman
    Mustaqil o’rganish uchun qo’llanmalarni qayerdan olsam bo’ladi?
    Iltimos yordam bering……

  3. Hi how are you.thanks for your advise.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*